Ma‟ruzaning mazmuni
Bogimoyoqlilar tipining umumiy tavsifi. Bo‘g‘imoyoqlilar tipi nihoyatda xilma-xil
tuzilgan va har xil muhitga moslashgan 2,0 mln. turdan ortiq umurtqasizni o‘z ichiga oladi.
Ular turlarining xilma xilligi jihatidan boshqa hamma hayvonlarni birga qo‘shib hisoblanganda
ham bir necha marta ustun turadi. Ular tanasi xitin kutikula bilan qoplangan. Ko‘pchilik
hayvonlar kutikulasiga ko‘p miqdorda ohak shimilishi natijasida juda qattiqdashadi. Kutikula
hayvonlar tanasini kimyoviy va mexanik ta′sirdan himoya qiladi; organlar uchun tashqi tayanch
skelet funksuiyasini o‘taydi.
Bo‘g‘imoyoqlilarning tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Bo‘ g‘imlarning
tuzilishi va o‘lchami har xil - geteronom bo‘ ladi. Kutikula har bo‘imda to‘rttadan plastinka -
skleritlarni hosil qiladi. Orqa plastinka- tergit, ikki yon plastinkalar -plevrit va ostki qorin
plastinkasi- sternit deyiladi. Kutikula qalin va qattiq bo‘lib, hayvonlarni erkin harakatlanishi va
o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Skleritlar va bo‘g‘imlar o‘zaro juda yupqa va pishiq egiluvchan
parda yordamida tutashgan. Bo‘g‘imoyoqlilar oyoqlari halqali chuvalchanglar parapodiylaridan
kelib chiqqan. Oyoqlarning bo‘g‘imlarga bo‘linganligi va tanaga harakatchan birikkanligi
tufayli bo‘g‘imoyoqlilar xilma xil va murakkab harakatlar qila oladi.
Bo‘ g‘imoyoqlilarning tanasi bosh, ko‘ krak va qorin bo‘ limiga bo‘ linadi. Evolyutsiya
jarayonida tana bo‘limlarining o‘zaro qo‘shilib ketishi va ular sonining tobora kamayib borishi
kuzatiladi. Bosh bo‘limi akrondan va to‘rtta tana bo‘g‘imidan kelib chiqqan. Boshida sezgi va
og‘iz organlari joylashgan. Boshining birinchi bo‘g‘imi akron halqali chuvalchanglar
prostomiumiga, boshqa to‘rtta bo‘g‘imi tana bo‘g‘imlariga mos keladi. Ko‘krak 3-8
bo‘g‘imdan iborat; unda yurish oyoqlari va qanotlari (hasharotlarda) joylashgan.
Bo‘g‘imoyoqlilarning to‘p bo‘lib joylashgan ko‘ndalang targ‘il muskullari halqalilar
teri- muskul xaltasi devori va silliq muskullaridan keskin farq qiladi. Ularning embrional
rivojlanishida dastlab selom shakllana boshlaydi. Lekin bu jarayon tugallanmay selom devori
yemirilib, selom birlamchi tana bo‘shlig‘i qoldig‘i bilan qo‘shilib ketib, aralash tana bo‘shlig‘i -
miksotsel shakllanadi.
Qon aylanish sistemasi ochiq bo‘lib, tanasining orqa tomonida joylashgan uzunchoq
yoki pufakka o‘xshash yurakdan boshlanadi. Qon yurakka klapanli teshiklar - ostiylar orqali
o‘tib, bevosita yoki bir necha tomirlari (arteriyalar) orqali tana bo‘ shlig‘iga chiqib ketadi. Qoni
tana suyuqligi bilan aralashib ketgan. Shuning uchun uni gemolimfa deb ataladi.
Nafas olish organlari - jabra, o‘pka yoki traxeyalar. Jabralar - birlamchi suvda
yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar, traxeya va o‘pkalar - quruqlik bo‘ g‘imoyoqlilari uchun xos
organlar. Suv bo‘g‘imoyoqlilarining ayirish organlari halqalilar metanefridiylari o‘zgarishidan
hosil bo‘lgan bir juft naysimon koksal bezlardan iborat. Quruqlik bo‘g‘imoyoqlilarida malpigi
naychilari rivojlangan. Naychalar keyingi ichakning oldingi qismiga ochiladi.
Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh nerv
tugunlari, ya‘ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tuvchi nerv tomiri — qonnektiva va qorin nerv
zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototserebrum, deytotserebrum, tritotserebrum
bo‘limlarga bo‘ linadi. Bo‘g‘imoyoqlilar boshqa umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va
sezgi organlarining ancha murakkab tuzilganligi va murakkab turq-atvori bilan farq qiladi.
Ko‘zlari bitta linzali oddiy va ko‘ p linzali murakkab, ya‘ni fasetkali bo‘ lishi mumkin. Ularda
ovoz chiqarish, eshitish, hid bilish, muvozanat saqlash va tuyg‘u organlari rivojlangan.
Bo‘g‘imoyoqlilar juda xilma-xil va murakkab reflekslar hosil qiladi. Ularda ko‘payish va nasli
to‘g‘risida g‘amxo‘ rlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan juda murakkab shartsiz tug‘ma reflekslar
ham rivojlangan. Oliy bo‘g‘imoyoqlilarning hayoti davomida turli xiol shartli reflekslar -
ko‘nikmalar ham oson hosil bo‘ladi.
Ko‘ pchilik bo‘g‘imoyoqlilar- ayrim jinsli. Ular faqat jinsiy urug‘lanish ba′zan
urug‘lanmasdan
Do'stlaringiz bilan baham: |