Sxema: Hamshiralik ishida salomatlik ta’rifi
Jismoniy
Ijtimoiy
Ruhiy
Ruhiy
2) Hamshiralik ishining roli
Hamshiralik ishi insonlar sog`lig`i uchun ma’suldir» (F. Naytingeyl)
O Hamshiralik ishi va salomatlik
«`zini sog`lom his qiladigan insonlarga nisbatan
Xavf omillari haqida tushuntirish, sog`liqni yaxshilash va saqlab turish bo`yicha yo`riqlar berish.
Salomatlik bo`yicha suhbatlar olib borish, muntazam tibbiy ko`rikdan o`tishni maslahat berish, chunki inson o`zini sog`lom hisoblasada, kasallikning yashirin xavfi mavjud bo`ladi.
Kasalligi mavjud insonga nisbatan
Kasallikni yengish usullarini tushuntirish va yanada to`laqonli hayotga erishishida yordam berish, chunki A. va B. xonimlar misolida ko`rganimizda bitta kasallikda odamlar sezadigan tuyg`ular juda kuchli farq qiladi.Konsepsiya: parvarish, davolash, kasalliklar profilaktikasi
Parvarish:«Parvarish» tushunchasi 2 xil ma’noga ega: 1. Parvarish qilish: hamshira bemor o`rniga gigiyenik muolajalarni baja-radi, dori vositalarini yuboradi, fiziologik yozilishlarni amalga oshirish bilan bog`liq muolajalarni bajaradi(bemorning o`zi mustaqil bajara ol-maydi)2. G`amxo`rlik: bemor o`z fikrlari va his-tuyg`ulari bilan hamdardla-shish uchun unga ko`nglini ochishda yordam beradi, bemorni diqqat bilan tinglaydi, uning reaksiyalarini kuzatadi va h.k. Boshqacha qilib aytganda, bemor bilan o`zaro hurmatga asoslangan muomalani o`rnatadi.Hamshiraga bemorni parvarish qilish va unga g`amxo`rlik ko`rsatish uchun hamshiraga quyidagilar zarur: Bilim: hamshiralik ishi sohasidagi mutaxassislik bilimlari, shuningdek bemorni yaxshi tushunish.Sezgirlik: bemorni inson sifatida tushunish uchun , shuningdek uning ayni paytdagi holatini tushunish uchun sezgirlik lozim.Davolash.Bu kasallikni shifokor, hamshira va bemor hamkorligida davolash jarayonidir. Kasallik simptomlari yo`qolsa va bemor sog`lig`ini qaytarsa-gina kasallik davolangan hisoblanadi. Biroq, hamma kasallikni ham davo-lab bo`lmaydi, masalan; OITS, saraton va boshqalar. Kasalliklar profilaktikasi 3 xil darajadagi profilaktika mavjud: Birlamchi profilaktika: salomatlikni mustahkamlash, profilaktik emlashlar yordamida kasallikning oldini olish va boshqalar. Ikkilamchi profilaktika: kasallikning boshlang`ich davrida simptom-larni aniqlash va davolash yo`li bilan ularning rivojlanishining oldini olish. Uchlamchi profilaktika: to`g`ri davolash yoki reabilitatsiya chora-tadbirlari yordamida kasallik oqibatlarini yengish va oldini olish.O`zbekiston Respublikasi aholisining salomatlik ko`rsatgichlari va tendensiyalari O`zbekiston Respublikasi aholisining sog`lig`i holatidagi ko`rsatgichlar har yili davolash-profilaktika muassasalaridan yig`ilgan statistik ko`rsatgichlar bo`yicha aniqlanadi. Kasalliklarning asosiy sinflari bilan kasallangan bemorlar ko`rsat-gichlari(hayoti davomida birinchi bor kasal bo`lgan bemorlar, 100 000 aholiga nisbatan):
Do'stlaringiz bilan baham: |