O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Aksiyadorlik tijorat bankining passivi tarkibi (mln AQSH dollarida)



Download 0,76 Mb.
bet64/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Aksiyadorlik tijorat bankining passivi tarkibi (mln AQSH dollarida)

Majburiyatlar va aksiyador'lik kapitali

Summa

Umumiy passivga nisbatan, % da

Davlat va Markaziy baakdepyzitlari

965

26,1

Mijozlar depozitlari

623

17,2

Banklar va boshqa kredit muassasalari depozitlari

342

9,4

Davlatlararo kreditlar

1075

29,6

Boshqa majburiyatlar

53

1,5

Aksiyadorlik kapitali

3058

84,3

Nominal aksiyadorlik kapitali

364

10,0

Qo'shimcha kapital

20

0,5

Taqsimlaamagan foyda

187

5,2

Jami aksiyodorlik kapitali

571

15,7

Jami majburiyatlar va aksiyadorlik kcapiita-li

3629

100,0







Yuqorida keltirilgan (6-jadvalga qarang) tijorat bankining pas- sivlari strukturasida davlat va Markaziy bank depozitlari asosiy o‘rinni egallab turibdi (26,6 %). Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda esa, mos ravishda, davlatlararo kreditlar (29,6 %) va mijozlar depozitlari (17,2 %) egallab turibdi va h.k.

Bank aktivlarining qiymatini to‘g‘ri hisoblash va ulardan keladigan daromadlarni to‘g‘ri hisob-kitob qilib rejalashtirish bank faoliyatining samaradorligiga olib kelishi mumkin.

Hozirgi kunga kelib banklar mablag‘larni shakllantirish va daro- mad ortishining yangi manbalariga murojaat qilmoqdalar, ya’ni aktivlarni sekyuritizatsiyalash va kafolatli kredit xatlarini chiqa- rishdir. Banklar bunday daromad va zaxiralar manbalariga, asosan, ular banklar faoliyatini tartibga solish va jahon moliya bozoridagi investorlar muomalasini o‘zgartirishga yordam berganligi uchun murojaat qilishadi. Bunday tartibga solishning yangi normalari uzoq muddatli kapitalning pozitsiyasini mustahkamlashni talab etadi.

Ko‘pgina bankirlar shuni angladilarki, «kapital-aktivlar» munosa- batini samarali yaxshilash vositasi bo‘lib balansdan tashqari aktiv- larni sotish hamda aktivlarni qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali paketlashtirish va aktivlarning o‘zini zaxirada saqlash hisoblanadi.

  1. Tijorat banklarining xalqaro operatsiyalari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari nafaqat mam- lakat ichkarisida, balki boshqa mamlakatlar bilan ham turli xil operatsiyalarni olib boradi. Tijorat banklarining boshqa mamlakat­lar bilan olib boruvchi operatsiyalari ularning xalqaro opera­tsiyalari deb yuritiladi. Tijorat banklarining xalqaro operatsiyalari o‘z ichiga xalqaro savdoda ishtirok qiluvchilar o‘rtasidagi munosa- batlarni, ssuda kapitali bozorida investitsiya faoliyatini yurituvchi, turizm, xorijiy qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish, valuta ayirboshlash, chek, veksel, inkassatsiya uchun bank akseptlarini qabul qilish bilan shug‘ullanuvchi mijozlar tomonidan talab qili- nadigan xizmatlarni o‘z ichiga oladi.

Xalqaro operatsiyalardan bankka tushadigan daromadning eng asosiy qismini kredit berishdan tushadigan daromadlar tashkil qi- ladi. Xalqaro savdoni bank tomonidan kreditlash tovar va tovar hujjatlarini garovga olish asosida kredit berish, veksel bo‘yicha kredit va aksept kreditlarni, bank ssudalarini berish shaklida amalga oshiri- ladi. Tashqi savdoni kreditlashning yangi shakllariga lizing, fakto- ring va forfeytirlash kabilarni kiritish mumkin. O‘rta va uzoq mud- datli xalqaro bank kreditlari yevro-kredit shaklida ham beriladi.

Banklar xalqaro operatsiyalarining yana bir turi bu valuta ope- ratsiyalari hisoblanadi. Bankning bir valutani boshqa valutaga al- mashtirishi valuta operatsiyalari deyiladi. Ularni amalga oshirish zaruriyati mavjudligining asosiy sababi xalqaro savdo, xalqaro kredit va xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarda yagona to‘lov vosi- tasiga ega bo‘lish zarurligi hisoblanadi.

Turli xil valuta operatsiyalari yig‘indisi jahon ssuda kapitali bozorining asosiy qismlaridan bin bo‘lgan valuta bozorini hosil qiladi. Valuta bozorida xorijiy valutaga talab va taklif mujassamlash- tiriladi. Taklif sotilgan tovar va xizmatlar uchun daromad olgan eksport qiluvchidan, talab esa sotib olingan tovar va xizmatlarni to‘lash uchun xorijiy valutaga muhtoj import qiluvchilardan kelib chiqadi. Valuta operatsiyalari asosini tovarlar va xizmatlar, kapital va kreditlarning xalqaro harakati tashkil etadi.

Valuta bozorida operatsiyalarni maxsus banklar, kompaniya- lar va jismoniy shaxslar amalga oshiradi. Birja ichida va undan tash- qaridaga valuta bozorlari bir-biridan farq qiladi. Valuta operatsiya- larining ko‘pchiligi birjadan tashqaridagi bozorlarda tijorat bank- lari orqali amalga oshiriladi.

Banklar bir-biri bilan (bevosita yoki brokerlar orqali), mijoz- lari bilan valuta operatsiyalarini xalqaro banklararo valuta bozorida va birjalarda olib boradi. Valuta shartnomalarining asosiy qismi xalqaro banklararo valuta bozorida tijorat banklari o‘rtasida im- zolanadi. Valuta cheklovlari yo‘q yoki sezilarli bo‘lmagan davlat- larda (AQSH, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Gonkong, BAA va boshq.) valuta muomalalarini ixtiyoriy bank amalga oshirishi mumkin. Milliy valuta konvertirlanmagan davlatlarda valuta opera- tsiyalarini faqatgina davlat ruxsat bergan banklar amalga oshiradi.

Bankning valuta bozoridagi faolligi bankning yirikligiga, uning obro‘siga, xorijiy bo‘limlari va filiallari tarmoqlarining rivojlan- ganlik darajasiga, EHM bilan ta’minlanganligiga, telefon va tele- graf aloqalarining rivojlanganligiga bog‘liq. Valuta operatsiyalari- ning asosiy qismi yirik tijorat banklariga to‘g‘ri keladi. Ular valutani sotish, sotib olish, xalqaro hisob-kitoblarni bajarish bilan birga, xorijiy valuta zaxiralarini saqlaydi va valuta kurslarini aniqlaydi. Boshqa banklar ularga kotirovka bo‘yicha murojaat qiladi va o‘z mijozlari uchun valuta sotib oladi.

Ko‘pgina mamlakatlarda (Yaponiya, GFR, Fransiya, Italiya, Avstraliya, Niderlandiya) yaxshi taraqqiy qilgan maxsus valuta birjalari mavjud. O‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab, fond va tovar birjalarida valuta bilan savdo qilish keng tarqalgan.

Banklar tomonidan valuta operatsiyalari bankning xususiy mablag‘lari hisobiga yoki mijozlar hisobiga amalga oshirilishi mum- kin. Valuta operatsiyalari xorijiy valutada ifodalangan naqdsiz to‘- lov vositalari: bank depozitlari, cheklar, veksellar, o‘tkazmalar hisobiga amalga oshiriladi. Naqd xorijiy valutasi hisobiga amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmi ancha kichik hisoblanadi.

Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob operatsiyalarida turli hisob shakllari qo‘llanilishi mumkin. Bular qatoriga bank buyrug‘iga asosan, pul o‘tkazish (o‘tkazma turi), bank cheki, bank vekseli, akkreditiv, inkasso shakllari va boshqalarni kiritish mumkin.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish