O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Oldjabralilar (Prosobranchia) kenja sinfi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Oldjabralilar (Prosobranchia) kenja sinfi. Jabrasi bitta yoki bir juft bo‘lib, yuragining 
oldi-da  joylashgan.  Ichki  mantiya  xaltasi  180°  ga  burilgan.  Ko‘pchilik  vakillari  ayrim  jinsli. 
Dengizlarda,  ba‘zan  chuchuk  suvda  yoki  quruqlikda  uchraydi.    Bu  kenj  sinf  ikki  turkumni  o‘z 
ichiga oladi. 
Qadimgi  qorinoyoqlilar  (Archaeogastropoda),  ya‘ni  ikki  yurakoldi  bo‘lmalilar 
(Diotocardia)  turkumi  -  tuban  tuzilgan  qorinoyoqlilar.  Ikki  yurakoldi  bo‘lmasi,  pedal  nerv 
stvollari  bor,  lekin  pedal  gangliylari  rivojlanmagan.  Hind  okeanida  uchraydigan  eng  tuban 
tuzilgan Pleurotomarianing mantiya kompleksi organlari (jabra, yurakoldi bo‘lmasi, buyragi) bir 
juftdan  bo‘ladi.  Dengiz  quloqchasi  Haliotisda  esa  asimmetriya  belgilari  paydo  bo‘lgan,  uning 
o‘ng  jabrasi  chap  jabrasidan  kichikroq,  chig‘anog‘i  quloqsimon.  Korall  riflarida  uchraydigan 
Docoglossaning  o‘ng  ktenidiysi  bo‘  lmaydi.  Tipik  vakili  dengiz  likopchasi  -  Patella  deyarli 
hamma dengizlar qirg‘ogi yaqinida uchraydi. 
Bitta  yurakoldi bo‘ lmalilar (Monotocardia). Mantiya kompleksi  organlari bittadan, tana 
chap  tomonida  joylashgan.  Chuchuk  suvda  yoki  quruqlikda  yashashga  moslashgan  vakillarida 
ktenidiy  bo‘lmaydi  yoki  u  ikkilamchi  jabralar  bilan  almashinadi.  Pedal  gangliylari  rivojlangan. 
Dengizning litoral qismida odatda Littorina ko‘ p uchraydi. Atlantika va Tinch okeani Shimoliy 
qismida  uchraydigan  Buccinium  iste‘mol  qilinadi.  Ko‘l  va  hovuzlarda  Viviparus  va  Bithynia 
uchraydi. Uzoq Sharq dengizlarida  yirtqich rapana keng tarqalgan. Bu molluska Qora  dengizga 
ham  kelib  qolgan.  Oldjabralilar  oyog‘ida  chig‘anog‘i  teshigini  yopib  turuvchi  qopqoqchasi 
bo‘lishi  bilan  o‘pkali  molluskalardan  farq  qiladi.  Dengizlarda  uchraydigan  eshkakoyoqlilar 
(Heteropoda) plankton hayot kechiradi. Molluskalar oyog‘i o‘rta qismi yon tomonlardan siqilgan 
tik  suzgichni  hosil  qiladi;  keyingi  qismi  dumga  o‘xshash  cho‘  ziq  bo‘ladi.  Ular  yirtqich  hayot 
kechiradi. Ayrim turlari ninaterillilarda parazitlik qiladi. 
Orqajabralilar (Opisthobranchia) kenja sinfi.  Orqajabralilar mantiya kompleksi  organlari 
oldingi  tomondan  tanasining  o‘ng  tomoniga  siljigan.  Yagona  jabrasi  yuragi  ortida  joylashgan. 
Odatda  chig‘anog‘i  reduktsiyaga  uchragan.  Germafrodit.  Faqat  dengizlarda  uchraydi. 
Yopiqjabralilar  (Tectibranchia)  va  yalang‘och  jabralilar  (Nudibranchia)  turkumlariga  bo‘linadi. 
Yopiq  jabralilarning  ktenidiysi  va  odatda  chig‘anog‘i  bo‘  ladi.  Bu  turkumga  kanotovklilar 
(Pteropoda)  va  Shimoliy  dengizlarda  keng  tarqalgan  dengiz  avliyosi  (Clione  limacina)  kiradi 
(94-ras.mga  qarang).  Dengiz  avliyosining  chig‘anog‘i  bo‘lmaydi,  tanasi  pushti  qizg‘ish,  tishsiz 
kitlarning ozig‘i hisoblanadi. 
Yalang‘ochjabralilar  ktenidiysi  reduktsiyaga  uchragan;  uning  o‘rniga  ikkilamchi  jabra 
hosil  bo‘ladi.  Chig‘anog‘i  bo‘lmaydi.  Shimoliy  dengizlarda  keng  tarqalgan  Den-dronotus 
Catriona  urug‘lariga  mansub  yalang‘ochjabralilar  tanasining  orqa  tomonida  juda  ko‘p  jabralari 
bo‘ladi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish