O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji


Qism. Bemor bolalar va ular oilasi bilan bo’ladigan hamshiralik parvarishi



Download 1,06 Mb.
bet101/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

Qism. Bemor bolalar va ular oilasi bilan bo’ladigan hamshiralik parvarishi.

Mavzu: 6.10.1. Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bolalar va ular oilasi bilan bo’ladigan hamshiralik parvarishi.

Dars soati:2 soat

Dars rajas:


  1. Bolalardagi immune tizim faoliyati va yuqumli kasalliklarning o’ziga hosligini.

  2. Meningokokk infeksiyasi bilan kasallangan bolalar va ular oilasi bilan bo’ladigan hamshiralik parvarishi.

  3. Difteriya (bo’g’ma) bilan kasallangan bolalar va ular oilasi bilan hamshiralik parvarishi.

Ma’ruza matn tarkibi.

6.10.1.1. Bolalardagi immun tizim va yuqumli kasalliklarning o’ziga hosligi.

Yangi tug;ilgan chaqaloq onasidan immunoglobulinlar qabul qiladi, bu antitela IGJ transplasentar yo’l bilan o’tadi bolaga va IGA og’iz suti tarkibida bo’ladi, ular shilliq qavatlar orqali zararlanishni oldini olishda ishtirok etadi. Ular ma’lum miqdorda yuqumli kasalliklarni oldini olishda ishtirok etsada, lekin baribir go’dak yoshdagi bolalarda immunitet kuchsiz. Onadan ortirilgn IGJ 6 oylikgacha borib umuman yo’qolib ketadi.

Bola 3-4 oylik bo’lganda, bola organizmidagi IGJ 6 minimal miqdorda bo’ladi, lekin shu davrdan boshlab bola organizm faol ravishda immunoglobulin ishlab chiqara boshlaydi, 5-6 yoshga yetganda kattalar bilan bir hil miqdorda ishlab chiqariladi (rasm 1).

2) Bolalarda yuqumli kasalliklarni umumiy harakteristikasi.

Ko’pincha bolalar albulator muassasalarda yuqumli kasalliklar bo’yicha tekshiruvdan o’tadilar. Yuqumli kasalliklarni 3 ta katta guruxga bo’lim mumkin. Yuqumli kasalliklar.

Bacterial yuqumliklarga qaraganda, visrusli kasalliklar bolalarda katta % ni tashkil qiladi. Shuni hisobga olish kerakki, bolalarda immunitet past bo’lgani tufayli, yuqumli kasalliklar tezda yuqib qoladi. Bolalardagi infeksiya belgilari kasallik chiquvchi mikroorganizmga va infeksiya o’chog’iga bog’liq bo’ladi. Ko’krak yoshidagi bolalarda , ayniqsa yangi tug’ilgan chaqaloqlar va 3 oylikkacha bo’lgan bolalarda klinik belgilar nospesifik ko’rinishda namoyon bo’ladi. Infeksiyani barcha turlariga bakteriologik taxlil o’tkaziladi va natija bo’yicha infeksiya o’chog’I aniqlanadi. Asosiy e’tiborni qaratish lozim. Masalan: bolalardagi bronchial astmada -nafas yo’llari infeksiyasiga , siydik chiqarish yo’llari infeksiyasiga, siydik chiqarish yo’llari a’zolari nomaliyalarida siydik yo’llari infeksiyalariga, jigar va o’t yo’llari kasalliklari operatsiyalarda o’t yo’llari infeksiyalariga asosiy e’tibor qilish lozim.

3) Bolalar infeksiyalari epidemiologiyasi.

Immune tizimi B hujayralardan (antitelala hosil qiladi), T hujayralardan (hujayra immuniteti), NK hujayralardan, fagositlar, neytrofil va makrofarlardan bir – biri bilan hamkorlikda organizmni himoya va immune faoliyatini ushlab turadi.

Kundalik hayotda infeksiyani oldini olishni ta’minlash kerak, chunki bolalarda himoya qarshiligi kuchsiz, ko’krak suti bilan tez – tez emizish va tagliklarni almashtirish lozim. Shifohona va muassasalarda infeksiyani oldini olish uchun quyidagi choralarni qo’llash lozim.



  1. Agar pediatriya bo’limlarida virusli yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlar ko’p bo’lsa, qabul bo’limida ota – onalarni habardor qiluvchi e’lon osib qo’yiladi, ota – onalar bolalarini nazorat qilishlari kerak, bemorlar bilan muloqotni oldini olish uchun, bola izolyatorga joylashtiriladi.

  2. Bemor bolani izolyasiya qilish uchun alohida maxsus hona tayyorlanadi, u yerda har bir shifohonaga qabul bo’limia kelgan bola ishlovdan o’tkaziladi va kiyimlari almashtiriladi. Tekshirish uchun 1 martalik jihozlardan foydalaniladi.

  3. Infeksiya yuqish yo’llarini bloklash uchun, kichik yoshli bolalar sinflari bilan aloqa chegaralanadi.

  4. Gorizontal infeksiya yuqish yo’llarini oldini olish uchun, har bir muolajadan keyin va oldin qo’llarni yuvish lozimligini aytish kerak.

  5. Oila a’zolarini havotirlanishini yumshatish uchun, ularga haqiqiy ma’umot berish kerak, izolyatsiya choralarini tushuntirish va shu bilan ular bilan hamkorlikda ishlashni ta’minlash kerak.

6.10.1.2. Meningit: ta’rifi, etiologiyasi simptomlari, tashhisoti, davosi, hamshiralik parvarishi.



    1. Yiringli meningit.

  1. Ta’rifi: Meningit hunday holatki, bunda miyani yumshoq va to’r pardasini va subaraxnoidal bo’shliq yallig’lanadi. Yiringli va bacterial meningit ekvivalent terminlar sifatida ishlatiladi. Bakteriyalar intratekal zararlanishni chaqiradi va miya qavatlari yallig’lanish jarayoniga qo’shiladi, natijada orqa miya suyuqligini imositozi kuzatiladi (asosan polinuklearlar hisobiga).

  2. Etiologiyasi: Ma’lum bir o’choqlarda bakteriyalar paydo bo’lishi hisobiga boshlanadi asosan nafas yo’llari, quloq, burun bo’shlig’I infeksiyalari hisobiga). Ko’proq eningokokklarni gemofil tayoqchalarni, ichak tayoqchalari (koli-bakteriya), B gurux gemolitik streptokokklari va pnevmokokklarni epithelial hujayralarga tushishi natijasida yuzaga keladi.

  3. Simptomlari: agar kasallik keltirib chiqaruvchi organizm nafas yo’llariga tushsa, shu yerda bakteriyalarni local ko’payishi yuzaga keladi va shamollashga o’xshash simptomlar yuzaga keladi, shuningdek haroratning ko’tarilishi va qusish kuzatiladi., haroratni ko’tarilishi va qusish kuzatiladi. Haroratni ko’tarilishi 80%-90% hollarda kuzatiladi. Keyinchalik infeksiya horloid chigallar orqali miya qavatlariga kirib boradi va bosh og’rig’I, qusish, meningial belgilar va boshqa yallig’lanish simptomlari kuzatiladi. Bola yoshi katta bo’lgan sari, shunchalik intensive ravishda qusish kuzatiladi. Bosh miya shishida subdural shish va gidrosefaliya hisobiga es-hushning buzilishi va miyacha ataksiyasi kuzatilishi mumkin. Talvasalarda 30-40% hollarda kuzatiladi, chunki ko’krak yoshdagi bolalarda ensa mushaklarini rigidligi kuzatilmaydi, natijada tashxis noto’g’ri qo’yilganda, davolanishni boshlanishi kechikish mumkin.

  4. Tashhisoti: Agar febril talvasalarda – so’rish refleksining susayishi , yomon kayfiyat, bezovtalik va boshqalar kuzatilsa unda meningit mavjudligiga shubxa qilinadi va lyumbal punksiya o’tkaziladi. Gemogrammada leykositlarni oshishi, neytrofillar oshishi, leykositar formulani chapga siljishini C reaktiv oqsil musbatligi va ECHT ni oshishi kuzatiladi. Orqa miya suyuqligi taxlilida oqsil miqdorining yuqoriligi, qand miqdorini pasayib ketishi, orqa miya suyuqligi imositozi, hujayralar miqdorining oshishi.

Orqa miya suyuqligini darxol mikroskopik taxlildan o’tkazish va bakteriologik ekishga yuborish lozim. Grammusuli bo’yicha bo’yab patogen qo’zg’atuvchi aniqlanadi. Shuningdek, antigenni zudlik bilan aniqlash usuli ham mavjud.


Immunoelektroforez usuli O’zbekistonda o’tkazil;adimi ma’nosida mavzu ham kiritish mumkin.





  1. Davosi: Antibakterial preparatlar buyuriladi, vena ichiga infuziya qilish o’tkaziladi, ya’ni 30 minutdan kam bo’lgan vaqt davomida kuniga 2-4 mahal tomchilab vena ichiga dori preparatlari yuboriladi.

  2. Hamshiralik parvarishi.




  1. O’tkir davrda hamshiralik parvarishi.

    1. Umumiy axvolni kuzatish.

Es –hushi, meningial belgilar, nevrologik simptomlar, har 1-2 soatda iste’mol qilinadigan va ajraladigan suyuqlik miqdorini kuzatish.

    1. Infuziya va antibiotiklarni yuborishni qat’iy ko’rsatma bo’yicha shuningdek bemor axvolini yaxshilashga va unga tuzalishga yordam berishga harakat qilish kerak.

      • Menegial belgilar yuzaga kelganda va bosh og’rig’I paydo bo’lganda yotoq rejimi buyuriladi.

      • Honani yoritilishini kamaytirish, honada tinch va osoyishta muhit hosil qilish kerak.

      • Bosh og’rig’I va yuqori haroratda sovuq compress ishlatilganda bosh va ensaga ta’sirni kamaytirish lozim.

      • Ensa mushaklari rigidligi kuzatiladigan bo’lsa, boshni ko’tarmaslik lozim. Ensa mushaklari rigidligi kuzatilmasa bosh miya ishini oldini olish uchun 10-300C ga bosh ko’tariladi.

      • Shundan so’ng oral ovqatlantirish mumkin bo’lgach, yoqori kaloriyali yengil hazm bo’luvchi ovqatlar beriladi, shu bilan birga bemor kayfiyati ko’tarilib, unga yordam beriladi.

      • Agar ko’ngil aynishi va qusish kuzatilmasa, asterasiyani oldini olish uchun bemor yonboshga yotqiziladi.

      • Orqa miya suyuqligini va qonni olish bemorga og’riq keltirgani uchun, bemorga tushuntirish va muolaja vaqtida yetarlicha fiksatsiya qilishni ta’minlash kerak. Muolaja bajarilgach bemorni yaxshi o’tirgani uchun maqtash kerak.

  1. Qayta tiklanish davrida hamshiralik parvarishi.

Simptomlar susaygach bemor yotoq rejimidan sekin – asta o’rnidan tura boshlaydi. Kasallik holatini e’tiborga olgan holda chalg’ituvchi o’yinlar kiritiladi, simptomlarni yengillashtirish bian birga bemorning azoblanishi kamaytiriladi.

    1. Virusli (septic) meningit.

  1. Ta’rif: Organizmga virusli tushishi, uning ko’payishi va qon orqali miya qobiqlariga taqalib, miyaning yumshoq qavatini, o’rgimchaksimon va subaraxnoidal bo’shliqning virusli yallig’lanishga aytiladi.

  2. Etiologiya: Enterovirus, epidemik paratit virusi, gerpis virusli va boshqalar gematogen yo’l bilan birlamchi zararlangan o’choqlardan tarqaladi.

  3. Simptomlari: shamollash belgilari ketidan, isitma ko’ngil aynishi, bosh og’rig’I, talvasa va ensa, mushaklarini rigidligi kuzatiladi. Ko’krak yoshidagi bolalarda, asosan nospesifik simptomlar: yomon kayfiyat, ta’sirchanlik ko’ngil aynishi, katta liqildoqni bo’rtishi kuzatiladi. Orqa miya suyuqligini pleositozi kuzatiladi. Bacterial meningitga qaraganda oqibati ancha yaxshi, harakat buzilishlari va aqliy o’zgarishlar deyarli kuzatilmaydi.

  4. Tashxislash – yiringli meningit singari.

  5. Davosi. Spesipik virusga qarshi preparatlar yo’q, siptomatik davo o’tkaziladi.

  6. Hamshiralik parvarishi yiringli meningit singari.

    1. Tuberkulyozli meningit.

  1. Tarif: Tuberkulyoz tayoqchalari keltirib chiqaradigan meningit turidir, tuberkulyoz tayoqchalari limfogen yo’l bilan kuks oralig’idan venoz qon tomirlarga yoki o’pka darvozasini limfa tugunlari orqali u yerdan esa gemotogen yo’l bilan bosh miyaga boradi. Ko’krak yoshidagi ayniqsa bir yoshgacha bo’lgan bolalarda kasallanish havfi kattadir.

  2. Etiologiya: Asosan infeksiya manbai bo’lib, bola bilan yaqin munosabatda bo’luvchi insonlardir. Bu ota – onasi, buvisi, buvasi va x.k.z. kasallik zararlanishdan keyin darxol boshlanadi. Tuberkulyoz tayoqchalari havo tomchi yo’li orqali yuqadi, nafas yo’llariga tushadi, bir insondan ikkinchisiga tezda yuqadi bu esa kasallikning o’ziga hos belgisi hisoblanadi.

  3. Simptomlari: Yuqoridagidek.

  4. Tashxislash: BSJ emlash bo’yicha va Mantu sinamasining ijobiyligi bilan tekshiriladi. Asos bo’lib o’rtacha va yaqqol rivojlangan musbat sinama hisoblanadi. Tuberkulyoz tayoqchalarini aniqlash uchun taxlil o’tkaziladi. Balg’amni mikroskopik tekshirish , ekib ko’rish, genlarni aniqlash, oshqozon shirasi va serebrospinal suyuqlikda ham tuberkulyoz tayoqchalari aniqlanadi. Ko’krak yoshidagi bolalarda chegarali infeksiya o’choqlarning paydo bo’lishi kamroq kuzatiladi, shuning uchun ularda mikobakteriya aniqlanish extimoli katta yoshdagi bolalarga qaraganda 15 % ga pastroq. Genlarni aniqlash tezkor va aniq usul hisoblanadi. Rengtgenografiyada kasallik o’chog’ini aniqlash juda murakkabdir. Ko’krak qafasini komiyuter tomografiyasini o’tkazish buyuriladi.

  5. Davosi. Silga qarshi preparatlar buyuriladi. Masalan: Kombinirlangan davo, izoniazid + vitamin B6 , silga qarshi asosiy dori hisoblanadi. Rifampitsin silga qarshi bakteriosid modda, streptomisin perozinamid bolalarda birgalikda kortikosteroidlar ham qo’llaniladi.

  6. Hamshiralik parvarishi: Yiringli meningit singari havo – tomchi infeksiyasi bo’lgani uchun bemorlarni izolyatsiya qilish kerak.

6.10.1.3. Difteriya: ta’rif. Etiologiyasi, simptomlari, tashxisoti, davosi, hamshiralik parvarishi.

    1. Tomoq difteriyasi (tarqalgan o’choqli, toksik).

  1. Ta’rif: Difteriya o’tkir infeksion kasallik bo’lib, difteriya akteriyalari chaqiradi, natijada nafas yo’llari, natijada nafas yo’llari shilliq qavatlarida soxta membrana hosil bo’ladi, bakteriyani toksin ishlab chiqarishi hisobiga umumiy simptomlar kuzatiladi.

  2. Etiologiya: Difteriya tayoqchalari bilan infeksiyalanish.

  3. Simptomlari: Tomoqda og’riq, yutunganda qiynalish tovush o’zgarishi va bosh og’rig’I kamroq hollarda yuqori harorat bilan kuzatiladi. Halqum qizaradi va 24 soatdan keyin bodom bezlarining birida yoki ikkalasida soxta membrana hosil bo’ladi. Soxta membrana kulrang yoki oqish, sarg’ish rangda bo’ladi. Ko’chirish qiyin, ko’chirganda qon ketishi mumkin. Yumshoq tanglaygacha tarqalib burun – halqumning orqa devoriga halqumning va tovush yorug’ining pastki qismigacha tarqaladi. Agar difteriya pardasi qonasa gangrenoz holatga o’tsa, badbo’y hid taratsa, yomon sifatli gangrenoz difteriyaga aylanadi. Bo’yin limfa tugunlarining shishi va yumshoq to’qimalar shishi “Buqa bo’yni” holatini eslatadi. Simptomlar turli og’irlikda bo’lishi mumkin. Yengil simptomlar 10 kungacha davolanadi. Og’ir holatlarda esa, o’lim bilan yakunlanishi mumkin.

  4. Tashxislash: Burun halqumdan surtma olinganda bakteriologik tekshiruvda difteriya tayoqchalari aniqlanadi. Soxta membranadan olib ekib ko’riladi. Yoki surtma metohramatik bo’yaladi.

  5. Davosi: Antitoksik davo. Bunda antitoksinlar yordamida egzotoksinlar netrolizatsiya qilinadi. Bu davo yordam beradi agar egzotoksin butu organizm to’qimalari tarqalib ketmagan bo’lsa, qonda erkin holatda bo’lganda. Agar egzotoksin to’qimalar bilan birikkan holda bo’lsa, effect sust bo’ladi. Antitelalar paraproteinlar hisoblanib, ularot zardobidan olinadi. Shuning uchun anafilaktik shok va zardob kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Bu holatlar esa og’ir holatlar hisoblanib , ogoh bo’lishni talab qiladi. Shuning uchun adrenalin, noradrenalin, antigistamin moddalar, kortikosteroidlar va boshqa preparatlar tayyorlab qo’yiladi. Ular yuqoridagi asoratlarda zarur bo’ladi. Shuningdek nafas yo’llari o’tkazuvchanligini ta’minlashga ham tayyor bo’lishi kerak.

  6. Hamshiralik parvarishi.

  1. Organizm umumiy holatini kuzatgan holda , erta buzilishlarni aniqlash.

  2. Simptomatik davo maqsadida, bemor dardini yengillashtirishga harakat qilish.

  3. 2 lamchi infeksiyani oldini olish olish. Infeksiyani profilaktika qilish uchunh, difteriya anatoksini yordamida profilaktik emlash o’tkaziladi, chunki aktiv immunitet katta rol o’ynaydi. Vaksinatsiya difteriya tayoqchalariga qarshi immunitet rivojlanishiga olib kelmaydi va nafas a’zolari, teri to’qimalari bilan berkinib olgan bakteriyalarni yo’q qilmaydi. Faqat toksinlarni va ularni keltirib chiqaradigan asoratlarni oldini olish mumkin. Infeksiyani ko’proq oldini olish uchun niqobdan foydalanish kerak, chunki infeksiya havo tomchi yo’llari orqali yuqadi.

  4. Infeksiyani nazorat qilish uchun, zararlangan sohalar bilan bo’ladigan kontaktni oldini olish kerak (halqum, hiqildoq, burun, teriva x.kz.) bir martalik oqliklar, kiyim kechaklar ishlating.

  5. Bemor bola ota – onasi va oilasi bilan kerakli suxbatlar o’tkazib infeksiya tarqalishini oldini oling.

    1. Hiqildoq difteriyasi (haqiqiy krup)

(1) T’arif: Difteriya tayoqchasi hisobiga yallig’lanish hiqildoqga tarqaladi va o’tkir laringit keltirib chiqaradi, shuningdek laringotraheobranxit va nafas yo’llari abstruksiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.

(2) Simptomlari: O’tkir epiglotitda nafas buzilishlari haroratning ko’tarilishi, afoniya, so’lak oqishi, yutishning qiyinlashishi va ekspirator apridor bilan kuzatilishi mumkin bola ta’sirchan bo’lib bezovta bo’ladi, axvoli tezda o’zgarib og’ir holatga o’tish, hirillash paydoi bo’ladi, yengil darajali holat yuqoriroq turadi. O’tkir laringotraxeobronxitda, bir necha kundan keyin nafas buzilishlari ko’payadi va og’ir holatga o’tishi mumkin. Ekzotoksin hisobiga miokardit, periferik nevrit, gastrit asoratlari rivojlanishi mumkin.

Etiologiyasi: Difteriya tayoqchalari.

Tashxisoti: Ko’krak auskultasiyasi, hiqildoqning viziuan ko’rigi, nafas yo’llari va ko‘krak qafasi rentgenografiyasi.

Davosi: Kislorodli palatada oksigenoterapiya va venoz qon aylanishini yaxshilash.

Hamshiralik parvarishi: Tomoq difteriyasi kabi olib boriladi.


Nazorat savollari.

1.Bolalardagi immune tizim faoliyati va yuqumli kasalliklarning o’ziga hosligini tushintiring?

2.Meningokokk infeksiyasi –etiologiyasi,klinikasi,oldini olish,davolash?

3.Difteriya etiologiyasi,klinikasi,oldini olish,davolash?

4.Meningokoksemiyaga xarakteristika bering?

5.O’tkir nazofaringitning klinikasini ayting?

6.Soxta bo’gma nima?

7.Krup nima?

8.Difteriyani profilaktikasini tushintirib bering?

Tayanch iboralar.

1.Krup- bugilish.

2.Profilaktika-oldini olish.

3.AKDS-adsorblangan ko’kyo’tal, bo’gma,qoqsholga qarshi vaksina.

4.Stenoz-torayish.

5.Spazm- qisqarish.

6.Koksemiya-meningokoklarning qonga tarqalishi.

7.Meningit-miya yumshoq qavatining yalliglanishi.

8.Emlash-vaksina yuborish.

9.Oksigenoterapiya-kislorod bilan davolash.

10.Zardob-qonning suyuq qismi.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish