O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi boshlang’ich ta’limda pedagogik diagnostika



Download 1,38 Mb.
bet4/104
Sana19.05.2022
Hajmi1,38 Mb.
#604464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
Ped.diag O\'UM

Baholash shkalasi
Baho malakasi ham o'quvchi-talaba shaxsini, uning o'qishga munosabatini to'g'ri belgilashdagi muhim omildir. Uni pedagog olimlar turli davrda turlicha ifodalaganlar. Masalan, o'quvchi-talabaning mashg'ulotlar paytidagi qiziqish darajasini 1978-yilda AQSH olimi Olni Fittaku shkala bo'yicha aniqlashni tavsiya etgan edi. Shkalalash - aniq jarayonlami raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o'zgarishlarga aylantirishga yordam beradi. Shuning uchun ham o'quvchi-talabalaming foydali ish koeffitsienti ularning olgan baholari bilan belgilanadi. Past ko'rsatkich olgan o'quvchi-talabaga ko'proq e’tibor berish lozim. Lekin asosiy e’tibor yaxshi va a’lo baho olganlarga qaratiladi. Ustiga-ustak o'smir bolalar, о‘quvchi-talabalar o‘ziga kattalardek muomala qilishni talab etadi. Lekin o‘qituvchilarning ayrimlari yoshlardagi bunday psixologik kayfiyatlarni hisobga olmay, unga bola, ya’ni sub’yekt sifatida qaraydilar. Aynan mana shu sababli o‘qituvchi va o‘quvchi-talaba o‘rtasida ixtiloflar, kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Professional ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar o’zining pedagogik faoliyatida pedagogik diagnostika bilan shug‘ullanishlari lozimligi bugungi kun talablaridan biridir. Har qanday faoliyat zamirida amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo‘ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar chiqarish - bo‘sh yoki muvaffaqiyatli urinishlarni belgilab olish, faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish diagnostika deyiladi. Pedagogik diagnostika o‘quvchi-talabaning o‘zlashtirishi, o‘qishdagi qiyinchiliklarni, uning o‘qishiga ta’sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o‘rganishga yo’naltirilgan. Diagnostika natijalari esa ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish, psixologik-pedagogik profilaktika ishlarini olib borish imkonini beradi.
Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o‘z farzandining baxt-u saodati, fazl-u kamolini ko‘nsh uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi, o‘zini ayamaydi. Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola shakllanishida asosiy o‘rin egallaydi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi.
O‘zbek oilasi mustabidlik zamonida ham o‘zining tarixan shakllangan qiyofasini yo’qotmadi. Ulug‘ adibimiz Abdulla Qodiriy qahramonlaridan birining: “Bu xonadondan hech kim norizo bo‘lib ketgan emas”, deya aytgan gaplarida elimizga xos katta hayotiy tajriba mujassam. Shu sababli ham mustaqillik yillarida oilaning mustahkamligi, uning jamiyatda tutgan o‘rniga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Kelgusida farzandlarimizni sog‘lom, jismonan baquvvat, ruhan tetik, ma’nan yetuk shaxs qilib tarbiyalashga, tabiatni, vatanni sevib ardoqlashga o'rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sir emaski, barkamol avlodning savodxon bo‘lishi, o‘quv-biluv jarayoniga intilishi, qiziqishi uchun ta’lim jarayonida mustahkam bilim olishga ishtiyoq, asosan, boshlang'ich ta’limdan boshlanadi. Bu bosqichda pedagog kadrlarni yuksak salohiyatli, ijodkor, raqobatbardosh, komponentli yangi avlodni tayyorlashga qadam qo‘yildi. Bu vazifani amalga oshirish uchun oliy ta‘lim muassasasi pedagoglari, bo‘lg‘usi pedagog-talabalar ham o‘z faoliyatlarini innovatsion pedagogika asosida qayta ko‘rib chiqishlari darkor. Ya’ni ularning o'zlari ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, mas’uliyatni his etishlik sari o’quv-tarbiya jarayoni ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar, innovatsiyalar asosida va bular o‘quvchi-talabaning shaxsiy faol ishtirokida olib borilishini taqozo etmoqda. Olib borilayotgan mashg‘ulotlarning pirovard natijalarini tahlil qilish, o‘rganish, kamchilik va xatolarini aniqlash, ularni tuzatish yoki oldini olish uchun pedagogik diagnostika o‘tkazish zaruriyati tug’ilmoqda. Shu munosabat bilan diagnostika fani vujudga keldi.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish