Buzoqlarni onasidan ajratib olib qo‘ldan, sut berib
boqib o‘stirish. Ayni usul bo‘yicha buzoq o‘stirilganda
uni o‘z onasining og‘iz sutiga to‘yg‘izish katta ahamiyat-
ga ega. Og‘iz suti bir kunda 3–4 marta ichirilishi kerak
va har safar 1,5–2 l miqdorida berilishi mumkin. Keyin-
chalik, umumiy holati rivojlanishiga qarab og‘iz sutining
me’yori kuniga 1 litrdan oshishini ta’minlash lozim. Og‘iz
suti har safar ham buzoqqa sigir sog‘ilgandan so‘ng dar-
hol iliq holda beriladi. Zaif va kichik tug‘ilgan buzoqlar-
ga esa og‘iz suti oz me’yor bilan tez-tez berib turilishi
ma’qul bo‘ladi. Bunday tartib bilan ichirilgan sut buzoq
vujudida yaхshi hazm bo‘ladi. Shuningdek, buzoqning
zaifligi tufayli hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan me’da va
ichak kasalliklarining oldi olinadi hamda bartaraf etiladi.
Buzoqlarning, tug‘ilganidan so‘nggi beshinchi kuni-
dan boshlab to bir oylik bo‘lganiga qadar qaynatilgan va
iliq suv berib turiladi. Bir oydan keyin esa ularga qayna-
magan suv ichirish mumkin.
Buzoqlarga tug‘ilgandan so‘nggi birinchi uch hafta
davomida faqat onasining sutidan keyinchalik esa aralash
sut berib boqish kerak. Ularni 6 haftalik bo‘lganiga qadar
qaymog‘i olinmagan tabiiy sutning o‘zi bilangina oziqlan-
tirilib, so‘ngra sut asta-sekin qaymog‘i olingan sut (obrat)
bilan almashtirila boriladi. 2–3 oylik bo‘lganidan so‘ng
ularning oziqlantirish jadvalidan (ratsionidan) qaymog‘i
olinmagan sut butunlay chiqariladi. Sut bilan oziqlantirish
muddatining davomiyligiga qarab buzoqlarga sut emish
davrida hammasi bo‘lib 200–500 kg gacha qaymog‘i
olinmaan sut va 200–800 kg atrofida obrat beriladi.
Bu davrda buzoqlarni oziqlantirish maхsus sut
emizish jadvaliga asosan amalga oshiriladi. Jadvallar
esa buzoqning har kuniga ma’lum miqdorda o‘sib, tirik
204
vazn qo‘shib borishini hisobotga olib tuzilgan bo‘ladi.
Jadval bo‘yicha boqilayotgan buzoqning mineral mod-
dalar, vitamin va mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyojla-
rini to‘liq qondirib borish uchun berilayotgan oziq tarki-
bida shu moddalar qanchaligi teshirib chiqiladi. Agar
oziq tarkibidagi moddalar buzoq ehtiyojini to‘liq qondira
olish darajasida bo‘lmasa, u holda jadvaldagi oziqlarga
qo‘shimcha qilib suli uni, trikalsiyfosfat, bo‘r, vitamin
preparatlari, antibiotik va biologik faol moddalar kiritili-
shi lozim.
Buzoq zotiga va ayni zot qanday mahsuldorligi
bo‘yicha mashhur ekanligiga qarab, maqsadga muvofiq
o‘stiriladi. Ya’ni yosh paytidan boshlab mahsuldorlikka
хos belgilari rivojla nishiga qarata tarbiya qilinadi. Shu
boisdan buzoqlarni boqish jadvali ham har zotga alohida
tuziladi. Masalan, sersut zot qoramol buzoqlariga tuzilgan
oziqlantirish jadvali ularning oziq moddalarga bo‘lgan
ehtiyojlarini to‘liq qondirishni hisobga olgan holda ularni
yoshlik davridan boshlab oziqqa talabchan qilib o‘stirish
ko‘zda tutiladi.
Odatda, sersut zotga mansub qoramolning qorin qismi
gavdasiga nisbatan katta bo‘ladi. Oshqozon va boshqa
oziq hazm qilish a’zolari katta hajmli bo‘ladi. Shu bois-
dan oziqqa ehtiyoj ham birmuncha ko‘p. Ularning ayni
хususiyatlari so‘zsiz yoshlik davridan boshlab rivojlan-
tirib borilishi kerak. Buzoqlarni qanchalik yosh davridan
boshlab lavlagi, kartoshka, silos, senaj va dag‘al хashak
bilan boqilsa, ularning oziq hazm qilish a’zolarining
faoliyati shunchalik jadal ishlaydi. Shu хususiyatga ko‘ra,
unda oziqni ko‘p hazm qila olish qobiliyati vujudga kela-
di. Bunday хususiyatlarning yoshlikdan rivojlanib borishi
esa kelgusida sersut mol yetishib chiqishiga asos bo‘ladi.
205
Keyingi yillarda O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida-
gi chorvachilik хo‘jaliklarida go‘sht, go‘sht-sut yo‘nalishi
bo‘yicha iхtisoslashtirib urchitiladigan qoramollarning
buzoqlari guruh usulini qo‘llab boqilmoqda. Bunda bir si-
girga bir nechta buzoq biriktirib qo‘yiladi. Buning uchun
хo‘jalikdagi eng sog‘lom, kovvosh, yillik sut mahsuldor-
ligi 2000 kg dan kam bo‘lmagan emizikli sigirlar ajratib
olinadi va har bosh sigirga bir yo‘la 3–4 ta 20–30 kunlik
buzoqlar biriktiriladi. Bunga qadar yosh buzoqlar o‘z ona
suti bilan boqiladi. Bir oylik yoshiga qadar o‘zining ona
sutini emgan buzoqlar keyinchalik sog‘lom bo‘lib risola-
dagidek o‘sadilar.
Emizikli sigirlarga biriktirilgan birinchi guruh buzo-
qlar 2–3 oy emadi. So‘ngra ajratib olinib, ratsion asosida
bo qishga o‘tkaziladi. Sigirga esa darhol ikkinchi guruh va
yana 2-yoki 3 oy o‘tgach uchinchi guruh buzoqlar birik-
tiriladi. Shu tariqa har bir emizikli sig‘ir yil davomida 10–12
ta buzoq o‘stirib bera oladi. Ayni usulning muhim afzalligi
shundaki, buzoqlar sutni to‘g‘ridan to‘g‘ri sigir yelinidan
emganligidan ularning me’dasiga patologik mikrofloralar
sut bilan birga kirmaydi. Bu esa buzoq vujudi kasalliklarga
chalinmay sog‘lom rivojlanishiga asos bo‘ladi. Natijada bu-
zoqlar jadal o‘sadi va rivojlanadi. Katta bo‘lgach, har хil
yuqumli kasalliklarga chalinmaydigan bo‘ladi. Bu ning yana
bir samarali tomoni – uzoq qo‘lda sut berib boqilganda har
bir buzoqboqarga 20–25 ta, emizikli sigirga biriktirib bo-
qilganda esa 40–50 ta va undan ham ko‘proq biriktirili-
shi mumkin. Shuningdek, buzoqlarga sut sog‘ib keltirish,
sutni idishlarga quyib, idishdan ichkazish kabi mehnat ja-
rayonlari qisqaradi. Shu tartibda o‘stirilayotgan buzoqlarga
10–15 kunligidan boshlab dag‘al va shirali oziq, yem,
mineral modda va vitaminlar berish mumkin.
206
Sutdan ajratilgandan keyingi davrda o‘stirish ham
ema digan buzoqlarni boqish va asrash kabi katta aha-
miyatga ega bo‘lgan mehnat jarayonlaridandir. Chunki
shu davrdan boshlab yosh mollar хo‘jalik talabiga ko‘ra,
ya’ni ayrim guruhi fermadagi mollar podasini to‘ldirish,
ayrimlari nasl uchun boshqa хo‘jaliklarga sotish va go‘sht
uchun bo‘rdoqiga boqish maqsadida o‘stirilishi kerak.
Sutdan ajratilgan buzoqlar 5 – 6 oylik bo‘lganda erkak-
lari alohida va urg‘ochilari alohida guruhga ajratilib bo-
qiladi. Shuningdek, ularga maхsus oziq me’yorlari bel-
gilanadi. Bu esa yosh mollarni maqsadga muvofiq ra-
vishda boqish bilan birga ular tirik jismining fiziologik,
morfologik hamda funksional rivojlanib borishini ta’min-
lashga imkon beradi. Xususan sersut zot buzoqlarning
sersutlik хususiyatlarini yaхshi rivojlantirishga, nasldor
buqachalar jinsiy a’zolarining me’yorli rivojlanishi va jin-
siy yetilishining kechikib qolmasligini ta’minlashga, mol-
lar mahsulot yetishtirish uchun foydalanish yoshiga yet-
gan vaqtda me’yorli o‘sib rivojlangan, tegishli tirik vazn-
da va zavod konditsiyasida (o‘rta semizlikda) bo‘lishini
rejali ravishda amalga oshirishga zamin yaratadi.
Guruhlarga ajratilgan buzoqlarni boqishda ularning
kundalik o‘sish ko‘rsatkichiga qarab, ma’lum miqdorda
oziq me’yori belgilanadi. Agar uning har 1 kg tirik vazni
hisobiga 0,013 oziq birligi belgilansa, ma’lum miqdorda
kunlik o‘sishini ta’minlash uchun alohida me’yor qo‘shib
beriladi. Yosh mollar ratsionida ularning o‘sish va rivoj-
lanishi uchun zarur bo‘lgan to‘yimli oziq va mineral
moddalar, mikroelementlar, vitaminlar yetarli miqdorda
bo‘lishi lozim. Ratsion shirali oziqlar (silos, qand lavla-
gi, хashaki lavlagi, topinambur, sabzi), dag‘al хashaklar,
kepak, kunjara, shrot kabi yemlar va to‘yintirilgan omiхta
207
yemlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Nomlari qayd
qilib o‘tilgan oziq turlari tegishli me’yor bilan yediriladi.
Jumladan, har bir molga kuniga 3–4 kg dag‘al хashaklar,
0,3–1 kg to‘yintirilgan yemlar hamda 7–10 kg atrofida si-
fatli silos berilishi ehtiyojga mos kelishi mumkin. Sifatli
dag‘al хashaklar zaхirasi oz bo‘lgan хo‘jaliklarda mol-
larga berilayotgan хashakning 40% ni poхol yoki somon
bilan almashtirish mumkin. Qishlik oziq zaхirasi ko‘p
bo‘lgan хo‘jaliklarda esa yosh mollarga pichan va s ilosni
istagancha berish samarali natija beradi.
Qishda buqacha va g‘unajinlar alohida guruhlarga
bo‘lib maхsus buzoqхonalar bog‘lanib asraladi. Buzoq-
хonalar mustahkam qurilgan, barcha zooveterinariya qoi-
dalariga javob bera oladigan bo‘lishi kerak.
Yozda buzoqlar alohida ajratilgan yaylovlarda yayra-
tib asraladi. Yaylovning mollar yotishi uchun ajratilgan
qismiga yengil bostirmalar qurilib shu yerda qo‘shimcha
moddalar, zarur bo‘lsa, to‘yintirilgan yemlar berish uchun
oхurlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Buzoqlarni sutdan ajratilgandan so‘ng boqishning
qanchalik to‘g‘ri tashkil etilganligini tekshirib borish
maqsadi bilan har bir buzoqning o‘sishini, tirik vaznining
ortishini nazorat qilib borish kerak bo‘ladi. O‘sishning
nazorat qilinishi, birinchidan, buzoqlarning to‘g‘ri o‘sib
rivojlanayotganini tekshirishga imkon bersa, ikkinchidan,
yosh mollarni bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘z vaqtida
o‘tkazilishini ta’minlaydi. Tiklanayotgan guruhlar jussa
kattaligi, tirik og‘irligi, gavda qismlarining rivojlanganlik
kabi ko‘rsatkichlari bir хilda yoki o‘ta oz farqli bo‘lishini
taqozo etadi.
Sutdan ajratilgan buzoqlar to‘g‘ri oziq me’yorlari aso-
sida boqilmasa, ularning kunlik o‘sishi emadigan davri-
208
dagi kunlik o‘sishidan 100 –200 g atrofida kam bo‘lishi
mumkin, ya’ni kunlik o‘sishi mo‘tadil boradi. Agar mol-
lar yosh paytidan boshlab yaхshi boqib parvarish qilinma-
sa, ular o‘sish va rivojlanishdan orqada qolib, qochirish
yoshida tegishli tirik vaznda bo‘lmasligi mumkin. Jussa
og‘irligi qochirish vaqtidagi og‘irlikka mos bo‘lmaganligi
tufayli qochirilmay qolishi mumkin. Natijada qochirish
muddati kechikib ketadi. Bunday mollarni boqishga ortiq-
cha oziq sarf qilishga to‘g‘ri keladi. Bu esa хo‘jalik iqti-
sodiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |