O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Kurakoyoqlilar  (Copepoda)  turkumi.  Kurakoyoqlilar  boshi  ancha  murakkab  tuzilgan, 
unga  birinchi  ko‘krak  bo‘g‘imi  ham  kiradi.  Ko‘kragi  beshta,  qorin  bo‘  limi  esa  to‘rtta 
bo‘g‘imdan  iborat.  Boshi  ustida  nauplius  ko‘zi,  qorin  tomonida  og‘zi,  uzun  antennulasi,  kalta 
antennalari va ikki juft jag‘oyoqlari joylashgan. Uzun antennulalari suzish uchun xizmat qiladi. 
Ko‘  krak  oyoqlari  ikki  shoxli,  oyoqsiz  qorin  bo‘  limining  uchki  qismida  ayrisi  bo‘ladi. 
Urg‘ochi  qisqichbaqalar  yetilgan  tuxumlarini  qorin  qismidagi  1-2  ta  xaltachasida  yopishtirib 
olib yuradi. Tuxumdan chiqqan nauplius lichinkasi ko‘p marta tullab voyaga yetadi. 
Kurakoyoqlilarning  1800  ga  yaqin  turi  ma‘lum.  Ular  dengiz  va  chuchuk  suvlarda 
plankton  hayot  kechiradi.  Ayrim  hollarda  ulilar  planktonning  asosiy  qismini  tashkil  etadi. 
Mayda suv o‘tlari, bakteriyalar, organik qoldiqlar bilan oziqdanadi; parazit turlari ham bor. 
Chuchuk  suv  havzalari  va  sholipoyalarda  siklop  -Cyclops  (124-rasm)  va  Diaptomus 
urug‘iga  mansub  qisqichbaqasimonlar  keng  tarqalgan.  Ular  noqulay  sharoitda  qalin  po‘stga 
o‘ralib,  qulay  sharoit  kelishi  bilan  tez  ko‘paya  boshlaydi.  O‘rta  Osiyo  huddida 
kurakoyoqlilarning  30  dan  ortiq  turi  tarqalgan.  Sikloplar  suv  havzalarida  baliqlarning  ozig‘i 
sifatida  katta  ahamiyatga  ega.    Lekin  ular  ayrim  parazit    chuvalchanglarning  oraliq  xo‘jayini 
sifatida salbiy ahamiyatga  ham ega. 
Dengizlarda  kurakoyoqlilarning  1200  dan  ortiq  turi  tarqalgan.  Suvning  chuqur 
bo‘lmagan  qicmida  kalanuslar  ayniqsa  ko‘p  uchraydi.  Calanus  finmarchicus  Barents 
dengizining ayrim joylarida planktonning 90% ga yaqinini tashkil etadi. Ko‘pchilik baliqlar va 
moylovli  kitlar  asosan  kalanuslar  bilan  oziqlanadi.  Ayrim  kurakoyoqlilar  turli  hayvonlar 
paraziti hisoblanadi. Baliqlar jabrasida Ergasilus, Lamproglena va Achteres parazitlik qiladi. 
Moylovoyoqlilar  (Cirripedia)  turkumi.  Moylovoyoqlilar  suv  ostidagi  toshlar,  qoyalar, 
kit, akula, krablar terisi, mollyuskalar chig‘anog‘i, kemalarning suvosti qismiga yopishib o‘troq 
hayot  kechiradi.  O‘troq  yashash  ta‘sirida  ularning  tashqi  ko‘rinishi  keskin  o‘zgargan.  Tanasi 
alohida plastinkalardan hosil bo‘lgan chig‘anoq bilan qoplangan. Oyoqlari uzun va ikki shoxli 
moylovlarga  aylangan.  Antennulalari  va  bosh  qismi  o‘zgarib,  yopishuv  organini  hosil  qiladi. 
Uarning  chig‘anog‘i  tomini  hosil  qiladigan  plastinkalari  surilib  ochilish  xususiyatiga  ega.  
Chig‘anoqdan "moylovoyoqlar" deb ataladigan ko‘krak oyoqlari chiqib, bir meyorda silkinishi 


natijasida  og‘iz  teshigiga  mayda  oziq  zarrachalari  tushadi.  Utroq  yashash  ta‘sirida 
moylovoyoqlilarning tana tuzilishi ham birmuncha soddalashgan. 
Ko‘ pchilik moylovoyoqlilar - germafrodit hayvonlar. Ayrim jinsli turlarining erkaklari 
ancha mayda bo‘lib, urg‘ochilari  terisi ostida  yashaydi.  Ba‘zi  bir  yirik  germafrodit turlarining 
erkaklari  ham  saqlanib  qolgan.  Erkaklarining  tana  o‘simtalari  va  skeleti  yo‘qolib  ketgan. 
Moylovoyoqlilar dengizda har xil chuqurlikda hayot kechiradi. Dengiz o‘rdakchalari - Lepas va 
dengiz yong‘oqchalari Balanus (125-rasm) deyarli barcha dengizlarda uchraydi.  
Ayrim  mo‘  ylovoyoqlilar o‘troq  yashashdan parazit  yashashga o‘tgan. Parazitlik hayot 
ular  tanasining  tuzilishiga  har  xil  ta‘sir  qilgan.  Kuchli  ixtisoslashgan  parazitlar  tanasi  juda 
soddalashgan, turkum, sinf va hatto bo‘g‘imoyoqlilar tipi uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni yo‘ 
qotgan.  Faqat  lichinkasining  tuzilishini  o‘rganish  orqali  ularni  moylovoyoqlilar  turkumiga 
mansub  ekanligini  aniqlash  mumkin.  Bu  jihatdan  ayniqsa  o‘noyoqli  qisqichbaqasimonlar 
paraziti sakkulina (126-rasm) va peltogaster (Peltogaster) diqqatga sazovordir. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish