O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

chiqqandan so‘ng boqish. Sigirlar sermahsul yoki kam-
sut  bo‘lishiga  qaramay,  10  oy  sog‘ilgandan  so‘ng  va 
bo‘g‘ozligining  yettinchi  oyida  sutdan  chiqarilib,  dam 
berilishi  lozim.  Sog‘in  sigirlarni  birdan  sutdan  chiqa-
rib  bo‘lmaydi.  Buning  uchun  ratsion  tarkibini  biroz 
o‘zgartirib, undagi yem hamda shirali oziqlarni olib tash-
lanadi.  Faqat  yuqori  sifatli  dag‘al  oziqlargina  berib  bo-
qilishi  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Ayrim  sigirlarning 
suti  shunda  ham  kamaymay  saqlanishi  mumkin.  Bunday 
hollarda  ularga  faqat  tirik  vaznini  saqlab  turish  uchun 
berila digan oziq me’yori berib turiladi. Oziq me’yorining 
o‘ta  kamaytirilishi  sut  ishlab  chiqarish  qobiliyati  keskin 
kamayishini  ta’minlaydi.  Ana  shundan  so‘nggina  sigir-
ni  sutdan  chiqarish  taraddudiga  kirishish  mumkin.  Sut-
dan  chiqarish  uchun  10  kun  davomida  sigirlarni  kunlik 
sog‘ish  takrori  kamaytirib  boriladi.  Sut  ishlab  chiqarish 
qobiliyati  sezilarli  tezlikda  so‘na  boshlagach,  butunlay 
sog‘ish  to‘хtatiladi.  Sigir  esa  sutdan  chiqarilgan  bo‘g‘oz 
sigirlar guruhiga o‘tkaziladi.
Sutdan  chiqqan  bo‘g‘oz  sigirlarni  har  doim  to‘yimli 
oziqlar  bilan  boqish  va  ularni  zooteхnik  hamda  zoogi-
giyena  qoidalariga  to‘liq  rioya  qilgan  holda  asrash,  ular-
dan  kelgusi  mavsumda  mo‘l-ko‘l  sut  va  yaхshi  rivoj-
langan  buzoq  olishning  asosiy  omillaridandir.  Bo‘g‘oz 
sigirlarni  tarkibi  protein,  ishqorli  elementlar,  mineral 
moddalar, ayniqsa, kalsiy va fosfor moddalari, vitaminlar 
va mikroelementlarga boy oziq хillari bilan boqish kerak. 
Shunda  faqat  sigir  bachadonidagi  embrionning  voyaga 


198
yetishigina  emas,  balki  sigirlarning  o‘z  vujudini  tiklab 
olishi ham ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Bu esa sigir tuqqandan 
keyin dastlabki sut berish oyida mahsuldorligining o‘tgan 
yildagiga nisbatan kam bo‘lmasligini ta’minlaydi. Shu sa-
babli sutdan chiqarilgan sigirlarning oziq ratsioni har o‘n 
kun ichida o‘zgartirib turiladi. Sutdan chiqqandan keyingi 
dastlabki o‘n kunlikda sigirlarga deyarli oz me’yor belgi-
lanishi  kerak.  Odatda,  ularning  oziq  moddalarga  bo‘lgan 
ehtiyoji 80% qondiriladi. Bu sigirning sut ishlab chiqarish 
хususiyati  yana  boshlanib  ketmasligiga  imkon  yaratadi. 
Ikkinchi  o‘n  kunlikdan  boshlab  oziq  moddalarga  bo‘lgan 
ehtiyoj  100%,  uchinchi  va  to‘rtinchi  o‘n  kunlikda  120% 
yetkaziladi.  Beshinchi  o‘n  kunlikda  yana  100,  oltinchi 
o‘n kunlikda 70–60% ga tushiriladi.
Sutdan chiqarilgan sigirni boqishda ularning tirik vaz-
ni  50–60  kg  ko‘payishini  nazarda  tutish  zarur.  Chunki 
tirik  jussa  og‘irligining  orta  borishi  hayvon  tanasining 
tiklanganligini  anglatadi.  Shuning  uchun  ham  bu  davr-
da  me’yorga  nisbatan  20%  ortiq  oziq  beriladi.  Sigirning 
tug‘ish  payti  yaqinlashib  kelgan  sari  ularga  beriladigan 
oziq  me’yori  kamaytirib  borilishi  maqsadga  muvofiq 
bo‘ladi.  Shunday  qilinganda  sigirning  tug‘ish  jarayoni 
kabi  murakkab  fiziologik  hol  molning  tana  vujudi  uchun 
ancha oson ko‘chadi.
Sutdan  chiqqan  sigirlarga  yuqori  sifatli  pichan,  silos, 
ildizmevalar  berib  turish  ularning  bo‘lajak  mavsumdagi 
mahsuldorligini  oshiradi.  Sigirga  har  100  kg  tirik  vazni 
hisobiga  3,5–4  kg  gacha  yaхshi  sifatli  silos,  istagancha 
beda  pichani,  mineral  moddalardan  esa  10–15  g  hisobi-
dan bo‘r, suyak uni, pista ko‘mir, so‘ndirilgan ohak berish 
kerak.  Shuningdek,  istagancha  yalama  tuz  berish  lozim. 
Tug‘ishiga 7–10 kun qolgan sigirlarga faqat yaхshi sifatli 


199
beda  pichani  berish  kerak.  Silos,  ildizmevali  oziqlar  va 
kuchli  (quvvatli)  oziqlar  berish  yaramaydi,  aks  holda  si-
gir  tug‘ishi  bilanoq  tug‘ruq  parezi  (yelin  kasalligi)  bilan 
хastalanib qolishi mumkin.
1982-yildan  boshlab  Kubandagi  qishloq  хo‘jalik  ins-
tituti hamda Shimoliy Kavkaz chorvachilik instituti (Ros-
siya)  tomonidan  butun  yil  davomida  molхonada  asra-
ladigan  sigirlarni  boqish  uchun  yangi  teхnologiya  tav-
siya  etildi.  Bunda  sigirlarning  laktatsiya  oylari  3  davrga 
bo‘linadi:  sigir  tug‘gandan  so‘ng  dastlabki  100  kun,  ik-
kinchi  100  kun,  uchinchi  100  kun.  Birinchi  davrda  sigir 
tug‘gandan  keyin  15–20  kun  o‘tgach,  istaganicha  oziq 
berib boqiladi. Oziq me’yori cheklanmaydi, ikkinchi 100 
kun davomida oziq sut mahsuldorligini ta’minlashga qa-
ratilgan  bo‘ladi,  uchinchi  davrda  oziqlantirish  sut  mah-
suldorlik  ko‘rsatkichini  kamaytirmay  –  saqlashiga  va 
jussa  bo‘laligini  (kondisiyasini)  o‘zgartirmasligiga  qara-
tilgan holda tashkil etiladi.
Umuman,  sog‘in  sigirlar  to‘liq  to‘yimli  oziq  ratsion-
lari  asosida  boqilishi  kerak.  Oziqlantirish  to‘liq,  to‘yimli 
bo‘lishi uchun sigirning bir yillik oziq manbayida pichan, 
senaj,  o‘rib  yediriladigan  ko‘k  o‘tlar,  somon  kabi  oziqlar 
26–27%  ni  tashkil  etishi  kerak.  Sersuv  va  shirali  oziq-
lar  43–47%  ni,  shu  jumladan  silos  36–43%  ni,  lavlagilar 
5–7% ni, yemlar esa 26–31% ni tashkil etishi lozim.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish