O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


“Raqqosa” baietimng qisqacha mazmuni



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti

“Raqqosa” baietimng qisqacha mazmuni
Gulnora go‘zal raqsga tushishi va paxta yig‘im-terimida 
ilg‘orligi bilan o‘z kolxozida taniigan. Hosil yig‘imi munosabati 
bilan uyushtirilgan bayramda u xoreografiya bilim yurti talabalari 
bilan uchrashadl yosh artistlarning san’ati Gulnorani maftun 
etadi. o‘z o‘rnida mehmonlar Gulnoraning iste’dodini ko‘rib, 
uni shaharga o‘qishga borishini aytadilar. shokir ota qizining 
niyatini tushunmay, uning o‘qishiga rozilik bermaydi. Gulnora 


91
otasining noroziligiga ham qaramay, shaharga borib xoreografiya 
bilim yurtiga o‘qishga kiradi.
yoshlarning Xalqaro festivalida qatnashayotganlar orasida 
Gulnora va uning do‘sti Rahim ham bor. otasi Gulnoraning 
qo‘lga kiritgan yutuqlarini ko‘rib, qizini kuzatgani keladi.
Balet yakunida festival sahnasida turli mamlakat yoshlarining 
raqslari namoyon bo‘ladi.
«Raqqosa»ning musiqali-xoreografik kompozitsiyasi 
o‘zining umumiy xususiyatlarida klassik balet spektakllari 
tuzilishiga tayanadi. Buni raqs va pantomimo epizodlarining 
almashishi, yaxlit kompozitsiyaning asosi sifatida klassik 
syuita va xalq raqs syuitalari mavjudligida ko‘rish mumkin. 
Balet musiqasi yorug‘lik ohanglarda ifodalanadi, dramatik 
tarang epizodlardan xoli bo‘lib, uning musiqiy dramaturgiyasi 
leytmotiv tizimiga asoslangan. asosiy musiqiy tavsif mavzulari 
to‘rtta, ya’ni ikkita Gulnora mavzusi yana biri shokir ota va 
oxirgisi muallifning nomlashiga ko‘ra “omma leytmotivi”dir. 
o‘zbek lirik qo‘shiqlari «qal’abandi» va «Bo‘lmasa» vositasida 
ifodalangan Gulnora obrazi asarda yetakchi musiqiy obrazdir. 
«qal’abandi» kuyi Gulnoraning asosiy leytmotivi bo‘lib, 
qahramonning nozik musiqali ko‘rinishini ifodali gavdalantiradi:


92


93
Kompozitor Gulnoraning o‘z uyidan ketish vaqtidagi 
g‘amgin holatini ifodalashda «Bo‘imasa» xalq qo‘shig‘idan 
foydalanadi:
Balet voqeasi davomida ommaviy sahnalarda aks etadigan 
bayram, shodiyona daqiqalar bilan bog‘liq leytmotiv kompozitor 
tomonidan ifodali va aniq yaratilgan. Kompozitor mazkur baletda 
xoreografik klassikani o‘zbek musiqasiga yaqinlashtirishga 
harakat qilgan. «Raqqosa» baletining musiqasida kuyning sekin-
asta harakati, keng sakrashlarning yo‘qligi. pastki registrda 
boshlanib so‘ngra yuqoriga intilish va tonikaga ravon qaytishlar 
muhim o‘rin egallaydi. mushel mazkur asarda o‘zbek xalq 
qo‘shiqlariga xos ladlarni keng qo‘llagan. Umuman, balet shodon 
xarakteri, jozibali qahramoni bilan tomoshabinlar olqishiga 
sazovor bo‘ldi. mazmunining zamonaviyligi, musiqasining 


94
ifodaviyligi, raqsbopligi «Raqqosa» baletining sahnada uzoq 
umr ko‘rishiga sabab bo‘ldi.
60-70-yillarda juda ko‘p baletlar yaratildi agar 50-yillarda 
zamonaviy yoki ertak mavzusida yozilgan baletlarning musiqali 
sahna rivojida epik qissalar tavsifi ustun turgan bo‘lsa, 60-70 
yillarda yaratilgan baletlarda xoreografik san’atning umumiy 
yuksallishi bilan bog‘liq bo‘lgan yirik, dramatik to‘liq spektakllar 
yaratishga intihsh seziladi. mazkur davrda balet uchun 
an’anaviy bo‘lgan sevishganlar taqdiri haqida (i.akbarovning 
«layli va majnun», m. leviyevning «suhayl va mehr», 
M.Ashrafiyning «Sevgi tumori»), qahramonlik va vatanparvarlik 
(M.Ashrafiy «Sevgi va qilich»), ijtimoiy ommabop mavzusidagi 
(a.Kozlovskiyning «Tanovar») asarlari yaratildi.
60-70-yillarda o‘zbek kompozitorlik ijodiyotining boshqa 
turlaridagi kabi balet janrida ham an’ana va ijodkorlikning estetik 
falsafiy muammolari eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
60-yillardan boshlab balet janri yangi estetik mavqeda ichki 
qayta qurilishning og‘ir jarayonini boshdan kechirdi: aynan 
shu yillarda o‘ttiz yildan ortiqroq hukmron bo‘lgan balet drama 
(xoreo-drama) o‘rnini endilikda simfoniyalashgan raqs, simfonik 
jihatdan umumiylashgan musiqaning chambarchas bidigida 
ifodalanuvchi simfoniyalashgan balet fikri egalladi.
70-yillarning birinchi yarmida yaratilgan a.Kozlovskiyning 
«Tanovar», m.ashrafiyning «sevgi va qilich», asarlari 
o‘tgan yillarda yaratilgan baletlardan keskin farq qiladi. Bu 
kompozitsiyalar tarixiy-musiqiy jarayonda ko‘p pardali baletda 
rivojlanishning simfonik tamoyillarini qo‘llash yo‘lini namoyon 
qildi.
80-yillar kompozitor va baletmeysterlarning milliy balet 
yaratish borasidagi harakatlari kuchaydi. i.akbarovning 
“Navro‘z”, R.abdullayevning “quyoshga ta’zim”, 
U.musayevning “To‘maris” kabi asarlari milliy baletimiz 
mavqeyini yanada ko‘tardi.


95
o‘zbek baletlarining dastlabki partituralarida folklor mate-
riali syuita tamoyillarida mujassamlashtirilgan bo‘lsa, oxirgi o‘n 
yillikka mansub asarlarda xalq ijodi manbalarini erkinroq talqin 
etishga va voqeani musiqali sahna ifodasida zamonaviy usullarga 
asoslanib, spektakl musiqa dramaturgiyasining yaxlitligiga 
erishildi.
61
istiqlol yillarida yaratilgan asarlarda milliylikni ifoda 
qilishning ijodiy doirasi asta-sekin kengayib borganini, voqeani 
aniqroq anglana boshlaganini kuzatish mumkin, Bu davrda milhy 
an’analarga, xalqimiz tarixiga, o‘rta asrlarda yashab ijod etgan 
buyuk allomalar hayoti va ijodiga e’tibor kuchaydi. Zamonaviy 
o‘zbek musiqasining bu davrdagi yana bir asosty xususiyati 
milliy merosimiz, adabiyotimiz, tasviriy san’atimizning boy 
an’analariga murojaat etdilar. Bu borada yangi sahna asarlari, 
jumladan m.Bafoyevning «Buyuk ipak yo‘li» shou baletida 
tasviriy san’at, musiqa, plastika, chiroq bezaklari vositalari orqali 
o‘rta asr sharq davlatlarining mushtarak obrazi yaratildi. ayni 
shu davrda turli janrlar mushtarakligi natijasida yangi shakldagi 
asarlar paydo bo‘ldi. m. Bafoyevning «Zaido‘shtiylar marosimi» 
balet - oratoriyasi bunga misol bo‘la oladi. m.Bafoyevning 
«Nodira» (1991), «Ulug‘bek» (1992), «moziydan nur” (1995)
telebaletlari «Tanovar» xalq raqs teatr-studiyasi tomonidan milliy 
raqslari va xalq xoreografiya uslublarida tayyorlangan bo‘lib, 
katta qiziqish uyg‘otadi. Ushbu baletlarning ayrim lavhalari 
videokliplar tarzida, shuningdek, ommaviy tomoshalarda 
namoyish etildi.
62
1997-yilda a. Navoiy nomidagi teatr sahnasida birinchi 
o‘zbek komik baleti s.yudakovning «Nasriddinning ishi» 
sahnalashtirildi. Yumoristik asosga ega bu asar xoreogiafiyaning 
ham komik tabiatini belgilab berdi. spektakl an’anaviy xalq 
komediyasi uslubida yaratilgan. Uning barcha obrazlari 
61
  solomonova T. o‘zbek musiqasi tarixi 149-bet. 
62
  o‘zbekiston san’ati. 130-bet.


96
muayyan qiyofalar - niqoblar sifatida talqin qilingan. Bunda 
tarozuning pallasi goh aqlli va tadbirkor Nasriddin tomon, 
epchil va ayyor Zumrad, goh Nasriddinning eshagi tomon 
og‘adi. Xoreografiyaning ifoda vositalari miqyosida kechinmali 
lirik monologni ham, kulgili duetni ham, yorqin va bo‘yoqdor 
ommaviy sahnani ham uchratasiz.
Balet ijodiyoti uchun musiqiy rivojlanishida tahlil qilish 
va ana shu asosdagi musiqiy-sahnaviy konsepsiyaga intilish 
tamoyillari 90-yillarda xosdir. Bu ham mumtoz, ham zamonaviy 
talqiniga birdek taalluqlidir.
Umuman, so‘nggi o‘n yillik shubhasiz, tomoshabinlarga 
quvonch va zavq olib kelganligi bilan o‘zbekiston opera va balet 
teatri tarixidan joy oladi.

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish