O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji



Download 1,06 Mb.
bet99/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

2.Pediatriya jurnali №2

3.Sihat salomatlik jurnali№4

Elektron saytlar: w w w.ped ru/ Zdorov’e.

WWW.pedagog.uz

WWW.bilim.uz

WWW.referat.uz

WWW.ziyonet.uz


  1. Bolalarda silning kechish xususiyatlari.

Bo’lim 6. Turli kasalliklarda bolalarga va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi

Mavzu: 6.10.5. Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bolalarga va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi. Shol. Sil.

Soat soni: 2 soat

Dars rejasi:

1. Shol, sil kasalliklari haqida tushinish.

2. Shol bilan kasallangan bolalarga va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi.

3. Sil bilan kasallangan bolalarga va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi.


Maruza matn mazmuni:

6.10.5.1. Shol.

1) Klinik ko’rinishi.

Sholni yana o’tkir oldingi shol va bolalar falaji kasalligi deb nomlanadi. Odam axlatida bo’lgan poliovirus organizmga og’iz orqali kirib, burun halqumda va ingichka ichakning shilliq qavatida ko’payadi. Poliovirus limfatik tugunlardan o’tib, orqa miya suyuqligiga tushib, markaziy nerv sistemasini shikastlaydi. Neyronlarni shikastlashi oqibatida harakat falajliklarining tipik simptomlari yuzaga keladi.

Inkubasion davr zararlanish vaqtidan to kasallikni yuzaga chiqishigacha 1-2 haftani tashkil etadi. Axlat bilan virus kasallik yuzaga chiqqandan so’ng 1 oygacha ajraladi, ba’zida uzoq cho’zilishi mumkin. Virusning tarqalish yo’llari asosan fekal-oral yo’l hisoblanadi., lekin o’tkir davrida havo-tomchi orqali tarqalishi mumkin.

2) Epidemiologiyasi

20 asrning birinchi yarmida kasallikni epidemik tarqalishi kuzatilgan, lekin rivojlangan mamlakatlarda sholga qarshi vaksinalar ishlatilishi bilan kasallanish ko’rsatkichi keskin pasaydi. Ammo sholga qarshi vaksinalar ishlatilishi iloji bo’lmagan rivojlangan mamlakatlarda kasallikni uchrashi davom etdi va shol bilan kasallangan bemorlar sonining ko’payishi kuzatildi. 1988 yilda VOZ yer sharida shol kasalligini ildiz otishini to’xtatish bo’yicha deklarasiya qabul qildi va sholga qarshi aktiv choralar ko’rdi. Amerika regioni 1991 yilda Peruda oxirgi hodisa aniqlahgandan so’ng shol kasalligidan ozod deb e’lon qilindi. G’arb-Tinch okeani regioni 2000 yil oktyabrda ro’yxatdan o’tdi.

3) Simptomlari.

Poliovirus bilan zararlanishning barcha hodisalaridan ko’proq 90% ni innaparant (subklinik) va abortiv infeksiya rivojlanishi bilan chegaralanadi. Faqat 0.1-0.5% da sholning tipik shakli kuzatiladi. Sholning tipik shaklida 1-2 kun davomida kataral simptomlar yuzaga kelishi kuzatiladi, shundan so’ng harorat ko’tarilgan yoki tushgan vaqtida tez falajlik rivojlanadi. 50% falajlangan bolalarda mushak kontrakturalari va harakat buzilishlari ko’rinishida doimiy kasallik oqibatlari saqlanib qoladi.

4) Diagnostikasi va tekshirish usullari.

Falajlanish bilan kechuvchi barcha kasalliklar bilan differensial diagnostika o’tkazilishi shart. Klinik diagnostikada orqa miya suyuqligi tekshirilishi shart, bunda shaklli elementlarning (oldiniga polisegment yadrolilar, keyin limfositlar) soni va oqsilning ko’payishi kuzatiladi. Diagnostikada qon zardobida virusga qarshi antitelolar orqali kasallikni aniqlash mumkin, lekin asosan axlatda virus topilishi bilan aniqlanadi.

5) Profilaktikasi.

Bolalarga hamshiralik parvarishi.

Spetsefik davosi yo’q, shuning uchun oldini olish juda muxim.

Sholga qarshi oral (OPV) va inaktivlangan (IPV) vaksinalar mavjud. OPVning natijalari katta, lekin uning jiddiy nojo’ya ta’siri (vaksinaassosirlangan paralitik poliomiyelit VAPP) bor. IPV esa havfsiz, bu sholga qarshi vaksinani yuborilganda odam qonida antitelolar ishlab chiqariladi, lekin ichaklarda sekretor IgA-antitelosi ishlab chiqarilmaydi, bu peroral yo’l bilan zararlanishda sholga qarshi immunitetning yetarli bo’lmasligiga olib keladi. Hozirga vaqtda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida OPV ishlatiladi, lekin shunday mamlakatlar borki, VAPPdan havfsirab IPV ishlatiladi.Bir vaqtda IPV va OPV ishlatish usullarini qo’llaydagan mamlakatlar ham bor, bunda oldiniga IPVni bir necha bor qabul qilish hisobiga neytrallashgan antitelolar ishlab chiqariladi, shundan so’ng qo’shimcha OPV ishlatiladi, bu esa ichaklarda mahalliy immunitet hosil bo’lishini ta’minlaydi. Bir vaqtda vaksinalarni ishlatish usulining afzalligishundaki, bunda OPVni qabul qilish yordamida qonda antitelolar ishlab chqariladi, buning oqibatida poliovirus markaziy nerv sistemasiga yetib bormaydi va VAPPning paydo bo’lishi 95%ga pasayadi.

6) Hamshiralik parvarishi.

1. Vaksinalar ishlatilganda.

Sholga qarshi vaksinani diareyali bolalarga ishlatish diarea sababchisi bo’lgan enterovirusning interferision ta’siri oqibatida yetarli rivojlanish effektini bermaydi, shuning uchun vaksina diareyadan so’ng ishlatiladi. Vaksinani ishlatishdan oldin salomatlik holatini baholash o’tkazilishi kerak. Agar vaksina berilgandan so’ng qusish yuzaga kelsa, bunda takroran berish kerak. Onalarni choralar ko’rishga va vaksinatsiyadan so’ng kuzatishga o’rgatiladi, hamda g bola salomatligini holatini nazorat qilishi uchun va kerak bo’lganda choralar ko’rishi uchun vaksinani paydo qilishi mumkin bo’lgan nojo’ya tasirlari haqida ma’lumot beriladi.

2. Simptomsiz- innaparant shaklida , shuningdek sholning abortiv shaklida.

Simptomlarni engillashtirish va boshqa infeksiyalarni rivojlanishini oldini olishni ta’minlab berishga harakat qilinadi. Yuqori nafas yo’llari infeksiyalarining simptomlarida havo tomchi yo’li orqali o’tish bo’lishi mumkin, virusni ahlat bilan ajralishi bir oygacha davom etadi, shuning uchun bolani alohidalash va organizm ajralmalari bilan ishlashda ehtiyot bo’lish kerak. Sholning paralitik shakli ko’proq og’riq bilan kechadi, shuning uchun isitgichlar yordamida og’riqni yengillashtirishni ta’minlash kerak. Kontrakturalarni oldini olish uchun fiziologik to’g’ri holatni saqlash va tana holatini o’zgartirib turish o’tkaziladi.

6.10.5.2. Sil.

1) Klinik holati.

Kasallikni qo’zg’tuvchisi grammusbat aerob mikobakteriya-Kox sil tayoqchasidir. Sil bilan yuqori nafas yo’llari orqali zararlanadi, organizmning a’zolariga tushib qo’zg’atuvchi sil bilan shikastlanisni chaqiradi. Birlamchi infeksiya havo tomchi yo’li orqali kirib o’pkalarda infeksiya o’chog’ini hosil qiladi, regionar limfa bezlarida sil zararlanishi paydo bo’ladi. Bu etapda 80% birlamchi infeksiya o’chogi kalsifikasiyalanadi va kasallik rivojlanmashdan sog’ayish sodir bo’ladi.

Birlamchi infeksiyalanishni musbat Mantu sinamasi yordamida aniqlash mumkin. Lekin sil mikobakteriyasining gematogen va limfogen tarqalishidan o’pka sili va silli meningit

Bolalarga hamshiralik parvarishi.

paydo bo’lishi mumkin. Infeksiyalangandan so’ng 1 yil davomida kasallik yuzaga chiqishi kuzatiladi, lekin 10 yoki 20 yildan so’ng kasallikni yuzaga chiqishi bo’lishi mumkin. Bemorlarni ko’pchilik qismini qarilik oldi yoshidagi odamlar tashkil qiladi, lekin bolalar va yoshlar o’rtasida ham bemorlar soni kam emas. Butun dunyoda SPID bilan kasallangan bemorlar uchun ko’pgina dorilarga barqaror silning rivojlanishi katta muammo hisoblanadi.

2) Davolash.

Simptomatik davolash va silga qarshi preparatlarni qabul qilinishni o'z ichiga oluvchi kombinirlangan davolash o’tkaziladi. Bakteriyalar ajralganida shifoxonaga yotqizish zarur.

3) Profilaktikasi.

Bemorlardan infeksiyani tarqalishini oldini olish o’tkazilishi kerak va BSJ qo’llaniladi (Kalmet-Geren basillasi). Birlamchi infeksiya kuzatilsa, Mantu sinamasini o’tkazib, silga qarshi bo’lgan preparat izoniazid bilan profilaktik davo o’tkaziladi.

4) Hamshiralik parvarishi.

1. Zaralanishni oldini olish bo’yicha choralar.

Sil kasalligi bilan havo orqali zararlanganligi va u yuqori kontagiozlikka ega kasallik bo’lgani uchun guruxli zararlanish bo’lishi mumkin. Shunga yarasha kasallikni kelib chiqishini oldi olinishi, bolalarda kasallik kelib chiqqanligini erta aniqlash va o’z vaqtida davolash muxim. Ko’krak yoshidagi bolalarda BSJ vaksinasiyasini iloji boricha erta ko’krak yoshida o’tkazish kerak.

2. Kasalxonaga joylashtirilgan vaqtda hamshiralik parvarishi.

Kasalxonaning umumiy bo’limlarga joylashtirilganida, qattiq nazoratli aloxidalash, davolash o’tkaziladi va zotiljam kasalligiga o’xshash hamshiralik parvarishi olib boriladi. Mikobakteriyalarni ajralishi manfiy bo’lsa ham bemorni aloxidalash rejimi davom ettiriladi. Ammo ko’pgina bemorlarda jismoniy qayg’urish kuzatilmaydi, balki aloxidalash va tinchlik stress holatiga olib keladi. Kun tartibi tuziladi (har kungi mashg’ulotlar) va qisman jismoniy aktivlik, erkinlikka yo’l berish kerak.

3. Tiklanish davrida hamshiralik parvarishi.

Birinchi boshlang’ich davo tugagandan so’ng, agar bemorda bakteriya ajralishi kuzatilmasa, bemor kasalxonadan chiqariladi. Kasallik yuzaga chiqqandan so’ng ko’pchilik holatlarda 1 yilgacha va kasalxonadan chiqarilgandan so’ng dori ichishni davom ettirilishi kerak. Dorilarni to’g’ri ichishni tashkil qilish, salomotlik holatini doimiy tekshirish kasallikni erta aniqlash va qaytalanishini oldini olishga imkon beradi. Kasalxonadan chiqarilgandan so’ng doimiy ishlash va toliqishni oldini olishga ahamiyat berish muxim.
Nazorat savollari.

1.Shol va sil qizilchasi kasalliklariga tariff bering?.

2. Shol kasalligi bilan kasallangan bolalarda va ularning oilalariga hamshiralik parvarishi qanday olib boriladi?

3. Sil qizilchasi kasalligi etiologiyasi,klinikasi,oldini olishva davolash usullarini ayting?

4.Bolalarda emlash muddatlarina ayting?
Tayanch iboralar.

1.Limfadenit-limfa tugunlarining yalliglanishi.

2.BSJ-silga qarshi emlash.

3.OPV-Sholga qarshi vaksina.

4.Rekonvolisentsiya-sogayish.

5.Virus-kasallik qozgatuvchisi.

6.MNS-markaziy nerv sistemasi.

7.Epidemiya-kasallikni bitta hududga tarqalishi.

8.Karantin-kasallik o’chogida kirish va chiqishning taqiqlanishi.
Uyga vazifa.

Internet tarmogidan foydalanib, Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bolalarga va ularning oilalariga hamshiralik parvarishi.

haqida ma’lumotlar yigish.Fan adabiyotlaridan foydalanib referat tayorlab kelish.Jihozlardan foydalanish, stentlar, slaydlar,tarqatma materiallar,rasmlar, adabiyotlar.
Mavzuga oid didaktik vositalar, slaydlar,tarqatma materiallar,rasmlar, adabiyotlar.
Texnik vositalar: kodoskop.

Fan bo’yicha adabiyotlar.

1.G.Jalilov. Bolalar kasalliklari va ularning anatomo-fiziologik xususiyatlari.

K.A.Svyatkina- Bolalar kasalliklari.

Qo’shimcha adabiyotlar.

1.X.Shodmonov.- Asab va ruhiy kasalliklari.

2.Pediatriya jurnali №2

3.Sihat salomatlik jurnali№4




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish