O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


partiyalarida ko‘proq jonli quvnoq xalq laparlari uchraydi. lapar



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti


partiyalarida ko‘proq jonli quvnoq xalq laparlari uchraydi. lapar 
xarakteri jihatidan komik opera epizodolariga mos keladi. lirik 
sahnalarda ham (1-parda oyxon va Cho‘pon dueti, 2-parda 
maysara va mullado‘st dueti) satirik sahnalarda ham (2-parda 
maysara va Ho‘ja dueti) lapar janri qo‘llanilgan.
musiqada operaning bosh qahramoni to‘liq ifodalangan. 
ariozo va ansambllar vositasida kompozitor maysaraning 


81
ko‘p qirrali obrazini yaratadi, yani, uning yaqinlar davrasida 
dilxush va ochiq yuz, og‘ir sinov damlarida esa bukilmas irodali, 
serharakat ayol ekanligini tasvirlaydi. Uning bosh mavzusi 
hamzaning «Hoy ishchilar» qo‘shig‘i zaminida yuzaga kelgan:
musiqada maysara obrazining boshqa tomoni, ya’ni uning 
«ishlari» bilan bog‘liq tomonlari ham to‘liq ifodalangan. yengil, 
harakatchan raqs ritmlari bilan sug‘orilgan laparsimon qisqa 
kuylar bosh ifoda vositasi sifatida xizmat qiladi
oyxon va Cho‘pon partiyalari melodik jihatdan boy bolib, 
maysara obrazidan farqli o‘laroq bu qahramonlar leytmotiv 
ko‘rinishidagi tavsiflarga ega emas. Operaning birinchi ko‘rinishi 
oyxon va Cho‘ponning lirik sahnalaridan boshlanadi.
asardagi ijobiy qahramonlar - maysara, Cho‘ponali, oyxon 
obraziarini ifodalovchi musiqa xushohangligi, samimiyligi 
bilan maftun etsa, bularga qarama-qarshi qo‘yilgan qozi obrazi 
shafqatsiz qilib ko‘rsatilgan. Uning partiyasida rcchitativ asos 
qilib olingan. qozining yagona yakka nomeri uning «mu-
u» qo‘shig‘i, ho‘kiz mo‘rashiga taqlidan intonatsiyalaiga 
asoslangan. qozi leytmotivi pastlama harakatda bo‘lgan 
tovushqator bo‘lagida tuzilgan:


82
Hidoyatxon va darg‘a partiyalarning umumiy tomonlari 
ko‘p. Ular kuplet shaklidagi qisqa qo‘shiqsimon kuylarga 
asoslangan. Bu ikki obraz ham qozi obrazi kabi o‘zgarmaydi 
va rivojlanmaydi.
mullado‘st partiyasi ham sodda, kuplet tuzilishidagi 
qator folklor namunalarini eslatuvchi kuylar zaminida yuzaga 
kelgan. qarilik chog‘ida bo‘lsa ham uylanish orzusida yurgan 
mullado‘stning hazil qo‘shiqlari kuyi birinchi bor opera 
muqaddimasida yangraydi, u butun asar uchun musiqali epigraf 
ahamiyatiga ega bo‘ladi:
58
operaning musiqali dramaturgiyasida ansambl va xorlar 
muhim o‘rin egallagan. Birinchi pardada xalq xori hamda 
soqchilar xori ishtirok etadl ikkinchi pardada xor sahna ortida 
kuylaydi, opera xotimasida ham xo‘r yetakchi rol o‘ynaydi. 
«maysaraning ishi» operasining xalqchilligi, asl hajviyligi, 
badiiy vositalarining o‘ziga xosligi uning nafaqat o‘zbekistonda, 
balki chet davlatlarda ham shuhrat qozonishiga sabab bo‘ldi. 
Kompozitor tomonidan operettaga aylantirilgan bu asar 
58
  solomoncwaT o‘zbek inusiqa&i tarixi 138-bet


83
«maysaraning nayranglari» degan yangi nom bilan lodz teatri 
(Polsha) da namoyish etiigan.
59
Urushdan keyingi yillarda birinchi bolalar operasi 
«yoriltosh» yaratildi. Kompozitor s. Boboyev ushbu asarni 
yaratishda har bir bolaga tanish bo‘lgan xalq qo‘shiqlaridan 
foydalangan.
1970-80-yillarda o‘zbek kompozitorlari opera janrini mayzu 
jihatidan boyitdilar. Ushbu davr ichida tarixiy «mangulik» ( U. 
musayev), «Fidoyilar» (s.Boboyev) zamonaviy-«sadoqat»(R.
abdullayev), atoqli shaxslarga bag‘ishlangan-«sug‘d elining 
qoploni» (i.akbarov), «Zebiniso» (sJalilov), «alisher 
Navoiy» (m.Burxonov) shuningdek, kamer operalar - «sohilda 
to‘qnashuv» (N.Zokirov), «ona qalbi» (X.Rahimov) va boshqa 
operalar sahnalashtirildi. 1970-80-yillar o‘zbek opera tarixida 
muhim bosqich hisoblanadi. Ushbu davida yangi mavzular 
mavzuiga mos keladigan musiqiy-ifodaviy vositalarni qo‘llash, 
o‘z mualliflik tilini topish kabi omillar bilan bir qatorda, operalar 
mavzu jihatidan boyiganligini, kompozitorlarning o‘z asarlarida 
ommaviy xalq kuylarini ko‘chirmay, balki mustaqil original 
kuylar yaratganligini ko‘rish mumkin.
mustaqillik davri o‘zbek operalarida janr talqini, mavzu 
va mazmun doirasi yanada kengaytirilib, boyitildi. o‘zbek 
kompozitorlari opera asarlarida orkestming cholg‘ulashtirish 
yo‘llarida ham, vokal lavhalarida ham o‘zbek xalq musiqa 
merosi hamda milliy ijrochilik an’analarini zamonaviy ifoda va 
texnik vositalar bilan uzviy bog‘lashga ahamiyat bermoqdalar.
Bu davrda mumtoz operalar (T.sodiqov va R.Gliyerning 
“Layli va Majnun” 1995-yil, M. Ashrafiyning “Dilorom” 2001-
yil) qayta ishlanib, yangicha talqinda namoyish etildi. Hozirgi 
zamon ijtimoiy muammolari ( N.Zokirovning “muxtoriyat” 
opera farsi, o. abdullayevaning “Vafo” operasi), uzoq o‘tmish 
bilan bog‘liq (m.Bafoyevning “Buxoroyi sharif” doston-
59
  asar 1975-yil 26-oktabrda namoyish etilgan


84
teleoperasi), ulkan tarixiy shaxslar siymolari (m.Bafoyevning 
“al-Farg‘oniy”, a.ikromovning “Buyuk Temur”), falsafiy 
mavzular (l akbarovning “ibtido xatosi” opera-oratoriyasi) 
opera janrining keyingi rivojini belgiladi. Bular orasida 
a.ikromovning “Buyuk Temur”, m.Bafoyevning “al-
Farg‘oniy”
55
 operalari alisher Navoiy nomidagi opera va balet 
teatrida sahnalashtirildi.
istiqlol yillarida kompozitorlar, baletmeysterlar va 
telerejissorlar hamkorligida yangi - teleopera janri yuzaga keldi. 
m.Bafoyevning “Buxoroyi sharif’ (H.davron librettosi, 1997-
yil) asari shu janrda yaratilgan bo‘lib, Buxoroning 2500 yillgiga 
bag‘shlangan. mazkur asar opera-doston deb atalib, 2 doston va 
22 naqshlaiga bo‘lingan. opera badiiy o‘qish, baxshi, solistlar, 
xo‘r va o‘zbek xalq cholg‘ulari oikestri uchun yaratilgan. asar 
Buxoro va uning tarixiy obidalari, qolaversa imom al-Buxoriy, 
Bahouddin Naqshband, abduxoliq G‘ijduvoniy, ibn sino, 
Ro‘dakiy kabi buyuk allomalarini musiqiy ohanglar orqali 
madh etadi. Asar televideniyega mo‘ljallangan bo‘lib, videofilm 
janrida namoyish etildi operaning bosh obrazi - baxshi bo‘lib, 
malum musiqiy ohanglar orqali tasvirlanadi, har bir naqshni bir-
biriga boglab beradi va opera bir yo‘nalishda yaxlit tasavvur 
etiladi. orkestr tarkibiga chang-qobuz, sato, do‘mbira va qonun 
cholg‘ulari kiritilgan, ayrim cholg‘ular ma’lum obrazlarga 
jo‘rnavoz bo‘lib ifodalangan. masalan, baxshi obrazi chang-
qo‘buz sadosi jo‘rligida namoyish etilgan
60
.
musiqali teatr ijodiyotining boshqa e’tiborli yutuqlaridan 
biri bolalar uchun yaratilgan asarlardir. Ushbu yo‘nalishda 
N.Norxo‘jayev, a.Ergashev, a.mansurov, a.ikromov va 
boshqa kompozitorlar samarali ijod qilmoqdalar. Xususan, 
N.Norxo‘jayevning “Burgutcha va toychoq”, “ona bolam 
deydi, bola onam deydi” musiqali spektakllari, a.ikromovning 
“olovuddinning sehrli shamchirogi, a.Ergashevning “o‘n 
60
 o

zbekiston san’ati, 129-bet


85
ikki oy” musiqali ertagi, a.mansurovning “Hayvonlar sultoni” 
operasi tinglovchilar tomonidan qizg‘in qarshi olinmoqda. 
yoshlarbop qiziqarli mavzular tanlab olinayotganligi, jozibador 
kuy-qo‘shiqlarning yangrashi, zamonaviy estrada uslubiga xos 
ritmlarning ishlatilishi xushchaqchaq kayfiyat bag‘ishlasa, sahna 
harakatlarining tabiiyligi bilan tomoshabinni ishontira olganligi 
mazkur asarlarga katta muvoffaqiyat baxsh etdi. Xulosa qilib 
aytganda, opera janrida mazmunni talqin qilishda asosiy urg‘u 
milliy va umumbashariy ma’naviy qadriyatlarni tarannum 
etishga qaratildi.

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish