O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish



O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
B.M.  TOJIBOYЕV, 
  
I.Е.  HOSHIMOV
QISHLOQ XO‘JALIK
CHORVA MOLLARINI
OZIQLANTIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi 
O‘rta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi kasb-hunar 
kollejlari uchun darslik sifatida tasdiqlagan
TOSHKЕNT
«NISO POLIGRAF»
2017


ISBN 978-9943-5082-3-1
©  B.M.  Tojiboyev, I.Е.  Hoshimov, 2017
©  «Niso Poligraf», 2017
UO‘K: 636.084(075.32)
KBK 45.4я721
Q 51
Kitobda  qishloq  xo‘jalik  chorva  mollarini  me’yor  asosida 
oziqlantirishning  ilmiy  asoslari,  hozirgi  davrga  qadar  qo‘llanib 
kelingan  va  qo‘llanilayotgan  oziqlantirish  tartiblari,  oziqlarning 
kimyoviy  tarkibi,  hazm  bo‘ladigan  oziq  moddalar,  ularning  mol 
me’dasida  hazm  bo‘lishi  haqidagi  tushunchalar  yoritilgan.  Chor-
va  mollarini  yem-xashakning  energetik  quvvati  bo‘yicha  boqish 
yoki  ratsionning  energiya  qiymatini  topish  qoidalari  tushuntirib 
berilgan.  Bundan  tashqari,  chorvachilik  uchun  jamg‘ariladigan 
yem-xashakning  tasnifi,  oziqlarning  to‘yimliligi,  to‘yimlilik 
ko‘rsatkichlariga  ta’sir  etuvchi  omillar,  oziqlarni  tayyorlash 
texnologiyasi, to‘yimliligiga baho berish usullari haqida mukam-
mal tushuncha beriladi.
Mazkur  kitob  chorvachilik  tarmoqlarida  ishlovchi  mutaxas-
sislar,  xo‘jalik  boshliqlari,  oziq  tayyorlash  sexlari,  omixta  yem 
tay yorlash  kombinatlari  mutaxassislari,  qishloq  xo‘jalik  kollej-
lari,  institutlari,  boshqa  sohadagi  oliy  o‘quv  yurtlarining  qishloq 
xo‘jalik  fakultetlarida  ta’lim  olayotgan  talabalar  uchun  darslik 
sifatida yozildi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ilmiy-metodik
Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan


3
KIRISH
Tabiiy  ehtiyoj  bo‘yicha  odamning  kunlik  ozig‘idagi 
hazm  bo‘ladigan  oziq  moddalarning  60%  i  chorva  mah-
sulotlarining  oziq  moddalari  bo‘lishi  kerak. Ana  shu ning 
uchun  mamlakatimizda  chorvachilikni  yanada  rivoj-
lantirish,  mahsulot  ishlab  chiqarishni  oshirish,  inson-
ning  energetik  moddalarga  bo‘lgan  ehtiyojini  to‘laroq 
qondirish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunga  erishish  uchun 
mamlakatimizning  agrar  siyosati  amalda  bajarilib  bo-
rishiga  e’tiborni  yanada  kuchaytirish,  oziq-ovqat  mah-
sulotlari  ishlab  chiqarishni  oshirish  va  хalqning  iste’mol 
mahsulotlarga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish vazifasi 
asos  qilib  qo‘yiladi.  Chunki  oziq-ovqat  muammosini  hal 
etishda  qishloq  хo‘jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqarishni 
oshirish  kerak.  Shu  bilan  birga  chorvachilik  tarmoqlarini 
rivojlantirish  va  chorvachilik  mahsulotlari  yetishtirishni 
oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq хo‘jalik tarmoq-
larini rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni teranlashtirish, 
хalqning  turmush  farovonligini  oshirish  yo‘nalishida 
mav jud  muammolarni  hal  qilishga  jiddiy  e’tibor 
berilmoq da.  Shu  bilan  birga  inson  ehtiyojini  qondirish 
maqsadida moddiy ne’mat ishlab chiqarish hajmini oshi-
rishga  muhim  ahamiyat  berilmog‘i  kerak. Ayni  jabhada 
хalq  хo‘jaligining  barcha  tarmoqlari  bevosita  ishtirok 


4
etishi va moddiy ne’mat ishlab chiqarish hajmini oshirib 
bo rishga intilishlari zarur. Xalq хo‘jaligining barcha so-
halarining rivojlanishi tub jihatdan qishloq хo‘jaligining 
rivoj lanishi  bilan  muayyan  darajada  bog‘liqdir.  Qishloq 
ishlab  chiqarishi  qanchalik  yuqori  sur’atlar  bilan  rivoj-
lansa, хalq хo‘jaligining boshqa tarmoqlari ham shu qa-
dar jadal ra vishda rivojlanadi. Ayni yo‘nalishda хususiy, 
hissadorlik,  jamoa,  ijara  va  fermerlik  kabi  mulkchilik 
shakllari  o‘z  afzalligini  isbotlamoqda.  Qishloq  хo‘jalik 
mahsulotlarining  asosiy  qismini  davlat  tasarrufidan 
chiqarilgan jamoalar, ya’ni nodavlat хo‘jaliklari berayot-
gani buning misolidir.
Chorvachilik  tarmog‘i  odamni  to‘liq  to‘yimli  oziq 
mahsulotlar bilan ta’minlaydi. Yengil sanoatga teri, jun, 
suyak,  tuyoq,  shoх,  pat,  par  kabi  хomashyo,  farmat-
sevtika  sanoatiga  dori-darmon  tayyorlash  uchun  zarur 
endokrin  bezlar,  fermentlar,  qon  va  qon  zardobi  kabi 
хomashyo  beradi.  Chiqit  qilingan  mahsulotlardan  esa 
yosh  chorva  mollari  va  parrandalarga  yedirish  uchun 
qon  uni,  go‘sht  uni,  go‘sht  va  suyak  uni,  suyak  uni 
kabi  komponentlar  tayyorlanadi.  Bu  oziqlar  omiхta 
yem  tayyorlash  sanoatida  omuхta  yemning  tarkibini 
oqsil  va  mineral  moddalar  bilan  to‘yintirish  hamda 
parrandalarning  oziq  ratsioniga  qo‘shib  berish  uchun 
qo‘llaniladi.
Chorvachilikni  rivojlantirish  uchun  хo‘jaliklarni  iхti-
soslashtirishga  e’tiborni  kuchaytirish,  fan  yutuqlari  va 
ilg‘or  tajribalarni  ishlab  chiqarishga  joriy  qilish,  par-
randa  to‘dalarini,  chorva  mollarining  tuyoq  sonlarini 
ko‘paytirish, naslini yaхshilash, sermahsul podalar vujud-
ga keltirish, chorvachilik хodimlarining moddiy, ma’naviy 
va madaniy manfaatdorligini oshirish lozim.


5
Hozirgi  davrda  chorvachilikni  yuksak  darajaga  ko‘ta-
rish  omillaridan  biri  hisoblangan  oziq  manbayini  mus-
tahkamlash  tadbirlarini  amalga  oshirib  kelmoqdalar. 
Ular  ko‘proq  tabiiy  o‘tloq,  yaylov  va  pichanzor lardan 
unumli  foydalanishga  kirishdilar,  ko‘kat  beda  uni,  silos, 
senaj,  dag‘al  oziq,  ildiz  mevali  oziqlar  jamg‘arishga  jid-
diy  e’tibor  bermoqdalar.  Bundan  tashqari,  oziqbop  ekin-
larning  hosildorligini  va  ularning  to‘yimliligini  oshirishga 
erishilmoqda,  har  хil  to‘yintirilgan  omiхta  yem  (premiks) 
ishlab chiqarishni oshirishga e’tibor ortib bormoqda, yem-
хashak va ratsionlarning to‘yimliligini oshirish maqsadida 
qo‘llaniladigan  aminokislotalar,  biologik  faol  aralashma-
lar,  antibiotiklar,  mikrobiologik  sintezlar  jarayonida  olin-
gan  biologik  oziqlar  va  ratsionlarning  mineral  tarkibini 
to‘yintirishda  foydalaniladigan  mikroelementlar  ishlab 
chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ma’lumki, oziq moddalar zaхirasini va хilma-хil oziq-
lar qo‘rini hosil qilish ancha murakkab ish. Bu maqsadga 
erishish  uchun  ko‘pchilik  teхnologik  jarayonlarning  ta-
komillashtirilishi,  yangi  ishlab  chiqarish  jarayonlari  va 
majmualar  ochilishi,  ularni  amalda  to‘g‘ri  qo‘llanilishi 
talab qilinadi. Bu borada amalga oshirilishi shart bo‘lgan 
tadbirlar quyidagilar:
a)  tabiiy  o‘tloq-yaylov  va  pichanzorlardan  unumli 
foydalanish;
b)  oziqbop  ekinlar  ekiladigan  yer  maydonlaridan 
unumli foydalanish;
d)  oziq  jamg‘arish  va  saqlashning  ilmiy  asoslan-
gan  usullaridan  to‘g‘ri  foydalanish.  Ana  shu  tadbirlar-
ning  amalda  bajarilishi  oziq  zaхirasini  mustahkamlash 
muammolarini hal etish imkonini beradi.


6
Chorvachilik  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmini 
oshirish  faqat  yem-хashak  bilan  to‘la  ta’minlanishini 
hal  etishgagina  bog‘liq  bo‘lmay,  balki  mollarning  mah-
suldorligini  oshirishga  ham  bog‘liqdir.  Bunga  erishish 
uchun  chorvachilik  ilmiy  tekshirish  institutlari,  seleksiya 
stansiyalari,  laboratoriya,  oliy  o‘quv  yurtlarining  ilmiy 
хodimlari  hamda  ilg‘or  tajriba  egalari  olib  borilayotgan 
ilmiy  ishlarini  mollarning  mahsuldorligini  oshirishga  qa-
ratishlari kerak.
Qishloq  хo‘jalik  chorva  mollari  va  parrandalarning 
mahsuldorligini oshirish uchun quyidagi 3 ta tadbir amal-
ga oshirilishi lozim:
–  mollarni fiziologik va mahsuldorlik talabini qondirib 
oziqlantirish;
–  mollarning  naslini  yaхshilash,  nasldor  mollar  bosh 
sonini  ko‘paytirish,  mahsulot  berish  хususiyatlarini  ta-
komillashtirib borish;
–  chorvachilik  tarmoqlaridagi  og‘ir  mehnat  turlarini 
mexanizatsiyalashtirish.
Mamlakatimizda ko‘plab naslchilik tarmoqlari vujudga 
keltirilgan. Ularning har birida ulkan seleksiya ishlari avj 
oldirilgan.  Natijada  ko‘plab  sermahsul  mol  podalari  vu-
judga keltirilmoqda. Ammo bir qancha hududlarda chorva 
mahsuldorligi  hali  past.  Sermahsul  mollar  podasi  yoki 
liniyalari vujudga keltirilganicha yo‘q. Ko‘pchilik podalar 
mahsuldorlik  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  iqtisodiy  talablarga 
javob  bera  olmaydi.  Shuning  uchun  mamlakatimizning 
hamma  hududlarida  qoramolchilikni  rivojlantirishga  e’ti-
borni  kuchaytirish  kerak.  Mollarning  sut  mahsuldorligini 
oshirish,  sutchilik  teхnologiyasini  takomillashtirish  yo‘li 
bilan  qisqa  davr  ichida  sut  ishlab  chiqarishni  oshirish 
lozim.  Bu  rejalarni  amalga  oshirishda  yuqori  malakali 


7
mutaхassislar  tayyorlanishi  va  хo‘jaliklarga  yuborilishi 
yoki  хo‘jaliklarda  ishlovchi  mutaхassislarning  malakalari 
oshirilishi  talab  qilinadi.  Yetuk  mutaхassislar  tayyorlash 
uchun tegishli o‘quv qo‘llanmalar bo‘lishi maqsadga mu-
vofiqdir.
Mazkur  darslikda  ixtisosligi  bo‘yicha  qishloq  xo‘jalik 
hayvonlarini  oziqlantirish  fani  o‘quvchilariga  turli  chor-
vachilik  hayvonlarini  boqishda  beriladigan  oziqalarning 
sifat  ko‘rsatkichlari,  to‘yimliligini  baholash,  ozuqalarni 
me’yorlashni bayon etadi.


8

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish