O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Ko‘rishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarni tarbiyalasbda oilaning roli



Download 124,83 Kb.
bet5/22
Sana29.03.2022
Hajmi124,83 Kb.
#515247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Toshmatova Muattar Rasulovna

Ko‘rishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarni tarbiyalasbda oilaning roli

Sog‘lom oila, sog‘lom farzand - baxtli kelajak. Bu tushunchalar bir-biriga uzviy bog‘liq, Prezidentmiz I.Karimovning rahnamoligida ijtimoiy sohada olib borilayotgan izchil islohotlar ham aynan jamiyatda turmush tarzini qaror toptirishga oilani mustahkamlab - yosh avlodni barkamol bo‘lib rivojlantirishga qaratilgan.
Hozirgi davrda qo‘lga kiritgan muhim yutuqlarimizdan biri ta’lim- tarbiyada umuminsoniy, milliy-ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligiga erishganligimizdadir. Bu yosh avlodga boy tarixiy, milliy, ma’naviy singdirish hamda asrlar davomida shakllangan xalq pedagogikasi an’analari asosida ta'lim-tarbiya berish demakdir. Ota - bobolarimiz ilm o‘rgatish bilan birga farzandlariga avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy-ma’naviy, axloqiy qadriyatlami singdirganlar. Bolalar ta’lim-tarbiyasi murakkab, keng ko‘lamli masalalardan biridir. Bunday ulkan, mas’uliyatli sharafli ishni oila, mahalla, maktabgacha ta’lim muassasa, maktab, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi 26.02.2004-yil 26-sonli Hay’at majlisining qarori bilan «Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasi» yaratildi.
Ushbu konsepsiya muvofiq bolalarni tarbiyalashda oila, mahalla hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari ko‘rsatilgan. Birinchi bosqichda quyidagi satrlarga ko‘zingiz tushadi: «Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida pedagogik, tibbiy tushunchalami berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro‘li xotin-qizlar, ota-onalami jalb qilish».
Darhaqiqat, ko‘zi ojiz bolalarni tarbiyalashda, ularga ta’lim berishda hamda uning sifat va samaradorligini oshirishda tiflopedagog, tarbiyachi bilan birgalikda ota-onalaming birgalikdagi faoliyati muhimdir. Ota-ona normal va nogiron bolalar rivojlanishi haqidagi fiziologik bilimlarga ega bo’lmoqlari, ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya tizimi, uning vazifalaridan xabardor bo‘lishlari lozimdir.
Ko zi ojiz bolalar ta’lim muassasalarida ota-ona hamda maktab hamkortigi vazifasini bajarish - maktab ma’muriyati va pedagoglarga yuklatiladi. Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  1. Ko‘rishida nuqsoni bor bolalarga ta’lim-tarbiya berish mazmuni bilan ota - onalarga tanishtirish.

  2. Ko‘zi ojiz bolalami har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha ta’lim jamoasi hamkorligidagi ishni amalga oshirishda bevosita ishtirok etishlarini ta’minlash.

  3. pedagogik faoliyat jarayoni: turli darslar va mashgulotlarni olib borishi, pedagogik-korreksion vazifalar, ularni amalda qo’llash shakllari bilan yaqindan tanishtirish.

  4. oilada ko‘zi ojiz bola tarbiyasi sohasida o‘rganilgan ilg‘or ish tajri- balari bilan tanishtirib borish hamda ota-onalar orasida targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

4.Ko‘rishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarni oilaga tayyorlash
Hozirda ilmiy-texnikaning rivojlanishi, shaharlar rolining ortishi munosabati bilan o‘qish, kasb tanlash, muloqot intensiv madaniy hayotning katta imkoniyatlari kabi doimiy amalda bo’luvchi ijtimoiy omillarning o‘rni ortdi. Bularning barchasi oilaviy tarbiya darajasiga ham ijobiy ta’sir etadi. Oilaning tarbiyaviy ta’sir kuchi uning ma’naviy sofligi, mehnatsevarlik muhiti, ijtimoiy faolligidadir.
Oilaning quyidagi faoliyatining o‘ziga xos belgilari: tuzilishi, yashash sharoiti va muhiti, madaniy imkoniyatlari, faoliyat sohasi, oila ichidagi munosabatlar, fuqarolik nuqtayi nazari bolalar tarbiyasi jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onalarning pedagogik madaniyat darajasi ham katta ahamiyatga ega.
Oilaviy tarbiyadagi kamchilikiar ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi noto‘g‘ri munosabatlar oqibatida kelib chiqadi: Ortiqcha qattiqqo’lllik yoki bolani ortiqcha yaxshi ko‘rish, nazoratning yo‘qligi yoki yetarli emasligi, ota-onalar umumiy madaniyati darajasining pastligi, turmushda ular tomonidan yomon na’muna ko‘rsatilishi va shu kabilar. Oilaviy tarbiyada yuzaga keladigan qiyinchiliklami bartaraf etish maqsadida jamiyat o‘quv yurtlari va mehnat jamoalarini, mehnat va axloqiy tarbiya tizimini doimo takomillashtirib boradi, bolalar muassasalari, maktab va jamoatchilik ko‘magida maishiy xizmat hamda bo‘sh vaqtni uyushtirishni yaxshilab boradi, ota-onalarning umumiy va pedagogik madaniyatmi oshiradi.
Ana shunday shaxslarni tarbiyalash, oilaviy tarbiyaning bugungi kundagi asosiy vazifasi bo‘lib qolmog‘i kerak. Bu vazifaga erishish yo’llari vositalari va usullarini izlab topish muhim pedagogik muammodir.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bola tarbiyasiga eng avvalo, ota-onaning shaxsi, hayotiy faoliyatlari, turmush tarzi va hokazolar bilan birgalikda oiladagi ma’naviy-axloqiy muhit ham katta ta’sir etadi.
Oilaning ahil, tinch-totuv bo‘lishida, mahallada obro‘ orttirishda, qo‘ni-qo‘shnilarning, mahalla-ko‘yni ta’siri kuchlidir. Ayniqsa, yosh avlodning tarbiyasida mahallaning o‘rni katta.
Oilada eru xotin har jihatdan bolalarga namuna bo‘lishi va ayniqsa, halol ishlab, farzandlari oldida o'zlarining mehnatlari bilan ham jamiyatimizga, ham oilasiga foyda keltirayotganini bildirish kerak. Insonning mehnat faoliyati uning shaxsiy ishi emas, balki jamiyat ishi ekanligini ularning ongiga singdirib borish kerak.
Oilaning tinch-totuv, farovon hayot kechirishi jamiyat uchun ham foydali ekanligini har doim eslatib turish lozim. Er bilan xotin oilada farzandlari tarbiyasi uchun ham mas’ul ekanliklarini yaxshi anglashlari kerak. Bola sog’lom yetuk bo’lib yetishishi uchun to‘g‘ri ovqatlantirish, to‘g‘ri tarbiyalash, sog’lom, baquvvat qilib o‘stirish uchun ularning tarbiyasiga oid bilimlarini oshirib borish kerak.
Hadislarda aytilganidek, ota-onalarning farzandlariga qoldiradigan eng katta merosi - ularga o‘rgatadigan axloqi va odobidir. Milliy tarbiya esa inson shaxsini shakllantirishda milliy madaniyat meros va qadriyatlardan foydalanib, o‘ziga xos milliy yo‘nalish berishga harakat qilishdir.
Ko‘zi ojiz bolalar va zaif ko‘ruvchi o'quvchilami maktab, oilaga, turmushga tayyorlashdek o‘ta muhim vazifani bajaradi. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi 0‘quvchilar balog‘atga yetgach oila quradilar, o‘g‘il bolalar ota - uy xo‘jasi, qiz bolalar ona - uy bekasi bo’ladilar. Ko‘zi ojiz bolalar maktabi o‘quvchilari «ota» bo’lish mas’uliyatini, qiz bolalar esa «ona» bo’lish mas’uliyatini chuqur anglab yetishlari kerak.
O‘g‘il bolalar oila qurgach, oilani boshqarishni bilishi shart, zarur. Qiz bolalar esa, dunyoga kelgan farzandini to‘g‘ri tarbiyalashi, uning sog‘ligi uchun, unib o‘sishi uchun mas’ul ekanligini singdirishi kerak.
Ko‘zi ojiz bolalar maktabida o‘quvchilami oilaga tayyorlash vazifasi juda muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu vazifalar umumta’lim predmetlarda, maxsus korreksion mashg‘ulotlar orqali olib boriladi.

  1. Ijtimoiy-maishiy yo‘naltirish

Ijtimoiy mo’ljal olish maxsus korreksion mashg‘ulotlar turiga kiradi. Bunda alohida xususiyatlar va milliy qadriyatlar hisobga olinadi. Mashg‘ulotning mazmuni haqidagi mavzulami o‘z ichiga oladi: «Shaxsiy gigiyena», «Kiyim va oyoq kiyim», «Ovqatlanish», «Oila», «xulq-atvor madaniyati», «Turar-joy», «Transport», «Savdo», «Tibbiy yordam».
Ijtimoiy-maishiy yo‘naltirish ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalami hayotning zamoniy shart-sharoitlariga ijtimoiy ruhiy moslashishini yengillashtiradi. «Shaxsiy gigiyena» mavzu bo‘yicha olib boriladigan mashg‘ulot bolalarga tanani parvarishlashni, o‘zining sog’ligini asrash va mustahkamlashni o‘rgatadi. «Ovqatlantirish» mavzusidagi mashg‘ulot bolalarning oziqlanishning asosiy mahsulotlari bilan, oziqalarining saqlash va tayyorlash usullari bilan tanishtirishini ko‘rib chiqadi. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, malakalarini kengaytirish «kiyim va oyoq kiyim», «turar joy» mavzulardagi mashg‘ulotlariga imkon yaratadi. Oilada, jamoada, sinfda, jamoat joylarida, shaxsiy munosabatlarining usul va qo‘llanmalari «Oila va xulq-atvor madaniyati» mavzuda ochiq bayon etiladi. Bolalar stol atrofida, muzeyda, kutubxonada, kinotetrda, klubda o‘zini tutishni o‘rganadilar.
Bolalar aql va malakalarini shakllanishida transport, magazin, tibbiy yordam bilan aloqada qo‘llanmalardan foydalanish asosiy rol o‘ynaydi. Yuqoridagi bilim, malaka va ko‘nikmam shakllantirish uchun turli metodlarni tushuntirish, syujetli o‘yinlarining o‘ynalishi ekskursiyadan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.


Download 124,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish