Aksiyadorlik tijorat banki aktivlari tarkibi (mln AQSH dollarida)
Aktivlar moddasi
|
Summa
|
Umumiy aktivga nisbatan, % da
|
Kassa va unga tenglashtirilgan mablag‘lar
|
628
|
17,4
|
Markaziy bankdagi zaxira mablag‘lar
|
326
|
8,9
|
Banklararo operatsiyalar
|
456
|
12,6
|
Yuqorida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, bank ba- lansining aktivida asosiy o‘rinni berilgan ssuda va zayomlar egallab turibdi (51,9 %). Chunki bankning asosiy daromad manbayi shu modda hisoblanadi. Keyingi o‘rinda esa, likvidlilik nuqtayi naza- ridan eng likvid hisoblangan aktiv moddasi: «Kassa va unga teng- lashtirilgan mablag‘lar» (17,4 %) turibdi va h.k.
Agar, aktivlar tarkibini bank faoliyatidagi asosiy turlari bo‘yicha guruhlashtirsak, u holda quyidagi xulosalar chiqarish mumkin:
Bank aktivlar operatsiyalarida asosiy o‘rinni kredit operatsiya- lari egallaydi. Ularning ulushi 19,9 % dan 83,25 % gachani tashkil etadi.
Bank aktivlarida ikkinchi o‘rinni qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar egallaydi (2,15 % dan 23,87 % gacha).
Uchinchi o‘rinda — kassa aktivlari (0,2 % dan 12,94 % gacha).
Boshqa aktivlar ulushi hisob-kitob xususiyatlaridan kelib chiqib bank operatsiyalarida juda ham keng spektrni egallaydi (2 % dan 78 % gacha).
Endi tijorat banklarining passiv operatsiyalarini ko‘rib chiqamiz. Passiv operatsiyalar tijorat banklari uchun muhim rol o‘ynaydi. Ular yordamidagina banklar pul bozorlarida kredit resurslariga ega bo‘lishadi.
Tijorat banklari passiv operatsiyalarining, asosan, to‘rt shakli mavjud:
qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish yo‘li bilan re- surslarni yig‘ish;
foyda hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish;
boshqa kreditorlarning mablag‘larini jalb qilish;
depozit operatsiyalarni amalga oshirish.
Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari, jalb qilingan mablag‘lari va emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakl- lanadi. Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi.
Banklaming o‘z mablag‘lariga bankning ustav kapitali, zaxira kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar va taqsimlanmagan foydasi kiradi. Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Bank- larni tashkil qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham har xil tashkil topadi. Agar, bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali tashkil topadi. Bank- larning ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan chegaralan- maydi.
Jalb qilingan mablag‘lar tijorat banklarining kredit resursla- rining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning asosiysi talab qilib olinguncha depozitlar, muddatli va jamg‘arma qo‘yilmalarga bo‘li- nuvchi depozitlardir.
Muddatli depozit schotlar qat’iy o‘rnatilgan muddatga ega bo‘lib, u bo‘yicha egalariga o‘rnatilgan foiz to‘lanadi. Muddatli depozit schotlarida saqlanuvchi pul mablag‘lariga talab qilingun- cha depozitlarga nisbatan majburiy zaxiralarga pastroq norma belgilanadi. Mijozlar uchun muddatli depozit schotlarining yaxshi tomoni ular bo‘yicha yuqori foiz olinishidir, bank uchun esa likvidlilikni kam zaxira bilan ushlab turish mumkinligi. Mud- datli depozitlarning mijozlar uchun kamchiligi, uning past likvidliligi va muddatli depozit schotlaridagi mablag‘larni hisob- kitob va joriy to‘lovlarga ishlatib bo‘lmasligidir. Talab qilib olinguncha depozitlar schotlarida saqlanuvchi mablag‘lar xarakte- ridan kelib chiqib tasniflanadi: turli mulk shaklidagi korxonalar va tashkilotlarning hisob-kitob, joriy, budjet schotlaridagi mab- lag‘lar; turli fondlarni saqlash bo‘yicha maxsus schotlardagi mablag‘lar, kapital qo‘yilmalar uchun mo‘ljallangan korxona- larning o‘z mablag‘lari; boshqa banklar bilan hisoblashish bo‘- yicha korrespondentlik schotlaridagi mablag‘lar, mahalliy budjet mablag‘lari.
Jamg‘arma qo‘yilmalar ularning hisoblash xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagilarga bo‘linadi: muddatli, qo‘shimcha qo‘yish bilan muddatli, yutuqli, pul-buyum yutuqli; shartli; jamg‘arma sertifikatlar va boshqalar.
Endi tijorat bankining passivi tarkibini ko‘rib chiqamiz.
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |