O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet70/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
pul muomalasi

Sotuvchi kursi — bankning valutani sotish kursi.

Xaridor kursi — bankning valutani sotib olish kursi.

Bu kurslar o‘rtasidagi farq marja deb ataladi va u xizmat xara- jatlarini qoplashga va ma’lum darajada foyda olishga sarflanadi.

Valutaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlan- ganligidir. Konvertirlanganlik darajasiga ko‘ra, valuta kursi uchga bo‘linadi:

  • erkin «suzib» yuruvchi;

  • cheklangan darajada «suzib» yuruvchi;

  • qayd etilgan valuta kurslari.

Valuta kursi tovar bahosi kabi shu guruhlarga bo‘linadi. Erkin «suzib» yuruvchi valuta kursi ma’lum valutaga bo‘lgan bozor tala- bi va taklifi ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi, Angliya funt sterlingi. Shu bois, bu valutalar jahon valuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi.

Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valuta kurslarining o‘z- garishi ayrim valutalar yoki bir guruh valutalar (valuta savati) kursi o‘zgarishiga bog‘liq. Misol uchun «uchinchi dunyo»ning ko‘pchilik mamlakatlari o‘z valutalarini AQSH dollariga, Yevropa

mamlakatlarining yevrosiga va boshqa xorijiy valutalarga bog‘lashadi. Sobiq sotsialistik mamlakatlar valuta kurslarini valuta savatiga nisbatan hisoblashadi. YKY ham xuddi shunday tartibda hisoblanadi. Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valuta kurslari kiritilgan mamlakatlar o‘z valutalarining tebranish chegarasini o‘zlari hamkorlik qilayotgan mamlakatlar bilan kelishib olishadi.

Qayd etilgan valuta kursi — bu xorijiy valutada ifodalangan milliy pul birligining davlat tomonidan rasmiy o‘rnatilgan ba- hosi bo‘lib, unga valuta bozorlaridagi talab va taklifning o‘zgarishi ta’sir qilmaydi. Hozirgi vaqtda qayd etilgan valuta kursi kam rivoj- langan mamlakatlarda yoki iqtisodiy tashqi bozorga yetarli darajada kirib bormagan mamlakatlarda ularning moliya tizimini va milliy ishlab chiqarishini kuchli xorijiy raqobatchilaridan himoya qilish va quvvatlash maqsadida qo‘llaniladi.

Real samarali ayirboshlash kursi dinamikasida pasayish sodir bo‘ladi. Agar 2000—2002-yillarda real samarali ayirboshlash kur­si dinamikasida keskin pasayish sodir bo‘lgan bo‘lsa, 2003-yil- dan boshlab kurs ancha barqarorlashdi. 2003-yil davomida real samarali ayirboshlash kursi 12,1 % ga pasaygan va 2004-yilning dastlabki yarim yilida 6,6 % ga pasaydi. Milliy valuta real almashinuv kursining barqarorlashuvi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qattiq monetar siyosati natijasidir.


Real samarali ayirboshlash kursi (1994-yil dekabr = 100 %)





Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, International Financial Statistics (IFS), IMF.




Barcha mamlakatlar ma’lum muddatda o‘z valutalari kurslari to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilib borishadi. Masalan, O‘zbe- kiston Respublikasi valuta birjasi ish yakunlari matbuotda, te- levideniyeda e’lon qilinadi. Bunda nominal valuta kursi belgila-

nadi. Lekin kuchayib borayotgan inflatsiya jahon bozorida milliy mahsulotga bo‘lgan talabni, uning raqobatbardoshligini aniqlashda milliy va xorijiy tovarlar baholari o‘rtasidagi nisbatini ham bilish kerak bo‘ladi. Ya’ni milliy valutaning real almashtirish kursini hisoblab chiqish kerak.

Real valuta kursini hisoblashni O‘zbekiston va Rossiyada ish- lab chiqariladigan gazlama misolida ko‘rsatish mumkin. Masalan, 1 m gazlamaning bahosi respublikamizda 1000 so‘m, Rossiyada 35 rubl. Valutalarning amaldagi nisbati 1 Rossiya rubli = 35 so‘m yoki 1 so‘m = 0,028 Rossiya rubli bo‘lganda, 1 m o‘zbek gazla- masining bahosi Rossiya rublida 0,028-1000=28 rubl turadi. Bun- day holda O‘zbekiston va Rossiyada ishlab chiqarilgan 1 m gaz­lama baholari nisbati teng:


0,028-1000

35
28

= 0,7 ga teng bo‘ladi.

Demak, ushbu nisbat o‘zbek gazlamasining bahosi Rossiya gazlamasi bahosidan 0,7 marta arzon ekanligini ko‘rsatadi. Shun- day qilib, real valutadagi bahosiga va nominal almashtirish kursiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi tenglik bilan izohlanadi:

real kurs = nominal kurs (hamda o‘z mamlakatida ishlab chiqarilgan xorijiy tovarlar bahosi).

Bu tenglikni umumiy ko‘rinishda shunday yozish mumkin: real valuta kursining nominal valuta kursi baholar darajasi nis- batlari past valuta kursida milliy tovarlar nisbatan arzonroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan qimmatroq turadi.



NAZORAT SAVOLLARI
Shuning uchun eksport o‘sib boradi, import esa qisqarib boradi va, aksincha, yuqori real valuta kursida milliy tovarlar nisbatan qimmatroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan arzonroq tu­radi. Natijada import o‘sib, eksport qisqarib boradi.

  1. Valuta tizimining asosiy elementlari.

  2. Yamayka valuta tizimining asosi nima?

  3. Parij valuta tizimining asosi nima?

  4. Yevrovaluta tizimining tashkil topishi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., «O‘zbe- kiston», 1992.

  2. O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni. T., «O‘zbekiston», 1997.

  3. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi­ning Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuni. T., «O‘zbekiston», 1997.

  4. O‘zbekiston Respublikasining «Bank siri to‘g‘risida»gi Qonuni. T., «O‘zbekiston», 2003.

  5. O‘zbekiston Respublikasining «Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida»gi Qonuni. T., «O‘zbekiston», 2011.

  6. O‘zbekiston Respublikasining «Valutani tartibga solish to‘g‘- risida»gi Qonuni (yangi tahrir). T., «O‘zbekiston», 2003.

  7. O‘zbekiston Respublikasining «Ipoteka to‘g‘risida»gi Qonuni. T., «O‘zbekiston», 2006.

  8. O‘zbekiston Respublikasining «Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘- risida»gi Qonuni. T., «O‘zbekiston», 2007.

  9. O‘zbekiston Respublikasining «Mikromoliyalash to‘g‘ri- sida»gi Qonuni. T., «O‘zbekiston», 2007.

  10. O‘zbekiston Respublikasining «Iste’mol krediti to‘g‘risi- da»gi Qonuni. T., «O‘zbekiston», 2007.

  11. O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni. T., «O‘zbekiston», 2012.

  12. O‘zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘ri- sida»gi Qonuni. T., «O‘zbekiston», 2012.

  13. O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy bank va moliya ins- titutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni. T., «O‘zbekiston», 2012.

  14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-no- yabrdagi PQ 1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011—2015-yil- larda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqaror- ligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga eri- shishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbir- lar» Dasturi.


  15. Download 0,76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish