9-10-sinflar
Vatanparvarlik: Vatan tarixini, mamlakatda sodir bo’layotgan hozirgi eng muhim voqea-hodisalarni bilib turish; ona-Vatan istiqboli bilan qiziqish; o’z Vatani bilan, uning buyuk kishilari bilan faxrlanish tuyg’usi; umum foydasi uchun qilinadigan mehnatda ko’ngilli ravishda ishtirok etish; tabiatga mehr qo’yish va uni asrab-avaylash; jamiyat mulkini ehtiyotlash. Vatanni himoya qilishga faol tayyorlanish.
Jamoaviylik: o’z sinfida amalga oshirilayotgan barcha ishlarda faol ishtirok etish; o’z o’rtoqlariga beg’araz yordam ko’rsatishni odat qilish; jamoa qaror qabul qilgan qarorlarni bajarish; o’rtoqlariga talabchan bo’lish; shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni birga qo’shib ado etish; o’z jamoasining sharafi uchun kurashish.
Insonparvarlik: mehribonlik, kichkintoylarga g’amxo’r bo’lish; kattalarga hurmat ko’rsatish, yordamga muhtoj kishilarga ixtiyoriy yordam ko’rsatish, jonivorlarga mehr-shavqatli bo’lish va ular to’g’risida g’amxo’rlik qilish, insonparvarlikka qarshi har qanday holatlarga murosasiz bo’lish;
Halollik: rostgo’ylik, so’z bilan ish birligi, to’g’ri so’zlik, o’z xatolari va qilmishlarini ixtiyoriy tan olish.
Mehnatga halol munosabatda bo’lish: vijdonan o’qish; har qanday zarur ishlarni o’z vaqtida bajarish, o’z mehnat natijalarining yuqori sifat darajasini ta’minlash; uy-ro’zg’or ishlariga muntazam yordam berish; mehnat faoliyatining muayyan bir sohasiga qiziqish.
Intizomlilik: o’quvchilar qoidalariga har kuni va hamma joyda rioya qilish; katta kishilarning topshiriqlarini tez va aniq bajarish; sinf jamoasini talablarini bajarish, jamoada yuksak intizom bo’lishi uchun kurashish, davlat qonunlarini bilish va unga amal qilish.
Ma’suliyat: o’z vazifalarini sidqidildan ado etish; olingan majburiyatlarni o’z vaqtida aniq bajarish; boshlagan ishni oxirigacha yetkazishni odat qilish; o’z qilmishlari va o’rtoqlari qilmishlari uchun javob berishga tayyor turish.
Prinsipiallik: qarashlar va e’toqodlarning barqarorligi, o’z fikrlarini ochiqdan-ochiq aytish va o’z fikrini himoya qilish odati, o’z-o’zini tanqid qila olishi, o’rtoqlarining hatti-harakatlariga ob’yektiv baho berish qobiliyati; jamoat taartiblariga zid bo’lgan hatti-harakatlarga murosasiz bo’lish;
Aniq maqsadga intilish: aniq, katta ishlarni bajarishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yish, shu maqsadni amalga oshirish uchun qat’iyatli bo’lish, o’z idealiga sodiq qolish.
Faollik: sinf va maktabning jamoat ishlarida faol ravishda ishtirok etish; tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini ko’rsatish; kamchiliklarga(o’tmish sarqitlariga ) murosasiz bo’lish.
Qiziquvchanlik: o’qimishli bo’lish, bilim doirasining kengligi, fan va texnikaning turli sohalarida o’z bilimini muntazam oshirib boorish, dars qoldirmaslik.
Estetik kamolot: ozoda kiyinib yurish, yuksak nutq madaniyati va na’munali xulq-atvorga ega bo’lish, qo’shiq ayta olish, raqsga chiroyli tusha olish mahoratiga ega bo’lishi, teatrlarga, ko’rgazmalarga, konsertlarga va shu singari tomoshaxonalarga muntazam borib turish; adabiyot va san’at sohasidagi mashhur asarlarni bilish va tushunish; go’zallik yaratishga harakat qilish.
Jismoniy kamolotga intilish; xushbichim qomatga ega bo’lish; ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish; sport bilan muntazam shug’ullanish, jismoniy tarbiya darslariga muntazam qatnashish;
Do'stlaringiz bilan baham: |