O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Sezgi  organlari. Paypaslagichlar, mantiya  chetlari  tuyg‘u vazifasini bajaradi.  Kimyoviy 
sezish  vazifasini  bajaradigan  osfradiylar  ktenidiylar  asosida  joylashgan.  Osfradiylar  ikkala 
tomonida  100—  150  varaqchalari  bo‘lgan  pushtachalardan  iborat.  Bir  qarashda  ktenidiylarga 


juda  o‘xshaydi.  Pushtachalarda  joylashgan    ganglioz  xujayralardan  yaproqchalarga  nervlar 
ketadi. Qorinoyoqlilar boshidagi 
oldingi juft paypaslagichlari ta‘m va hid bilish organi vazifasini bajaradi. 
Muvozanat saqlash organlari bir juft  yopiq pufakchalardan iborat. Pufakchalar epiteliysi 
hilpillovchi sezgir xujayralardan iborat. Pufakcha bo‘shlig‘i suyuqligida bir qancha mayda ohak 
toshchalar - statolitlar suzib yuradi. 
Qorinoyoqlilar ko‘zlari paypaslagichlari asosida, yoki ikkinchi juft paypaslagichlar ustida 
joylashgan.  Sodda  ko‘zlar  oddiy  chuqurchadan,  murakkab    ko‘zlar  esa  ichida  gavhari  va 
shishasimon tanachasi bo‘lgan ko‘z pufagidan iborat. 
Jinsiy  sistemasi.  Qorinoyoqlilar  ayrim  jinsli  (oldjabralilar)  va  germafrodit  (o‘pkalilar, 
orqa  jabralilar)  bo‘lishi  mumkin.  Jinsiy  bezlari  bitta  tuxumdon  yoki  urug‘dondan,  germafrodit 
vakillarida  germafrodit  bezidan  iborat.  Bu  bez  urug‘  va  tuxum  xujayralarni  hosil  qiladi.  Erkak 
molluskalarning  urug‘  yo‘li  bor.  Bir  qancha  molluskalarning  muskulli  o‘simta  shaklidagi  qo‘ 
shiluv organi bo‘ladi. Urg‘ochi molluskalarning tuxum yo‘li kengayib, bachadon va urug‘ qabul 
qilgichni hosil qilishi mumkin. 
Germafrodit  o‘pkali  molluskalarning  jinsiy  organlari  germafrodit  bezdan  va  u  bilan 
bog‘liq germafrodit naychadan iborat. Naycha ikkiga ajralib, tuxum va urug‘ yo‘lini hosil qiladi. 
Tuxum yo‘lining kengaygan qismi bachadon deyiladi. Bachadon jinsiy qin orqali jinsiy kloakaga 
ochiladi.  Urug‘  yo‘li  muskulli  qo‘shilish  organi  (penis)  ichidan  o‘  tadi.  Qo‘shilish  organi  ham 
bachadonga ochiladi. Jinsiy qinga  yana xaltasimon urug‘ qabul qilgich va ohak ninali xaltaning 
yo‘li  ochiladi.  Ohak  nina  qo‘shilish  paytida  jinsiy  qin  devoriga  sanchilib,  uni  qitiqlaydi. 
Molluskalar har doim chetdan urug‘lanadi. 
Rivojlanishi.  Qorinoyoqlilar  uchun  odatda  ichki  urug‘lanish  xos.  Tuban  qorinoyoqlilar 
orasida  tashqi  urug‘lanadigan  turlari  ham  bor.  Molluskalar  tuxumlarini  to‘p  qilib,  suv  ostidagi 
narsalarga  yopishtirib  qoyadi.  Tuban  vakillari  tuxumlaridan  halqali  chuvalchanglarniki  singari 
troxofora  (97-rasm)  lichinkasi  rivojlanib  chiqadi.  Lichinkaning  og‘izoldi  kipriklari  va  tepa  toji 
yaxshi ko‘rinib turadi. Troxoforadan keyinchalik yelkanli - veliger lichinkasi rivojlanib chiqadi. 
Ko‘  pchilik  qorinoyoqlilar  tuxumidan  molluskalar  uchun  xos  erkin  suzib  yuruvchi 
lichinka  -  veliger  rivojlanib  chiqadi.  Bunday  lichinka  og‘zi  oldida  kipriklar  bilan  o‘ralgan  2-4 
plastinkalar bor. Plastinkalar hilpillovchi yelkanni hosil qiladi. O‘pkali qorinoyoqlilar lichinkasi 
metamorfozsiz rivojlanadi. 
Qorinoyoqlilarning  amaliy  ahamiyati.  Oldjabrali  va  orqajabralilarning  ayrim  vakillari 
chuchuk suvda va ba‘zan quruqliqda hayot kechirishga moslashgan. O‘pkali molluskalar asosan 
quruqlikda  va  chuchuk  suv  havzalarida  uchraydi.  O‘pkali  molluskalar  shimoliy  mintaqada 
qishda,  janubda  esa  yozda  va  qishda  uyquga  ketadi.  Buning  uchun  molluska  tuproqqa  kirib, 
chig‘anog‘i  og‘zini  shilimshiq    bilan  yopib  oladi.  Bir  qancha  qorinoyoqlilar  o‘rmalab  harakat 
qilishdan  suzib  yurishga  o‘tgan.  Ularning  chig‘anog‘i  reduktsiyaga  uchragan  yoki  yo‘qolib 
ketgan; oyog‘i esa toq suzgichga yoki bir juft qanotsimon eshkakka aylangan. 
Qorinoyoqlilar  xilma-xil  oziqlanadi.  Ko‘pchilik  vakillari  o‘simlikxo‘r  hisoblanadi.  Ular 
orasida  chuvalchanglar,  qisqichbaqasimonlar  va  boshqa  molluskalar  bilan  oziqlanadigan 


yirtqichlari  ham  ko‘p  uchraydi.  Ayrim  turlari  ninaterililarda  parazitlik  qiladi.  Bir  qancha 
Yevropa  mamlakatlarida  tok  shillig‘i  iste‘mol  qilinadi.  Ayrim  dengiz  qorinoyoqlilari,  masalan, 
trubach va sohil shillig‘ini ham iste‘mol qilsa bo‘ ladi. O‘rta va Janubiy mintaqalarda turli shilliq 
qurtlar poliz ekinlari va bog‘larga katta ziyon keltiradi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish