13-§. O‘ZBEK SIMFONIK MUSIQASI
Cholg‘u musiqasining muhim janrlari simfoniya, uvertura,
konsert, simfonik syuita, simfonik poema, rapsodiya va
fantaziyadir.
Simfoniya (yunoncha”symfonia” - ohangdoshlik) - simfonik
musiqaning yetakchi janri, kompozitoriik yo‘nalishidagi
cholg‘u musiqaning oliy shakhdir. simfonik orkestr ijrosiga
mo‘ljallangan, lekin ba’zi simfoniyalarda xor va yakkaxon
xonandalar ham jalb etiladi. simfoniyaning mumtoz shakli
umumiy g‘oya va yaxlit dramaturgiyaga asoslangan to‘rt qismli
turkumni tashkil etadi. Birinchi qismi mavzularning qarama-
qarshiligi hamda jadal rivoji biian bog‘liq bo‘ladi: ikkinchi
qismi lirik chekinish vazifasini bajaradi: uchinchi qismi menuyet
yoki skerso xarakterida yoziladi: to‘rtinchi qismi ko‘pincha
tantanavor, jo‘shqin xotimadir.
64
o‘zbekiston san’ati. 132-bet.
105
Konsert (lotincha “concerto” - musobaqalashamoq) - bir
yoki bir necha yakkanavoz sozlar va orkestr uchun yozilgan
musiqa asarl yakkanavoz cholg‘u bilan orkestr o‘rtasida ijodiy
musobaqa, munozara konsertning o‘ziga xos xususiyatidir.
Uvertura (lotincha “ apertura” - ochish, boshlanish) - opera,
balet, oratoriya, drama, kinofilmning muqaddimasidan iborat
cholg‘u pyesa, shuningdek, orkestr uchun yozilgan konsert asari.
opera, balet, oratoriya uchun yozilgan uverturalar tinglovchini
asardagi voqealarga tayyorlaydi, undagi muhitga olib kiradi.
Uvertura, odatda, asarning xarakteri, g‘oyaviy maqsadi, asosiy
obrazlarini umumlashtirgan holda ifodalaydi.
Poema (yunoncha”poiyema”) - 1) lirik dramatik yoki lirik-
hikoyaviy xarakterga ega hamda emotsional jo‘shqinlik bilan
sug‘orilgan erkin shakldagi musiqa asari. odatda, fortepiano
yoki skripka, violonchel kabi torli -kamonli cholg‘ular uchun
yaratiladi. 2) simfonik poema - muayyan mavzuga asoslangan
bir qismli simfonik asar.
o‘zbekistonda 1920-yillarda V.Uspenskiy ilk simfonik asarni
yaratdi. U “o‘rta osiyo xalqlaridan to‘rtta kuy” deb nomlangan
asarini simfonik orkestr uchun qayta ishladi. mazkur asar o‘zbek
(“oltin jamalaklar”), afg‘on (“ akramxon”), qozoq (“Zulayxo”,
“Go‘zal sochlar”) kuylaridan tashkil topgan. Bu asar folklor
namunalarining yevropa ko‘p ovozli vositalari bilan bevosita
uyg‘unlashib kelgan ilk asarlardan biri hisoblanadi.
30-yillarning ikkinchi yarmida o‘zbek bastakorlari
m.Burxonov, m.ashrafiy, m.leviyev, shuningdek,
a.Kozlovskiy, G.mushel o‘zlarining dastlabki simfonik
asariarini yozdilar. mazkur yo‘nalishda xilma-xil janrlar
doirasini o’z ichiga olgan ilk asarlar 30-yillarda paydo bo‘ldi.
V.deshevovning “samarqand syuitasi”, m.ippolitov-ivanovning
“o‘zbekistonning musiqiy ko‘rinishi”, a. Kozlovskiyning
“lola” syuitasi kabi asarlar shular jumlasidandir. Ushbu ilk
106
yaratilgan asarlarning ahamiyatli tomoni shundaki, ular o‘zbek
kuylarining simfonik qayta ishlanishini boslilab berdi.
Bu davrda simfonik musiqa yo‘nalishida yangi o‘zgarishlar
ro‘y bera bosliladi. Kompozitorlarning folklor manbalarini qayta
ishlashda anchagina erkinlik, badiiy-ifodaviy vositalarni keng
qo‘llash ko‘zga tashlanadi. a.Kozlovskiyning “lola” nomli
Farg‘ona syuitasi hamda G. mushelning birinchi simfoniyasi
deyarli bir vaqtda yaratildi. Kompozitor G. mushel o‘z asarida
o‘zbek xalq qo
€
shiqlarini mavzuiylik negizi sifatida qo‘llagan.
U original mavzularni yaratishda ham o‘zbek ohangiga xos
xususiyatlarni yaratishga intilgan. mushel uchun birinchi
simfoniyasining ahamiyati shundaki, kompozitor ushbu asarni
yaratgandan so‘ng, o‘zbek musiqasi uslubiga juda kirishib ketdi.
Kompozitor o‘zbekiston simfonik madaniyatini yirik original
asarlar bilan boyitdi.
30-yillar oxirida o‘zbek xalq ijodi asosida R.Gliyerning
“Tantanali uvertura” va “Farg‘ona bayrami” uverturasi
yuzaga keldi. mazkur asarlarda Gliyer yorqin milliy koloritni
gavdalantira olgan. 30-yillarda o‘zbek kompozitorlarining
birinchi avlodi o‘z ijodiy yo‘llarini boshiadilar. masalan,
m.ashrafiyning “qurilish” marshi, “Bahor yurti”, m.
Burxonovning “o‘zbekiston qizi”, m. leviyevning “Nurxon”
poemalari shu davrda yaratilgan.
20-30-yillaida o‘zbek simfonik musiqasining ilk rivojlanish
davri hisoblanadi. Bu davr qiziqarli izlanishlar, quvonch va
qiyinchiliklar bilan ta’riflanadi.
ikkinchi Jahon urashi yillarida simfonik ijodiyotning
janr doirasi yirik qo‘lamli shakllar bilan kengaydi: dramatik,
qahramonlik obrazlari kirib keldi. Urushning og‘ir yillariga
qaramay, bu davr o‘zbek simfonik musiqasining yangi
yo‘nalishlarida rivojlanish davri bo‘ldi. Kompozitorlar
V.Uspenskiy va G.mushel bu davrda yangi asarlar yaratdilar.
V.Uspenskiyning «muqanna» (1943-yil) syuitasi «o‘zbek
107
poema-rapsodiyasi» (1944 -yil) kompozitor ijodida milliylikni
o‘zlashtirishning yangi bosqichidan dalolat beradi. «o‘rta osiyo
xalqlari musiqasidan to‘rtta kuy» asarida qo‘llanilgan vosita
va usullar yangicha, turlicha amalga oshirildi. Ulkan badiiy
g‘oyalarni to‘liq gavdalantirish masalasi birinchi o‘ringa chiqdi.
Urush yillarida yana bir kompozitor, ya’ni G. mushel o‘zbek
simfonik musiqa yo‘nalishida samarali ijod qildi. U birin-ketin
ikkita simfoniyasini, ya’ni 1941-yilda ikkinchi va 1942-yilda
Uchinchi simfoniyalarini, 1943-yilda esa ikkinchi fortepiano
konsertini yaratdi. (o‘zbekistonda yaratilgan birinchi konsert).
ikkinchi simfoniya muallifhing milliylikni chuqurlashtirish
va ijodiy mahoratni o‘zlashtirish yo‘lidagi jiddiy siljishigina
bo‘lib qolmay, balki o‘zbekistonda simfonik musiqaning ko‘zga
ko‘ringan asarlaridan biriga aylandi. simfoniyaning yaratilishi
buyuk a. Navoiy tavalludining 500 yilligiga bag‘ishlanib,
«alisher Navoiy xotirasiga» deb nomlangan. simfoniyaning
o‘ziga xosligi ko‘p jihatdan uning janr belgilari o‘zgachaligidan
kelib chiqadi. shaklning mahobatliligi, musiqa bayonining
osoyishtaligi, mavzularni rivojlantirish usullari epik simfonizm
an’analarini eslatadi. ikkinchi simfoniyada xalq kuylaridan
foydalanilmagan. Kompozitor o‘z mavzuiyligini milliy kuylaiga
ohangdosh qilib yaratadi.
Urush yillarida respublikamizda yashab ijod qilayotgan rus
kompozitorlari o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlariga murojaat qilib,
ko‘p yillik kuzatish va tajribalar mahsuli - nazariy kuzatishlami
amalda sinab ko‘rmoqshi bo‘ldilar. Rus musiqa olimi,
kompozitor yu. N. Tyulin o‘zining “so‘zsiz qo‘shiq”, “simfonik
parcha”, “o‘zbekcha syuita” nomli simfonik asarlarini yaratdi.
U mazkur asarlarida xalq kuyini rivojlantirib, polifoniya
texnikasidan keng foydalandi. m.shteynberg ham xalq kuylarlga
murojaat qilib, o‘zbek xalqining tarixini ifodalashga harakat
qildi. Uning “simfoniya-rapsodiya”si o‘zbek bastakorlari
K.Jabborov va s.Kalonovlar hamkorligida yaratilgan bo‘lib,
108
shteynbeig ulardan o‘n yettita o‘zbek kuy va qo‘shiqlarini
yozib oldi. asarning to‘rt qismida ham ushbu g‘oyat katta
“sitatali” material mujassamlashgan bo‘lib, asar mazmunini
ochib berishga qaratilgan edi. “simfoniya-rapsodiya”ga xalq
kuylarining nihoyatda ko‘p kiritilishi simfoniya qonuniyatlarini
chetga surib, beixtiyor mustaqil ijodiy masalaga aylandi. Bu esa
asarning badiiy natijasini bimmncha nomuvofiqlikka olib keldi:
xalq kuyiaridan foydalanish nuqtayi nazaridan u ajoyib namuna,
lekin simfonik janr nuqtayi nazaridan qaraganda dramatik
nuqsonli asar darajasida yuzaga keldi.
Urush yillarida o‘zbek kompozitorlarining qator asarlari
yuzaga keldi. Xususan, M. Ashrafiy 1942-yil II Jahon urushi
qahramonlariga bag‘ishlangan “qahramonlik” deb nomlangan
o‘zining birinchi, 1944-yil esa “G‘oliblarga shon-sharaf”
nomli ikkinchi simfoniyalarini yaratdi. ikkala simfoniya ham
respublika musiqa hayotida sezilarii voqea bo‘ldi. mazkur
asarlar aniq tuzilishi, rivojlanish dinamikasi, milliy koloriti bilan
ajralib turdi.
o‘zbekistonda urush yillarida jami o‘ttizta simfoniya
yaratilgan bo‘lib, ular respublikaning simfonik madaniyatida
turlicha iz qoldirdi. Ushbu asarlarning har biri o‘zbek
simfonizmiga asos solishda alohida rol o‘ynab, simfonik janrni
takomillashtirishda yangi belgilar kiritdi.
shunday qilib, urush qiyinchiliklariga qaramay, o‘zbek
simfonik musiqasi rivojlanishda davom etdi, o‘zbekistonning
simfonik musiqasi yangi janriar bilan boyidi. syuita va poema
qatoriga uvertura, konsert va simfoniya janrlari ham qo‘shildi.
Urushdan keyingi yillarda o‘zbek musiqa san’atining
barcha sohalarida katta va jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshkdi.
Ushbu davrning murakkabligi, ko‘p qirraligiga qaramay, unga
xos bo‘lgan umumiy xususiyat va yo‘nalishlar to‘g‘risida
aytish mumkin. avvalambor, bu-musiqiy ijodning sekin-asta
faollashuvi, rivojlanishning tezlashishi, uslublarining ko‘payishi,
109
kompozitorlar keyingi avlodining qo‘shilishidir. Bu davrda
m.ashrafiy, a.Kozlovskiy, m.Burxonov va G.mushelning
sermahsul ijodi davom etdi hamda yangi mualliflar ismlari
paydo bo‘ldi: i.akbarov, s.Boboyev, B.Giyenko, d.Zokirov,
G‘.qodirov, d.soatqulov, s.yudakov. Ulardan keyin 50-yillarda
a. Berlin, s.Varelas, F.yanov-yanovskiy, 60-yillarda
R.Vildanov, sJalil, N.Zokirov va boshqalar. ilgari ushbu
yo‘nalishda rus kompozitorlari ijod qilgan bo‘lsalar, endilikda
o‘zbek kompozitorlarining asarlari son va sifat miqdori
jihatidan ko‘paydi. Respublikadan tashqarida o
4
zbek san’atining
takrorlanmas milliy qiyofasini saqlab qolgan mashhur asarlar
vujudga keldi. simfonik musiqa yetakchi o‘rinni egalladi,
janr doirasi kengaydi o‘zbek simfonik musiqasida eng «yochi
ulug‘» janrlardan biri syuita 30-yillarda deyarii «hukmron»
bo‘lgan bo‘lsa, 60-70-yillaida esa u boshqa janrlarni surib
chiqardi. Uverturada esa o‘zgacha ko‘rinish namoyon bo‘ladi:
urush yillarida bu janr sahna asarlari asosida yuzaga kelgan
bo‘lsa, endilikda ijodning mustaqil sohasi sifatida ko‘rinadi.
Konsert janri ham jadal rivojlana boshladi. Konsertning yangi
tarlari paydo bo‘ldi (truba, ovoz, fleyta, organ, alt va orkestr
uchun). o‘zbek simfonizmida jiddiy yutuqlar simfoniya janri
bilan bog‘liq. yigirma yildan so‘ng (birinchi «urush yillari»
tajribalaridan so‘ng) 60-yillar oxiri 70-yillarda ushbu janr
o‘zining «ikkinchi nafasini» oldi. Bu davrda yaratilgan simfonik
janrlarni birma-bir tahlil qilar ekanmiz, ikki asosiy yo‘nalishni
ko‘ramiz: sekin-asta janr muvozanatining aniqlanishi, janrlarning
ozmi-ko‘pmi garmonik nisbati va, albatta, yirik shaklga intilish.
syuita, poema, uvertura, konsert, simfoniya kabi yevropa
simfonik janrlari sekin-asta zamonaviy milliy madaniyatning
ajralmas qismi bo‘lib o‘zbek zaminida yangicha chiroy kasb
etdi.
Urushdan keyingi yillarda syuita janriga qiziqish
kuchaydi. Bu davrda xalq -janr mavzular majmuyi qo‘llanila
110
boshladi, bir qismli yoki syuita - siklik shakllarga qiziqish
kuchaydi. Bundan tashqari, urushdan keyingi yillarda o‘zbek.
kompozitorlarining yangi avlodi o‘z ijod yo‘llarini boshladilar.
o‘zbek kompozitorlari xalq kuyiga (melos) tayangan holda,
rus kompozitorlari esa ko‘proq asl xalq ohanglarga c’tibor
berib asarlar yaratdilar. s.Boboyevning 1949-yilda yaratilgan
syuitasi birinchi qismining asosida lirik - raqsbop, ifodali kuy
yotadi. asosiy ohangni turli tonalliklarda garmoniyalay turib,
kompozitor kuyning lad tabiatining o‘ziga xosligini to‘g‘ri
seza olgan. lekin muallif tonal - garmonik bezashni umumiy
rivojlanishning asosiy omili sifatida qo‘llay turib, asl ko‘rinishga
erisha olmagan.
40-yillarning ikkinchi yarmida d.Zokirov o‘zining ikkinchi
syuitasini yaratadi. Kompozitor ushbu asarda ta’sirchan jozibali
milliy musiqiy obrazni tarannum etgan. Bu, ayniqsa, syuitaning
ikkinchi qismiga taalluqli. asosiy mavzuning kuchi, jadal
rivojlanishi, shoirona ifodalanish-bularning barchasi syuitaning
ushbu qismini mustaqil «lirik poema» ga aylantiradi.
musiqaning xarakter jihatidan milliyligi - bu shubhasiz:
kuyning xususiyati xalqning intonatsion rivojlanishning o‘ziga
xosligi ham (jadal yuqori ayjga tomon ko‘tarila borish) o‘zbek
milliy ashula kuylariga yaqin. Biroq bu xalq kuyiga taqlid emas,
balki bastakorning original ijodidir.
65
orkestrni jo‘r qilish fakturasining juda o‘rinli bastalanganligi
tufayli kuydagi obrazning ifodali bo‘lishiga erishilgan.
Gomofon fakturasining polifoniyalashtirilishi cholg‘u asboblari
yo‘nalishining mustaqilliligitii ta’minlagan. Bu asar o‘sha davrda
yaratilgan simfonik asarlardan mavzuning jadal rivojlantirilishi
bilan ajralib turadi. asos qilib olingan mavzu simfonik vositalar
yordamida yanada ayjlantiriladi. masalan, mavzuning major
«tuslarining» yorqinligini ko‘rsatish uchun, kompozitor iii va
Vi pog‘ona akkordlaridan keng foydalanadi:
65
alimedov m doni Zokirov 134-bet
111
asarning tonallik plani «si» eoliy va «mi» eoliv tonalliklariga
asoslanib tuzilgan.
mazkur asarning.diqqatga sazovor tomoni nimada? bu
asarda, avvalambor, simfonik tafakkur borasida qadiim o‘zbek
milliy udumlarini qiziqarli va samarali qayta talqin etilganligi
kuzatiladi. Kompozitor o‘zbek ohangining qonuniyatlarini
saqlab qoladi. lekin shu bilan birga materialga murojaat etishda
erkinlik seziladi. syuitaning birinchi qismi «qizlar raqsi» deb
nomlanadi. Bu qismi murakkab uch qismli shaklda, sinkopali
qo‘shiqsimon raqs mavzusida yozilgan. Final-«Bayrdm
marshi» esa bayramona ko‘tarinki ruhda yoziigan bo‘lib,
shinavandalarning sevimii asarlaridan biriga aylangan.
d.Zokirov syuitasida ikkinchi qismi diqqatga sazovar bo‘lsa,
D.Soatqulovning syuitasida esa fi nal qismi ajralib turadi. Mazkur
112
asarda ham «lirik poema»dagi singari original mavzuiylik va
uni rivojlantirishga intilish seziladi.
m.ashrafiyning «Tojik raqs syuitasi»da esa muallif
ikkinchi va uchinchi qismlarida xalq kuylaridan foydalanadi.
(«Farg‘onacha», «mavrigi»).
Keyingi yillarda B. Giyenkoning «o‘zbekistonning
lirik ko‘rinishlari», a. Kozlovskiyning «Tog‘ syuitasi»,
«Hosil bayrami» kabi asarlari ko‘zga tashlanadi. sJalilning
«Toshkentning simfonik ko‘rinishi», B.Nadejdinning
«Bolalarga», G.mushelning «musiqiy vernisaj»,
m.mahmudovning «simfonik eskizlari», i.akbarovning
«Pochta» kabi syuitalari ham shu yillarga taalluqli. mazkur
asarlarda rivojlanish jarayoni kompozitorlarning ijodiy o‘sishini
namoyon qiladi, ya’ni bir kompozitorning turli davrlarda yaratgan
asarlarida (B. Giyenkoning «q’zbekistonning lirik ko‘rinishi»,
«dramatik eskizlar» yoki i.akbarovning «orzu» va «Pochta»
asarlari) xalq janr mavzuiyligidan chiqish, obrazliylikni sekin-
asta murakkablashtirishga intilish seziladi. mustaqil syuitalarni
oz miqdorda yozilayotganligi ham kishining e’tiborini tortadi.
(aksincha teatr va amaliy musiqadan kelib chiqqan syuitalarning
ommalashuvi).
Poema o‘zbekistonda keng ommalashgan janrlardan biri
hisoblanadi. Ushbu janrning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib,
ular poema-ballada, poema-rapsodiya, musiqiy ko‘rinish, oddiy
poema deb nomlanadi. Poemaning mavzular doirasi ham keng;
milliy adabiyot obrazlari (a.Kozlovskiy «ayniyning mutolaasi»,
m.Tojiyev «shoir sevgisi»), ozodlik mavzusi (i.akbarov «shoir
xotirasi», d.Zokirov «Hamza») urush yillari (a.Berlin «Brest
qahramonlari», s.Varelas «Zoya», a.Kozlovskiy «doston») xalq
bayramlari (s.Boboyev «Bayram kuni» U.musayev “Bayram”),
kolxoz mavzusi (l.Hamroyev «dalada», G‘.qodirov «Kolxozda
bayram») yoshlik mavzusi (s.yudakov «yoshlik poemasi»,
X.Rahimov «yoshJik») mehnat va xalq eposi obrazlari (G‘.
113
qodirov «Poema-ballada», i.akbarov «Epik poemasi»,
m.ashrafiy «Temur malik») va shaxsiy kechinmalarni
gavdalantirish (s. yudakov «Poema-rapsodiya», a.malaxov
«Paustovskiy xotirasiga epitafiya») kabi mavzulari.
1945-75-yillarda o‘zbek kompozitorlari bir qator poemalar
yaratdilar: masalan, i.akbarovning «shoir xotirasi», «Epik
poema»si, G‘.qodirovning «Poema-ballada»si, s.Boboyevning
«segoh», m.ashrafiyning «Temur malik», s.yudakovning
«Poema-rapsodiya»si, m.Tojiyevning «shoir sevgisi» va
boshqalar. mazkur asarlar orasida i.akbarovning «shoir
xotirasi» poemasi o‘zbek muallifining mazkur asarda sonata
shaklini ilk bor qo‘llanganligi bilan ajralib turadi.
Bosh partiya mavzusi jasurona maqsadga qaratilgan bo‘lib,
mi-bemol miksolidiy ladida yangraydi. Bosh va yordamchi
Do'stlaringiz bilan baham: |