O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi boshlang’ich ta’limda pedagogik diagnostika


-MAVZU: PEDAGOGIK VOQELIKNI DIAGNOSTIK TADQIQ ETISHNING UMUMILMIY TAMOYILLARI VA DARAJALARI



Download 1,38 Mb.
bet14/104
Sana19.05.2022
Hajmi1,38 Mb.
#604464
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104
Bog'liq
Ped.diag O\'UM

3-MAVZU: PEDAGOGIK VOQELIKNI DIAGNOSTIK TADQIQ ETISHNING UMUMILMIY TAMOYILLARI VA DARAJALARI
REJA:
1. Pedagogik diagnostika – boshqaruv ma’lumotlarini olishning muhim
vositasi sifatida.
2. Diagnostika va o’zini-o’zi diagnostika qilish.
3. Pedagogik diagnostika darajalari va tamoyillari.
4. Pedagogik diagnostika (tashxis qilish) texnologiyalari
Tushunchalar va tayanch iboralar: Pedagogik diagnostika, o’zini-o’zi diagnostika qilish, diagnostika darajalari, texnologiya
Pedagogik diagnostika tamoyillari. O'quvchi-yoshlarning aqliy, intellektual hamda tarbiyalanganlik darajasini uzviy va tizimli diagnostika qilish ko'p jihatdan ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatning qo'p qirraligi va shaxsning ijtimoiy-individual xususiyatlarining xilma-hilligi bilan tavsiflanadi. Ma’lumki, o'quvchi-yoshlarning bilimlarni idrok etishiga uning ilgarigi tajribasi, aqliy rivojlanish darajasi salmoqli ta'sir korsatadi. Agar yangi o'quv materialiga aniq bo'lmagan tasawurlar va tushunchalar qo'shilsa, bu tushunchalar yoshlar ongida noadekvat tarzda idrok etiladi. Natijada ularda xato bilimlar, noto'g'ri malakalar to'planadi. Buning oqibatida xato tarzda paydo bo'lgan tushunchalarni korreksiyalash talab etiladi. Pedagogik diagnostika qo'yidagi tamoyillar asosida olib boriladi: maqsadga yo’naltirilganlik; aniqlik va ishonarlilik; tizimlilik va uzviylik. Diagnostikaning maqsadga yo naltirilganligi awalambor, tashkiliy shakl, vosita va metodlarning oxirgi natijalar bilan mutanosibligi va pedagoglarning kasbiy talablari: o'quv-tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi. Maqsadga yo'naltirilganligi diagnostikaning ma’lum maqsadga qaratilgan bo'lishini talab qiladi. Tadqiqotchi kuzatuv davomida tekshirish uchun bir qator farazlarni ilgari surishi kerak. Diagnostikaning ma'lum ob'yektga yo'naltirilganligi ta'lim berishda o'quvchiyoshlarning, tarbiyachi-o' qituvchilarning individual tafovutlarini hisobga olish, ularning intellektual rivojlanishlari, jinsi, ijtimoiy nufuziga qarab belgilanadi.
Diagnostikaning aniqlik va ishonarlilik muolajalari metod va vositalarning ilmiy asoslariga bog'liqligi bilan belgilanadi. Natijaning aniqligini, barchaga xosligini tekshirish uchun shu muammo, ob’ekt, hodisa va h.k.ni boshqa muammo bilan taqqoslanishi yoki boshqa ob’ekt, predmet, sinf, guruh, jamoa yoki o’quv maskanida ham o’tkazilib ko’rilishi kerak. Diagnostikaning konstantlik tamoyili muayyan ob'ekt, voqea-hodisa va boshqalarni tashxis qilish davomida yuzaki, dastlabki hisssiyotlar bilan cheklanmaslikni, tasodifiy, qisqa muddatli ayrim hodisalarning ahamiyatini oshirib yubormaslikni talab qiladi. Tashxis qilayotgan o'qituvchi turli vaziyatlarda o'sha hodisani tekshirib ko'rishi yoki bir nechta kuzatuvchi uni nazoratga olishi lozim. Bu kuzatuvchilarning xulosalari yoki natijalari qanchalik bir-biriga to'g'ri kelishi kuzatuvning konstant yoki bunday emasligini ко' rsatadi.
Diagnostikaning nazorat tamoyili kuzatuvchining bir necha bor ko'zatuvi yoki bir qator kuzatuvchilarning ma’lum guruh yuzasidan chiqargan natijalari, xulosalari nazorat-kuzatuvi davomida boshqa guruhlarda tekshirib ko'rilishini talab qiladi. Bu kuzatuv natijasida olingan ma'lumotlar faqat shu sinaluvchi guruhning o zigagina xos xususiyatlar emasligini aniqlash uchun lozim bo'ladi.
- birinchisi - shaxsni har tomonlama o'rganish, tashxis qilish yoki o'z-o'zini tashxislash;
- ikkinchisi - pedagoglar jamoasi tomonidan ta’limiy-tarbiyaviy jarayonning samaradorligiga erishishni ta’minlash.
Pedagogik diagnostika asosida o'quv-tarbiyaviy jarayon tadqiq qilinar ekan, uning metodlari ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlaridan farq qiladiki, ular alohida o'quvchiga yoki o'quvchi-yoshlar guruhiga dolzarb pedagogik tadbirlar majmuasini
qo'llashni ko'zda tutadi. Bugungi kunning jiddiy metodologik muammosi - bu zamonaviy ta’limni pedagogik diagnostikaga oid metodlardan kompetentli, oqilona va samarali foydalana olishdir.
Tashxislash aniq bo’lishi uchun qulay metodlarni tanlash lozim. Pedagogik diagnostikada metodlar pedagogik hodasalarning ob’ektiv mohiyatini to’g’ri ifodalasa, o’rganilayotgan ob’ektning o’ziga xosligiga javob bersa, shubhasiz, ular
ilmiy deb e’tirof etiladi. Pedagogik diagnostika samaradorligi ko’p hollarda tashxis o’tkazuvchining metodologik madaniyatiga to’g’ri proporsionaldir. SHu boisdan bu tushuncha integral sifat ko’rsatkich hisoblanib, tashxis qiluvchidan o’zida xususiy ilmiy faoliyatni tahlil qilish ko’nikmasini, ma’lum konsepsiya (nazariya)ni llmiy asoslash va ijodiy qo’llash qobiliyatini egallashni talab etadi.
Pedagogik diagnostikada o’rganilayotgan jarayon aniqlovchi metodlar joriy etilgunga qadar ilmiy asoslanishi shart: dastlabki holat; tadqiqot mantiqi; kutilayotgan natijalar, ularga erishish metodlarini belgilash; iste’molchilar bilan hamkorlik o’rnatish; uni joriy etish shartlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi. Pedagogik diagnostika ilmiy faoliyatning murakkab turi hisoblanib, u ishonchli qo’llarda - metodologiyani chuqur o’rgangan, ilmiy tadqiqot metodlari bilan qurollangan shaxs tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Olimning qiyofasi, ruhiyati va tiynati haqida maxsus adabiyotlarda batafsil yoritilgan, ayniqsa, uning quyidagi sifatlari alohida qayd etiladi; haqiqatga, noma’lum bilishga jiddiy intilish; kuzatilayotgan hodisa va jarayonlarni tasniflash qobiliyati va kuzatuvchanlik; ilmiy tafakkuming analitik - sintetik jamlanmasi va ilmiy -tadqiqot ishlarida ob’yektivlik, aniqlik, tanqidiylik, izchillik, tizimlilik bo’lishi shart. Ob’yektivlik - o’rganilayotgan voqea va hodisalar, jarayonlar to’g’risida odilona, to’g’ri baho berish, ulardagi mohiyat, mazmun va o’zaro aloqa, o’zgarishlarga holisona yondashishni ifodalaydi.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish