O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet66/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Birinchi bosqich. Import qiluvchi tovar jo‘natilishga tayyorligi to‘g‘risida xabar olgandan keyin o‘z bankiga (bank emitent) eksport qiluvchi bankida ma’lum summa va muddatga akkreditiv ochish topshirig‘ini beradi. Akkreditiv ochish topshirig‘i bilan birga akkreditiv berilishi uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatiladi;

  • ikkinchi bosqich. Bank emitentga tegishli bankda akkreditiv ochiladi va eksport qiluvchiga bu haqda xabar qilinadi, zarur bo‘lsa, akkreditiv ochilganligi tasdiqlanadi;

  • uchinchi bosqich. Tovarni jo‘natgan eksport qiluvchi bankka talab etilgan hujjatlarni taqdim etadi va tovar uchun tegishli to‘lovni oladi (odatda, u eksport qiluvchining hisobraqamiga o‘tkaziladi);

  • to‘rtinchi bosqich. Eksport qiluvchi banki tovar hujjatlarini bank emitentga yuboradi. U, o‘z navbatida, bu hujjatlarni import qiluvchiga taqdim etadi va akkreditiv summasini qoplaydi (import qiluvchi bu summani to‘lab beradi).

    Majburiyat turiga ko‘ra, bank akkreditivi «chaqirib olinadi- gan» va «chaqirib olinmaydigan» bo‘ladi. «Chaqirib olinadigan» akkreditiv muddatdan ilgari import qiluvchi yoki bank emitent ko‘rsatmasiga binoan bekor qilinishi mumkin. Bunday akkreditiv eksport qiluvchi manfaatlariga javob bermaydi va amaliyotda kam uchraydi. «Chaqirilmaydigan» akkreditiv eksport qiluvchi ruxsa- tisiz bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas. U bank emitentning eksport qiluvchiga to‘lovni amalga oshirish yoki trat­tani akseptlashning qat’iy majburiyatini oladi. «Chaqirilmaydigan» akkreditiv qo‘llanilishi jihatidan eksport qiluvchi uchun afzal hisoblanadi. Agar bank emitent akkreditivni ochuvchi bankka va­luta qoplamasini jo‘natsa, akkreditiv ta’minlangan, aks holda, ta’minlanmagan hisoblanadi.

    Hujjatli inkasso operatsiyasida eksport qiluvchi o‘z bankiga in- kasso topshiriqnomasini beradi va tashqi savdo shartnomasida ko‘rsatilgan hujjatlami taqdim qilish bilan import qiluvchidan ma’lum valuta miqdorini olish lozimligini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, eksport qiluvchi o‘z banki orqali import qiluvchi bankiga inkassatsiya uchun hujjatlami jo‘natadi. Inkassatsiya opera- tsiyasi to‘rt asosiy bosqichda o‘tadi:

    • birinchi bosqich. Eksport qiluvchi o‘z bankiga inkasso top- shiriqnomasi va unga ilova qilingan hujjatlami beradi;

    • ikkinchi bosqich. Eksport qiluvchi banki import qiluvchi mam- lakatdagi bank-korrespondentga inkasso topshiriqnomasi va huj­jatlami yuboradi;

    • uchinchi bosqich. Bank-korrespondent import qiluvchiga huj­jatlami taqdim etadi va inkasso topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summani oladi yoki trattani akseptlaydi;

    • to‘rtinchi bosqich. Olingan to‘lov miqdori import qiluvchi banki eksportyor bankiga, undan esa eksport qiluvchi schotiga o‘tkaziladi.

    Valuta operatsiyalarini valutalar o‘rtasidagi nisbatni aniqla- masdan va ularni almashtirmasdan o‘tkazish mumkin emas. Bu nisbatlar valuta «kotirovka»lari yordamida amalga oshiriladi. Valuta kotirovkasi deganda, almashtirish uchun taqdim etilgan valutalar kursini va ular orasidagi nisbatni o‘rnatish tushuniladi.

    Valuta kotirovkasi rasmiy va bozor kotirovkasiga bo‘linadi. Ras- miy valuta kotirovkasini davlat amalga oshiradi (asosan, Markaziy bank). Rasmiy valuta kursidan davlat valuta operatsiyalarida, boj- xona ishlarida, to‘lov balansini tuzishda foydalaniladi.

    Valuta kursini aniqlash usullari valuta tizimlarining xusu- siyatlariga ko‘ra, turli mamlakatlarda turlicha. Qattiq valuta chek- lovlari mavjud davlatlarda valuta kursi ikki usulda o‘rnatilishi mumkin. Birinchisi, sof boshqaruv usuli — hukumat yoki Mar­kaziy bank talab va taklifdan qat’i nazar, milliy valuta kursini belgilaydi. Bunda valuta kursi boshqa valuta yoki bir qancha valu­talar (valuta savati)ga nisbatan belgilanadi. Shu bilan birga, ko‘pchilik Markaziy banklar turli operatsiyalarda turlicha valuta kurslarini belgilaydi.


    Download 0,76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish