2-MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUV-TARBIYA JARAYONIDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA
REJA:
Pedagogik diagnostikaning mohiyati va funksiyalari
Pedagogik diagnostika ob’yektlari: o‘quvchi shaxsi pedagogik diagnostika obekti sifatida.
Diagnostik tadqiqotlarning tuzilishi
Asosiy tushunchalar: ta'lim sifatini oshirish. shaxsning rivojlanishi. faoliyat, modernizatsiyalash, qayta aloqa, о'quvchi-talabaning ichki imkoniyati, boshqaruv funksiyasi. rejalashtirish, ziyon yetkazmashk. kompentantlik, xolislik, ishonchlilik.
Mavzu bayoni: Istalgan kasbiy faoliyat sohasida diagnostika uning tarkibiy qismi hisoblanadi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida mahsulot sifatini belgilab beradi. Bu holatdan o‘qituvchining kasbiy-pedagogik faoliyati, umumiy o‘rta ta’lmnmg pedagogik faoliyati ham istisno emas. Har bir o'qituvchi o‘zining o‘qitish va tarbiyalash jarayonining natijalarini o‘rganib, tekshirib boradi, ularning bo‘sh o‘zlashtirish sabablarini tahlil etib boradi. Ammo bu hali diagnostika bilan bog‘langani yo‘q.
“Pedagogik diagnostika” - bu kengroq tushuncha bo’lib, uning o’ziga xosligi quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:
Birinchidan, diagnostika pedagogik maqsadlarda o'tkazilib, tahlillar asosida yangi tahliliy analiz olinib, ularni sharhlash asosida ta’lim sifatini oshiradi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi-talaba shaxsini rivojlantiradi. Ikkinchidan, olingan yangi axborotlar asosida o‘qituvchi pedagogik faoliyatida ta’lim sifatini oshiradi. Uchinchidan, olingan xulosalar asosida o'qituvchi o‘ziga mos yangi metodlarni tanlab, o‘quv jarayoniga ijodiy yondoshadi. To‘rtinchidan, pedagogik diagnostika yordamida o‘qituvchining nazoratni baholashdagi faoliyat funksiyasi ortib boradi. Beshinchidan, o‘qituvchi tomonidan an’anaviy qo‘llab kelinayotgan shakl, metod va vositalar diagnostika natijalari asosida qayta ко‘rib chiqilishiga imkon beradi.
Ta‘limda pedagogik diagnostika - ta’lim-tarbiya faoliyatida uning sifat va samaradorligini aniqlab beruvchi amaliyot bo‘lib, unda erishilgan muvaffaqiyat va
muvaffaqiyatsizlikni ko‘rsatib beradi va uning takomillashtirish imkoniyatini ochib
beradi. U dars jarayonida, ta’lim sub’yektlari faoliyatida, pedagogik texnologiyalarni qo‘llash jarayonida ham muhim ahamiyaitga ega. Bunda diagnostika ta’lim maqsadi va mazmuni, metod va vositalar, motivlar va qobiliyatlar asosida natijani ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi Ta’lim-tarbiyani demokratizatsiya va modernizatsiya qilishda, ta’limni differensiyalashda aniq tahliliy axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlab chiqish juda muhim hisoblanadi.
Umumiy o'rta ta’limdagi kamchilik, bo‘sh tomonlar va kuchli tomonlarni aniqlash asosida uni takomillashtirib borish imkonini beradi. Talim muassasasi uchun qayta aloqani yo‘lga qo'yish, ahvolga aniq baho berish va boshqaruv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish funksiyalari diagnostikaning asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |