O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Boshoyoqyailar (Cephalopoda) sinfi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Boshoyoqyailar (Cephalopoda) sinfi 
Boshoyoqlilar  sinfiga  ochiq  dengizlarda  hayot  kechiradigan  700  turga  yaqin  yirtqich 
molluskalar kiradi.  Ular bilaterial simmetriyali  yirik hayvonlar bo‘lib, suvda erkin suzib  yuradi 
yoki suv tubida o‘ rmalab harakat qiladi. Chig‘anog‘i faqat tuban boshoyoqlilarda ricvojlangan. 
Yuksak  boshoyoqlilarning  chig‘anog‘i  reduktsiyaga  uchragan  bo‘  lib,  mantiya  ostida  saqlanib 
qolgan. 


Tashqi  tuzilishi.  Boshoyoqlilarning  tuzilishi  boshqa  molluskalardan  keskin  farq  qiladi. 
Tanasi  aniq  bosh  va  gavdadan  iborat.  Paypaslagich  yoki  qo‘llarga  aylangan  oyog‘i,  boshida 
joylashgan,  og‘iz  teshigini  o‘rab  turadi.  Oyog‘ining  boshqa  bir  qismi  voronkani  hosil  qiladi. 
Qadimgi  boshoyoqlilarning  (nautilus)  chuvalchangsimon  paypaslagichlari  ancha  ko‘p  bo‘ladi 
(106-rasm).  Kuchli  rivojlangan  orqa  paypaslagichlari  chig‘anoq    teshigini  yopib  turadi. 
Sakkizoyoqli  boshoyoqlilarning  paypaslagichlari  8  ta,  o‘noyoqlilarniki  10  ta  bo‘ladi. 
Sakkizoyoqlilar  paypaslagichlarining  asosi  yo‘g‘onlashgan,  uchki  qismi  esa  ingichkalashgan. 
Paypaslagichlar  diskka  o‘xshash  so‘rg‘ichlar  bilan  ta‘minlangan.  So‘rg‘ichlar  ularni  substratga 
yopishishg  yoki  o‘ljani  tutishiga  yordam  beradi.  O‘noyoqlilarda  esa  bunday  paypaslagichlar 
bilan bir qatorda ikkita uzun tutuvchi paypaslagichlar ham  bor. Tutuvchi paypaslagichlar uchki 
qismi kengaygan. Boshoyoqlilar boshining ikki yonida yirik ko‘ zlari joylashgan. 
Boshoyoqlilar tanasini har tomondan qalin mantiya o‘rab turadi. Qorin tomonida mantiya 
tanadan  ajralib,  mantiya  bo‘shlig‘ini  hosil  qiladi.  Boshi  yaqinida  joylashgan  ikkita  mantiya 
teshigi  mantiya  bo‘shlig‘ini  tashqi  muhit  bilan  bog‘lab  turadi.  Mantiya  bo‘shlig‘ining  qorin 
tomonida bir juft  yarimoysimon  chuqurcha joylashgan.  Bu  chuqurchalarning qarama-qarshisida 
mantiyaning  ichki  devorida  tog‘ayli  ikkita  qattiq  bo‘rtmachadan  iborat    yopqich  tugmachalar 
bo‘ladi  (107,  108-rasmlar).  Mantiya  muskullari  qisqarganida  mantiya  tanaga  yopishib, 
tugmachalar  yarimoysimon  chuqurchalarga  kiradi  va  mantiya  teshikchalarini  mahkam  bekitadi. 
Mantiya  teshiklarining  ustida,  ya‘ni  boshi  asosida  muskulli  qonussimon  voronka  bor.  Mantiya 
muskulari  qisqarganida  mantiya  teshiklari  yopilib,  mantiya  bo‘shlig‘idagi  suv  voronka  orqali 
katta  kuch  bilan  siqib  chiqarilishi  tufayli  reaktiv  harakat  paydo  bo‘  ladi.    Muskullar  bo‘ 
shashganida esa suv mantiya bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. Mantiyaning damba-dam qisqarishi va suvni 
mantiya bo‘shlig‘idan otilib chiqishi, bir tomondan boshoyoqli molluskalarni orqa tomoni bilan 
oldinga  suzishga  yordam  bersa,  ikkinchidan  nafas  olish  uchun  zarur  bo‘lgan  suvni  yangilanib 
turishiga imkon beradi. 
Boshoyoqlilarning  oyog‘i  ularning  paypaslagichlari  va  voronkasiga  mos  keladi. 
Evolyutsiya davomida boshoyoqlilar paypaslagichlari oyoqning oldingi qismidan kelib chiqqan. 
Embrional rivojlanishda paypaslagichlar og‘izdan orqaroqda shakllana boshlaydi, lekin keyinroq 
boshiga  ko‘chadi.  Paypaslagichlarni  oyoq  gangliylari  tomonidan  innervatsiya  qilinishi  ham 
ularni  oyoqlan  kelib  chiqqanligini  isbotlaydi.  Bundan  tashqari  sodda  tuzilgan  nautilusning 
voronkasi  voronka  shaklida  emas,  balki  tarnovga  o‘xshash  bo‘lishi  bilan  suzib  yuradigan 
qorinoyoqlilarning oyog‘iga juda o‘xshab ketadi. 
Chig‟anog‟i.  Faqat  sodda  tuzilgan  boshoyoqlilar,  masalan,  kemacha  (Nautilus)ning 
yaxshi  rivojlangan  ohak  spiral  chig‘anog‘i  bo‘ladi.  Chig‘anoq  bo‘shlig‘i  ko‘ndalang  to‘siqlar 
yordamida bir necha kameralarga bo‘nadi. Nautilus tanasi eng yirik oxirgi kamerada joylashgan. 
Boshqa kameralar gaz va bir oz suyuqdik bilan to‘lgan. Chig‘anoq gidrostatik apparat vazifasini 
bajaradi.  Chunki  kameralardagi  gaz  bilan  suyuqdik  hajmining  o‘zaro  nisbatini  o‘zgarishi 
hayvonni  suv  yuziga  ko‘tarilishiga  yoki  pastga  tushishiga  yordam  beradi.  Hozirgi 
boshoyoqlilarning  chig‘anog‘i  reduktsiyaga  uchrashi,  ularni  mantiya  burmalari  o‘rab  olishi 
tufayli  ichki  chig‘anoqqa  aylangan.  Dengizning  ancha  chuqur  joyida  uchraydigan  spirulaning 
spiralga  o‘xshash  chig‘anog‘i  juda  kichik  bo‘lganidan  tanasining  faqat  bir  qismi  chig‘anoqqa 
joylashadi. Tananing qolgan qismi esa chig‘anoqni har tarafdan o‘rab oladi. 


Karakatitsa  va  kalmarlar  chig‘anog‘i  plastinkalar  shaklida  molluskaning  orqa  tomonida 
mantiyaning  ostida  saqlanib  qolgan.  Ko‘pchilik  sakkizoyoqlilar  chig‘anog‘i  esa  butunlay 
yo‘qolib ketgan. Argonavt sakkizoyoqlisining faqat urg‘ochisida chig‘anoq bo‘ladi. Uning spiral 
chig‘anog‘i  kameralarga  bo‘linmagan.  Bunday  chig‘anoq  ikkilamchi  kelib  chiqqan  bo‘lib, 
tuxumini olib yurish uchun xizmat qiladi (109-rasm). 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish