O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Ichki  tuzilishi.  Og‘iz  teshigi  boshi  ostki  tomonida  joylashgan.  Ayrim  yirtqich 
molluskalar boshining oldingi qismi cho‘zilib, xartum hosil qiladi. Og‘iz teshigi og‘iz bo‘shlig‘i 
orqali  halqumga  o‘tadi.  Halqumda  1-2  ta  jag‘lar  va  plastinkasimon  muskulli  qirg‘ich  tilcha- 
radula bor. Tilcha sirti kutikula  va mayda tishchalar bilan qoplangan. Molluskaning jag‘lari ham 
kutikuladan  hosil  bo‘ladi.  Tishchalar  yordamida  molluska  oziqni  uzib  oladi  yoki  suv  utlari  va 
suv ostidagi narsalardan har xil mikroorganizmlarni qirib oladi. Halqum bo‘ shlig‘iga bir juft so‘ 
lak bezlari yo‘li ochiladi(96-rasm). Ayrim yirtqich molluskalar so‘ lak bezi tarkibida erkin xlorid 
kislota  bo‘ladi.  Bu  kislota  so‘lak  tpkibida  4%  ga  yetadi.  Yirtqich  molluskalar  kislotali  so‘  lak 
yordamida boshqa molluskalar chig‘anog‘i va ignaterililar terisini yemiradi. Halqum ancha uzun 
qizilo‘ ngachga ochiladi. Qizilo‘gach kengayib, jig‘ildonni hosil qiladi. Halqum va qizilo‘ngach 
ektodermal oldingi ichakdan iborat. 
O‘rta  ichakning  oldingi  xaltasimon  kengaygan  qismi  oshqozon  deyiladi.  Oshqozon 
bo‘shlig‘iga  "jigar"  yo‘li  ochiladi.  Jigar  sekret  ishlab  chiqarish  bilan  birga  ichak  singari  oziqni 
so‘rish vazifasini ham bajaradi. Jigar suyuqligi uglevodlarga ta‘sir qiladi; unda yog‘ va glikogen 
to‘planadi.  Tuban  qorinoyoqlilar  oshqozonida  oziq  saralanadi.  Oziqning  mayda  bo‘laklari 
oshqozon  epiteliysi  kiprikchalari  harakati  tufayli  jigar  naychalari  orqali  jigar  bo‘  shlig‘iga 
tushadi  va  jigar  hujayralari  tomonidan  qamrab  olinib,  fagotsitoz  qilinadi.  Oshqozon  ingichka 
ichakka  tutashgan.  Ingichka  ichak  bir  necha  marta  buralib,  orqa  ichakka  ulanadi.  Orqa  ichak 
bosh yaqinidagi chiqaruv teshigi orqali tashqi muhitga ochiladi. Ayrim tuban qorinoyoqlilarning 
orqa ichagi yurak qorinchasi orqali o‘tadi. 
Ayirish  sistemasi.  Qorinoyoqlilarning  ayirish  sistemasi  dastlab  bir  juft  uzun  tasma 
shaklidagi  buyraklardan  iborat  bo‘ladi.  Lekin  ko‘  pincha  buyraklardan  bittasi  reduktsiyaga 
uchraydi.  Buyrakning kengaygan kiprikli uchi perikardiy,  ya‘ni selomga, ikkinchi uchi mantiya 
bo‘shlig‘iga ochiladi. 


Nafas  olish  sistemasi.  Qorinoyoklilar  jabralar  yoki  o‘pka  orqali  nafas  oladi.  Jabralar 
patsimon  ktenidiy  tipidagi  juft  organlar  bo‘  lib,  tana  ikki  yonida  joylashgan.  Har  bir  ktenidiy 
yassi  ustuncha  -  o‘qdan  va  unda  ikki  qator  bo‘lib  joylashgan  varaqlardan  iborat.  Dastlab 
ktenidiylar  bir  juft  bo‘ladi.  Keyinchalik  tana  asimmetriyasi  paydo  bo‘lishi  bilan  ulardan  biri 
reduktsiyaga  uchraydi,  yoki    yo‘qolib  ketadi.  Ktenidiy  asosida  kimyoviy  sezgi  organi  - 
osfradiylar  joylashgan.  Quruqlik  molluskalarida  ktenidiy  o‘rniga  o‘pka  rivojlanadi.  Bunda 
mantiyaning     bir qismi tanadan ajralib, uning devorida juda ko‘p kapillar qon tomirlari paydo 
bo‘ladi;  mantiya  bo‘shlig‘i  o‘pka  bo‘shlig‘iga  aylanadi.  Ayrim  o‘pkali  molluskalar  qayta  suv 
muhitiga o‘ tgan bo‘lsa  ham o‘pka bilan nafas olishadi. 
Qon  aylanish  sistemasi.  Yuragi  har  xil  tuzilgan.  Tuban  vakillarining  yuragi  qorincha  va 
ikkita  bo‘lmadan  iborat  bo‘lib,  boshidan  orqaroqda  joylashgan.  Asimmet-riyaning  paydo 
bo‘lishi,  ya‘ni  o‘ng  jabrani  reduktsiyaga  uchrashi  bilan  o‘ng  yurak  bo‘lmasi  ham  asta-sekin 
yo‘qolib  ketadi.  Oliy  qorinoyoqli  molluskalar  yuragining  faqat  o‘ng  bo‘limi  saqlaanib  qoladi, 
chap bo‘lmasi esa butunlay yo‘qolib ketadi. Shuning bilan birga yurakning o‘rni ham o‘zgaradi. 
Masalan,  yurak oldjabralilar va o‘pkalilar oshqozonining oldida, orqa jabralilarda  esa oshqozo-
nining  orqasida  joylashgan.  Ikkinchi  tana  bo‘shlig‘i  (selom)dan  hosil  bo‘lgan  perikardiy 
(yurakoldi xaltasi) yurakni o‘rab turadi. 
Yurak  qorinchasidan  aorta  boshlanadi.  Aorta  ikkita  aorta  tomiriga  ajraladi.  Ulardan  biri 
boshta,  ikkin-chisi  esa  ichki  organlarga  boradi.  Organlar  yaqinida  aorta  arteriyalarga  bo‘linadi. 
O‘pkali molluskalarda yirik qon tomirlari ancha mayda kapillyarlarga ajraladi. Qon tomirlardan 
biriktiruvchi  to‘qimada  joylashgan  lakunlarga  to‘kiladi.  Birmuncha  yirik  lakunlar  oshqozon,  ji-
gar va jinsiy bezlarni o‘rab turadi. Qon lakunlardan jabra yoki o‘pkaga borib oksidlangach, yana 
yurakka  kelib  quyiladi.  Shunday  qilib  qorinoyoqlilar  yuragiga  kislorod  bilan  toyingan  arteriya 
qon keladi. Qon rangsiz , uning tarkibida amyobotsit hujayralar bor. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish