O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

           Sakkulina  krablar  qorin  qismiga  yopishib  yashaydi.  Uning  xaltaga  o‘xshash 
tanasida  bo‘g‘imlar  yoki  o‘simtalar  bo‘lmaydi.  Parazit  kuchli  shoxlangan  poyacha  yordamida 
krab  tanasiga  yopishib  oladi.  Poyacha  xitin  qoplag‘ichni  teshib    o‘tib,  krab  tanasida  juda  kup 
marta shoxlanadi. Shoxlar oyoqlarining uchki qismigacha  yetib boradi. Shoxchalar  yordamida 
sakkulina o‘z xo‘jayini tana suyuqdigini so‘rib oladi. Parazit tanasida faqat bitta nerv gangliysi 
va germafrodit  jinsiy organlari bor. Boshqa ichki  organlar  yo‘qolib  ketgan. Sakkulina qoygan 
tuxumdan nauplius lichinka chiqadi. U boshqa moylovoyoqlilar singari siprissimon lichinkaga 
ayla-nadi. Lichinka krab tanasiga yopishib olgandan so‘ng ko‘krak va qorin qismini yo‘ qotib, 
hujayralar to‘plami holida xo‘jayini tanasiga o‘tib oladi. Parazit ancha  
yiriklashgandan so‘ng xo‘jayini xitin qoplag‘ichini qorin tomondan yorib kirib, xaltaga 
o‘xshash tanasining bir qismini tashqariga chiqarib oladi. 
Moylovoyoqlilar, ayniqsa dengiz yong‘oqchalari kemalarning suvosti qismiga yopishib, 
ularning og‘irligini oshiradi va tezligini kamaytiradi. Kema   suvosti qismining 1 m
2
 yuzasida 
bir  yil  davomida  10-12  kg  dengiz  yong‘oqchalari  to‘planishi  mumkin.  Yoqilg‘i  sarfining 
oshishi va kemani tozalash uchun ketgan xarajatlar hisoblab chiqilganda dengiz yong‘oqchalari 
har  yili  AQSh  savdo  flotiga  120  mln.  dollardan  ortiq  zarar  keltirishi  aniqlangan.  Bundan 
tashqari,  qisqichbaqalar  suvosti  inshootlariga  yopishib  olib,  ularni  ham  ishdan  chiqaradi. 
Dengiz o‘rdakchalari va yong‘oqchalarining lichinkalari barcha plankton organizmlar qatorida 
semga, seld va boshqa planktonxo‘ r baliqlar uchun oziq bo‘ ladi. 
Yuksak 
qisqichbaqasimonlar 
(Malacostraca
kenja 
sinfi. 
Yuksak 
qisqichbaqasimonlarning  ko‘  krak  va  qorin  bo‘g‘imlari  soni  doimiy,  qorin  bo‘limida  oyoqlar 
rivojlangan.  Ularning  boshi  4,  ko‘  kragi  8,  qorin  bo‘limi  esa  6-7  bo‘g‘imdan  iborat.  Qorin 
bo‘limi  telson  bilan  tugaydi.  Bir  qancha  qisqichbaqasimonlarda  akron,  4  ta  bosh  va  bitta 
ko‘krak bo‘g‘imlari birikib murakkab boshko‘ krak, ya‘ni bosh kapsulasini hosil qiladi. Boshqa 
vakillarida  bosh  bo‘  limiga  prototsefalon  deb  ataladigan  akron  va  antennal  bo‘g‘imlar  kiradi. 
Oshqozon chaynovchi va filtrlovchi bo‘lmalardan iborat. Hazm bezlari, yuragi va qon tomirlari 
yaxshi  rivojlangan.  Voyaga  yetgan  davrida  ayiruv  organlari  antennal  bezlardan  iborat. 
Urg‘ochisining  jinsiy  teshigi  oltinchi,  erkaginiki  sakkizinchi  ko‘krak  oyoqlarining  asosiy 


bo‘g‘imida  joylashgan.Yuksak  qisqichbaqalarning  14000  dan  ortiqroq  turi  14  turkumga 
ajratiladi.    
Tengoyoqlilar  (Isopoda)  turkumi.  Tanasi  yassi,  boshida  yirik  fasetkali  ko‘zlari 
joylashgan. Karapaks qalqoni bo‘lmaydi. Ko‘krak oyoqlari bir xil uzunlikda, bir shoxli bo‘ladi. 
Qorin bo‘limi ko‘ kragiga nisbatan ancha qisqa, uning bir necha yoki hamma bo‘g‘imlari telson 
bilan  birikkan.  5  juft  oldingi  qorinoyoqlari  asosiy  kalta  bo‘g‘imdan  va  ikkita  kengaygan 
bargsimon  yupqa  qobiqli  jabra  varaqchalaridan  iborat.  Bu  varaqlar  kitob  varaqlari  singari 
ustma-ust taxlangan bo‘ladi. Varaqlarni qorin oyoqlari ekzopoditidan hosil bo‘lgan qalin xitin 
qopqoqcha  yopib  turadi.  Varaqlar  qobig‘i  orqali  suvda  erigan  kislorod  qonga  o‘tadi.  Shu 
sababdan tengoyoqlilarning yuragi ham qorin bo‘limida joylashgan. 
Tengoyoqlilar nafas olish organining o‘ziga xos tuzilishi ularni quruqlik muhitiga oson 
moslanishiga  imkon  beradi.  Quruqlikda  hayot  kechiradigan  ko‘pchilik  Oniscoidea  kenja 
turkumi  vakillari  ham  qorinoyoqlari  yordamida  nafas  oladi.  Ular  xuddi  suv  tengoyoqlilari 
singari  jabralarini  qoplab  olgan  suv  pardasida  erigan  kislorod  bilan  nafas  oladi.  Bir  qancha 
zaxkashlar  xitin  qoplag‘ichi  sirtida  har  xil  o‘  smalar  murakkab  suv  o‘tkazuvchi  naylar 
sistemasini hosil qiladi. Zaxkash  shudring tomchisiga  tegib  ketganida ham  suv kapillyar kuch 
ta‘sirida  tanaga  shimilib,  qorin  oyoqlaridagi  jabralarga  boradi.  Uchinchi  xil  zaxkashlar  esa  
jabralarini  anal  teshigidan  chiqadigan  suyuqlik  bilan  ho‘llab  turadi.  Ayrim  zaxkashlar 
atmosfera  havosi  bilan  nafas  oladi.  Bunday  zaxkashlarning  qorinoyoqlari  ichida  maxsus 
bo‘shliq bo‘ladi. Bu bo‘shliq tashqi muhit bian ingichka teshik orqali bog‘langan. Bo‘shliqdan 
tana  ichiga  shoxlangan  uchi  berk  naylar  ketadi.  Traxeyalarga  o‘xshash  bu  sistema  ―soxta 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish