O’quvchilarni darsga tayyorlash darajasini aniqlash va ularni nazorat qilish.
O’quvchilarni darsga tayyorlash darajasi va ularni nazorat qilish, ularning hayotiy tajriba va qobiliyatlariga qaratib belgilanadi. Pedagog uchun har bir o’quvchini yakka holda darsga tayyorlashi, uni nazorat qilishida didaktik materiallardan foydalanishi, o’quvchiga o’zining shaxsiy qiyinchiliklarini ongli ravishda yetkaza olishi hamda ularni bartaraf etishda metodik o’quv qo’llanmalaridan foydalanishi har bir o’quvchidagi mavjud muammolarini hal qilishida yordam beradi.
Ijtimoiy maishiy hayotga yo’naltirish darslarida quyidagi nazoratlar o’rnatiladi:
Boshlang’ich nazorat – bu o’quvchilarni o’quv yilini boshlanishiga tayyorlash va o’tiladigan yangi mavzularni o’zlashtirish darajasini aniqlashga; ketma-ketlikda kelayotgan yangi materiallar va qaytarilishi lozim bo’lgan mavzularni aniqlashga asos bo’ladi.
Oraliq nazorat – o’quvchilarni o’tgan mavzularini o’zlashtirish darajasini aniqlashga va o’zlashtirilgan mavzular bazasiga tayangan holda yangi mavzularni o’rganishda tug’ilayotgan qiyinchiliklarni aniqlashda; ularga berilgan topshiriqlarni tekshirib undagi kamchiliklarni aniqlagan holatda o’tilgan mavzularni qaytarish; mavzularni ketma-ketlikda bir-biriga bog’lashda yordam ko’rsatish va ba’zi holatlarda o’quvchilarga qo’shimcha mashg’ulotlar o’tish kerakligini belgilab beradi.
Yakuniy nazorat – o’quvchilarni chorak ohirida mavzu bo’limlarini o’zlashtirish darajasini va ularga qo’shimchalar kiritish darajasini pedagogning qilgan tahlillari orqali belgilab beradi. Bu borada pedagog ko’zi ojiz yoki zaif ko’ruvchi o’quvchilarga turli xildagi tadbirlarda ishtirok etishini ota-onalariga yuklatishi va ushbu tadbirlarda o’quvchilarni ishtirok etishi ota-onalar tomonidan ta’minlanishini talab qilishi lozim.
O’quv dasturi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
Kirish qismida – darslarning maqsadi va yil davomida o’tiladigan mavzular haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Shuningdek, dars xonasi bilan yaqindan tanishtiriladi hamda xonada to’g’ri mo’ljal olishga o’rgatiladi.
“Shaxsiy gigiyena” bo’limi o’z sog’lig’iga e’tiborli bo’lish, sog’lom bo’lib yurishga yordam beradi.
“Ovqatlanish” bo’limi bolalarni asosiy oziq-ovqat turlari bilan tanishtirib, ularni to’g’ri iste’mol qilishni, saqlashni va dasturxon tuzash bilan ham tanishtiradi.
“Kiyim va poyafzal”, “Turar joy” bo’limi asosan kiyimlarni va buyumlarni asrashga o’rgatadi.
“Odob madaniyati”, “Oila” bo’limi shaxsiy muomalani, jamoat joylaarida o’zini nazorat qila olishga o’rgatadi.
“Transport”, “Tibbiy yordam”, “Aloqa vositasi”, “Savdo-sotiq” bo’limlari o’quvchilarni mustaqil faoliyatga tayyorlaydi.
Murakkab nuqsonni bolalarga mavzular imkoniyatiga qarab soddalashtirilishi mumkin.
Ijtimoiy maishiy hayotga yo’naltirish darsidagi har bir bo’limi o’zining ixtisoslashtirilgan xonalarida, shu bilan bir qatorda (gigiyenik xona, kiyim almashtirish xonasi, yotoqxona va oshxonani) o’z ichiga olishi lozim. Har bir mashg’ulot aniq tashkil etilishi, xonalar esa kerakli qurilmalar bilan jihozlangan bo’lishi, bundan tashqari ushbu xonalarda ijtimoiy maishiy hayotga yo’naltirish predmetlari va ish qurollari bilan jihozlangan bo’lishi shart.
Yangi mavzu bayoni har bir o’quvchining hayotiy tajribasi va bilimiga tayangan holatda bo’lishi o’quvchilarning biron bir predmet haqidagi noto’g’ri tushunchalarini aniqlash va ularni bartaraf qilishga asos bo’ladi.
Darslar umumiy qabul qilingan metodlar orqali, lekin korreksiya yo’nalishini hisobga olgan holda olib boriladi. Bu borada so’z orqali tushuntirish – o’quvchilar bilan suhbat qurish, ularni olgan bilimlarini mustahkamlash, mavzularga bog’lash va darslarda predmetlardan, maketlardan, rel’yef tasvirlardan va sxemalardan foydalanish asosiy yo’nalish hisoblanadi. Bu darslar o’quvchilarning ijtimoiy maishiy hayotida tasavvur va tushunchalarini to’g’ri yo’naltirishning asosi hisoblanadi.
Ushbu darslarda o’quvchilarni amaliy ishtiroki ularning predmet amaliyot ishtorokchisiga aylanishi o’ta samarali metod hisoblanadi.
Zaif ko’ruvchilar inson harakatlarini ilg’ab olishini qiyinligini hisobga olgan holda va ko’zi ojizlarni bunday harakatlarni umuman ko’rmasligini inobatga olgan holda pedagog har bir harakatni o’quvchining qo’lini ushlagan holda amalga oshirish metodidan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Bu metodlar o’tilgan nazariy darslarni predmetlar bilan bog’lashi, ulardan foydalanish, ushbu yo’nalishda xarakterli bo’lgan ko’zi ojiz bolalar uchun nazariy tuchunchalarni amaliy harakatlar bilan bir-biriga bog’laydi.
Predmet-amaliy faoliyat o’quvchilar hayotida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Amaliy faoliyatda o’quvchi kundalik hayotda kerak bo’ladigan harakatlarni aniq bajarishi, shaxsiy gigiyena, ovqatlanish madaniyati, kiyinish, kiyim-kechaklarini kichik ta’mirlash va turar-joyni ozoda tutish tajribalariga asos bo’ladi. Ushbi harakatlarni o’zlashtirish uchun pedagog tomonidan o’quvchiga ma’lum ko’satmalar berishda qo’lidan ushlash yo’li bilan ko’rsatib berishi va ushbu harakatlarni takrorlashdan iborat.
Shu bilan birga, ushbu dars o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish, makonda erkin va aniq harakatlanish, tezlik va kuch ishlatish, ijtimoiy predmetlarga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishni o’rgatadi.
O’z-o’ziga xizmat qilish turlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |