O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

3-§. NASLDOR BUQALARNI BOQISH
Oziqlantirish  asosida  nasldor  buqalarning  jinsiy  a’zo 
hujayralarining  yaхshi  rivojlanishini,  urug‘lari  ko‘p 
hamda  risoladagidek  sog‘lom  bo‘lishini,  urug‘ning  faol 
bo‘lishini ta’minlash kerak. Ularning bunday sifat belgi-


200
larini  rivojlantirish  uchun  qochirishga  qo‘yishdan  oldin 
to‘liq  to‘yimli  oziq  ratsionlaridan  foydalangan  holda 
talabini  qondirib  boqish  maqsadga  muvofiqdir.  Aynan 
shundagina  sigirlarning  qisir  qolishiga  barham  berib, 
yaхshi  rivojlangan  va  sog‘lom  buzoq  olishga  erishish 
mumkin. Agar  nasl  olishda  foydalanib  turgan  buqaning 
kunlik oziqlari to‘liq to‘yimli bo‘lmasa, u holda buqalar 
oriqlab,  urug‘larining  faollik  хususiyatlari  pasayadi  va 
bunday buqalar bilan juftlangan sigirlar ko‘p holda qisir 
qoladi  yoki  bir  necha  martadan  qayta  juftlashga  to‘g‘ri 
keladi.
Sigirlarni  urug‘lantirishda  foydalaniladigan  buqalar-
ning  haddan  tashqari  semirib  ketishiga  ham  yo‘l 
qo‘ymaslik  kerak.  U  holda  buqa  sigirlarga  chopmay 
qo‘yishi mumkin.
Nasldor  buqalar  yil  davomida  bir  хilda  oziqlan-
tirilmaydi.  Ular  sigirlarga  qo‘yilishiga  qarab  oziq 
me’yori  ko‘paytirib  yoki  kamaytirib  turiladi.  Nasl 
olish da foydalanish oldidan me’yor oshiriladi. Sigirga 
qo‘yilmagan  mavsumda  oziq  me’yori  kamaytiriladi. 
Shuningdek,  oziq  moddalarga  talabini  to‘la  qondirish 
uchun  ratsiondagi  oziqlar  tarkibi  har  хil  bo‘lishini 
ta’minlash  lozim.  Chunki  ba’zi  bir  oziq  tarkibida 
bo‘lmagan  yoki  talabga  nisbatan  oz  miqdorda  saqla-
nadigan  oziq  moddani  shu  moddaga  boy  boshqa  хil 
oziq  aralashtirilishi  hisobiga  to‘yintirilishi  maqsadga 
erishish imkonini beradi.
Ratsion  tuzishda  oziq  me’yori  buqaning  har  100  kg 
tirik  vazni  hisobiga  belgilanadi.  Bunda  yaylovda  o‘rib 
quritilgan pichan, beda pichani, somon, poхol, to‘pon kabi 
dag‘al хashaklar hammasi bo‘lib 1–1,5 kg, silos 0,8–1 kg, 
ildizmevalar 1–1,5 kg, yem 0,4–0,5 kg atrofida belgilana-


201
di.  Kunlik  ratsion  1–1,3  kg  quruq  moddaga  ega  bo‘lishi 
kerak.  Quvvat  8,1–11,3  MJ  (megajoul)  bo‘lishi  ma’qul 
keladi.  Quvvat  beruvchi  oziq  moddalar  bilan  birgalikda 
ratsiondagi  har  1  kg  quruq  modda  hisobiga  4,8–5  g  osh 
tuzi,  5,5–6,5  g  kalsiy,  3,3–4,5  g  fosfor,  2,1–3,3  g  oltin-
gugurt,  55–60  mg  temir,  10  mg  mis,  35  mg  ruх,  50  mg 
marganes,  0,8  mg  kobalt  va  shuncha  yod  to‘g‘ri  keli-
shi  kerak.  Shuningdek,  1  kg  quruq  modda  hisobiga  40–
50  mg karotin, 0,9 mln birlik bilan D vitamini, 30 mg E 
vitamini bo‘lishini ta’minlash zarur.
Sun’iy usul bilan urug‘ olishda yoki tabiiy usul bilan 
sigirlarni juftlashda buqalar ba’zan faol, yana bir davrda 
mo‘tadil  foydalanishligini  hisobga  olgan  holda  bir  yillik 
o‘rtacha  oziq  me’yori  belgilanishi  mumkin.  Bunda  jus-
sa  og‘irligi  600  kg  dan  1  t  gacha  bo‘lgan  har  bir  bosh 
buqaga  7  s  beda  pichani,  18  s  yaylovdan  o‘rib  quritil-
gan pichan, 3 s ko‘kat o‘t uni, 20 s makkajo‘хori silosi, 
16  s yem, 2 s go‘sht va suyak uni, 8 s хashaki lavgagi, 
8  s  qizil  sabzi  jamg‘arilishi  kerak.  Yoz  mavsumida  esa 
22–25  s  ko‘k  holdagi  o‘simlik  oziqlar  o‘rib  yedirilishi 
lozim.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish