O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Ahamiyati.  Xalq  xo‘jaligida  ustritsalar,  dengiz  taroqchalari,  midiyalar,  sadafdorlar  va 
marvariddorlar  katta  ahamiyatga  ega.  Ustritsalar  (Ostrea)  dengiz  tubida  yopishib  hyashaydi. 
Chig‘anog‘i  asimmetrik  tuzilgan,  uning  substratga  yopishgan  qavariq  pallasi  ustki  pallasiga 
nisbatan  yirikroq.  Ustritsalar  dengizning  sayoz  joylarida  to‘planib,  ustritsa  bankalarini  hosil 
qiladi  (103-rasm).  Bir  qancha  mamlakatlarda  ustritsa  o‘stiriladigan  xujaliklar  tashkil  etilgan. 
Ularning go‘shti vitaminlarga boy mahsulot sifatida iste‘mol qilinadi. Angliya, Frantsiya, AQSH 
va Yaponiya kabi mamlakatlarda ustritsalar ko‘p miqdorda ovlanadi. 
Dengiz taroqchalari  (Pecten)  dengiz tubida  yashaydi,  lekin  substratga  yopishib olmaydi. 
Chiroyli  doirasimon  shakldagi  chig‘anog‘i  sirtida  radial  chiziqlar  tortilgan  bo‘ladi.  Xafv 
sezganida  molluska  chig‘anog‘ini  zarb  bilan  yopadi.  Chig‘anoq  ichidan  otilib  chiqqan  suv  uni 
ko‘tarib  tashlaydi,  ya‘ni  u  bir  sakrab  tushadi.  Dengiz  taroqchalari  go‘shtidan  qonservalar 
tayyorlanadi. Uzoq Sharq dengizlarida ko‘p uchraydi. Midiyalar (Mytilus) chig‘anog‘i qoramtir 
tusda, ulardan biri tekisroq, ikkinchisi esa qavariq bo‘ladi. Molluskalar bir dasta bissus ipchalari 
yordamida  substratga  yopishib  oladi  (103-rasmga  qarang).  Midiyalar  ham  ustritsalar  singari 
maxsus xo‘jaliklarda ko‘paytiriladi. 
O‘zbekiston  va  boshqa  bir  qancha  mamlakatlarning  daryo  va  ko‘llarida  baqachanoqlar 
(Anadonta) uchraydi. Ularning chig‘anog‘i cho‘ziq oval shaklida, yashil- qo‘ng‘ir rangli, ikkala 
tavaqasi ham bir xil kattalikda bo‘ldi. Chig‘anoq pallari ligament pay orqali tutashgan, tishchali 
qulfi  bo‘lmaydi. Baqachanoq ponaga o‘xshash oyog‘ini suv  tubidagi  loyga tirab harakat  qiladi. 
Uning go‘shtini chorva mollari oziqasiga qo shib berish mumkin. 
Sadafdorlar (Unio)ning chig‘anog‘i cho‘ziq va qalin bo‘lib, sadaf tugmalar tayyorlashda 
foydalanladi.  Ular  Yevropa  va  Shimoliy  Amerikaning  chuchuk  suvli  ko‘  llari  va  daryolarida 
tarqalgan.  Dengiz  marvariddorlari  (Pinctada)  Qizil  dengiz,  Hind  va  Tinch  okeanlarda  5—15  m 
chuqurlikda  yashaydi  (104-rasm).  Yaponiya  va  boshqa  ayrim  davlatlarda  marvariddorlarni 
dengizda  maxsus  to‘r  xaltaga  solib  ko‘paytiriladi.  Shimoliy  daryolarda  chuchuk  suv 
marvariddorlari  (Margaritifera)  uchraydi.  Ular  hosil  qilgan  marvaridlar  nisbatan  kichikroq 
bo‘ladi. 


Plastinkajabralilar  orasida  zararkunanda  turlari  ham  uchraydi.  Yevropa  va  Osiyoning 
chuchuk  suvli  va  sho‘rlangan  suv  havzalarida  dreyssenalar  (Dreissena)  keng  tarqalgan.  Ular 
bissus ipchalari yordamida bentosdagi narsalarga yopishib oladi. Dreyssenalar juda tez ko‘payib, 
inshootlarni  izdan  chiqaradi.  Dreysina  suv  o‘tkazgich  quvurlarida  ko‘  payib  ularini  izdan 
chiqarishi,  ular  murdasi  esa  ichimlik  suvni  ifloslantirishi  mumkin.  Orol  dengizida  Dreissena 
polymorpha tarqalgan. 
 Dengiz  portlaridagi  yog‘och  inshootlariga  kema  qurti  (Teredo  navalis)  katta  ziyon 
keltiradi. Uning tanasi uzun chuvalchangsimon, chig‘anog‘i reduktsiyaga uchragan, faqat ikkita 
yaproqcha shaklida tanasi  oldingi  qismida saqdanib  qolgan  (105-rasm).  Chig‘anog‘i  yordamida 
molluska  kemalarning  suvosti  yog‘och  qismi    va  portlardagi  yog‘och  inshootlarni  teshib,  kirib 
oladi. Kema qurti Qora dengiz va Uzoq Sharq dengizlarida ham keng tarqalgan. 
Plastinkajabralilar 
sinfi 
birlamchijabralilar 
(Protobranchia), 
ipsimonjabralilar 
(Fillibranchia),  haqiqiy  plastinkajabralilar  (Eulamellibranchia),  to‘siqlijabralilar  (Septibranchia) 
turkumlariga  ajratiladi.  Birlamchijabralilar  ancha  mayda  va  sodda  tuzilgan.  Ularga  shimoliy 
dengizlarda  uchraydigan  Joldia  va  Nucula  misol  bo‘  ladi.  Ipsimonjabralilar  jabra  yaproqchalari 
ipga  o‘xshash  uzun.  Ularga  keng  tarqalgan  midiyalar,  dengiz  taroqchalari,  ustritsalar,  dengiz 
marvariddorlari  misol  bo‘ladi.  Haqiqiy  plastinkajabralilar  keng    tarqalgan,  jabralari  ikki  qavat 
panjaraga  o‘xshash  tuzilgan.  Dreyssenalar,  chuchuk  suv  marvariddorlari,  sadafdorlar, 
baqachanoq, kema qurti va toshtesharlar ana shu guruhga kiradi. Tropik dengizlarda uchraydigan 
eng  yirik  molluska  tridakna  (Tridacna)  chig‘anog‘i  diametri  1,35  m  gacha,  og‘irligi  250  kg  ga 
etadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish