O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Plastinkajabralilar (Lamellibranchia),  ya‟ni ikkipallalilar (Bivalvia) sinfi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Plastinkajabralilar (Lamellibranchia),  ya‟ni ikkipallalilar (Bivalvia) sinfi 
Plastinkajabralilar  chig‘anog‘i  ikkita  palladan  iborat  bo‘lib,  tanasini  ikki  yon  tomondan 
qoplab  turadi.  Boshi  bo‘lmaydi.  Oyog‘i  ponasimon.  Plastinkasimon  jabralari  mantiya 
bo‘shlig‘ida  oyog‘ining  ikki  yonida  joylashgan.  15  mingdan  ortiq  turi  ma‘lum.  Dengiz  va 
chuchuk suvlarda hayot kechiradi. 
Tashqi tuzilishi. Tanasi cho‘ziq, ikki yondan siqilgan, bilaterial simmetriyali bo‘lib, tana 
va  oyoq  bo‘limlaridan  iborat.  Boshi  reduktsiyaga  uchragan  (98-rasm).  Ponasimon  oyog‘i  qorin 
tomondan  chiqib  turadi. Oyog‘ini suv tubiga tirab, gavdasini asta-sekin  tortib olishi orqali juda 
sekin  harakatlanishi  mumkin.  Harakatsiz  yopishib  yashaydigan  vakillarining  oyog‘i  rudimentar 
bo‘ladi (midiyalar) yoki butunlay yo‘qolib ketadi (ustritsalar). Ko‘pchilik harakatsiz molluskalar 
oyog‘ining  ostki  yuzasiga  bissus  bezlarining  yo‘li  ochiladi.  Bezlar  ajratib  chiqargan  suyuqdik 
suvda  qotib,  ipakka  o‘xshash  pishiq  tolali  bissus  iplarini  hosil  qiladi.  Bu  tolalar  yordamida 
molluska  suv  ostidagi  predmetlariga  mahkam  yopishib  oladi.  Ayrim  tuban  plastinkajabralilar 
(Protobranchia turkumi) qorinoyoqlilarga o‘ xshash yassi oyoqlarid sirpanib harakat qiladi. 


Molluska  tanasi  mantiya  bilan  qoplangan.  Mantiya  ikkita  burma  shaklida  tanasi  ikki 
yonidan  osilib  turadi.  Burmalar  bilan  molluska  tanasi  o‘rtasidagi  mantiya  bo‘  shlig‘ida  yagona 
oyog‘i  va  jabralari  joylashgan.  Mantiya  burmalari  orqa  tomondan  o‘zaro  qo‘shilib  ketgan; 
oldingi  va  keyingi  chetlari  erkin  bo‘ladi.  Ko‘pincha  mantiya  burmalari  cheti  bir  necha  joydan 
tutashib,  mantiya  bo‘shlig‘i  teshiklari  hosil  bo‘ladi.  Odatda  mantiya  burmalari  ikki  joydan 
tutashib,  torroq  ostki  va  ustki  hamda  kengroq  qorin  mantiya  teshiklarini  hosil  qiladi.  Ostki 
teshik-  kirish  sifoni,  u  orqali  mantiya  bo‘  shlig‘iga  suv  bilan  birga  oziq  moddalar  va  kislorod 
kiradi.  Ustki  -  chiqarish  sifoni  orqali  suv  va  oziq  qoldiqlari  chiqib  ketadi.  Qorin  qismi  oldida 
joylashgan  teshikdan  oyog‘i  chiqib  turadi.  Qumda  ko‘milib  yashaydigan  turlarining  sifonlari 
nayga o‘ xshash uzun bo‘ladi. Sifonlar qumdan  chiqib turadi. Ular orqali mantiya bo‘ shlig‘iga 
toza suv kelib turadi. 
Ikki pallali chig‘anoq molluska tanasini ikki yondan qoplab turadi. Ko‘pincha chig‘anoq 
ikkala  pallasi  ham  bir  xil  kattalikda  bo‘ladi.  O‘troq  yashaydigan  molluskalar  chig‘anog‘ining 
ostki  va  ustki    pallalari  shakli  va  o‘lchami  har  xil  bo‘ladi.  Ba‘zi  molluskalar  (kema  qurti) 
chig‘anog‘i  reduksiyaga  uchragan  bo‘lib,  tanasining  kichik  bir  qismini  yopib  turadi. 
Chig‘anoqdagi  halqalar  soni  molluska  yoshiga  mos  keladi.  Ikki  pallalilar  chig‘anog‘i  pallalari 
orqa  tomondan  elastik  pay-  ligament    va  maxsus  qulf  yordamida  tutashgan.  Ligament  pay 
chig‘anoq  pallalarini  qiya  ochilib  turishiga  imkon  beradi;  Qulf  esa  birining  chukurchasiga 
ikkinchisi kirib turadigan tishsimon ikkita o‘simtadan iborat. Chig‘anoq pallalari bitta yoki ikkita 
muskullar  yordamida  yopiladi.  Muskullar  qisqarganida  chig‘anoqlar  yopiladi.  Muskullar 
bo‘shashganida elastic ligament chig‘anoqlarni ochib yuboradi. Chig‘anoq mantiya burmalarida 
joylashgan  bezlar  ajratib  chiqaradigan  sekret  hisobidan  yiriklashadi.  Qishda  odatda 
molluskalarning o‘sishi to‘xtaganligi sababli chig‘anoqda yillik halqalar hosil bo‘ladi. 
Ikki pallalilar chig‘anog‘ining sadaf qavati yaxshi rivojlangan.Chig‘anoq  
bilan mantiya epiteliysi orasiga yot narsa, masalan, qum zarrasi, yoki o‘lik hujayra tushib 
qolganida  mantiya  yot  narsa  atrofiga  sadaf  ishlab  chiqara  boshlaydi.  Sadaf  tobora  yiriklashib, 
marvaridga aylanadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish