O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet60/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

birinchisi, zaxiralarni doimiy nazorat qilish siyosati. Bu shuni anglatadiki, bankda daromad keltirmaydigan aktivlarning oshishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak;

  • ikkinchisi, zaxiralarni bir darajada saqlab turishni qo‘llab- quvvatlash siyosati, ya’ni majburiy zaxira normalari, jalb qilingan depozitlarga zaxiralar va h.k.

    Likvid mablag‘larga bo‘lgan talabni rejalashtirishda naqd pullarni boshqarish, ya’ni mijozlarning talabini qondirish maq- sadida majburiy zaxiralarni bir maromda saqlash lozimdir. Shularni inobatga olgan holda bank kassasidagi pullar kun davomida, ya’ni pul tushum va chiqim bitimlarini amalga oshirish natijasida o‘z- garib boradi.

    Bank amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, likvidlilikning yetarli dara- jasining ta’minlanmasligi bank faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday holatning yuzaga kelishi, odatda, bank- dagi depozitlarning yo‘qotilishiga, bu esa naqd pul mablag‘larining kamayishiga va bank aktivlaridagi o‘ta likvid qimmatli qog‘ozlar- ning sotilishiga sabab bo‘ladi. Bank likvidliligini boshqa banklardan olingan kreditlar hisobiga ham qondirish mumkin. Ammo boshqa banklar yuqori foiz stavkada kreditlar taqdim etadi yoki berilayotgan kreditlarga qo‘shimcha ta’minot qo‘yishni talab etishadi. Bu esa, bank oladigan daromadning kamayishiga sabab bo‘ladi.

    Banklarning likvidlilik muammosini hal qilish uchun likvid- lilikni boshqarishning bir qancha strategiyalari mavjuddir.

    Bular:

    1. Aktivlar hisobiga likvidlilikni ta’minlash strategiyasi (aktiv- larni boshqarish orqali likvidlilikni boshqarish). Bu strategiyaga muvofiq bank aktivlarni tez sotiladigan qimmatli qog‘ozlarga joy- lashtirishni nazarda tutadi. Agar, likvid mablag‘larga talab yuzaga keladigan bo‘lsa, bank naqd pullarga bo‘lgan talabni qondirguncha o‘z aktivlarini sotadi. Odatda, likvidlilikni boshqarishning ushbu strategiyasi aktivlarning transformatsiyasi deb ataladi, chunki pul ko‘rinishida bo‘lmagan aktivlar naqd pulga aylanishi hisobiga likvid mablag‘lar yuzaga keladi.

    Likvid aktivlar uch xususiyatga ega bo‘lishi lozim:

    • tez pulga aylanishi uchun o‘z bozoriga ega bo‘lishi lozim;

    • bozorlarda barqaror bahoga ega bo‘lishi;

    • sotuvchi minimal risk orqali birlamchi investitsiyani qoplay olish imkoniyatining bo‘lishi.

    Aktivlarni boshqarish orqali likvidlilikni boshqarish strategiyasi, odatda, mayda banklar faoliyatida qo‘llaniladi, chunki ushbu lik­vidlilikni boshqarish metodi qarz likvid mablag‘lari orqali aktivlarni transformatsiyalash strategiyasi likvidlilikni boshqarishning arzon yo‘li hisoblanmaydi. Aktivlarning sotilishi bankning kelgusi daro- madlarining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, ko‘p aktivlarning sotilishi qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda bro- kerlarga to‘lanadigan komission xarajatlar bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, naqd pul mablag‘lariga ega bo‘lish maqsadida aktivlar- ning sotilishi bank balansining yomonlashuviga olib keladi, ammo bu aktivlar (misol uchun davlat qisqa muddatli obligatsiyalari)ning mavjud bo‘lishi bankning moliyaviy faoliyati barqarorligidan da- lolat beradi. Aktivlarning sotilishi lozim bo‘lgan paytda bozorda qimmatli qog‘ozlarning bahosi tushayotgan davrga to‘g‘ri kelishi bank kapitalining yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bank bosh- qaruvchilari kelgusi davr daromadlarining muqobil qiymatini mini- mallashtirish uchun, birinchi navbatda, minimal foyda salohiyatiga ega bo‘lgan aktivlar sotilishini ta’minlab berishi kerak. Xullas, lik- vid aktivlarning salmog‘i oshib borgan sari, bankning daromadlari qisqarishiga olib keladi.

    1. Pul mablag‘lariga talabni qondirish uchun likvid qarz mablag‘laridan foydalanish strategiyasi (passivlarni boshqarish). Ko‘pgina yirik banklar likvid mablag‘larning manbasi sifatida ko‘proq pul bozoridagi qarz mablag‘laridan foydalanishadi. Odatda, bu strategiyani passivlarni boshqarish deb ataladi. Bunda tijorat banklari o‘zlarining likvid mablag‘larga bo‘lgan talablarini yirik miqdordagi depozit sertifikatlarini va boshqa banklardan olingan kredit mablag‘lari orqali ta’minlashadi. Passivlarni bosh­qarish strategiyasi orqali ma’lum bir muddat uchun qarz mab- lag‘lari hisobiga likvidlilik ta’minlanadi. Bu strategiyani yirik banklar amalga oshirishining asosiy sababi shundaki, banklarning o‘z mablag‘lariga nisbatan majburiyatlarining ortishi va bank balansida tez pulga aylana oladigan aktivlarning yetarli darajada bo‘lmasligi, bankning to‘lovga layoqatsiz bo‘lish riski yuzaga kelishi mumkin hamda bank likvid mablag‘larga bo‘lgan talabini qondira olmay qolishi mumkin.

    2. Aktiv va passivlarni boshqarish qarz likvid mablag‘larini boshqarish strategiyasining tavakalligini va aktivlarda likvid mab- lag‘larning yuqori bahosini hisobga olgan holda banklar likvidli- likni boshqarishning aktiv va passivlarini boshqarish strategiyasini tanlaydilar. Bu strategiyaga muvofiq, likvid mablag‘larga kutilayotgan talabning bir qismi tez sotiladigan qimmatli qog‘ozlar va boshqa banklardagi depozit ko‘rinishlarida saqlanadi, shu paytda likvid mablag‘larga bo‘lgan boshqa talablar bank-korrespondentlar bilan ochilgan kredit liniyalari va boshqa mablag‘lar orqali qondiriladi. Kutilmaganda yuzaga keladigan likvid mablag‘larga talablar qisqa muddatli kreditlar orqali qoplanadi.

    Tijorat banklari likvidliligini samarali boshqarishda bank va uning atrofidagi muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi, aniq ifodalangan va hujjatlashtirilgan likvidlikni bosh- qarish siyosatining mavjudligi:

    • bankning turli bo‘linmalarining muvofiqlashtirilganligi;

    • bank likvidlik holatining monitoringi vazifalari yuklangan bo‘linmaning mavjudligi;

    • ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda bankning aktiv va passiv holatlarini tahlil qilish uchun axborot tizimining mav­judligi yetakchi omillardan hisoblanadi.

    Likvidlilikni boshqarishda bank likvidlilikni boshqarish siyosatini ishlab chiqish va likvidlikni boshqarish bo‘yicha qarorlar bank kengashida doimo muhokama qilib borilishi va zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. Tijorat banklarining tarkibiy bo‘linmalari:

    • bank likvidlik holatining har kunlik kuzatuvi;

    • rahbariyatga bankning likvidlikka munosabati to‘g‘risida kun- dalik hisobotlarni tayyorlash, bunda likvidlikni qisqa muddatli reja- lashtirish ham hisobga olinishi kerak;

    • barcha bank bo‘limlaridan kerakli bo‘lgan axborotlarni olish vakolatiga ega bo‘lishi lozim.

    Kundalik hisobotlar yetti kunlik davr ichida likvidlikning qisqa muddatli kamayishini yoki ortiqchaligini aks ettirish uchun yetarli darajada batafsil bo‘lishi hamda mablag‘larni jalb etish va inves- titsiyalash bo‘yicha talab qilingan tavsiyanomalar bilan ta’minlashi lozim. Ushbu bo‘linma ma’lum davr ichida (oy, chorak, yil yakun- lari bo‘yicha) bank boshqaruvi kengashiga bankning likvidlik pozi- tsiyasi holati to‘g‘risida umumlashgan hisobotlar taqdim etishi kerak.

    Tijorat banklari likvidliligini baholashda bankning joriy likvid- lilik holati va mablag‘larga kelajakda bo‘ladigan ehtiyojini yetarli darajada baholash uchun:

    • moliyaviy resurslarning eng yirik manbalari, tarmoq va geo- grafik hudud bo‘yicha resurslar manbalarining jamlanganligi;

    • asosiy nomuvofiqliklarni aniqlash uchun aktivlar va passiv- larni to‘lash jadvali;

    • likvid aktivlar va depozitlarning oldingi trendlari (dinami- kasini aks ettiruvchi jadvallar);

    • balansdan tashqari majburiyatlar;

    • berilishi kutilayotgan kreditlar;

    • aktivlarning daromadliligi va jalb qilingan resurslarning qiymati;

    • iqtisodiyotning ahvoli, shu jumladan, asosiy iqtisodiy indi- katorlar va foiz stavkalarining o‘zgarishi taxminlari;

    • to‘liq axborot va ma’lumotlar berilishi lozim.

    Bank likvidliligini boshqarishning samarali usuli aktiv va pas- sivlarni boshqarishni o‘z ichiga oladi.

    Balansning aktiv qismida bank likvidligini boshqarish uchun sotilishi oson bo‘lgan aksiyalarni, ya’ni DQMOni xarid qilish yoki ularga egalik qilish, yoxud zaxiralarni ko‘proq tashkil qilish va sotilishi qiyinchilik tug‘dirmaydigan pul mablag‘lariga aylan- tirish ko‘p vaqtni olmaydigan qisqa muddatli qo‘yilmalarni amalga oshirish yo‘li bilan erishish mumkin.

    Banklarning likvidliligini boshqarishda:

    • joriy likvidlik holati;

    • resurslarga bo‘lgan talabning davriy o‘zgarib turishi;

    • resurslarga bo‘lgan talablarning mo‘ljallanayotgan o‘zgarishlari;

    • resurslar manbalari. Rahbariyat banklararo bozorda aktivlarni sotish va xarid qilishni yoki boshqa manbalarni tanlashi lozim;

    • resurslarning qiymati;

    • aktivlarning sifati kabi omillarni inobatga olish lozim.

    Bank aktivlarining sifati ham bank likvidliligiga ta’sir ko‘r-

    satadi. Chunki bankda muammoli kreditlar, muddati o‘tgan, foyda keltirmaydigan kreditlar salmog‘ining yuqoriligi, pul mablag‘lari harakatining kamligi bank likvidligining tushib ketishiga olib keladi.

    Bank faoliyatining barqaror va likvid bo‘lishi uning resurslarining manbalari va hajmiga, resurslarni tashkil qilishda diversifikatsiya usulidan foydalanganligiga ham bog‘liq. Agar tijorat banki resurslarining asosiy qismini sanoqli yirik korxonalar mablag‘lari yoki davlatning mablag‘lari hisobidan tashkil qiladigan bo‘lsa, bankning shu subyektlar depozitlariga qaramligini ko‘rsatadi va subyektlar tomonidan turli xil budjet to‘lovlarini amalga oshirish, ish haqi to‘lash bo‘yicha depozitdan mablag‘lar olishi bankning likvidlilik riski shuncha yuqori bo‘lishiga olib keladi.

    Undan tashqari, bank likvidliligiga bankning kapitali va foyda- liligini hisobga olgan holda bankning umumiy moliyaviy holati ham ta’sir ko‘rsatadi.

    Bankning moliyaviy holati yomon bo‘lsa, talab qilinayotgan vositalarni yuqori narxda olish yoki banklararo bozorga kira ol- masligi mumkin.

    Balansdan tashqari majburiyatlar va shartnomalar, jumladan, ishlamayotgan kredit liniyalar, akkreditivlar, qimmatli qog‘ozlar va valuta sotib olish uchun tuzilgan kelishuvlaming mavjudligi ham bank likvidliligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Tijorat banklarining likvidligini boshqarishda banklararo kreditlarning muddati 1 kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Foiz stavkalari kontragent banklar o‘rtasidagi bitim aso- sida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi yoki DQMOlari bo‘yicha stavkalarni asos qilib olgan holda belgilanishi kerak.

    Ta’minotga ega bo‘lmagan banklararo kredit bitimlarini tuz- ganda bir qarz oluvchiga beriladigan qarz me’yorlariga amal qilish kerak. Faqatgina overnayt operatsiyalari bundan mustasno, ular bo‘yicha limit chegarasi bank kapitalining 25 % atrofida o‘rnatiladi.

    Banklararo kreditlarning ta’minoti sifatida DQMOlari kabi yuqori likvidli va oson sotiluvchi qimmatli qog‘ozlar qabul qi- linishi mumkin. Ta’minot sifatida topshirilgan qimmatli qog‘ozlar uchinchi shaxsning (tijorat banki yoki Markaziy bankda) eskrou hisobvarag‘ida joylashtirilishi yoki Markaziy bank daftarlarida ularning garovga olinganligi belgilanishi kerak.

    Repo operatsiyalarida qo‘llaniluvchi qimmatli qog‘ozlar oson sotiluvchi va likvid vositalar, ya’ni DQMOlari ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Agar banklar boshqa qimmatli qog‘ozlarni afzal deb bilsa, u holda qarz beruvchi tomon ularning yuqori likvidlik talablariga javob berishiga ishonch hosil qilishi va ularning o‘zlarida saqlanishini ta’minlashi kerak. Bundan tashqari, tomonlar qimmatli qog‘oz- larni uchinchi tomonda saqlash haqida kelishib olishi mumkin.

    Repo operatsiyalari Markaziy bank talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim. Kelishuvda har bir tomonning hu- quq va majburiyatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Kredit beruvchi tomon qimmatli qog‘ozlarning to‘lov muddatiga qarab garov qiymatining kredit qiymatidan kamida 10 % ga yuqori bo‘lishini ta’minlashi kerak. To‘lov muddati qancha yaqin bo‘lsa, marja shunchalik katta bo‘lishi zarur.

    Ta’minot sifatida DQMOlaridan foydalanilgan holda garov qiymatini, joriy diskont asosida aniqlash to‘g‘riroq bo‘ladi. Kuponli qimmatli qog‘ozlar qiymati ularning bozor narxi hamda hisob- langan foizlar miqdorida aniqlanadi.

    Hozirgi vaqtda garov turi bo‘yicha ma’lum cheklovlar o‘rna- tilmagan bo‘lsa-da, banklar bozorda kotirovka qilinmaydigan qim­matli qog‘ozlar va asosiy vositalar kabi garovning nolikvid shakl- larini qo‘llashda o‘zlarining zimmalaridagi xatarni anglashlari lo­zim. Qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishining cheklanganligi va likvidligi korxonalar aksiyalarining garov sifatida qo‘llanilishiga im- kon bermaydi. Shu tufayli, davlat qimmatli qog‘ozlardan tashqari boshqa qimmatli qog‘ozlar garovi asosida berilgan kredit «ta’min- langan» bitim deb hisoblanmaydi.


    Download 0,76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish