O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet65/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

O‘tkazma, bu — bankning o‘z mijozining talabi, asosan, uning mablag‘i hisobidan to‘lanishi zarur bo‘lgan summani olishi zarur bo‘lgan xorijiy korxona (benefisiar)ga mablag‘ni pochta yoki telegraf yo‘li bilan o‘tkazib qo‘yish to‘g‘risidagi boshqa mamla- katdagi bank-korrespondentga bergan buyrug‘i. Valuta olishning eng tez va ishonchli vositasi telegraf o‘tkazmasidir. Bank-korres- pondentlar tomonidan maxsus kodning qo‘llanishi valuta mab- lag‘lari bo‘yicha zarar keltirish va o‘z mijozlariga mablag‘larni o‘tkazishda bank tomonidan xatolarga yo‘l qo‘yilishidan saqlaydi. O‘tkazmada bank ikki operatsiyani bir vaqtning o‘zida bajaradi: milliy valuta hisobiga mijoziga xorijiy valutani sotadi va xorijiy valutani chet elga o‘tkazib beradi.

Bank cheki — bankning xorijiy bank korrespondentga ma’lum miqdordagi pulni chek egasiga uning shu bankda mavjud bo‘l- gan korrespondentlik varaqasidan to‘lash to‘g‘risidagi yozma buyrug‘i.

Bank vekseli — o‘tkazma veksel (tratta) bo‘lib, bank tomoni­dan xorijiy bank korrespondentiga to‘lash uchun beriladi.

Xalqaro hisob-kitoblar deganda, biz talablar va majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni muvofiqlashtirish tizimini tushunamiz. Xalqaro hisob-kitoblar tijorat bank-korrespondentlari orqali o‘tkazma, cheklar, veksellar, o‘zaro talab va majburiyatlarni tenglashtirib voz kechish yo‘li bilan naqd valutasiz amalga oshiriladi.

Xalqaro hisob-kitoblar shakllarining ba’zilari o‘tkazilish yo‘llari bilan ichki hisob-kitoblarga o‘xshash bo‘lsa-da, ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlarni quyidagicha ta’rif- lash mumkin:

  • birinchidan, odatda, ular hujjat tarzida, ya’ni moliya (chek, veksel) va tijorat (konosament) hujjatlari yordamida amalga oshadi;

  • ikkinchidan, xalqaro hisob-kitoblar unifikatsiyalashgan (bir shaklga keltirilgan). Bunday hisob-kitoblarni amalga oshirishda aksariyat mamlakatlar banklari, jumladan, MDH veksel va chek konvensiyalariga amal qiladi. 1930 va 1931-yilda Jenevada qabul qilinib, Parij xalqaro savdo palatasi e’lon qilgan «Hujjatli akkre- ditivlar bo‘yicha unifikatsiyalashgan qoida va an’analar» va «Inkasso bo‘yicha unifikatsiyalashgan qoidalar»ga muvofiq xalqaro miqyosda hisob-kitob operatsiyalari olib boriladi. Bu hujjatlarga tashqi savdo aloqalarida bankka akkreditiv to‘g‘risida buyruq berilganda va in­kasso topshiriqnomalari berilganda murojaat etish lozim bo‘ladi.

Klassik va eng keng tarqalgan hujjatli hisob-kitoblar shakli hujjatli akkreditiv hamda hujjatli inkasso hisoblanadi.

Akkreditiv — bank (bank emitent) majburiyati bo‘lib, mol sotib oluvchi (import qiluvchi) ko‘rsatmasiga binoan mol sotuv- chi (eksport qiluvchi) varag‘iga mablag‘ni o‘tkazish yoki trattani tegishli summada (xizmat yoki tovar) akseptlashni sotuvchi to- monidan taqdim etilgan hujjatga muvofiq amalga oshirishni ifo- dalaydi. Akkreditiv shaklidagi hisob-kitoblarda bir qancha banklar ishtirok etishi mumkin: akkreditivni ochuvchi bank emitent; sotuvchiga akkreditiv ochilgani to‘g‘risida xabar beruvchi bank; akkreditivni to‘lovchi yoki trattani akseptlovchi bank. Shu bilan birga, bank emitentdan boshqa banklar o‘rnida bir bankning o‘zi ham ishtirok etishi mumkin.

Akkreditiv operatsiyalari to‘rt asosiy bosqichni bosib o‘tadi:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish