Ayirish sistemasi. Plastinkajabralilarning metanefridiylarga o‘xshash bir juft buyraklari
tanasining keyingi ikki yonida joylashgan. Ular keng naysimon xaltachalardan iborat bo‘lib, bir
uchi perikardiyga, ikkinchi uchi mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi. Perikardiy devoridagi perikardial
bezlar ham ayirishda ishtirok etadi. Bu bezlar ba‘zan perikardiydan ikkita xalta shaklida ajralib
chiqqan keberov organini hosil qiladi. Bezlar ishlab chiqargan moddalar dastlab perikardiyga,
undan buyrak orqali tashqi muhitga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |