KASBIY TAYYORGARLIK SO’ROVNOMASI.
Ta’rif: So’rovnomada o’quvchining o’z imkoniyatlari va alohida ko’nikmalaridan kelib chiqqan xolda kelajakdagi kasbiga (real) xaqiqiy munosabatini aks ettiruvchi ma’lumotlar kiritilgan. So’rovnomada tasvirlangan barcha faoliyat turlari insonni mehnat yoki o’qish faoliyatida uning tipik kasbiy tayyorligini 5ta kasbiy sohaga ajratadi: I.B.-“Inson va belgilar”; I.-T* “Inson va texnika”; I.-AT;- “Inson va atrof-tabiat”; I.-BO- “Inson va badiiy obraz”; I.I-“Inson -inson”.
So’rovnoma bilan ishlash tartibi:
Javoblar blankidagi xar bir katak biron- bir tipdagi kasbga tegishli. Javoblar blankasida harflar bilan belgilangan qatorlar xar bir savolga berilgan uch xil javobni
ko’rsatadi:
“a”- o’z ko’nikmalarini baholash
“b”- o’zini emotsional munosabatini baholash
v- o’zining kasbiy hohish -istaklarim baholash:
YAkunlovchi natijalami ishlab chiqishdan oldin javoblar varaqasini etibor bilan
ko’rib chiqish zarur. O’quvchi tomonidan o’z ko’nikmalarini baholash qatorida “0”
bahosi uchrasa, uni natija hisoblarini ishlab chiqishda inobatga olmaslik shart.
Masalan: “0-12-11” bu holatda 2-chi va 3-chi baholar ball hisoblashda inobatga
olinmaydi.
Xar bir (shkala) qatordagi kasbiy sohaga oid ko’nikma va emotsional munosabat
kasbiy hohish-istaklar ballar asosida hisoblab chiqiladi.
I-В- “Inson va belgilar”
I-T- “Inson va texnika”
I-AT- “Inson va atrof muhit”
I-OB- “Inson- badiiy obraz”
I-I- “Inson -inson”
Eng ko’p ball to’plagan qatordagi kasbga qiziqish va moyillik ushbu guruxdagi
kasbga motivatsiyani belgilaydi.
Kasbiy moyillikka diagnoz qo’yganda eng yuqori, o’rtacha va past ko’rsatgichlami hisobga olish kerak.
Eng maqbul keladigan kasb sohasini (yoki bir necha sohani) tanlash bir necha
kasbiy sohalarda to’plangan ballami qiyoslash orqali kasbiy motivatsiya qatoridan
aniqlanadi. Eng ko’p ball yig’ilgan kasbiy sohalarga etibor beriladi.Keyin xar-bir
kasb sohasidagi uch qator bo’yicha yig’ilgan ballar qiyoslanadi. Eng ijobiy
ko’rsatgich 2-chi 3-chi qatordagi ballar yig’indisini 1-chi qator ballariga mutanosib
ekanligi bilan solishtiriladi. Masalan: 10-12-11. Agar ballar 3-8-12 bo’lsa, tanlangan sohaga oid o’quvchining ko’nikmalari yetarli emasligi aniqlanadi.
Keyin alohida savollar ko’rib chiqiladi bu savollarga javoblar quyidagi ballarda:2-2-2; 2-2-1, l-2-2;da ifodalanadi. Bundan ko’zlangan maqsad - birinchidan, o’quvchi tanlagan kasbiy sohani aniqlash. Masalan: Inson -belgilar tartibi sohasida harflar, so’zlar, matnlar bilan ishlash sohasi kiradi. Bulardan (filolog, tarixchi, muharrir va boshqalar) chet va xorijiy belgilar, matnlar (texnik, taijimon, gid- tarjimon ), matematik belgilar dasturchi, matematik, iqtisodchi va h.k. kasblarga munosiblikni ko’rsatsa, ikkinchidan, bu bir kasbiy sohadan keyingi sohaga o’tish oralig’ida joylashgan ma’lumotni aniqlashga qaratilgan. Masalan: matematika o’qituvchisi (“inson-inson”) va “inson- belgilar” tartibi: modeler (“inson-badiy obraz”, “inson va texnika” kasbiy sohalari oralig’i bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |