O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


partiyasida esa dushmanning yovuz harakatlari ko‘rsatiladi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti


partiyasida esa dushmanning yovuz harakatlari ko‘rsatiladi.
Kompozitor i. akbarov o‘zbek vokal-simfonik musiqasining 
mavzu chegaralarini ancha kengaytirdi. 40-50-yillarda yaratilgan 


100
syuita va kantatalarda xalq obrazi asosan raqs va ommaviy 
qo‘shiqlar orqali ko‘rsatilgan bo‘lsa, oratoriyada esa ommaviy 
qo‘shiqchilik tamoyillari tez-tez qo‘llaniladigan vositalardan 
biriga aylandi.
shuni aloliida ta’kidlash lozimki, ayrim o‘zbek 
kompozitorlarining kantatalarida janr -maishiy simfonizmni 
o‘zlashtirish yo‘llari belgilangan bir paytda oratoriya o‘zbek 
vokal-simfonik musiqasiga dramatik simfonizmni kiritdi.
i.akbarov mazkur asarda qiziqarli lebrettodan, simfonizm 
tamoyillari hamda zamonaviy vositalaridan foydalanib, milliy 
vatanparvarlik oratoriyasini yaratish muammosini hal qila oldi va 
bunday mahobatli (monumental) klassik janrni o‘zlashtirishning 
keyingi rivojini belguab berdi.
m.Burxonovning mutolaachi, yakkaxon, xor va orkestr 
uchun yozilgan “alisher Navoiyga qasida”si ( 1968-yil, 
a.oripov she’ri) o‘zbek vokal-simfonik musiqasida muhim o‘rin 
egallaydi. qasida o‘zining iliq lirizmi, musiqasining emotsional 
to‘liqligi bilan kishini o‘ziga maftun etadi. shuni ta’kidlash 
lozimki, kompozitor mavzu sifatida “Navo” maqomi ashula 
bo‘limining birinchi qismidan boshlang‘ich jumlani olib, uni 
keng rivojlantiradi va keng ko‘lamda yaxlitlikka erishadi. asar 
Navoiy tavalludining 525 yilligiga bag‘ishlab yaratilgan bo‘lib, 
ulug‘ shoir xotirasini o‘zgacha e’zozlovchi asar sifatida o‘rin 
oladi.
alisher Navoiy adabiy merosiga i.akbarov va N.Zokirovlar 
o‘zlarining vokal-simfoiiik poemalarida murojaat qiladilar. 
i.akbarovning “Xamsa” poemasi (1972-yil) uch qismli bo‘lib, 
birinchi va uchinchi qismlari shoir she’riyatiga asoslanadi, o‘rta 
qismida esa “Farhod va shirin” dostoni matnidan foydalaniladi 
Farhodning musiqali xarakteristikasi xor va orkestrga 
topshirilgan qahramonlik ruhidagi mavzuda shaklianadi. Bunga 
zid bolgan yovuz kuchlar shoh Xisrav obrazida ifodalanadi. 
Puflama sozlarda go‘yo mudxish xoraldek sadolanib kelgan 


101
uning leytmotivi sinkopali, ostinato tarzida o‘tkaziluvchi dag‘al 
dissonans kopleksiga asoslangan. Xor va orkestming original 
taqsimlanishi “Xamsa”da dramatik ikki rejalilikni hosil qiladi. 
Xor shoirning fikrini bayon qiladi, Farhodning g‘azabli va 
jasorati nutqini aks ettiradi hamda uning Xisrav bilan bo‘lgan 
kurashini sharhlaydl Bularning barchasi xor partiyasining to‘liq 
ifodali bo‘lishiga olib keladi. U poemaning markaziy qismidan 
aniq yurish marshi intonatsiyalari, yorqin, ildam motivlar 
bilan singdirilgan bo‘lsa, chekka qismlarida esa negizi katta 
ashulalarga yaqin erkin harakatlanuvchi ohangdor rechitativdir. 
Bu yerda shoirning falsafiy obrazi gavdalanadi.
i.akbarov o‘zbek vokal-simfonik musiqasining shakllanish 
jarayonida vujudga kelgan mavzulikni bir muncha yangilab, 
simfonik rivojlanish usullarini xalq professional musiqasiga 
xos shakllanish usullari bilan uyg‘unlashtirib, epik-dramatik 
yo‘nalishdagi xor poema janrini keiajakda rivojlantirish yo‘lini 
belgilab berdi.
N.Zokirovning “istardim” poemasi (1974) yakkaxon solist 
va simfonik orkestr uchun yozilgan. Poemaga asos qilib alisher 
Navoiyning g‘azallaridan biri olingan.
1975-yili  М. Ashrafiyninf;  “Rustamnoma”  oratoriyasi 
yaratildi. U Firdavsiyning shoh asari - “shohnoma” dostoni 
motivlari asosida yozilgan mahobaili (monumental) 
kompozitsiya yaratishdagi ijodiy tajribadir. yetti qismdan iborat 
oratoriyaning asosiy g‘oyasi Rustamning mardliklarini, uning 
afsonaviy sevgilisi Taxmina hamda ko‘rkam manzaralarni 
ifodalashdan iborat oratoriyadagi Rustam va suqrobning jangi, 
“sening padargo‘shang, bahodir, bo‘ldi halok” kanoni kiritilgan 
final qismi, Rustam va Taxminaning lirik dueti kabi parchalar 
diqqatga sazovor.
shunday qilib, 60-70-yillarda lirik shakldagi asarlarda 
izchil rivojlanish masalasi hamma vaqt ham ishonarli ravishda 
hal etilmagan bo‘lsa-da, bu borada o‘zlashtirilgan ijodiy 


102
yutuqlar (serjanrlikka intilish, xos bo‘lmagan musiqali dramatik 
yechimlarini izlash) yo‘li to‘g‘ri va istiqbolli ekanligiga shubha 
qoldirmaydi.
63 
70-80-yullar vokal-simfonik musiqasining 
rivojlanish davri bilan ajralib turadi. 50-60-yillarda syuita 
tamoyillari yetakchi o‘rin egallagan bo‘lsa, 70-80-yillarda 
siklli asarlarning barcha qismlarini bir yaxlit birlashtiravchi 
yalpi rivojlanish tamoyillari birinchi o‘ringa qo‘yildi. oratoriya, 
kantata, ko‘p qismli poema, oda, ballada kabi janrlar yetakchi 
o‘rinni egalladi.
Ko‘rilayotgan davrda yaratilgan asarlar mavzu jihatdan 
o‘tgan yillarda belgilangan zamonaviy mavzularga intilish, 
muhim voqealarni gavdalantirish kabi yo‘nalishlarni rivojlantirdi. 
Ko‘pgina mualliflar o‘z asarlarida oktabr revolutsiyasidan 
keyingi yillami aks ettirdilar. B. Giyenkoning “Tashvishli yo‘llar” 
orqali poemasi, m.Nasimovning “oktabr” poema-balladasi, 
s.yudakovning “muborakbod” kantatasi, N.Zokirovning 
“Kelajak” kantatasi, m.Tojiyevning “o‘zbekiston” poemasi, 
m.mahmudovning “ona madhiyasi” poemasi i.Hamroyevning 
“do‘stlik”poemasi shular jumlasidandir. Bu asarlar janr 
talqini usullari va musiqiy tilining o‘ziga xos uslubi jixatidan 
turlichadir. masalan, m.leviyev, m.Nasimov va l.Hamroyev 
kabi kompozitorlarga qo‘shiqchilikka intilish xos bo‘lib, 
ularning asarlarida milliy xarakterli kuychanlik o‘ziga jalb 
etadi. i.akbarov, s.Jalilov, N.Zokirov, m.Tojiyev, m.mahmudov 
asarlarida esa ko‘proq dramaturgiya rivojlanishida jadal 
yo‘nalish ko‘zga tashlanadi.
R.abdullayevning “Xirosima” vokal-simfonik sikli, F.yanov 
yanovskiyning “ovoz” va “Chili haqida qissa” oratoriyalari, 
a. Berlinning “dunyoga tinchlik!” odasi kabi asarlar ijtimoiy 
taraqqiyot, haqiqat va tinchlik uchun kurash mavzulari asosida 
yuzaga kelgan.
63
  solomonova T. o‘zbek musiqasi tarixi. 123-bet 


103
so‘nggi o‘n besh yillik davrda yurtimizda sodir bo‘layotgan 
voqealaming mavzu va obrazlari bilan bog‘liq vokal-simfonik 
asarlar yaratildi. Ularda ko‘proq davlatimiz va xalqimiz 
tarixi, sodir bo‘layotgan ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar o‘z 
ifodasini topgan. o‘zbekiston kompozitorlari syuita, poema, 
kantata, oratoriya janrlarida ijod qilmoqdalar. Bular orasida 
i.akbarovning “Harbiy yillar she’riyati” oratoriyasi, “mening 
shahrim” kantatasi, m.Bofoyevning “Hajnoma”, “Zafarnoma” 
oratoriyalari, “Zardo‘shiylar marosimi” yakkaxonlar, 
xor va orkestr uchun oratoriya-baleti, m.Burxonovning 
“abadiy xotira” rekviyem - marsiyasi hamda B.Umidjonov, 
B.lutfullayev, F.alimov kabi kompozitorlarning xor asarlari 
shular jumlasidandir. Bu asarlarga an’anaviy va zamonaviy 
vositalar, badiiy o‘qish, yakkaxonlar, xor va orkestrning 
uyg‘unligi, ayniqsa, ifodaviy vositalarning ijodiy qo‘llanishi, 
har bir qismlaming bir-biri bilan bog‘lanishi va shu tarzda yaxlit 
obrazning yaratilishi xosdir.
m.Bafoyevning “Zardushtiylar marosimi” oratoriya-
baleti yakkaxonlar xor va simfonik orkestr uchun yaratilgan 
bo‘lib, kompozitorning g‘oyasi bo‘yicha ommaviy tomosha 
ko‘rinishlarida ham namoyish etilishi rejalashtirilgan. 
oratoriyaning ayrim lavhalari Buxoroning 2500 yilligiga 
bag‘ishlangan tantanalarda namoyish etildi. asarning matnlari 
“avesto”dan olingan. Uning musiqali dramaturgiyasi jiddiy 
kolorit sadolari shiddatli-dramatik xarakteri va rang-barang 
usullar bilan mushtaraklikda o‘tmish bilan bog‘liq obrazni 
tashkil etadi.
m.Burxonovning “abadiy xotira” mumtoz motam-rekviyem 
va an’anaviy marsiya janrlari uyg‘unligida yaratilgan bo‘lib, 
qatag‘on yillari shahid ketgan ziyolilar - Fayzulla Xo‘jayev, 
abdulla qodiriy, abdurauf Fitrat, abdulhamid Cho‘lpon, 
Usmon Nosir kabi elning asl farzandlari va kompozitorning akasi 
misboh, amakilari mashariddin, mukammil hamda muammur 


104
Burxonovlarning porloq xotirasiga bag‘ishlangan. so‘z matnlari 
sifatida Fitrat, Cho‘lpon, Usmon Nosir va mutal Burxonovning 
she’rlaridan foydalangan. Besh qismli rekviyem badiiy o‘qish, 
yakkaxonlar, xor va simfonik orkestri jo‘rnavozligida yangraydi. 
orkestr tarkibiga sato cholg‘usi kiritilgan, uning mayin sadolari 
motamsaro-dramatik obrazni tashkil etadi. m.Burxonovning 
boshqa asariari kabi “abadiy Xotira” o‘zining dramatik 
lirizmi, musiqaning ta’sirchanligi, his-tuyg‘ular majmuasi bilan 
tinglovchini jalb etadi.
64
shunday qilib, vokal-simfonik janrlar shakllanish 
jarayonidan mardonavor o‘tib, ayni paytda u yangi yetuklik 
bosqichiga ko‘tarilmoqda. Uning yutuqlari qator-qator badiiy 
barkamol asarlarda namoyon bo‘lib, xalqimizning ma’navly 
mulkiga aylanib bormoqda.

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish