O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet61/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Tijorat banklarining aktiv va passivlarini boshqarishning bank likvidUUgiga ta’siri. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari­ning faoliyati foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bozor iqtiso­diyoti sharoitida bank foydasining iqtisodiy mohiyati yangicha ijtimoiy-iqtisodiy tus olib bormoqda. Chunki tijorat banklarining foydasi bank kapitali to‘planishining va bank rivojlanishining aso- siy manbayidir.

Bank foydasining o‘sib borishiga bir necha xil omillar mavjud bo‘lib, bular: bankning rentabelligi, vaqtincha bo‘sh mablag‘lar- ning samarali ishlatilishi, turli xil pulli xizmatlar ko‘rsatish doira- sini kengaytirish, foyda keltirmaydigan aktivlarni kamaytirish, foyda keltiruvchi aktivlarni ko‘paytirish va boshqa omillar hi- soblanadi.

Iqtisodiy rivojlanish bosqichida tijorat banklarining asosiy ish tamoyillaridan biri — yuqori darajada foyda olishga yo‘naltirilgan, qaratilgan bo‘ladi. Biroq, bularning faoliyati doimo foyda ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lmasdan, ular faoliyatida zarar ko‘rish ehtimoli ham uchrab turishi mumkin. Banklar faoliyati ijobiy bo‘lgan hol- larda, ularning foyda olish va salbiy faoliyat natijasida banklarning zarar ko‘rish ehtimoli yuqori darajada bo‘ladi. Yuqorida aytilgan foyda keltiruvchi zaxiralarni amalda tatbiq qilish jarayonida bank­ning ish faoliyati iqtisodiy jihatdan tavakkal bilan bog‘liq bo‘ladi.

Aktivlarni boshqarish deganda, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni joylashtirish tartibi va yo‘llari tushuniladi. Tijorat banklariga qo‘lla- nilsa, bu — naqd pullar, investitsiyalar, ssudalar va boshqa aktivlarga taqsimlashdir. Mablag‘larni joylashtirishda asosiy diqqat qimmatli qog‘ozlarga, investitsiyalar va ssuda operatsiyalariga qaratiladi. Mab- lag‘larning aniq yechimi shunday aktivlarni «sotib olishi» kerakki, u bankka eng ko‘p daromad olib kelsin. Biroq, tijorat banklarida fondlarni boshqarish qator omillar orqali qiyinlashmoqda.

Bank tomonidan jalb qilingan mablag‘larning ko‘pchilik qismi mijozlarning birinchi talabi bilan to‘lanishi kerak yoki ogohlantirish muddati juda qisqa bo‘ladi. Shuning uchun bankni oqilona bosh­qarishning birinchi darajali shartlaridan biri — bu jamg‘armachilar talablarini qondirish xususiyatini ta’minlash hisoblanadi. Ikkinchi shart — bank mijozlarining kreditga bo‘lgan talabini qondira oladigan yetarli mablag‘larga ega bo‘lish. Bunday kredit bera olish bank tijorat faoliyatining asosiy turidir. Mijozlarning kreditga bo‘lgan talablarini qondira olmaslik bank tomonidan foydali operatsiya- larni yo‘qotishiga, pirovardida esa sinish ehtimoliga olib keladi.

Banklarning mamlakatning asosiy pul massasini yetkazib beruvchi sifatidagi roli ularga jamiyat oldida katta mas’uliyat yuk- laydi. Jamiyatning bank sistemasining to‘lovga layoqatliligi, likvid- liligi va barqarorligi to‘g‘risida ishonchsizlikka sababi bo‘lmasligi kerak, jamg‘armachilar esa istalgan bank ishonchli ekanligiga imoni komil bo‘lishi kerak. Bank jamg‘armachilari va uning aksiya ush- lovchilari maqsadlarini bir-biriga taqqoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun bank o‘z mablag‘larini joylashtirayotganida hal etadigan asosiy masalalardan bin bu likvidlilik va foydalilik o‘rtasidagi mu- nosabatdir. Bir tomondan bank boshqaruv mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga joylashtirish orqali yuqori daromad olishga ko‘z tutayotgan aksiyadorlarning bosimini his etsa, ikkinchi tomondan, bank boshqaruvi bunday faoliyat bank likvidliligini sezilarli dara- jada yomonlashtirishini, bu esa jamg‘armachilarga o‘z mablag‘la- rini ololmasligini va eski mijozlarning kreditga bo‘lgan talabini qondira ololmasligini aniq biladi.

Bank mablag‘larini turli aktivlarga joylashtirish yuqori likvid­lilik darajasini ushlab turish va ma’lum yuqori daromad olish ehtiyojini belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqadi. «Likvidlik — daromadlilik» dilemmasini yechishga urinishlari aktivlarni boshqarishda 3 usulni keltirib chi- qardi. Bu metodlardan birortasini ham yetuk deb hisoblab bo‘l- maydi, chunki ularning har birining diqqatga sazovor va kamchilik tomonlari mavjud. Ular bir metodda alohida tijorat bankining aniq muammolarini yechish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan elementlar mavjud. Qo‘llanish nuqtayi nazaridan sodda bo‘lgan metod — bu umumiy fond mablag‘lari metodidir (rool-of-funds approach). Bu metodni ko‘pgina banklar mablag‘lar ko‘p bo‘lgan davrda qo‘l- lashadi. Tijorat bank boshqaruvchisi joylashtirilishi uchun javobgar bo‘lgan mablag‘lar turli manbalardan: talab qilib olinguncha qo‘- yilmalar, jamg‘arma, muddatli qo‘yilmalar, shuningdek, bank o‘z kapitalidan kelib tushadi. Ko‘rib chiqilayotgan metod asosida bu resurslarni birlashtirish g‘oyasi yotadi. So‘ngra mablag‘lar to‘plami mos hisoblangan aktivlar turlari (ssudalar, davlat qimmatli qo- g‘ozlari, kassadagi naqd pul va h.k.) o‘rtasida taqsimlanadi. Umu­miy fond mablag‘lari metodida ma’lum aktiv operatsiyani amalga oshirishda mablag‘lar qaysi manbadan kelib tushganligi ahamiyat kasb etmaydi, agarda ularning joylashtirilishi bank o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishishiga yordam bersa. Bu metod sxematik ravishda 4-chizmada ko‘rsatilgan.

Bu metod bank boshqaruvidan likvidlilik va daromadlilik prinsip- larining teng amal qilishini talab etadi. Shuning uchun mablag‘lar shu prinsipga mos keladigan aktiv operatsiyalar turlariga joylashtiriladi.


Mablag‘lar manbayi Mablag‘larni joylashtirish






Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish