275
harakatlarni moddiy holda tashki nutq yordamida hamda aqliy shaklda, fikrda
namoyon bo‘lishini izohlab berdilar. Aqliy hatti-harakatlarning
birinchi bosqichi
rasm,
sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida o‘z ifodasini topadi. Aqliy
hatti-harakatlarning
ikkinchi
bosqichi
ko‘rgazmalardan olgan tasavvurlari
to‘g‘risida o‘quvchilarning ovoz
chiqarib, fikr yuritishidan iboratdir.
Uchinchi
bosqich
esa, sub’ekt ongida tasavvur, tushuncha, qonuniyat, xossa, xususiyat,
operatsiya, usul tariqasida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, o‘quvchilarga taklif
etiladigan axborotlar aql bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan ko‘payib
bormoqda. Shuningdek, ularning juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo etishi
ham o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: