MUNDARIJA
KIRISH 2-7-betlar
ASOSIY QISM 7-52-betlar
Ko‘rishida nuqsoni bo’lgan bolalar maktablarida ta’lim jarayonining mohiyati
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta'limida didaktik tamoyillarning qo’llanish xususiyatlari
Ko‘rishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilami tarbiyalashda oila va mahallaning roli .
Ko‘rishida nuqsoni bo’lgan maktab o‘quvchilarini oilaga tayyorlashning ahamiyati.
Ko‘rishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilami oilaga tayyorlashda ijtimoiy-maishiy yo‘naltirish mashg‘ulotlarining o‘rni
XULOSA 52-56-betlar
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 56 -bet
MAVZU: KO’RISHIDA MUAMMOSI BO’LGAN O’QUVCHILARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH YO’LLARI.
KIRISH
ASOSIY QISM
Ko‘rishida nuqsoni bo’lgan bolalar maktablarida ta’lim jarayonining mohiyati
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta'limida didaktik tamoyillarning qo’llanish xususiyatlari
Ko‘rishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilami tarbiyalashda oila va mahallaning roli .
Ko‘rishida nuqsoni bo’lgan maktab o‘quvchilarini oilaga tayyorlashning ahamiyati.
Ko‘rishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilami oilaga tayyorlashda ijtimoiy-maishiy yo‘naltirish mashg‘ulotlarining o‘rni
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasidagi mustaqillik odimlari tufayli ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida ta’lim samaradorligiga erishish ustuvor vazifa qilib qo‘yilmoqda. Uzluksiz ta’lirrmi amalga oshirishga qaratilgan davlat hujjatlari qabul qilindi va ular hayotga tatbiq etilmoqda. Xalq ta’limining barkamol shaxs tarbiyasini, malakali mutaxassislar tayyorlashni yuqori va jahon talablari darajasiga mos ravishda amalga oshirish maqsad va vazifalari belgilandi. Bu jarayon «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro‘yobga chiqarishdagi zamonaviy bosqichda Oliy ta’lim muassasaiari mukammal ta’lim standartlari, o‘quv metodik qo‘llanmalar va darsliklarini yaratish kabi muammolami hal etishni talab etmoqda.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tatbiq etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishdagi uch bosqichdan ijtimoiy himoyaning kafolatlanishi masalasini hal qilish bosqichidir. Respublikamizda jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash, o‘qitish va tarbiyalash masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganki, 0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni (23 - modda) va davlat tomonidan 1992-yil ratifikatsiya qilingan BMT ning «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyasi (23 - modda) da nogiron bolalarning alohida parvarishlash, ta’limdan foydalanish, munosib turmush kechirish huquqlariga egaliga e’tirof etilgan. Demak, ko‘rishida muammosi bo’lgan bolalarni o‘qitish jarayonini turli zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashgan texnologiyalar asosida tashkil etish bugungi kun maxsus pedagogikaning dolzarb masalalaridan hisoblanmoqda.
«Sog’liq va rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun munosib muhit yaratiladi» deyiladi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da. Nogironlikni oldini olish maqsadlarining ijobiy hal qilinishi nogironlaming ijtimoiy tiklash bo‘yicha Davlat dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq qilish bilan chambarchas bog’liqdir. Bu muammoni defektologiya fanining tarixi bo’lmish tiflopedagogika yoritib beradi.
Ko‘ruv jarayonining buzilishi tug‘ma va keyinchalik paydo bo’lishi mumkin. Tug‘ma ko‘rlik homilaning ona qornidagi vaqtida bo’lgan kasalliklar va shikastlanish oqibatida paydo bo’lishi mumkin yoki ba’zi bir ko‘ruv nuqsonining nasldan-naslga irsiy o’tishi natijasida bo’lishi mumkin. Odatda, qiyinchilik paydo bo’lgan ko‘rlik ko‘ruv organlarining kasallanishi oqibatida - to‘r parda , shox parda markaziy nerv sistemasining kasalliklari (meningit, miyadagi shish, meningoensefalit) organizmning umumiy kasallanishi oqibatida (qizamiq, gripp) miyaning travmatik shikastlanishi oqibatida paydo bo’lishi mumkin. Ko‘ruv analizatorining buzilishlari rivojlanuvchi va turg‘un turlari mavjud. Rivojlanadigan ko‘ruv nuqsonida patologik jarayonlarning ta’sirida ko‘ruv jarayonining doimiy ravishda yomonlashuvi ro‘y beradi. Masalan, glaukomada ko‘zning ichki bosimi ko’tarilib ketadi va ko‘z to‘qimalarida o‘zgarishlar sodir bo’ladi. Sanitar-gigienik normalarga rioya qilinmaganda (o‘quv va yozuvda) ko’zning yaqindan ko‘rishi va uzoqdan ko'rishi sodir bo’ladi.
Ta’limning korreksion yo‘nalganligi tamoyili. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar rivojlanish va ta’lim tiflopedagogikada bolalarning atrof-muhit bilan o‘zaro ta’siri konsepsiyasi doirasida qaraladi. Ko‘rishda nuqsoni bo’lgan bolaning atrof-muhit bilan o‘zaro ta’siri uning rivojlanishi va xarakterini belgilaydi. Shunga ko‘ra ko‘rishda nuqsoni bo’lgan bolalar rivojlanishi va ta’limida prinsipial tashqi dunyo bilan buzilgan aloqa munosabatlarini, normallashtirish sanaladi. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar maktabining o‘quv rejasi korreksion yo‘nalganlik tamoyili e’tiborga olgan holda tuzilib, bunda ko‘ruv idrokini rivojlantirish, atrof olamda mo’ljal olish, ijtimoiy yo‘naltirish, ritmika. LFK mashg‘ulotlari kiritilgan. Korreksion yo‘nalganlik tamoyili har bir darsda amalga oshiriladi. O‘quv jarayonida yuzaga kelgan kamchiliklami maxsus metodik yo’llar orqali bartaraf etishni ta’minlaydi. 0‘quvchilami mustaqilligini rivojlantirishga yordam beradi.
Korreksion — pedagogik ish deganda ko‘rishda nuqsoni bo’lgan bolalarning bilim faoliyati, shaxs xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi va harakat qobiliyatlari kamchiliklarini tugatish. kompensatsiya jarayonlari rivojiga qaratilgan ta’lim va tarbiya vositalari, shakl va metodlari, maxsus pedagogik tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Ma’lumki, ko‘rish qobiliyati buzilganda bolalar rivojlanishida qator ikkilamchi buzilishlar yuzaga keladi. Bilish jarayonlari (idrok, tasavvur, ko‘rgazmali obrazli tafakkur) sustlashadi, jismoniy rivojlanish va harakat funksiyalari rivojida o‘zgarishIar ro‘y beradi (tezlik, aniqlik, kordinatsiya, harakat sur’ati, harakat aktlari o’lchamligi buziladi), ijtimoiy tajriba egallash cheklanadi. Korreksion pedagogik ish qoidalarni asoslashda, zamonaviy tiflopedagogika mutaxassislari maxsus yo‘naltirilgan o‘quv tarbiya ish ta’sirida o‘zgarish, korreksiya, kompensator qayta qurilishlarga uchraydigan bolalardagi birlamchi va ikkilamchi buzilishlar, ko‘rishda nuqsoni bo’lgan bolalar ta’lim, tarbiyasi va rivojlanishi qonuniyatli nisbati haqidagi konsepsiyadan kelib chiqadi.
Ijtimoiy mo’ljal olish maxsus korreksion mashg‘ulotlar turiga kiradi. Bunda alohida xususiyatlar va milliy qadriyatlar hisobga olinadi. Mashg‘ulotning mazmuni haqidagi mavzularni o‘z ichiga oladi: «Shaxsiy gigiyena», «Kiyim va o’yoq kiyim», «Ovqatlanish», «Oila», «xulq-atvor madaniyati», «Turar-joy», «Transport», «Savdo», «Tibbiy yordam».
Ijtimoiy-maishiy yo‘naltirish ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalami hayotning zamoniy shart-sharoitlariga ijtimoiy ruhiy moslashishini yengillashtiradi. «Shaxsiy gigiyena» mavzu bo‘yicha olib boriladigan mashg‘ulot bolalarga tanani parvarishlashni, o‘zining sog’ligini asrash va mustahkamlashni o‘rgatadi. «Ovqatlantirish» mavzusidagi mashg‘ulot bolalarning oziqlanishning asosiy mahsulotlari bilan, oziqalarining saqlash va tayyorlash usullari bilan tanishtirishini ko‘rib chiqadi. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, malakalarini kengaytirish «kiyim va oyoq kiyim», «turar joy» mavzulardagi mashg‘ulotlariga imkon yaratadi. Oilada, jamoada, sinfda, jamoat joylarida, shaxsiy munosabatlarining usul va qo‘llanmalari «Oila va xulq-atvor madaniyati» mavzuda ochiq bayon etiladi. Bolalar stol atrofida, muzeyda, kutubxonada, kinotetrda, klubda o‘zini tutishni o‘rganadilar.
Bolalar aql va malakalarini shakllanishida transport, magazin, tibbiy yordam bilan aloqada qo‘llanmalardan foydalanish asosiy rol o‘ynaydi. Yuqoridagi bilim, malaka va ko‘nikmam shakllantirish uchun turli metodlarni tushuntirish, syujetli o‘yinlarining o‘ynalishi ekskursiyadan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Har bir xalq, har bir millat tarbiya sohasida o‘zining uzoq asrlar davomida shakllangan sermazmun pedagog usul-uslublariga ega bo’ladi. Bular asrlar osha ajdodlardan qo’llanilib keladi. Shunday ekan, har bir jamiyat yuksak orzulami amalga oshirishga ana shu tarbiyaviy tamoyillardan ijobiy foydalanishga harakat qiladi. Tarbiya jarayoni nafaqat yoshlarga, balki kattalarga ham qaratilgan bo’ladi. Shunday ekan tarbiya insonning kichikligidan tortib, to umrining oxirigacha zarur bo’lgan qadriyatdir. Lekin ko‘pincha tarbiya haqida gap ketganda, birinchi o‘rinda, o‘sib ulg‘ayayotgan yoki farzandlar tarbiyasi tushuniladi. Davlat, jamiyat, har bir ota-ona ulami har tomonlama bilimli, axloq-odobli, mehnatsevar kishilar qilib voyaga yetkazishni orzu qiladi. Shu bilan birga, hayotning achchiq tajribalari shuni ko‘rsatadiki, tarbiyaga nafaqat yoshlar muhtoj bo’lib qolgan kattalar orasida ham tarbiyasini davom yetkazadigan shaxslar uchrab turadi. Shuning uchun ham, agar eramizdan avval VI-VII asrlarda qadimgi Xorazm hududida paydo bo’lgan Zardushtiylik dinidagi «Avesto», eramizning VI-VII asrlarida Arabistonda paydo bo’lgan islom dini va uning «Qur’oni karim» va shuningdek, «Hadis»ning musulmon olami buyuk allomalarining asarlarini, yetuk mutafakkirlarining ilmiy-adabiy meroslarini olib o‘qib ko‘rsak, ularda katta va kichiklarga tegishli juda ko‘p axloq-odob tamoyillariga bag’ishlangan ko‘rsatma va nasihatlari borligini guvohi bo’lamiz. Jamiyat fan- texnikaning rivojlanishida tarbiya muhim omil va mezonlardan biri va ularning nogironlarga, shu jumladan ko‘zi ojiz bolalarga munosabati diqqat-e’tiborlidir. Respublikada nogironlikni oldini olish va nogironlarning jamiyat hayotiga singib ketishi uchun shart-sharoitlar yaratishga katta ahamiyat berilmoqda. Masalan: ko‘rishida nuqsoni bo’lgan bolalarni aqliy tarbiyalash bo‘yicha ma’lum ishlar amalga oshirilmoqda. Aqliy tarbiya bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqidagi bilimlar berishni, ularni sistemalashtirishni, bolalarda bilimga qiziqishni, amaliy malaka va aqliy ko‘nikmalarni tarkib toptirishni, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlashda dastlabki muomalada bo’lish, narsa buyumlar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyinchalik esa o‘quv, mehnat, samarali faoliyat jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishiga ta’lim va tarbiya samarali ta'sir ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi ko‘rishda nuqsoni bor bolalarga tarbiya berishni to‘g‘ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojianish qobiliyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak. Shuningdek, bilish qobiliyatlarini shakllantirishning o‘ziga xos tomonlarini aniqlash muhimdir. Ko‘rishida nuqsoni bo’lgan bolalarni ta'siri tarbiya jarayonining samarasini oshirishda va kelajakda jamiyatda o‘rinlariga ega bo’lishda tarbiyaning o‘rni muhimdir.
Ko'rishda nuqsoni bo’lgan bolalar tarbiyasi maqsad va vazifalari; pedagogikaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Tarbiyaning vazifasi maxsus vazifa bilan bog’liqlikda amalga oshiriladi. Tarbiya birlamchi, ikkilamchi nuqsoniarni bartaraf etish bilan birga olib boriladi. Ko'rishda nuqsoni bo’lgan bolalar tarbiyasida ko’rinadigan salbiy holatlar quyidagilar:
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalar faoliyati
Yurtboshimizning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» nomli asarlarida ta’lim-tarbiya maskanlarini rivojlantirish borasida shunday deyiladi: «Ammo eng avvalo bolalar bog‘chasidan boshlab oliy maktablarimiz, texnikumlar, hunar-texnika bilim yurtimizda, maktablarimizda barcha zarur sharoitni yaratmoq kerak». Mustaqilli- gimizning dastlabki davrdan boshlab ta’lim maskanlarini jahon talablari darajasida rivojlantirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilayotganligi fikrimiz dalilidir. «Aqliy va jismoniy jihatdan imkoniyati cheklangan bolalarning alohida ehtiyojlari e’tiborga olinadi, ta’lim, kasb-kor tayyorgarligi, tibbiyot, sog‘liqni tiklash, imkoniyati darajasida bolani ijtimoiy hayotga jalb etishga, shaxsning rivojlanishi, jumladan madaniy va ma’naviy kamol topishiga olib keladi». Ushbu misralar «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasi Qonunidan olingan. Tiflopedagogika taraqqiyoti davomida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun ta'lim-tarbiya muassasalar tizimi shakllanadi. 0‘zbekiston hududida dastlab ko‘zi ojizlaming boshlangMch ta’limini ta’minlovchi muassasalar tashkil topdi, keyinroq bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari barpo boMdi. Maxsus muassasalar hozirgi zamon konsepsiyasida nogiron, jumladan, ko‘rishda nuqsoni bo’lgan bolalar ta’lim tizimiga ma’lum o‘zgarishlar kiritilgan va ularni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.
Maktabgacha tarbiya. Maktabgacha tarbiya tizimi davlat, ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, muhim ijtimoiy masalalami hal qiladi: ko‘rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni har tomonlama kamol toptirish; ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar nuqsonli rivojlanishini oldini olish; korreksiyalash va ularning sog’ligini himoyalash va mustahkamlash; ko‘rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalash va maxsus ta’lim berishda oilaga ko‘maklashish maqsadida maxsus va oilaviy maktabgacha ta’lim muassasa qoshida ochilgan maktabgacha tarbiya muassasalari tashkil etilgan. Ko‘rishda nuqsoni bo’lgan bolalarga maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarda maqsadli ta’lim va tarbiya berish jarayonida ularga norma! psixik rivojlanishni ta’minlash, ilk bolalik davridagi noto‘g‘ri tarbiya natijasida yuzaga keladigan ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalash, kompensatsiyalasb mumkin. O‘zbekiston Respublikasida ko‘rishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ta’lim muassasalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yiI 18-iyundagi 117-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Qarorga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalarda ko‘rishida og’ir nuqsonlar bo’lgan bolalar - ko‘zi ojizlar, ambliopiya va g’ilaylik, zaif ko‘ruvchilar ta’lim-tarbiya olishlari mo’ljallangan. Ta’lim muassasalarga 2-3 yoshdan, har bir guruhga 6-8 nafardan qabul qilinishi mo’ljallangan.
Ko‘rishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun bog‘chalar faoliyatida 4 ta asosiy vazifani belgilash mumkin. Ularning bajarilishi va faqat bolalarning umumta’lim dasturlarini o‘zlashtirishga imkoniyatlarini, balki rivojlanishdagi ikkilamchi nuqsonlami korreksiyalash va kompensatsiyalashni ta’minlaydi.
Qisman ko‘radigan va zaif ko‘ruvchi bolalarda saqlangan ko‘rish funksiyalarini rivojlantirish, ambliopiya va g’ilay bolalami ularni normagacha tibbiy va pedagogik vositalar bilan tiklash.
Bolalarning rivojlanishi o‘quv dasturni («Bolajon» o‘quv dasturi) o‘zlashtirish uchun ularning psixik-jismoniy rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda qulay sharoitlar yaratish.
Bola hayotining dastlabki oy yillaridagi noto‘g‘ri tarbiya natijasida yuzaga keladigan ikkilamchi nuqsonlami korreksiyalash.
Ko‘rishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim, o‘yin, mehnat faoliyati kompensator usullarini shakllantirish.
Maxsus vazifalarni hal etishda har bir mutaxassis vrach oftolmolog, tiflopedagog, ko‘rishda nuqsoni bo’lgan bolalar bog‘chasi tarbiyachisining roli garchi o‘zaro bog’liq va o‘zaro bog’langan bo’lsada, ular ko‘p qirralidir.
Mazkur maktabgacha yoshda bolaning bilishga ehtiyoji, qiziqishi, faolligi, maqsadli harakatlanishi odati shakllanganligi o‘quvchilarga maktabda kompensator metodik usullami darsning predmet mazmuniga muvofiq mustahkamlash va rivojlantirish imkonini beradi. Tiflopedagog va tarbiyachining bu muhim vazifani hal etishdagi ishtroki ularning faoliyati, tashkiliy shakllari va mazmuniga bog’liq, tiflopedagog yakka tartibda bu kichik guruhdagi mashg‘ulotlami bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda, eng avvalo, faoliyatning u yoki bu usuli to‘g‘risida dastlabki bilimlarni shakllantiradi. Tarbiyachiga bu usullarni mustahkamlash, mashq qildirish, bola uchun yangi vaziyatlarga kiritish, shuningdek, shakllantirilayotgan usullar samaradorligini tekshirish uchun keng imkoniyatlar beradi. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim, o‘yin, mehnat faoliyati usullarini shakllantirish.
Mazkur maktabgacha yoshda bolaning bilishga ehtiyoji, qiziqishi, faolligi, maqsadli harakatlanishi odati shakllanganligi o‘quvchilarga maktabda kompensator metodik usullarni darsning predmet mazmuniga muvofiq mustahkamlash va rivojlantirish imkonini beradi.
Tiflopedagogik va tarbiyachining bu muhim vazifani hal etishdagi ishtiroki ularning faoliyati, tashkiliy shakllari va mazmuniga bog‘liq, tiflopedagog yakka tartibda bu kichik guruhdagi mashg‘ulotlarni bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda eng avvalo, faoliyatning u yoki bu usuli to‘g‘risida dastlabki bilimlami shakllantiradi.
Tarbiyachiga bu usullarni mustahkamlash, mashq qildirish, bola uchun yangi vaziyatlarga kiritish, shuningdek, shakllantirilayotgan usullar samaradorligini tekshirish uchun keng imkoniyatlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |