O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi boshlang’ich ta’limda pedagogik diagnostika



Download 1,38 Mb.
bet3/104
Sana19.05.2022
Hajmi1,38 Mb.
#604464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
Ped.diag O\'UM

Baholash nima?
O‘quv-biluv jarayonining pirovard maqsadi baholanish va baholashdir. O‘quvchi-talabalar nimani bilishini va nimalarni bilmasligini aniqlashtirish, ularni o‘zlashtirishdagi kamchiligini va nuqsonlarini aniqlash va keyingi yutuq tomonlariga suyanib, zaif tomonlarni to’ldirish va rivojlantirish hozirgi davrda didaktikaning asosiy talablaridandir. Baholash jarayonining asosi - o‘quv-biluv jarayonida o‘quvchi-talaba faoliyatini kuzatib, tahlil qilib borish. Agar ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabaning faoliyati, qobiliyati rivojlansa, ta’lim jarayonidagi ishtiroki, individual xususiyatlari takomillashadi, ruhshunoslarning fikriga ko‘ra, besh ballik baho qo‘yish tizimining asosiy kamchiligi bolaning psixologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchilar bolalarning bahoga bo’lgan salbiy munosabatlariga ko‘p bora guvoh bo’lganlar.
Ayniqsa, o‘quvchi-talabalarga baholar e’lon qilinayotgan paytda sinfda paydo bo’ladigan sukunat, ichki noroziliklar bizga juda tanish. Buning natijasi goho oshkora xursandchilik, goho ko‘z yoshidir.
Ma’lumki, baho qo‘yishdan oldin nazorat ishlari olinadi. Ular: 1) og‘zaki so‘rov (umumiy guruhda va yakka tartibda); 2) yozma ravishdagi ishlar (diktant, bayon, insho, misol va masala, mashqlar yechish); 3) zachyot; 4) laboratoriya ishlari; 5) amaliy ishlar; 6) mustaqil yozma ishlar; 7) imtihonlar.
Yuqoridagi nazorat darslari tashkil etilgandan so‘ng ularning faoliyatida uchraydigan tipik xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun maxsus mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida o’quvchi-talabalarda o‘z-o‘zini baholash, reyting, testlar qo’llanilib, xavotirlik, ruhiy tinchlik, atrofdagilar bilan o‘zaro samimiy va do‘stona munosabat, ijodkorlik, hamkorlik tushunchalari kirib kelmoqda.
Ta’limda baholash shunday olib borilmog‘i kerakki, u o'quvchi-talabaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini, xohish-istaklarini, ichki his-tuyg'ularini uyg‘otish va
oshirishga xizmat qilsin. Didaktika mezonlari bilan aytganda, ularda doimiy motivatsiyalar oshib borishi kerak. Pirovard natijada o'quvchi-talabaning o'ziga nisbatan ishonch kuchini, doimiy rivojlanishini kafolatlamog'i lozim.
Pedagogikadan ma’lumki, o'z-o'zini anglash, o‘z-o‘ziga ishonch ta’lim-tarbiyada pirovard natijaga erishishning kafolatidir. Zero, dars an’anaviy yoki interfaol, ilg'or pedtexnologik loyiha asosida kechadimi, demak unda qo'yilgan bosh maqsad - bolada mavjud bo’lgan ijodkorlik va moyillikka turtki berishdan iborat, ya’ni o'quvchi-talabada bilim olishga ishtiyoq, xohish-istakni, chaqqonlikni tarbiyalash bosh masaladir. Buning uchun ta’lim sohasi xodimlari, amaliyotchi o'qituvchilari baholashda pedagogik diagnostika nima? Test nima? Reyting nima?
Ta’limda monitoring nima? Ular qanday qilib o'quv jarayoniga olib kirilishi kerak? degan savollarga javob berishga tayyor bo'lishlari lozim. Biz kelgusi mavzularda yuqoridagi savollarga alohida-alohida to'xtalamiz.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish