traxeyalar‖ deyiladi.
Tengoyoqlilar tuxumlari urg‘ochi hayvonlar ko‘ krak xaltasida rivojlanadi. Tuxumdan
chiqqan lichinkasi ko‘krak oyoqlarining kuchsiz rivojlanganligi bilan voyaga yetgan davridan
farq qiladi.
Tengoyoqlilar dengiz va chuchuk suv havzalarida hamda quruqlikda yashashga
moslashgan 4500 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ularning asosiy qismi dengiz bentosi
tarkibiga kiradi. Bir qancha turlari planktonda uchraydi. Dengizlar, sho‘ r suvli ko‘llara va
daryolarning quyi oqimida uzunligi 10 sm keladigan dengiz suvaragi (Nesidothes entomon)
uchraydi. Hovuz, ko‘ l va tinch oqar suvlarda suv xo‘tikchalari Asellidae oilasi vakillari ko‘p
uchraydi. Quruqlikda esa zaxkashlar (Oniscoidea kenja turkumi) keng tarqalgan.
Tengoyoqlilar orasida (Oniscoidea) ayniqsa, katta amaliy ahamiyatga ega. O‘rta Osiyo
cho‘ llarida keng tarqalgan Hemilepistus cristatus tuproqda 60-100 sm chuqurlikda in quradi.
Inning ichida harorat qishda birmuncha iliq, yozda salqin, namlik doimo bir xil bo‘ladi. Ayrim
tengoyoqlilar baliqlar terisida va boshqa qisqichbaqasimonlar jabra bo‘ shlig‘ida parazitlik
qiladi.
Zaxkashlar inlarida oila bo‘lib yashaydi. Indan faqat kechqurunlari va ertalab chiqadi;
qishda esa karaxt holatga o‘tadi. Zaxkashlar o‘ simlik qoldiqlari bilan oziqlanib, tuproq
hosildorligini oshirishda yordam beradi. Ular in qazib, tuproq qatlamlarini aralashtiradi;
tuproqqa suv shimilishi va havo o‘tishini yaxshilaydi. Shu sababdan ular ini atrofida o‘simlik
yaxshi o‘sadi. Zaxkashlarning tuproq hosil qilishdagi faoliyatini yomg‘ir chuvalchanglari bilan
tenglashtirish mumkin. Sernam sug‘oriladigan maydonlarda va issiqxonalarda keng tarqalgan
Hemilepistus zachvatkini zaxkashi o‘simliklarga birmuncha ziyon keltiradi.
Har xil oyoqlilar, ya‘ni yonlab suzarlar (Amphipoda) turkumi. Yonlab suzarlarning
tanasi ikki yon tomondan siqilgan; tuzilishi tengoyoqlilarga birmuncha o‘xshash bo‘ladi. Bosh
bo‘limi birinchi, ba‘zan ikkinchi ko‘ krak bo‘g‘imi bilan qo‘shilib ketgan. Fasetkali ko‘zlari va
ikki juft moylovlari yaxshi rivojlangan, og‘iz organi chaynovchi tipda bo‘ladi. Bosh qalqoni
ostida muvozanat organi joylashgan. Ko‘krak oyoqlari 7 juft bo‘lib, bir-biridan birmuncha farq
qiladi. Shu sababdan ularga har xil oyoqlilar nomi berilgan.
Yonlab suzarlarning qorin bo‘limi olti bo‘g‘imdan iborat; qorinoyoqlari yaxshi
rivojlangan. Uch juft ikki shoxli oldingi qorin oyoqlari tukchalar bilan qoplangan bo‘lib, suzish
uchun xizmat qiladi. Keyingi 2 juft qorin oyoqlari ham ikki shoxli, lekin ular orqa tomonga
egilgan. Bu oyoqlar telson bilan birga sakrovchi oyoqlar - uropodlarni hosil qiladi. Ko‘payish
davrida urg‘ochilarining ko‘krak qismida tuxum xaltasi hosil bo‘ladi. Xaltadagi tuxumlar
ichida embrionlar rivojlanadi. Yosh nasli voyaga yetgan davriga o‘xshash bo‘ladi.
Yonlab suzarlarga 4500 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda suv tubidagi
loyqada yoki naysimon inlarda yashaydi. Ayrim turlari planktonda hayot kechiradi. Chuchuk
suvli ko‘ llarda ko‘l yonlab suzari Gammarus lacustris , oqar suvlarda G.balanicus keng
tarqalgan. Yonlab suzarlar ko‘pchilik ovlanadigan baliqlarning asosiy ozig‘i hisoblanadi. Suv
havzalarida baliqchilikni rivojlantirish uchun yonlab suzarlarni ko‘paytirish ayniqsa muhim
ahamiyatga ega.
O‘noyoqlilar (Decapoda) turkumi. O‘ noyoqlilar - yirik va eng murakkab tuzilgan
qisqichbaqasimonlar (129-rasm). Ularning bosh qismi prototsefalonda ikki juft moylovlari va
poyachali bir juft fasetkali ko‘zlari joylashgan. Harakatchan poyacha ko‘rish maydonini
kengaytiradi. Poyachada joylashgan ichki sekretsiya bezlari gormonlari pigmentni hujayrada
tarqalishi, tullash, modda almashinuvi, qon tarkibidagi shakar va kaltsiy miqdorini boshqarish
jarayonlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Qisqichbaqalarning murakkab ko‘zlari pigment hujayralar qavati
bilan ajralib turadigan juda ko‘p mayda ommatidlardan tashkil topgan. Ko‘pchilik uzundumli
qisqichbaqasimonlar antennulalari 2-3 shoxli bo‘ladi. Antennalardagi tuklar hid bilish, tuyg‘u
va kimyoviy sezgi organi vazifasini bajaradi.
O‘noyoqlilarning ko‘ krak bo‘g‘imlari uch juft jag‘ bo‘g‘imlari bilan qo‘shilib, yaxlit
jag‘ko‘krakni hosil qiladi. Jag‘ko‘krakni orqa tomondan karapaks yopib turadi. Ko‘pchilik
turlarida karapaksning oldingi qismi o‘tkir uchli rostrumni hosil qiladi. Oldingi uch juft ko‘krak
oyoqlari jag‘oyoqlarga aylangan. Jag‘oyoqlari oziqni ushlash va uni og‘iz teshigiga surish
uchun xizmat qiladi. Qolgan 5 juft ko‘krak oyoqlari yordamida ular o‘rmalaydi. Shu sababdan
ular o‘noyoqlilar deb ataladi. Oldingi bir juft ko‘krak oyoqlari oziqni ushlash uchun xizmat
qiladi.
Ko‘pchilik qisqichbaqasimonlarning tutish oyoqlarining qisqichi bor. Krablar va
zohid qisqichbaqalarning faqat birinchi juft oyoqlari; krevetkalarning oldingi ikki juft oyoqlari,
daryo qiskichbaqalari, omarlar va ayrim krevetkalarning oldingi uch juft oyoqlarida qisqichlar
rivojlangan. Odatda oldingi ko‘krak oyoqlarining qisqichlari boshqalariga nisbatan kuchliroq
bo‘ladi. Langustlar va boshqa ayrim o‘noyoqlilarda qisqichlar bo‘lmaydi. Qisqichlar ko‘pincha
asimmetrik, ya′ni ulardan biri ikkinchisidan yirikroq bo‘ladi. Omarlarning yirik qisqichi dengiz
kirpilarining qattiq po‘sti va mollyuskalar chig‘anog‘ini maydalash, kichik qisqichi esa
krevetka va baliqlar tanasini bo‘laklash uchun xizmat qiladi. Tropik dengizlarda tarqalgan
chorlovchi krablarning o‘ng qisqichi chap qisqichiga nisbatan juda yirik bo‘ladi. Ayrim
o‘noyoqlilarning keyingi ko‘krak oyoqlari ham o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Masalan, zohid
qisqichbaqalarda bu oyoqlar qisqargan bo‘lib, qisqichbaqa tanasini chig‘anoq ichida ushlab
turish uchun xizmat qiladi.
O‘noyoqlilarning jabralari oyoqjag‘lar va yurish oyoqlarining asosiy bo‘g‘imi bilan
bog‘langan yoki ko‘krak oyoqlarining tanaga birikkan joyida joylashgan. Karapaks jabralarni
ikki yon tomondan yopib olishi tufayli jabra bo‘ shlig‘i paydo bo‘ ladi. Suv jabra bo‘ shlig‘iga
qisqichlar asosida yoki yurish oyoqlarining asosiy bo‘g‘imlari o‘rtasida joylashgan teshiklar
orqali kirib, karapaksning oldingi tomonidan chiqib ketadi. Quruqlikda hayot kechiradigan qis-
qichbaqalar (masalan, palma o‘g‘risi Birgus latra)ning jabra bo‘shlig‘i o‘pka vazifasini
bajaradi. Bu bo‘shliqning ichki devori juda ko‘p mayda qon tomirlari bilan ta‘minlangan bo‘lib,
shu joyda gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Lekin jabralar qisman saqlanib qolganligi tufayli ular
suvda ham bemalol nafas oladi.
O‘noyoqlilar qorin bo‘limi har xil tuzilgan. Krevetkalar qorni yondan siqilgan bo‘lib,
suzgich oyoqlar - pleopodlar bilan ta‘minlangan. O‘rmalovchi omarlar, daryo qisqichbaqalari
va langustlarning qorin qismi uzun, lekin orqa-qorin yo‘nalishida yassilashgan bo‘lib,
harakatlanishda faol ishtirok etmaydi. Ko‘pchilik zohid qisqichbaqalarning qorin qoplag‘ichi
juda yumshoq, chig‘anoqqa mos ravishda spiral buralgan, qorinoyoqlarining bir qismi yo‘qolib
ketgan bo‘ladi. Ularga yaqin turadigan Kamchatka krabi va palma o‘g‘risining qorin qismi
ancha kalta bo‘lib, tanasi ostida taxlanib turadi. Haqiqiy krablarning qorin qismi juda
kichraygan bo‘lib, bo‘g‘imlar soni qisqargan; qorin oyoqlari yaxshi rivojlanmagan; dum
suzgichi
umuman bo‘lmaydi.
Qorin
oyoqlar jinsiy
funktsiyani
bajaradi.
Erkak
qisqichbaqalarning birinchi va ikkinchi juft qorin oyoqlari kuyikish organiga aylangan.
Urg‘ochida qorinoyoqlar tuxumini yopishtirib olib yuradi.
O‘ noyoqlilarning rangi xilma-xil bo‘ladi. Suv tubida yashaydigan turlari kulrang yoki
ko‘kimtir, suv o‘tlari orasida uchraydigan turlari yashil himoya rangiga bo‘ladi. Qisqichbaqalar
tanasi rangi qoplag‘ichdagi karotinoid pigment - aktoksantinga bog‘liq. Toza holda qizil bo‘
ladi. Pigment organizmda oqsillar bilan birikib, ko‘kish yoki kulrang tusga kiradi. Yuqori
haroratda birikma tez yemiriladi. Shu sababdan pishirilgan qisqichbaqa qizaradi.
Qisqichbaqasimonlarning bir qancha turlarida in qurish instinkti yaxshi rivojlangan. Bu
instinkt ayniqsa, quruqlikda yashovchi turlarda murakkab bo‘ladi. Daryo qisqichbaqalari suv
havzalarining sohilga yaqin pana joylarida loyni kavlab oddiy in quradi. Chorlovchi
krablarning inlari esa birmuncha murakkab bo‘ ladi. Zohid qisqichbaqalar qorinoyoqli
molluskalarning bo‘sh qolgan chig‘anog‘ini egallab oladi. O‘noyoqli qisqichbaqalar boshqa
hayvonlardan o‘z tanasini niqoblash maqsadida va dushmanlarga qarshi qurol sifatida
foydalanadi. Uyatchan krablar (Dorippidae oilasi) o‘z tanasini ikki pallali mollyuskalar
chig‘anog‘i bilan yopib oladi. Majidae va Dromiidae oilasiga mansub krablar yelkasiga
g‘ovaktanlilar, gidroidlar yoki mshankalar koloniyasini o‘tqazib oladi. Zohid qisqichbaqalar
dushmandan saqdanish uchun aktiniyalarning kuydiruvchi paypaslagichlaridan foydalanadi.
Ko‘pchilik zohid qisqichbaqalar va aktiniyalar birgalikda yoki har qaysisi alohida hayot kechira
olishi mumkin. Ayrim qisqichbaqalar va aktiniyalar, masalan, zohid qisqichbaqa- Pagurus
Do'stlaringiz bilan baham: |