Tayanch iboralar.
Bradikardiya – yurak urishining sekinlashuvi
Taxikardiya – yurak urishining tezlashuvi
Sianoz – ko’karish
Akrotsianoz – quloq silonchiqlari, lunj, lab, burun qanotlari va barmoq oxirgi falangalarining ko’karib turishi.
Asfiksiya – bo’g’ilish
Stenoz – naysimon a’zolar teshigining torayishi
Dilyatatsiya – yurak bo’shliqlarining kengayishi
Gipertenziya – qon tomirlarda bosimning ortishi
Dispnoe – nafas qisishi, nafas olishning qiyinlashishi
Ortopnoe – bemorning o’rinda majburiy vaziyatda o’tirishi
Astsit – qorin bo’shlig’iga suyuqlik yig’ilishi
Gidrotoraks – plevra bo’shlig’iga suv yig’ilishi.
Gidroperikard – yurak perikard bo’shlig’ida suv yig’ilishi
Anasaka – butun tanaga shish kelishi
Savollar:
Yurak va qon tomir tizimining tuzilishi va vazifalari.
Yurak va qon-tomir sistemasing anatomo-fiziologik xususiyatlari.
Asosiy klinik belgilarini va tekshirish usullari.
Hamshiralik parvarishi xususiyatlari.
Kasallik simptomlariga qarab bemorlarni parvarish qilish.
Davolanayotgan bemorlarga hamshiralk parvarishi.
Foydalanadigan adabiyotlar:
V.O.Haydarov “Ichki kasalliklar” 2002-yil.
B.U.Yoldoshev “Ichki kasalliklar” 1996-yil.
Mavzu№14: Qon aylanish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.
REJA:
Gipertoniya kasalligi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishini (etiologiyasi, klinikasi, kechishi, davosi, oldini olish).
Gipertoniya kasalligi.
Etiologiyasi va patogenezi. Kasallikning sabablari va shakllanish mexanizmlari oxirgacha aniqlanmagan. Irsiy moyillik bilan ba’zi bir tashqi omillar ta’sirining birgalikda qo’shilib kelishiga hal qiluvchi ahamiyat beriladi. Gipertaniya kasalligi patogenezida simpatik-drenal sistema aktivligining oshishi va adrenoretseptorlar sezuvchanligining o’zgarishi katta ro’l o’ynaydi. Buyraklarda qon aylanishining buzilishi va qonda arterial bosimni oshiradigan modda (renin) paydo bo’lishi patogenezning muhim zvenolaridan biri hisoblanadi. Gipertaniya kasalligi etiologiyasi va patogenezida irsiy omillarga va sotsial muhitga, kasb-korga, shuningdek konstitutsional-endokrin o’zgarishlarga (yog’ bosishi, diabet, gonadalar funksiyasi buzilishi, ayniqsa klimakterik davrda va hakazo) katta ahamiyat beriladi. Simpotik-adrenal sistema aktivligining oshishi chap qorincha ishining kuchayishiga va yuirak minutlik hajmining ko’payishiga olib kelib bu arterial bosimni oshiradi.
Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (VOZ) nomenklaturasi bo’yicha arterial bosim (yoshdan qat’iy nazar) 140 / 90 raqamlaridan yuqori bo’lmaganda – normal deb hiaoblanadi.
Gipertoniya kasalligi 3 bosqich (stadiya) ga bo’linadi. (L. Myasnikov)
Har bosqichda ikki faza: A va B bo’ladi.
I bosqichi: A fazasi – pregipertonik yoki gipertoniya oldi (arterial bosim
ko’tarilishi u yoki bu noqulay ta’sirlar, masalan, salbiy xis-
hayajonlar ta’siri ostidagi kuzatiladi);
B fazasi – o’tkinchi (tranzitor) faza, bunda arterial bosim vaqti-
vaqtida mehnat va turmush sharoitlarida oshib turadi,
so’ngra esa remissiya yuz beradi.
II bosqichi: A fazasi - labil saza, arterial bosim ko’tariladi, biroq ozmi-ko’pmi
darajada o’zgarib turadi.;
B fazasi – barqaror faza, arterial bosim barqaror oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |