O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Laboyoqlilar (Ch1lopoda)  kenja sinfi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Laboyoqlilar (Ch1lopoda)  kenja sinfi.   Laboyoqlilar  nuiasbatan  birmuncha  yirik  va 
faol  hayot  kechiradi.  Ular  kunduzi  pana  joylarda  yashirinib  oladi;  faqat  tunda  o‘lja  qidirib 
chiqadi.  Yassi  tanasi  deyarli  bir  xil  bo‘g‘imlardan  iborat.  Boshida  yaxshi  rivojlangan 
moylovlari  va  bir  necha  ko‘zlari  bor.  Pashshatutarlarning  bunday  ko‘zchalari  to‘plami 
murakkab fasetkali ko‘zlarni hosil qiladi. Tuproq ichida hayot kechiradigan turlarining ko‘zlari 
rivojlanmagan.  Og‘iz organlari uch juft bo‘ladi. 
Laboyoqlilarning birinchi va oxirgi oyoqlari boshqacha tuzilgan. Bu oyoqlarning uchki 
qismida  o‘roqqa  o‘xshash  egilgan  o‘tkir  tirnog‘i  bo‘ladi.  Og‘iz  teshigi  yaqinida  joylashgan 
bunday oyoqlarni laboyoqlar, aniqrog‘i jagyoqlar deyiladi. Bu oyoqlar yordamida ular o‘ljasini 
tutadi. Jag‘oyoqlarning oxirgi bo‘g‘imi asosida zahar bezlari joylashgan. Bezlar yo‘li tirnoqlar 
uchki qismiga yaqin joyda tashqariga ochiladi. Tropik xududlarda tarqalgan ayrim laboyoqlilar 
zahari  yirik  sutemizuvchilar  va  odamga  ham  ta‘sir  qilishi  mumkin.  Oxirgi  yurish  oyoqlari 
nisbatan uzun, orqa tomonga egilgan. Laboyoqlilar geofillar, skolopendralar, qattiq qalqonlilar 
va uzun oyoqlilar turkumlariga bo‘linadi. 
1.  Geofillar  (Geophiiomorpha),  ya’ni  mingoyoqlilar  turkumi.  Geofillar  doimo  tuproq 
zarralari  orasida  yashaydi.  Tanasi  uzun tasmaga o‘xshash,  sarg‘ish  yoki  qo‘ng‘ir tusda bo‘lib, 
31  dan  177  juftgacha  oyoqlar  bilan  ta‘minlangan.  Ingichka  va  uzun  egiluvchan  tanasi 
tuproqdagi  turli  yoriqlar  va  kovaklar  orqali  harakat  qilib,  o‘lja  qidirishga  moslashgan.  Ular 
tuproqda  yashovchi  turli  umurtqasiz  hayvonlar,  jumladan  yomg‘ir  chuvalchanglarning  qonini 
so‘radi.  Mingoyoqlilar  doimo  qorong‘ida  yashaganligi  tufayli  ko‘zlari  rivojlanmagan. 
Moylovlari, oxirgi oyoqlari va tanasi sirtidagi tuklari tuyg‘u vazifasini bajaradi. 
Geofillarning erkagi ko‘payish davrida tuprokdagi yerosti yo‘llari devoriga tortilgan to‘r 
ipiga  spermatoforini  qoyib  ketadi.  Shu  yo‘ldan  tasodifan  o‘tayotgan  urg‘ochisi  spermatoforni 
oyog‘iga  ilashtirib  olib,  jinsiy  teshigiga  joylab  qoyadi.  Bir  necha  kundan  so‘ng  urg‘ochi 
mingoyoq  15-30  ta  urug‘langan  tuxum  qoyadi.  Urg‘ochi  giofil  tuxumlarini  yosh  nasli 
chiqquncha  tanasi bilan o‘rab yotadi. Yosh nasllari ham bir necha vaqt urg‘ochisi g‘amxo‘rligi 
ostida yashaydi. Osiyo va boshqa janubiy quruq cho‘llarda tarqalgan 7-15 sm kattalikdagi yirik 
sariq mingoyoq (Himantharia) tuproqda 1-1,5 m chuqurlikka tushib anikdangan. 
2.  Skolopendralar  (Scolopendromorpha),  ya’ni  katta  qirqoyoqlilar  turkumi. 
Skolopendralar  eng  yirik  ko‘poyoqlilar,  uzunligi  10—26  sm  gacha;  tanasi  21—23  ta  bir  xil 
kattalikdagi  bo‘g‘imlardan  iborat.  Ular  asosan  tropik  va  subtropik  o‘lkalarda  tarqalgan. 


Skolopendralar kunduzi pana joylarga bekinib olib, faqat tunda ovga chiqadi. Yassi tanasidagi 
uzun  oyoqlari  harakatlanish  va  o‘ljasini  tutish  uchun  xizmat  qiladi.  Qorin  tomoni  har  ikki 
bo‘g‘imida  bir  juftdan  nafas  teshiklari  bor.  Skolopendralar  har  xil  hasharotlar  va  ular 
lichinkalari  bilan  oziqdanadi.  Janubiy  Amerika  va  Yamaykada  tarqalgan  gigant  skolopendra 
(Scolopendra  gigantea)  mayda  umurtqalilar  (baqalar,  kaltakesaklar,  qushlar)ga  ham  hujum 
qiladi.  Tuproq  yuzasida  yashovchi  qirqoyoqlarning  yaxshi  rivojlangan  i  ikki  to‘  p  ko‘  zlarbo‘ 
ladi. Doimo tuproq ichida yashovchi ko‘r qirqoyoqlilarning ko‘ zlari bo‘lmmaydi. 
Erkak  skolopendralar  ham  ko‘  payish  davrida  yerosti  yo‘liga  tortilgan  halqa  to‘rlarga 
spermatoforini  osib  ketadi.  Janubda  keng  tarqalgan  halqali  qirqoyoq  (Scolopendra  singulata
partenogenez  ko‘payadi.  Kirqoyoq  tuxum  qoyish  uchun  tuproqqa  chuqurroq  kirib,  kalavaga 
o‘xshab  tuxumlarini  o‘z  tanasi  bilan  o‘rab  oladi.    Shu  alfozda  u  bir  necha  hafta  davomida 
oziqlanmasdan yotadi. Tuxumdan chiqqan yosh qirqoyoqlilar o‘zgarishsiz rivojlanadi
16
.  
Yirik  skolopendralar,  jumladan,  halqali  skolopendra  ham  zaharli  bo‘ladi.  Skolopendra 
odamni  chaqqanida  terida  shish  paydo  bo‘ladi;  ba‘zan  harorat  ko‘tarilib  kishi  holsizlanadi. 
Kasallik alomatlari bir necha kundan so‘ng o‘tib ketadi. Janubiy hududlarda 4 sm kattalikdagi 
cho‘l so‘qir qirqoyog‘i  uchraydi. 
3.Qattiq  qalqonlilar  (Lithobiomorpha)  turkumi.  Qattiq  qalqonlilar  to‘kilgan  barglar  va 
o‘simlik  qoldiqdari  orasida  uchraydi.  Tanasi  yassi,  qo‘ng‘ir  yoki  qizg‘ish  tusda,  o‘n  beshta 
bo‘g‘imdan  iborat.  Tashqi  ko‘rinishi  skolopendralarga  o‘xshash  bo‘ladui.  Ulardan  boshini 
birmuncha  yirikligi,  uzun  oyoqlari  va  tana  bo‘g‘imlari  sonini  kamligi  bilan  farq  qiladi.  Ular 
odatda  kechasi  ov  qiladi.  Lekin  o‘zi  yashinib  olgan  hasharotlarga  kunduzi  ham  hujum  qiladi. 
Erkak  qalqonli  spermatoforini  yog‘och  va  toshlar  ostiga  to‘  qigan  to‘riga  qoyadi.  Urg‘ochisi 
tuxumlarini  butun  tanasi  bilan  o‘rab  yotadi.  Tuxumdan  chiqqan  yosh  naslining  oyoqlari  soni 
to‘liq bo‘ lmaydi. O‘sish va tullash davomida oyoqlar soni to‘la tiklanadi. 
O‘rta  Osiyoda  oddiy  qalqondor  Lithobius  forficatus  tarqalgan  (140-rasm).  Qattiq 
qalqonlilar  birmuncha  past  haroratda  ham  faol  bo‘ladi.  Ular  erta  bahorda  pana  joylarga 
yashiringan turli zararkunanda hasharotlarni qirib, foyda keltiradi. 
4.Pashshatutarlar,  ya’ni  uzunoyoqlilar  (Scutigeramorpha)  turkumi.  Tanasi  noziq,  15 
juft  oyoqlari  bo‘  ladi.  Boshqa  laboyoqlilardan  nafas  teshigi  tanasining  orqa  tomonda 
joylashganligi,  oyoqlarining  juda  uzun  bo‘  lishi  va  tez  yugurishi  bilan  farq  qiladi. 
                                                           
16
 И.Х. Шарова ЗООЛОГИЯ БЕСПОЗВОНОЧНЫХ. Москва, ”Владос”,  2004.-

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish