Hamshiralik ishi 4ta asosiy tushunchaga tayanadi: bemor,hamshiralik ishi , atrof-muxit va jamiyat, salomatlik.Bu tushunchalar kuyidagicha izoxlanadi:Bemor- bu hamshira parvarishiga muxtoj bo’lgan va shu parvarishni olayotgan inson.Hamshiralik ishi- uzgaruvchan sharoitda mavjud va keyinchalik tugilishi mumkin bulgan salomatlik muammolarini xal kilishga qaratilgan tibbiy parvarishning bir qismi, maxsus kasbiy faoliyat, fan va san'atdir.Atrof- muxit- inson xayotiga ta'sir etuvchi tabiiy, ijtimoiy, ruxiy omil va kursatgichlar majmuasi.Salomatlik- atrof-muxit bilan shaxs xayotining boglikligi, shu muxitga insonning moslashuvi natijasi. Inson tugilganidan to xayotining oxirigacha xamshiralik ishiga muxtoj bo’ladi. Shu bois xam bu ish davomli va ko’p qirralidir. Hamshiralik ishi butun dunyoda bir xil rivojlangan «Shifokorga yo’naltirilgan hamshiralik parvarishi»dan «Bemorga yo’naltirilgan hamshiralik parvarishi»ga o’tish Xalqaro Hamshiralar Assotsiatsiyasidagi o’zgarishlar:1965 yilgacha: «Hamshira shifokor ko’rsatmalarini aqlan va va fodorlik bilan bajarishi lozim»1973 yildan: «Hamshiraning asosiy ma`suliyati – bemor uchun ishlash» Shifokorga yo’naltirilgan hamshiralik parvarishi Hamshira eng avval shifokor oldidagi javobgarlikni his qiladi .Ilgari hamshira faqat shifokor buyurtmalarini vijdonan bajarar edi. Hamshiraning qarashlari shifokor tomonga qaratilgan, u bemorni ko’rmaydi.Hamshira mustaqil hech narsani hal qilmaydi, hamma narsani shifokor hal qiladi.Shuningdek, hamshira mutaxassis emas, balki shifokorning yordamchisidir.Hamshirada quyidagi sifatlar mujassam bo’lishi kerak: e`tiborlilik, muloyimlik, kamgaplik, vijdonlilik. Bemorga yo’naltirilgan hamshiralik parvarishi.Hamshira eng avval bemor oldidagi javobgarlikni his qiladi.Hamshira mustaqil ravishda yana bir bor shifokor ko’rsatmalarining bemorga mosligini tekshirib ko’radi.Agar ko’rsatmalar mos kelmasa, shifokor bilan maslahatlashishi kerak.Agar parvarish bemorga yo’naltirilmagan bo’lsa, hamshirani mutaxassis deb aytib bo’lmaydi. Hamshiralik ishi bo’yicha kasbiy bilimlarga ega bo’lish .Bemorni alohida bir shaxs sifatida tushunish xususiyati.Sezgirlik, qaror qabul qilish, ziyraklik, shifokorlar bilan muloqot qila bilish, jasurlik, tinmay o’rganish va o’z ustida ishlashga intilish .Naytingeylning fikrlari (100 yil oldin)“Agar kimdir bemorning qiziqishlariga zarar etkazishga xarakat qilsa, hamshira o’z bilimlariga asoslangan holda qat`iyan bemorning qiziqishlarini himoya qilishi kerak”.
100 yil oldin Naytingeyl tomonidan shunday fikr bildirilgan bo’lishiga qaramasdan, xanuzgacha ayrim joylarda shifokorga yo’naltirilgan parvarish modeli mavjud. Hamshiralik ishining mustaqil kasb sifatida rivojlanishiga rus olimi N.I.Pirogov,Shveysar yozuvchisi Anri Dyunan, angliyalik hamshira Florens Naytingeyl ham o’z xissalarini qo’shgan. XIX asr o’rtalarida Nikolay Ivanovich Pirogov (1819-1881) Rusiyada hamshiralar uyushmasiga asos solindi. Peterburgda xayr-ehson tashkilotlari mablag’ hisobiga shavqat hamshiralari uyushmasi tashkil etildi. 1853-1856 yillarda ya’ni qirim urushida 20-nafar shavqat hamshirasi Pirogov boshchiligida jang maydoniga kirib yaradorlarga yordam berishgan. Va shu bilan halqning hamshiralik ishiga bo’lgan muhtojligini ko’rsata olgan. XIX -asrda Evropa mamlakatlarida hamshiralik ishini rivojlanishida angliyalik buyuk inson Florens Naytingeyl (1820-1910) muxim rol uynadi. Florens Naytingeyl Florentsiya (Italiya) da aristokratlar oilasiga dunyoga kelib, uz davri ayollari orasida yukori bilim va saviyaga ega bulgan. Usha davrda bemorlarga yordam berish va parvarish qilish oliy tabakali ayollarni ishi hisoblanmagan bulsa ham F. Naytingeyl bor kuchini bemorlarga yordam berishga karatgan. U 1851 yili Germaniyada pastor F.Flenderning xamshiralar uyushmasiga kirib ukib, xamshira ma'lumotiga ega buladi va ukituvchilar kasalxonasiga ishlay boshlaydi.Londondagi vabo kasalligi epidemiyasida kasalxonada jasorat kursatadi. Uning nomi el nazariga tushadi. Unga kirollik kasalxonasida ishlash taklif etiladi. Angliyadagi urush tufayli uning rejalari buziladi.Urush vaktida Angliya armiyasi xarbiy tibbiy xizmatning yomon tashkil etilganligi tufayli kup talofatlar kuradi.Bu paytda xarbiy Vazirlikka volontyorlar(kungillilar) otryadi ishini ishonib topshirish uchun tajribali odam zarur edi. Bu odam F. Naytingeyl bulib chikdi. U yuragida uti bor kungilli 38 ta ayollar bilan xarbiy gospitalga, Skutariyaga (Turkiya) boradi. U erda ularni chirib ketgan iflos baraklar, bit, sirkalar bosgan kurpa tushaklar, yokilgi, kiyim kechaklar, boglov materiallari takchilligi kutardi. 2000 ta yaralangan soldatlar chirigan taxtalarda, vabo, ich terlama kasalliklari bilan kasallangan bemorlar bilan aralash yotardilar. Florens va uni safdoshlari bunga karshi ish olib borib, sanitariya amaliyotini tatbik etdilar. Ular ulim kursatgichini 42 % dan 2 % ga tushirdilar. Urushdagi xizmatlari uchun F.Naytingeyl yanada mashxur buldi. Ona yurtida ulkan kema uning nomi bilan ataldi. U urushdan sung xamshiralar tayorlash masalasida kup makolalar va kitoblar yozdi. U 1880 yilda Londonda avliyo Foma kasalxonasi koshida xamshiralarni sinash maktabini ochdi. Shuning uchun xam Buyuk Britaniya ayollari orasida Florens Naytingeylning obrusi juda xam baland edi. Florens 90 yoshida vafot etdi. Har yili 12- may Florens Naytingeyl tugilgan kuni, uning xotirasi uchun «Xamshiralar kuni» sifatida nishonlanadi. Dunyoda kupgina tibbiyot maktablari uning nomi bilan ataladi.
Sharqning mashxur tabibi, qomuschi olim Abu Bakr Muxammad ibn Zakiriyo ibn Yaxyo Ar-roziy (865-925) tabobat sohasida uz davrining Jolinusi (Galeni) sanalgan, falsafa, riyoziyat, kimyo sohasida yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan va 30 yoshida Bog’dod shaxrida tibbiyotni o’rganishga kirishgan.Ar-Roziy bir qancha vaqt mobaynida Ray-Bog’dod shifoxonalarini boshqargan.Uning tabobatga oid 36ta asari bizgacha etib kelgan. Ar-Roziyning eng muhim asarlaridan biri «Tibbiyotga oid bilmlar majmui», «Mansurga bag’ishlangan tuplam», «Chechak va qizamiq haqida kitob »lardir. Ar-Roziy chechakga qarshi emlash kerakligi haqida birinchi bo’lib fikr bildirgan.U jarroxlikda birinchi bo’lib qo’y ichagidan tayyorlangan ip (ketgut)dan foydalangan.Ar-Roziyning «Bolalar kasalliklari» kitobi e’tiborga loyiqdir va uning kitoblari ham, Buqrot, Galin va Ibn sinoning kitoblari qatoriga ko’pgina dorilfununlarda darslik sifatida qo’llanib kelmoqda
Abu-Ali Ibn Sino (980-1037) yilda Buxoro shaxri yaqinidagi Afshona qishlog’ida amaldor oilasida tug’ilgan. U Buxoro shaxrida avvalo Qur’on va adab ilmini oladi. Ibn Sino 10 yoshga yetmasdan barcha darsliklarni o’zlashtirib oladi. Arifmetika va algebra bilan shug’illanadi. Uyida Abu Abdullox an-Notimiy raxbarligida mantiq, giometriya, astronomiya fanlarini xususan tabobatni sevib o’rganadi. Undagi tug’ma istedod va mexnatsevarlik darslarini oson uzlashtirishga imkon bergan.Tib ilmida u juda komil topdi. 17 yoshda Buxoro xalqi orasida moxir tabib sifatida tanildi.Samoniylar davlatining boshlig’i Nur ibn Mansur kasal bo’lib qoladi, saroy tabiblari uni davolashga ojizlik qiladilar. Buxoroliklar Ibn Sinoni saroyga amirni davolashga taklif qiladilar.Bemor tez fursatda oyoqqa turadi. Buning evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanishga ega bo’ladi. Bu kutubxona Yaqin sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan biri sanalar edi. Ibn Sino 1010 yilda Xurosonning Gurgon amirligida xizmat qiladi. Gurgonda «Tib qonunlari» asarining 1-kitobini yozishga kirishadi. U kulanj (kolit) kasalligiga chalinadi, kasalliuk zo’rayib, uni tutqanoq tutadigan bo’ladi. Shu darddan 1037 yili 57 yoshida Xomadonda vafot etadi. Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari » kitobi haqida:Ibn Sino 450 dan ortiq qimmatli asarlar yaratgan bo’lib, zamonlar o’tishi bilan faqat 242 ta asari saqlanib qolgan. Mana shu asarlarning 43 tasi tabobatga oiddir. Ibn Sinoning tibbiyotga oid eng yirik asari umuman uning ijodidagi shox asari «Tib qonunlari»dir. Tib qonunlari besh kitobdan iborat:Birinchi kitob –tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari.Ikkinchi kitob-Dori-darmonlar xaqida zaruriy ma’lumotlar.Uchinchi kitob-Kasalliklar haqida bo’lib «Xususiy patalogiya va terapiya»ga bag’ishlangan.To`rtinchi kitob-Kishi a’zolaridan birortasiga aynan xos bo’lmagan umumiy kasalliklar ta’riflanadi.Beshinchi kitob-Farmokopiya bo’lib, unda murakkab tarkibdagi dori darmonlar tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |