Bolalarda hamshiralik parvarishi fani nazariy mashg‘ulotidan
Ma’ruzalar matni
Tayyorlov yo‘nalishi: Hamshiralik ishi
Mutaxassisligi:Umumiy amaliyot hamshirasi
«Bolalarda xamshiralik parvarishi»
fanlari kafedrasi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi
va ma’qullandi,kafedraning 2019_____yil___ _____
dagi № 1sonli kaydnomasi bilan tasdikka
tavsiya etildi.
Kafedra mudiri.______ D.A.Abduvaxobova.
Kirish
«Farzandlarimiz bizdan kura kuchli bilimli
dono va albatta baxtli bulishlari shart».
I.A.Karimov.
Uzbekisonimizning rivoji yulida kilinayotgan barcha ezgu ishlar katori milliy kadrlar tayyorlash komil insonni kamol toptirish borasida xam tubdan uzgarishlar ruy bermokda. Jumladan soglikni saklash tizimida xam keng kulamdagi ijobiy uzgarishlarni amalga oshiruvchi etuk urta tibbiy mutaxassislarni tayyorlashni takozo etmokda. SHu maksadda Respublikamizda faoliyat kursatayotgan tibbiy kollejlari uchun yangi darsliklar va ukuv adabiyotlari yaratilmokda. Ushbu ukuv ma’ruza matnlar tuplami Davlat Talim Standartlariga javob beradi. U barcha bolalarni usishi,rivojlanishi parvarishi,kasalliklarini uz ichiga olgan bulib xar bir bulim mavzulari tulik yoritilgan va ushbu kasalliklarni davolash profilaktikasida xamshiraning roli belgilangan.Xar bir matnda mavzular «dars rejasi» «nazorat savollari va tayanch iboralar » bulgan xolda tuliq yoritilgan.
Ushbu ma’ruza bugungi kunda bolalar tug‘ma kasalliklari,yuqumli kasalliklari,kupayib ketganligi uchun bolalarni usish va parvarishiga,kasalliklarni oldini olishga chuqurroq qaralgan.
Xamshiralar uz ishiga bilimdon va dadil bulishini,uz ishiga ijodiy yondashib mustaqil ish yuritishni talab qiladi.SHu sababli tibbiyot kolleji talabalari mustaqil ishlashga, uz kasbiga qiziqqan xolda,talablarga javob beradigan xolda yoritilgan.
Hamshiralik ishi» atamasining ma`nosiga tarbiyalash, hurmat qilish va g’amxo’rlik qilish, insonga ko’maklashish kabi tushunchalar kiritilgan.Shuningdek, hamshiralik ishini insonning salomatligi, o’sishi va hayotini bir maromda ushlab turish maqsadida parvarish qiluvchi va tarbiyalovchi kasb deyish mumkin. F. Naytingeyl bo’yicha ta`rifi. Hamshira kasallikni emas kasal bo’lgan bemorni parvarishlaydi.Hamshiralik ishining vazifasi – bemorga tabiatning ta`sir qilishi uchun unga eng qulay sharoit yaratish. Inson salomatligi uchun zarur: toza havo, toza suv, drenaj tizimi, tozalik, quyosh nuri. Shu narsalar etishmasa, salomatlikka putur etadi. V.Xenderson bo’yicha ta`rif (1960 yil).Ta`rifning mazmuni.Hamshiralik ishining o’ziga xos funktsiyasisog’lom turmush tarzini saqlash, kasalliklardan tuzalish yoki xotirjam o’lim topishdan iborat.Shunday ishlarni olib borishda bemorning o’z kuchi, irodasi va bilimlari yordamida tez mustaqillikka ega bo’lishiga ta`sir ko’rsatish muhim.Boshqa so’zlar bilan aytganda, hamshiralik ishi insonning kasallik bilan mustaqil yashash uchun intilishga yordam beradi.Hamshiralik ishining bog’liqlik funktsiyasi – shifokor ko’rsatmalariga asoslangan xolda davolovchi komanda a`zosi sifatida ishlash. Orem bo’yicha ta`rif (1973yil)ga ko’ra shunday izohlanadi.Azaldan inson mustaqil ravishda o’zini parvarishlaydi va o’zi xaqida g’amxo’rlik qiladi, ya`ni o’zi-o’zini parvarishlash orqali hayot kechiradi, shuningdek hayot faoliyati va salomatligini ta`minlaydi.Salomatlik – bu o’z-o’zini parvarish qilish hususiyati. Nosalomatlik - bu o’z-o’zini parvarish qila olmaslik hususiyati.Hamshiralik ishi inson o’zi mustaqil ravishda amalga oshira olmaydigan jixatlarni to’ldirishga yordam beradi va shu orqali kasallik va buzilishlarga qarshi, shuningdek, sog’ayish uchun chora-tadbirlar qo’llashga hamjihatlikda xarakat qiladi. Xalqaro Hamshiralar Assotsiatsiyasi bo’yicha ta`rif (1973yil) Shifoxona hamshirasining vazifalari – salomatlikni yaxshilash va kasalliklarni oldini olish maqsadida turli sharoitlarda parvarish rejasini tuzish, amalga oshirish va baxolash, shu bilan bir qatorda sog’liqni saqlash komandasi a`zo sifatida ishlash. JSST uyushmasining ekspertlari «Hamshiralik ishi» tushunchasiga quyidagicha ta'rif bergan: «Hamshiralik ishi bu insonlar urtasida munosabatning amaliyotidir, tibbiy hamshira esa, xar bir bemorni individual shaxs sifatida urganib, kasallik tufayli ularda yuzaga kelgan extiyojlarni aniklay bilishi lozim».
Do'stlaringiz bilan baham: |