organlar hisoblanadi. Ayrim tuban hasharotlar (tizanurlar, to‘g‘riqanotlilar) yuragi ostidagi
amyobasimon hujayralar ham qattiq zarrachalarni fagotsitoz qilish xususiyatiga ega.
Shu‘lalanuvchi hasharotlarlarning shu‘lalanuvchi organlari yog‘ tana tarkibidagi lyutserin
moddasi kislorodli muhitda maxsus ferment ta‘sirida oksidlanishi tufayli yog‘du chiqaradi.
Nerv sistemasi. Hasharotlarning nerv sistemasi boshqa bo‘g‘imoyoqlilarga o‘xshash
qorin nerv zanjiri tipida tuzilgan. Markaziy nerv sistemasi halqumusti nerv tugunlaridan hosil
bo‘lgan bosh miya, halqumosti nerv tuguni va qorin nerv zanjiri hamda nerv tugunlaridan iborat.
Bosh miya uchta bosh bo‘imlari gangliylarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, prototserebrum,
deytotserebrum va tritotserebrum bo‘limlaridan iborat (150-rasm). Prototserebrum ikki yonida
ko‘zlarni boshqaradigan bir juft ko‘rish bo‘laklari joylashgan. Deytotserebrum moylovlarni idora
qiladi. Uning ostki qismi maxsus hidlov bo‘laklarini hosil qiladi. Bosh miyaning uchinchi
bo‘limi tritotserebrumdan yuqori labga nervlar chiqadi. Halqumosti nerv tuguni mandibula,
maksilla va pastki lab bo‘g‘imlariga mos keluvchi uch juft gangliylarning qo‘shilishidan hosil
bo‘lgan. Undan yuqori va pastki jag‘lar, pastki lablarga uch juft nervlar chiqadi.
Hasharotlarning murakkab hulq-atvori prototserebrumdagi zamburug‘simon tana bilan
bog‘liq. Bosh miyaning bu qismi jamoa bo‘lib yashovchi arilar, termitlar va chumolilarda
ayniqsa kuchli rivojlangan. Hatto bir turning har xil tabaqalariga tegishli bo‘lgan individlar bosh
miyasining zamburug‘simon o‘simtasi turli darajada rivojlangan. Masalan, zamburug‘simon tana
ishchi chumolilarda boshqa individlarga nisbatan kuchli rivojlangan.
Qorin nerv zanjiri uchta ko‘krak va sakkiztagacha qorin nerv tugunlaridan iborat.
Ko‘pchilik hasharotlarda ayrim qorin nerv tugunlari qo‘shilib ketganligi sababli ularning soni
ancha qisqaradi. Ba‘zan qorin va ko‘krak gangliylari qo‘shilib, yaxlit ko‘krak nerv massasini
hosil qiladi; qorin bo‘limida esa faqat nervlarning o‘zi saqlanib qoladi. Odatda lichinkalarning
qorin nerv tugunlari soni voyaga yetgan hasharotlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Masalan, asalari
lichinkasida qorin nerv tuguni 10 ta, voyaga yetganida esa 6 ta bo‘ladi.
Hasharotlar nerv sistemasining bosh va halqumosti nerv markazlarida neyrosekretor
hujayralar joylashgan. Hujayralarning neyrosekretlari aksonlar orqali gemolimfaga oqib keladi.
Neyrosekretlar rivojlanish, moddalar almashinishi, tullash jarayonlariga ta‘sir ko‘rsatadigan
bezlar faoliyatini idora qiladi.
Sezgi organlari. Hasharotlarn
Do'stlaringiz bilan baham: |