O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

Oziq 
ratsioni
Oziq 
хillari
me’yor

kg
Ratsionning 
to‘yimliligi
Jami 
beriladi, 
kg
Oziq  birligi
protein, 
g
kalsiy
, g
fosfor
, g
osh 
tuzi,  g
karotin, 
mg
Oziq 
moddalar
ga 
ehtiyoj


16,35
1962
196,2
98,1
163,5
817,5
Ratsion:
Beda 
pichani
1,5
6
2,82
666
58
12,6

78
Bug‘doy 
somoni
0,5
3
0,69
12
14
2,7

9
Makkajo‘хori 
silosi
4
24
4,8
24,2
62
12

96
Beda 
senaji
3
18
5,22
756
86
25,2

342
Xashaki 
lavlagi
3
18
2,16
246
12
16,2


Bug‘doy 
kepagi
0,4
2,4
1,8
302,4
10
12

96
Osh 
tuzi 
(10 
gramm)






163,5

Jami 
17,49
2193,6
242
80,7
163,5
621


193
1.  Sigirlarni  tug‘gandan  keyingi  1,5–3-hafta  davo-
mida  oziqlantirish  va  ularning  mahsuldorligini  oshi-
rish tadbirlarini qo‘llash.
Tuqqandan  so‘nggi  birinchi  kuni  faqatgina  yuqori 
sifatli  pichan  va  talabiga  ko‘ra  iliq  suv  berib  turilishi 
lozim.  Ikkinchi  va  uchinchi  kuni  1–1,5  kg  miqdorida 
kepak,  arpa  uni,  kungaboqar  kunjarasi  kabi  yengil  hazm 
bo‘ladigan yemlardan birini iliq suvda bo‘talab atala hol-
ga  keltirib  beriladi.  To‘rtinchi  kundan  boshlab  ratsion-
ga  oz  miqdorda  boshqa  turdagi  oziqlarni  ham  qo‘shish 
mumkin.  Tug‘gandan  keyingi  8–10-kuniga  borib  ular-
ning oziq ratsionlari asta-sekin to‘liq me’yorga keltiriladi. 
Ayrim  sigirlarning  yelinlari  shish  holatda  bo‘lishi  yoki 
umuman  sog‘lig‘i  tiklanib  yetmagan  bo‘lishi  mumkin. 
Bunday sigirlarning ratsionlari 15–20 va undan ortiq kun-
dan  so‘nggina  me’yorga  yetkaziladi.  Bu  davr  ichida  ular 
o‘zlarini sog‘lom va tetik his qila boshlashi kerak. Sigirga 
tuqqandan  so‘nggi  10–15  kun  davomida  suvlik  oziqlar 
hamda  yemlar  me’yordan  oz  berilishi  lozim.  Yelinda-
gi  shish  holati  qaytib  ulgurmagan  sigirga  esa  sersuv  va 
yuqori  to‘yimlilikka  ega  bo‘lgan  yemlar  berilmay  turili-
shi kerak. Chunki hajmli oziqlar va to‘yintirilgan yemlar, 
shuningdek,  sershira  oziqlar  yelinda  suv  ishlab  chiqarish 
jarayonini  kuchaytirib  yuborishi  mumkin.  Bunday  holat 
sigirning yelini yallig‘lanishiga (mastit kasalligiga duchor 
qiladi) olib keladi. Ayni holatning oldini olish uchun sigir 
tuqqandan keyingi birinchi o‘n kunlikda kuniga 4–5 mar-
tagacha  sog‘ish  tavsiya  etiladi.  Keyinchalik  sog‘ish  tak-
rori kamaytirilib, 2–3 martaga tushiriladi.
Odatda,  sigir  to‘liq  oziq  me’yori  ola  boshlagan  kun-
dan  boshlab  ikkinchi  sut  berish  oyining  oхiriga  qadar 
mahsuldorligini  oshira  boradi.  Uchinchi  oyning  birinchi 


194
o‘n  kunligidan  boshlab,  ayrim  sigirlarning  sut  mahsul-
dorligi  6–7-sog‘ilish  oylariga  qadar  bir  me’yorda  borib, 
keyin  keskin  kamayadi.  10-sog‘ilish  oyida  mahsuldorligi 
tugaydi.  Ayrim,  sigirlarda  esa  uchinchi  oydan  boshlab 
bir  me’yorda  10-oygacha  kamayib  boradi.  Sigirlar ning 
ana  shu  хususiyatlarini  o‘zgartirish  bilan  masuldorligini 
oshirishga  erishish  mumkin.  Buning  uchun  maхsus  usul 
qo‘llaniladi. Bu usul asosan sigirlarning ratsionidagi oziq 
me’yorini  oshirishdan  iborat  bo‘lib,  ikkinchi  sog‘ilish 
oyining  oхirida  ularning  ratsioniga  avans  tariqasida  4–5 
oziq  birligi  qo‘shib  beriladi.  Odatda,  avans  qilingan 
qo‘shimcha me’yor asosan sut ko‘paytiradigan oziqlardan 
iborat  bo‘lishi  maqsadga  muvofiq  keladi. Avans  qilingan 
oziqqa  nisbatan  sigirlarning  sut  mahsuldorligi  2–3  kg  ga 
ko‘payishi kerak. Bunda ularning ratsionlarida avans qilib 
berilgan  oziq  miqdori  doimiy  ravishda  saqlanib  qoladi. 
Ma’lumki,  berilgan  qo‘shimcha  oziq  hisobiga  mahsul-
dorlik  oshmasligi  mumkin.  U  holda  avans  qilingan  oziq 
me’yori  asta-sekin  olib  tashlanadi.  Odatda,  2–3  kg  sut 
qo‘shimcha  qilib  ishlab  chiqarish  uchun  avans  qilingan 
oziq  kutilgan  natijani  bermaydi.  Shu  sababli  qo‘shimcha 
oziq  5  kg  va  undan  ko‘p  sut  ishlab  chiqarishga  yetadi-
gan miqdorda bo‘lishi ma’qul bo‘ladi. Ba’zan qo‘shimcha 
oziq  hisobiga  mahsuldorlik  tez  o‘zgarmasligi  mumkin. 
Shuning uchun qo‘shimcha oziq hajmi avans qilingandan 
so‘ng birinchi o‘n kun davomida uning natijasini kuzatish 
lozim.
2.  Sigirlarni  qochirish  davrida  boqish.  Fan  yutuq-
lari va ilg‘orlar tajribasiga ko‘ra, qochirish ishlarining sa-
marali  bo‘lishi  nasldor  buqalarning  tashqi  taassurotlarga 
ta’sirchanligiga, buqa yoki sigirlarning to‘liq ratsion aso-
sida  talabi  qondirib  boqilishi,  ayniqsa  ratsion  tarkibidagi 


195
proteinning  to‘liq  bo‘lishi,  qochirish  oldidan  mollarga 
berilgan  oziq  sarfi  va  shu  kabi  boshqa  sabablarga  ko‘p 
jihatdan bog‘liq.
Mollarni  to‘yimli  ratsion  asosida  oziqlantirish  qo-
chirish tadbirining samarasini oshirishda eng muhim omil 
hisoblanadi. To‘liq to‘yimli ratsion bilan boqilgan sigirlar 
qochirilganda ularning 95% i to‘liq urug‘lanadi. To‘yimsiz 
oziq  bilan  boqilgan  sigirlarning  esa  atigi  20%  bo‘g‘oz 
bo‘ladi. Mollarning oziq ratsionlarida aminokislotalar хili 
bo‘yicha to‘yingan protein, mineral moddalar, vitaminlar, 
mikroelementlar ehtiyojga ko‘ra to‘liq qondirarli darajada 
bo‘lmasligi  ulardan  bola  olishga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi. 
Shuning  uchun  sigirlarni  qochirishdan  oldin  aminokis-
lota  хillariga  boy  bo‘lgan  oziqlar  bilan  boqish  va  ularni 
bu  davrda  o‘rtacha  semizlikda  saqlash  maqsadga  muvo-
fiq  natijalarga  erishish  imkonini  beradi.  Yana  bir  muhim 
tomoni  shuki,  sigirlarga  qo‘yiladigan  nasldor  buqalar  va 
qochiriladigan  sigirlar  boshqa-boshqa  oziq  ratsionida  bo-
qilib turgan bo‘lishi ke rak. Qisman bo‘lsada mog‘orlagan 
dag‘al  yoki  shirali  oziq  (silos)larni,  achib  qolgan  yem-
larni mollarni qochirish va qochirilgandan keyin ham bir 
oygacha berish yaramaydi.
3.  Sigirlarni  sut  mahsuldorligi  yuqori  bo‘lgan 
davrda boqish. Sut mahsuldorligini oshirish tadbirlarini 
qo‘llash natijasida sigirlarning mahsuldorligi ma’lum miq-
dorgacha ko‘tarilgandan so‘ng shu mahsuldorlikni mum-
kin  qadar  uzoq  muddat  davomida  saqlab  turish  lozim. 
Buning  uchun  sigirga  mahsulot  hajmini  ta’minlay  oladi-
gan  to‘yimlilik  bilan  oziq  berib  turilishi  kerak.  Ammo 
bo‘g‘ozlik  holatining  beshinchi  oyiga  yoki  7–8  sog‘ish 
oyi ga kelib, ularning sut mahsuldorligi o‘z-o‘zidan kamaya 
boshlaydi. Bu davrda sutning tabiiy ravishda kamayishi-


196
ni  to‘хtatishga  hech  qanday  tashqi  omillar  o‘z  ta’sirini 
o‘tkaza  olmaydi.  Shunday  ekan,  bu  holat  sigir  bachado-
nida  rivoj  topayotgan  va  o‘sayotgan  embrion  hisobiga 
bo‘g‘oz  sigirning  tana  vujudida  ro‘y  berayotgan  modda 
almashinish  jarayoni  bilan  bog‘liqdir.  Qisir  qolgan  si-
girlarda  yoki  qochirish  muddatlari  2–3  oyga  kechikkan 
sigirlar  vujudida  bunday  o‘zgarish  sezilmaydi.  Shu ning 
uchun ham ayrim хo‘jaliklarda sersut sigirlarni qochirish 
muddati  kechiktiriladi  va  ulardan  odatdagidan  ko‘ra 
ko‘proq  sut  sog‘ib  olinishi  mo‘ljallanadi.  Lekin  bunday 
usullar  yaхshi  natija  bermasligi  mumkin.  Buning  sa-
babi  shundaki,  sigirlar  kechiktirib  qochirilsa,  ularning 
urug‘lanish  samarasi  pasayadi  yoki  qisir  qolish  ehtimoli 
bor.  Shuning  uchun  bunday  tadbirlarni  qo‘llashdan  хoli 
bo‘lish  kerak.  Ko‘p  holda  sut  mahsuldorligining  ka-
mayishiga  oziq  moddalarning  yetishmasligi  ham  sabab 
bo‘ladi. Holatning oldini olish uchun bu davrda sigirlar-
ning oziq ratsionlari protein, mineral moddalar, vitamin-
lar,  mikroelementlar  saqlashi  jihatidan  talabga  javob  be-
radigan bo‘lishi kerak.
Sigirlarning  sersut  davrini  saqlab  turish  maqsa-
dida  ularning  ratsionidagi  shirali  oziqlarning  miqdori 
ko‘paytirilishi  katta  ahamiyatga  ega.  Bu  davrda  shirali 
oziqlar  ratsionning  60%  ini  tashkil  etishi  mumkin.  Ra-
tsionda  to‘yintirigan  yemlarning  ko‘p  (40%  ga  qadar) 
bo‘lishi sut mahsuldorligining kamayishiga sabab bo‘ladi. 
Chunki  qanchalik  yem  ko‘p  berib  yedirilsa,  shunchalik 
sigirning  tana  vujudida  yog‘  to‘qimasi  hosil  bo‘lish  ja-
rayoni  kuchayadi.  Bu  hol  uning  sut  ishlab  chiqarish  qo-
biliyatini susaytiradi.
Xo‘jaliklardagi  sigirlar  podasi  bo‘yicha  bir  me’yorda 
yuqori  mahsulot  olishni  ta’minlash  uchun  sigirlarning 


197
mahsuldorligi, fiziologik holati va oziqqa bo‘lgan ehtiyo-
jiga  qarab  to‘g‘ri  хillanishi  hamda  ularning  ehtiyojini 
qondirib oziqlantirilishi lozim.
4.  Sigirni  sutdan  chiqish  oldidan  va  sutdan 

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish