Milliy valuta tizimi — tarixan yuzaga kelgan bo‘lib, alohida olingan davlatning valuta munosabatlarini qonun asosida tashkil qilish va boshqarish munosabatlarini o‘z ichiga oladi. Milliy valuta tizimining elementlari milliy valuta, valuta zaxiralari hajmi va tarkibi,
valuta pariteti va milliy valuta kursi, valutani konvertirlash shart- lari, mamlakat valuta munosabatlarini boshqaruvchi milliy mahkamalar va tashkilotlar maqomi, valuta va oltin milliy bozor- larining faoliyat yuritish shartlari, valuta nazorati, valutaviy chek- lanishlar bor-yo‘qligi qoidalari, xalqaro kredit vositalarini milliy pul aylanishida qo‘llash qoidalari va boshqalar hisoblanadi. Milliy valuta tizimi mamlakat pul tizimining asosiy qismini tashkil qiladi.
Mintaqaviy valuta tizimi elementlari tegishli shartnoma shart- lari asosida aniqlanadi.
Jahon valuta tizimi quyidagi elementlarni, ya’ni xalqaro to‘lov vositalarining ma’lum bir yig‘indisi, valuta kurslari va valuta pari- teti, konvertirlash shartlari, xalqaro hisob-kitob shakllari, xalq- aro valuta va oltin bozorlari rejimi, xalqaro va milliy bank tash- kilotlari, xalqaro kredit vositalarini muomalada qo‘llash qoidalarini, valuta cheklovlarni davlatlararo boshqarish usullari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro va mintaqaviy valuta tizimlarining asosi xalqaro mehnat taqsimoti, tashqi savdo hisoblanadi. Jahon valuta tizimi valuta instrumentlari (vositalari)ning amal qilishini ta’minlovchi xalqaro kredit-moliya muassasalari va xalqaro bitim hamda davlat huquqiy me’yorlari majmualarini o‘z ichiga oladi.
Mintaqaviy valuta tizimi rivojlangan davlatlarning jahon valuta tizimi chegarasida tashkil etiladi. Masalan, Yevropa valuta tizimi — YVT bir qator Yevropa davlatlarining valuta sohasidagi tashkiliy- iqtisodiy munosabatlari shakli sifatida namoyon bo‘ladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Valuta mexanizmi samaradorligi, davlatning va xalqaro valuta- moliya muassasalarining valuta, pul va oltin bozorlariga aralashish darajasi iqtisodiy o‘sish, davlatning tashqi iqtisodiy strategiyasiga ta’sir etadi. Valuta tizimi ahamiyatining o‘sishi rivojlangan mam- lakatlarning milliy va mahalliy doirada valuta sohasida davlat mo- nopolistik boshqaruvining yangi usuli va vositalarini izlashga maj- bur etmoqda.
Jahon valuta tizimi (JVT) va uning evolutsiyasi. Rivojlangan davlatlarning valuta tizimi nafaqat ular o‘rtasidagi pul hisob- kitob munosabatlarini, balki ichki pul muomalasining katta qismini ham o‘z ichiga oladi. JVT oltin standartga asoslangan tizim- dan asta-sekin maqsadli boshqariladigan, qog‘oz-kredit pullariga asoslanadigan tizimga aylandi. Shu bilan birga, uning rivojlanishi (o‘n yilliklar farqi bilan) milliy pul tizimining rivojlanish bos- qichlarini takrorlaydi. Ichki iqtisodiyotda pul tizimi oltin tanga stan- dartidan oltin quyma va oltin deviz, undan kredit-qog‘oz pul muomalasiga o‘tdi va oxirgi bosqichda ko‘proq e’tibor kredit vosi- talariga qaratiladigan bo‘ldi.
Jahon miqyosida bu holat keyinroq maxsus shakllarda namo- yon bo‘ldi. Bunda oltin tanga standarti mutlaqo bo‘lmagan, oltin quyma standarti asrlar davomida mavjud bo‘lgan; oltin bilan bir qatorda yordamchi kredit pullari veksel, chek va boshqa ko‘ri- nishda rivojlangan. Ammo XX asr boshiga kelib, bu tizim xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yangi shakliga javob bermay qoldi. Bu davrning eng asosiy belgilaridan biri kapitalni eksport qilish — JVTning yangi oltin standart shakllari bilan qarama-qarshilikka uchradi. Bundan tashqari, oltin zaxiralari tez rivojlanib borayotgan davlatlar xazinasida to‘plana bordi. Shuning uchun ham, davlatlar o‘rtasida yangi boshqariladigan valuta tizimi zarur edi. O‘tgan asrning 30-yillari ikkinchi yarmida oltin standart shakllari o‘rniga qog‘oz-kredit pul muomalasi keldi. U davlatga emissiya mexaniz- midan iqtisodiyotni boshqarish vositasi sifatida foydalanish imko- nini berardi.
Jahon valuta tizimi rivojlanishining muhim bosqichi II Jahon urushidan keyin boshlandi. II Jahon urushi oltin zaxiralarining yangi taqsimotiga olib keldi: barcha davlatlarning deyarli 4/5 oltin zaxiralari AQSHda to‘plandi. Dollarning JVTda yetakchi o‘rin- daligi, oltin deviz standartining oltin dollar shaklini olganligidan dalolat berardi. Bu holat rasmiy ravishda 1944-yil iyulda Bretton- vuddagi (AQSH) BMT Konferensiyasida tasdiqlangandi. Unda urushdan keyingi Jahon valuta tizimiga asos solindi.
JVTning tashkiliy va faoliyat tamoyillari quyidagilar qilib belgilandi:
dollar va funt sterlingga xalqaro hisob-kitoblarda va chet el valuta zaxiralarida asosiy o‘rin berildi va ularni oltin o‘rniga taqdim etilishi mumkinligi tasdiqlandi;
dollarga nisbatan barcha mamlakat valutalarining qat’iy pari- teti o‘rnatildi, dollar orqali esa oltinning va chet el valutalarining bir-biriga nisbatan bahosi aniqlanadigan bo‘ldi;
valuta kursining dollar paritetiga nisbatan tebranishi 1 % dara- jasida belgilandi;
JVTni boshqarish maqsadida Xalqaro valuta fondi (XVF) va Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot banki (XRTB) tashkil etildi;
valuta cheklovi tizimi bekor qilinib, milliy valuta konverta- tsiyasi tiklandi.
Bu shaklda tuzilgan, II Jahon urushidan keyingi JVT xalqaro valuta-moliya munosabatlaridagi tartibsizlikni yo‘qotishga imkon berdi. Ammo Brettonvud tizimining qarama-qarshiligi — tartibsiz bozor (oltin standart) va boshqariladigan dollar tizimi bo‘yicha ish yuritish quyidagilarga olib keldi:
AQSHdan ko‘p miqdordagi kapitalning boshqa davlatlarga oqib ketishiga (1957-1971-yillarda 54,2 mlrd dollar miqdorida to‘g‘ri investitsiyalar tarzida AQSHdan boshqa davlatlarga oqib o‘tgan);
chet ellardagi katta harbiy xarajatlarga;
AQSHning to‘lov balansi taqchil bo‘lishiga (uning miqdori 1953-1972-yillarda 69 mlrd dollarni tashkil qilgan);
dollarning real kursi va uning oltin pariteti orasida uzilishning bo‘lishiga va boshqalar.
Bundan tashqari, 60-yillarning ikkinchi yarmida G‘arbiy Yev- ropa va Yaponiya AQSHdan o‘z oltin zaxiralari va eksport hajmi bo‘yicha ikki baravar oshib ketdi. Natijada, hatto oltin deviz standard tayanadigan umumiqtisodiy asos o‘z umrini tugatdi. Oltin dollar standartining buzilishi valuta bozorlarida dollarning «tushi- shi» va «valuta isitmasi» iboralari tarzida o‘z aksini topdi.
Shuning uchun 1970-yilda XVF chegarasida maxsus hisob va to‘lov birligi (SDR) kiritildi va u a’zo davlatlarning valuta zaxira- larini to‘ldirish uchun mo‘ljallangandi. SDR jahon pulining bir qator funksiyalarini bajaradigan bo‘ldi. U XVF a’zolarining kvotalariga proporsional tarzda taqsimlanadi, shuning uchun uning asosiy qismi (2/3 dan 3/4 gacha) rivojlangan davlatlarga, 1/4 qismi rivojlanayotganlariga to‘g‘ri keladi. SDRning boshlang‘ich kursi AQSH dollarining rasmiy oltin miqdoriga tenglashtirilgan. Keyinchalik uning qobiliyati 16 valuta savati bo‘yicha, hozirda esa 5 asosiy milliy valuta bo‘yicha aniqlanadi. SDR JVTning asosiy zaxira vositasiga aylanmoqda.
AQSH ikki marta dollar devalvatsiyasini o‘tkazdi (1971 va 1973-yilda). Natijada oltinning rasmiy kursi — troya unsiyasi 42,22 dollargacha qilib belgilab berildi. Bu davrda ko‘pchilik rivojlangan davlatlar o‘z valuta kursini ma’lum darajada ushlab turish (dollarga nisbatan) majburiyatlaridan voz kechdi. 1973-yil- ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga investitsiya qilishni rivoj- lantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi.
Valuta kursi boshqa iqtisodiy tushunchalar bilan uzviy bog‘liqdir. Valuta kursining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Bu omillar iqtisodiy, siyosiy, struktura, huquqiy yoki psixologik xarakterga ega bo‘lib, valuta kursiga to‘g‘ri yoki teskari ta’sir ko‘rsatadi. Valuta kur- siga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: Valuta kursining dinamikasini bevosita aniqlovchi yoki xalqaro iqtisodiy ayirboshlash jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan omillar:
xalqaro ayirboshlashda qatnashuvchi mamlakatlar yalpi mil- liy mahsulotining (YMM) to‘lov balansi;
pulning ichki va tashqi taklifi;
foiz stavkalari.
Bu ko‘rsatilgan omillarni sabab (uyushgan) sifatida ko‘rsatish mumkin. Sabab (uyushgan) omillarning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi va valuta kursini o‘rnatish mexanizmida boshqaruvchi sifatida ta’sir etuvchi omillar.
Iqtisodiy tizimning dinamik tizim tangligidan chiqib ketishi natijasida yuzaga keladigan omillar:
iqtisodiy tizimni boshqarishda ishonchlilik darajasi;
iqtisodiy va siyosiy struktura vakillarining bir-birini tushuna olish darajasi;
qonunlarning bajarilish darajasi;
iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori;
mamlakatdagi siyosiy kuchlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar darajasi;
iqtisodiyotni ko‘tarish bo‘yicha aniq ishlangan dasturning yo‘qligi;
aholining boshqaruv strukturasiga ishonchlilik darajasi;
xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi.
Qonuniy me’yorlarga va amaliyotga mos holda birjada chet el valutasining kursini, qimmatli qog‘ozlar kursini yoxud tovarlar bahosining o‘rnatilishi, qisqacha qilib aytganda, valuta kursini o‘rnatish — kotirovkalash deb ataladi. Jahon amaliyotida koti- rovkalashning ikki usuli mavjud: