Qism 6 : Turli xil kasalliklarda bolalar va ular oilasi bilan bo’ladigan hamshiralik parvarishi.
Mavzu : 6.12. OITS va virusli gepatitlarda bolalar va ular oilasi bilan bo’ladigan hamshiralik parvarishi.
Jami soatlar 2 soat.
Dars rejasi :
1. OITS va virusli gepatit yuqumli kasaligiga tushuncha berish.
2. Viruslar va gepatitda bolalar va ular oilasida bo’ladigan hamshiralik parvarishi.
3. OITS kasalliklarida bolalar va ular oilasi bilan bo’ladigan hamshiralik parvarishi.
Ma’ruza matn tarkibi:
6.12.1. Virusli gepatit ta’rifi, etiologiyasi simptomlari, tashxisoti, davosi, hamshiralik parvarishi.
Zarar keltiruvchi organizmlar ya’ni viruslar, bakteriyalar, gepatotoksik moddalar, turli xil invaziyalar, gemodinamikasini buzilishi, yog’li infiltratsiyasi, autoimmun reaksiya natijasida jigarda jigar hujayralarini nekrozi va degenerativ o’zgarishlar vujudga keladi. Bu holatlarda organism javob reaksiyasini qaytarsa, mononuklear hujayralarning infiltratsiyasi kuzatiladi – bu holat esa gepatit deyiladi. Virusli gepatit bu – jigar faoliyatini virusli infeksiya ta’sirida buzilishi va yallig’lanishidir. Virusli gepatit 5 turga bo’linadi: A; B; C; D; va E; Yaqinda yangi G tipi aniqlandi va TT tiplari aniqlandi. Bolalar asosan virusli gepatitni A;B;C tiplari bilan kasallanadilar.
1) Virusli gepatit A
(1) Ta’rifi.
Virusli gepatit A chaqiradigan jigar faolyatini buzilishi va yallig’lanishidir, ko’p bolalarda gepatit A virusiga qarshi antitelolar yo’q, shuning uchun ular osongina kasallanadilar va sanitariya oqartuv ishlarining yetarli emasligi tufayli, kasallik osongina tarqaladi.
(2) Etiologiya
Virusning ko’p miqdori bemor bolani axlatida bo’ladi, shuning uchun virus ifloslangan suv va oziq – ovqatlar orqali tarqaladi, oila ichida yengilgina tez tarqaladi. Shuningdek muassasa va umumyashash joylarida ham. Ichimlik suvi yo’q joylarda, suv orqali ikkilamchi infeksiyani ham tarqalishi kuzatiladi.
(3) Simptomlari
Inkubatsion davr 15-45 kunni tashkil qiladi. Avvaliga isitma, qorinda og’riq, sarg’ayishi, siydikning qizarishi, bir necha kundan so’ng axlatning oqarishi va axolik steatoriya kuzatiladi. Shuningdek yengil shakllari ham uchraydi, bunda ichaklarda yengil buzilishlar bo’ladi va klinik simptomlar kuzatilmasligi mumkin. Bolalik davrida gepatit “A” yengil kechadi, sarg’ayish kuzatilmasligi mumkin, shuning uchun yuqori nafas yo’llarini yallig’lanishi yoki oshqozon ichak trakti kasalliklari bilan adashtirish mumkin. Asosan ko’krak va maktabgacha bo’gan davrda kasallik simptomsiz kechishi mumkin, bunda bola doimiy immunitetga ega bo’lishi mumkin
( subklinik infeksiya). Jigar faoliyati asosan 2-3 hafta mobaynida normallashadi. Ba’zan pnevmoniya, plevrit, anuriya, kabi simptomlari, mielit gemolitik anemiya, qon ketishlarga moyillik, siydikdagi o’zgarishlar kabi asoratlar kelib chiqishi mumkin.
(4) Tashxisoti
Qon tahlilida alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, laktatdegidrogenaza va bevosita bilurubinni oshishi kuzatiladi. Tashxis virusli gepatitga qarshi antigen va antitelo aniqlanganda qo’yiladi. Qon tahlilida A IgM antitelolari musbat bo’ladi.
(5) Davosi
Infusion davo va medikamentoz davo vitaminlar bilan birgalikda olib boriladi. Bemor holati og’irlashsa, yoki fulminant gepatitga aylansa, kasallik kechishni kuzatish kerak shu bilan birga protrombin vaqtiga va gepoplastin testiga e’tibor beriladi. Bemor bilan kontaktda bo’lganlarga va uning oilasiga gamma-globulin yuboriladi.O’tkir gepatit: O’tkir gepatitni fulminant gepatitga o’tib ketishi mumkinligini hisobga olgan holda es-hushning buzilishiga, qon ketishga moyilligi, giperammoniemiya, elektroensefalogrammadagi o’zgarishlarga e’tibor berish kerak. O’tkir davrda 5 %li glyukoza, vitamin kompleksi bilan (200-400ml) tarkibi glisirizin bo’lgan preparat har kuni 2 soatdan (2-2.5ml/kg) yuboriladi. Jigar faoliyati tiklanishi bilan glisirizin (stronger neominofagen S) yuborilishi kamayadi. Qabziyat giperammoniyemiyani kuchaytiradi shuning uchun ich suruvchi preparatlar yuboriladi va so’rilmaydigan antibakterial modda (Kanamycin sulfate) og’iz orqali beriladi.
Fulminant gepatit holatida jigar faoliyatini buzilishi 6 oydan ko’proq davom etadi, bunda aminokislotalar infuziyasi, qon va plazma qo’yish, yaxshi natija berish usuli bu jigarni qayta qo’yish (peresadka) usulidir.
(6) Hamshiralik parvarishi.
1- O’zgarishlarni erta aniqlash va kuzatish: Tahlillar yuqori ko’rsatkichni ko’rsatsada, kasallik kechishi simptomsiz bo’lishi, ba’zan fulminant shaklga o’tishi mumkin, buning uchun kasallik kechishni diqqat bilan kuzatish lozim.
2- Yotoq rejimi : jigarda qon aylanishi kuchayadi, Glyukoza ishlab chiqarishi oshadi, laktatdegidrogenaza miqdori kamayadi.Shuningdek yotoq rejimida jigar hujayralarining tiklanishi tezlashadi., fulminant gepatit oldi olinadi. Ovqatlangandan keyin 1 soat mobaynida bemor yotoq rejimiga rioya qilishi kerak. Yotoq rejimida bola ovqatlanish va fiziologik ajralmalarni ajratish vaqtidan tashqari doim yotoq rejimida bo’ladi, og’riqdan chalg’itish uchun bolaga yotoqda o’ynashi mumkin bo’lgan o’yinlar tavsiya qilinadi.
3- Ovqatlanish nazorati : jigar hujayralarini tiklanishini ta’minlash maqsadida yuqori kaloriyali oqsilga boy parhez taomlar buyuriladi. Ovqat shaklini bemor yoshi va holatiga qarab tanlanadi. Tana massasini har kuni o’lchab turish ovqatlanish holati va organizmga suyuqlik hajmini ko’rsatkichlarini ko’rsatib turadi.
4- Infeksiya yuqishini oldini olish.
a) Bemorni inkubatsion davr (2-6 hafta) mobaynida va 1-2 hafta kasallik aniqlangandan keyin izolyatsiya qilish. Izolyatsiya vaqtida bemor o’zini bezovta va yolg’iz his qilishi mumkin, shuning uchun bemorni holatini ruhan ko’tarib turish kerak.
b) Qo’lini doimiy yuvishga majburlash
c) Kontaktda bo’lgan narsalarni yoqib tashlash, qon, qusuq moddalari va boshqa ajratmalarni darxol yo’q qilish lozim.
d) Bemor ishlatadigan idishlar bir martali bo’lishi lozim.
e) Ovqatlanishni buzilishi natijasida immunitet tushib ketishni oldini olish, yuqori nafas yo’llari infeksiyasini oldini olish, oshqozon ichak trakti, teri kasalliklarini oldini olish uchun doim teri ozodaligiga e’tibor berish lozim.
f) Ko’krak va maktab yoshidagi bolalar doimo o’yinchoqlarni og’zilariga soladilar, shuning uchun doimo kravat xxxxx artish va boshqa narsalarni doim tozalikda saqlash lozim.
g) Ich surganda doim tagliklarni almashtirish . Dumba va ostini doimo yuvish, toza va quruq saqlash lozim. Agar vanna qabul qilish iloji bo’lmasa, dumba va ostini yuvib turish kerak.
5- Qon ketishini oldini olish : Qon ivish faktorlarini kamayishi ( fibrinogen) qon ketishga moyillik oshadi, shuningdek oshqozon kislotasining ishlab chiqarilishini kamayishi, oshqozonda mikrosirkulyatsiya buzilish hisobiga oshqozon ichak traktida ham qon ketishlar kuzatilishi mumkin. Qon ketishi mumkin bo’lgan sohalarni kuzatish, qon tahlillari natijalarini nazorat qilish shu bilan qon ketishini olidini olish va qon ketganda yordam berishga tayyor turish kerak. Terini jarohatlash va qon ketishini oldini olish uchun tirnoqlarni doim kalta qilib olish kerak.
6- Oilaga yordam : bolani gospitalizatsiya qilayotganda yaqin qarindoshlarini shubha gumonlarini va bezovtalanishini oldini olish kerak, bola holatini kuzatish , qarindoshlari ruhiyatini o’zgarishini kuzatish, ular bilan birgalikda harakat qilish kerak. Turli xil tekshiruvlar va muammolar vaqtida qarindoshlariga tushuntirish kerak bo’ladi. Shifokor tushuntirayotganda hamshira ham ishtirok etadi va oilaga hamma narsa tushunarlimi tekshiradi. Agar ularda bezovtalanish shubha paydo bo’lsa, kerakli qo’shimcha ma’lumotlar beradi. Bemor ahvoli yaxshilangach va stabil holatga kelgach uyiga javob beriladi. Bundan oldin hamshira bemor hayot faoliyatiga tegishli kun tartibini tushuntirib beradi.
2) Virusli gepatit B.
(1) Ta’rif: Jigar faoliyatini gepatit B ta’sirida buzilishi va yallig’lanishi
(2) Etiologiya
Qon muammolari bilan ishlagada qon quyganda filminant gepatit yuz berishi mumkin. Kasallik virus tashuvchilardan onadan bolaga va insident holatlarda igna bilan qo’lni sanchib olganda yuqishi mumkin.
(3) Simptomlari:
Inkubatsion davr 1-6 oyni tashkil qiladi. O’tkir gepatitni surunkali gepatitga o’xshash holatlari ko’p uchraydi. Shuningdek jigar sirrozi va jigar hujayra raki rivojlanishga ham sabab bo’lishi mumkin.
(4) Tashxisoti
Virusli gepatit B ga qon tahlilida musbat Hbs, Hbe, HBc antigenlari aniqlaadi. Hbs atitelolarini pozitiv serokonversiyasi ( virusga qarshi ta’sir qiladi). Virus yo’q bo’lishiga ta’sir qiladi. Yuqorida ko’rsatigan virusli gepatit A simptomlariga qo’shimcha ravishda gepatit “B” da surunkali shaklga yoki jigar sirroziga o’tishi mumkin. Bunda qon tahlilida xolinesteraza ko’rsatkichining kamayishi gamma globulin miqdorining oshishi, alfa fetoprotein ishqoriy fosfataza va gamma- glutamiltranspeptidaza (GTT) miqdorining oshishi kuzatiladi. Kasallikning keyingi bosqichlarida gipoalbuminemiya va xolesterinni pasayishi kuzatiladi.
(5) Davosi.
Glissirizin (stronger neominophagek) saqlovchi preparatlar va interferon bilan davolanadi 60% hollarda bolalarda surunkali gepatit B da jigar hujayralari qayta tiklanadi va HBe antigenini pozitiv serokonversiyasi kuzatiladi.
(6) Hamshiralik parvarishi
Hamshiralik parvarishiVg “A” da o’xshash lekin bu yerda quyida keltirilgan infeksiyalarni oldini olish chora tadbirlarini hisobga olish kerak.
1- Qon bilan infeksiya manbai singari munosabatda bo’lishi kerak :
a) Igna bilan munosabat : Qalpoqsiz ignani qoldirmaslik. Ishlatilgan ignani maxsus idishga tashlash kerak, infeksiya tarqalishini oldini olish uchun.
b) Tanaga qon tushishini oldini olish : Infaziv muolajalar va qon tahlillarida qo’lqop bilan ishlash shart. Suv o’tkazmaydigan fartuk taqish, himoya kiyimlari niqob va boshqalarni kiyish, ko’zni saqlash uchun himoya ko’zoynagidan foydalanish kerak.
c) Vg “B” da qarshi vaksinatsiya o’tkazish : Hbs antigen va antitelo musbat bo’lganda, ilgaridan vaksina qilinadi va immunitet mustahkamlanadi.
2- Virusli gepatit “B” da dizenfeksiya usuli :
a) Teri bilan kontaktda : qo’l va barmoqlar bilan kontaktda bo’lganda suv oqimida qo’llarni yaxshilab yuvish, so’ngra 0.1% li, natriy gepoxlorid eritmasiga botirib olinadi. Ko’zga yoki og’izga sachraganda yaxshilab yuvib tashlash kerak.
b) Tibbiy jihozlar ishlatilgandan keyin darhol yuviladi, kerakli usul bilan dizenfeksiya qilinadi – bu termik ishlov berish, himikatlar bilan ishlov berish yoki gazli sterelizatsiya bo’lishi mumkin.
3- Pozitiv HBs antigen bilan kontaktda bo’lgan buyumlarga ishlov berish
Agar zararlangan igna sanchilsa, jarohatdan darhol qonni siqib chiqarish va oqar suvda yuvish kerak. Mahalliy yuvish virus miqdorini kamaytirish uchun juda samarali hisoblanadi.
4- Virusli gepatit B va S da bemorlarni gospitilizatsiya qilishga ko’rsatma
a) Izolyatsiya o’tkazilmaydi
b) Bemor ishlatgan buyumlarni alohidalash shart emas.
s) Fiziologik ajralmalardan keyin bemor albatta qo’llarini yuvish lozim.
d) Gigiyenik muolajalarni chegaralashga hojat yo’q. Agar qon kiyimga tushsa, infeksiya boshqalarga o’tmasligini oldini olish.
e) Turli xil predmetlar, o’yinchoqlar, jurnallar, kitoblar va boshqa jihozlar qon bilan ifloslanmagan bo’lsa, mahsus munosabatda bo’lish shart emas.
3) Virusli gepatit S
(1) Ta’rifi
Virusli gepatit S chaqirgan jigar funksiyasining buzilishi va yalig’lanishi.
(2) Etiologiyasi
Qon muolajalarida, qon quyilganda fulminant gepatit yuzaga kelishi mumkin. Kasallik virus tashuvchilardan, onadan bolaga igna sanchilganda yuqishi mumkin.
(3) Simtomlari:
Inkubatsion davr 15-150 kun, muammo shundaki, qon quyilgandan keyin bemor virus tashuvchi bo’lib qoladi. Virusli gepatit S bilan yoki uchta moda o’zgaruvchan harakterga ega bo’lishi mumkin ( jigar funksiyasi faoliyati doimo o’zgarib turdi. Ko’rsatkichlari bir oshadi, bir pasayadi). Ko’p fazali holatlarda ( ya’ni jigar faoliyati ko’rasatkichlari doim yuqori bo’lganda) kasallik surunkali shaklga o’tadi. Bolalarda virusli gepatitni oldini olishni aniq usullari yo’q.
(4) Tashxisoti
Uchinchi avlod jismida antitelolarga bo’lgan pozitiv reaksiya, shuningdek, bemor qon zardobida virusning RNK si aniqlansa. Virusni qancha miqdordaligini aniqlash va genotipini bilish kasallik harakterini tushinishga va davolashni samarali usulini topishga yordam beradi.
(5) Davosi
Effektiv vaksina yo’q. Odatda 4 hafta mobaynida alfa interferon 100 mig xb/kg, surunkali shaklida 6 oy mobaynida haftasiga 3 marta dori qabul qilinadi. 50% hollarda surunkali gepatit S da virus RNKsi ijobiy natija beradi. Interferon qabul qilganda isitma va shamolash kabi nojuya ta’sirlar kuzatiladi, lekin o’z vaqti davomida preparatni qabul qilinganda nojuya ta’sirlar kamayadi. Bundan tashqari sochning to’kilishi, depressive holat, AB pasayishi, auto immun terioidet, nifrotik sindrom va h.k.z. kuzatilishi mumkin.
(6) Hamshiralik parvarishi
Hamshiralik parvarishi virusli gepatit A va B ga o’xshash .
4) Virusli gaepatit D.
(1) Ta’rif
“D” virusi chaqirgan gepatit ya’ni jigar faoliyatini buzuliishi va yallig’lanishi.
(2) Etiologiya
Infeksiyalanish virusli gepatit B bilan birga yoki B virusini tashuvchi bemordan o’tishi mumkin.
(3) Simptomlari
Inkubatsion davri gepatit B bilan bir xil,o’rtacha 30-80 kunni tashkil qiladi.
(4) Tashhisoti
Gepatit “B” bilan bir xilda
(5) Davosi
Gepetit B bilan bir xil.
(6) Hamshiralik parvarishi
Hamshiralik parvarishi virusli gepatit A va B bilan o’xshash.
5) Virusli gepatit “E”
(1) Ta’rif
Virusli gepatit E chaqirgan jigar faoliyatining buzilishi va jigarning yallig’lanishi
(2) Etiologiyasi
Og’iz orqali kontaktda bo’lgan predmetlar va qaynamagan suv orqali yuqadi va o’tkir gepatit kelib chiqadi.
(3) Simptomlari
Inkubatsion davr 15-60 kunni tashkil qiladi. O’tkir gepatit simptomlaridan tashqari isitma, bosh og’rig’i, tomoqda og’riq va h.k.lar kuzatiladi. Asosan kattalarda uchraydi va 10% homiladorlar shu kasallik bilan kasallanadilar, rivojlangan mamlakatlarda fulminant gepatitdan o’lib ketadilar.
(4) Tashhisoti
Gepatit “A” bilan bir xilda.
(5) Davosi
Gepatit A bilan bir xil
(6) Hamshiralik parvarishi
Hamshiralik parvarishi virusli gepatit A va B ga munosib.
6.12.2.
OITS infeksiyalari – ta’rif, etiologiya, simptomlari, tashhisoti, davosi, hamshiralik parvarishi.
(1) Ta’rif:
OITS virusi chaqirgan kasallik bo’lib,qayta transkriptazali, ikki ipli RNK saqlovchi petrovirusdir. Kasallik yuqqandan so’ng o’lgunicha virus ko’payadi va oxir oqibat o’rttirilgan immun tanqislik sindromi rivojlanishiga (SPID) olib keladi.Spontan davolanmaydi
(2) Etiologiyasi
Bolalarda infeksiya asosan onadan o’tadi, infeksiya yuqish yo’li homila ichida,tug’ruq yo’llari orqali,ona suti orqali yuqishi mumkin. Virus hujayralarini CD 4+ retseptorlari orqali (bundan tashqari (SSR va SHSR 4 ikkilamchi retseptorlari ham mavjud).T limfositlar va makrofaglarni bir qismi qayta DNK transkriptaza bilan ta’sirlanib retsipient genomi tarkibiga provirus sifatida kirib oladi. Hujayra bo’linish davrida juda ko’p miqdorda OIV hosil qiladi va nobud bo’ladi, natijada CD4+ limfositlar soni pasaya boradi. Infetsirlangan limfatik tugun to’qimalari va boshqa to’qima hujayralari apoptoz holatiga tushadi. OIV organizmga tushgach bir xil tezlikda 10-12 nusxada ko’paya boradi. Hosil bo’lgan viruslar qolgan CD4+ limfositlarni shikastlaydi va ularni bir yarim kun mobaynida nobud qiladi. Limfositlarni nobud bo’lishi ularni hosil bo’lishidan yuqori bo’lib CD4+ limfositlar miqdori kamayib ketadi. CD4+ limfositlar miqdorining kamayishi, limfatik tugunlar strukturasining buzilishi immunitet buzilishiga olib keladi. Immunitet pasayishi va yetishmovchiligi shartli patogen (opportunistic) infeksiyalar opportunistic o’smalar rivojlanishiga sabab bo’ladi.
(3) Simptomlari
1. Otkir infeksiya davri : bemorlarning yarmida infesirlanishdan bir ikki hafta o’tgach isitma paydo bo’ladi Toshmalar, limfa tugunlarning kattalashishi va boshqa simptomlar.
2. Asimptomatik davr : bemor immuniteti virusga qarshi kuchayadi, lekin virus miqdori zardobda aniq bir nuqtaga yetgach, simptomsiz davr o’n yilgacha cho’zilishi mumkin, lekin virus kuchaya boradi va CD4+ limfositlar miqdori asta sekin pasaya boradi.
3. Avj olish davri ( SPIDni paydo bo’lishi) : Agar limfositlar miqdori 200mkl dan pasayib ketsa u holda shartli patagen infeksiya va o’smalar paydo bo’ladi. Agar davo o’tkazilmasa bemor 2 yil mobaynida SPIDdan keyin o’lim yuz beradi. Agar kasallik boladan onaga o’tgan bo’lsa, unda kasalik 2 tip boyicha : 1- erta – og’ir shakli bo’lib (bola toug’ilgandan keyin 12 oylikkacha shartli patogen infeksiya va o’smalar hosil bo’ladi, va bola 18 oylikkacha nobud bo’ladi), 2- sekin progressirlanuvchi ( asimptom yoki kam symptomni) davr 2-10 yil davom etadi, keyin shartli patogen infeksiya rivojlanadi.
Jadval 1
(4) Tashxisoti
1. Infetsirlangandan keyin 2 hafta mobaynida antitelolarni aniqlash iloji yo’q (negativ antielolar davri). Agar shu vaqtda zanjirli polimeraza reaksiyasini o’tkazsa, bu reaksiya 1 hafta mobaynida hech qanday aniq natija bermaydi.
a) Antitelolarga test : skrining uchun immunoferment analizi ( ElSA-inzyme immunoassay) , mikroaglyugunatsiya ( pa – partisli aglyunatination) va tekshirib ko’rish uchun VESTTERN – blot (western blot) o’tkaziladi. Bu yo’l bilan IgG antitelolari aniqlanadi, Lekin bu usul pozitiv OIV infeksiyali onalardan tug’ilgan chaqaloqlarda qondagi miqdori aniqlanadi.
2. Zararlangan onadan tug’ilgan chaqaloqlarda o’tkaziladigan tahlillar.
(1)-si bola to’g’ilgandan keyin minimum 48 soat ichida
(2)-si 1-2 oylikda
(3)-si Tug’ilgandan keyin 3-6 oylikda, albatta DNK PTSR qayta transkriptaza ( RT) ribonuklein kislota (RNK) reaksiyalari va OIV infeksiyasini kultivatsiya usuli bilan aniqlanadi. Agar bola 18 oylik bo’lganda
(1) IgG antitelolari negativ (manfiy) bo’lsa, va gipogammablobulinemiya kuzatilmasa,
(2) OIV infeksiya belgilari bo’lmasa,
(3) Virusologik tahlil negativ bo’lsa unda OIV infeksiyasini inkor qilsa bo’ladi.
3. Bolalarda OIV infeksiyasini monitoringi
Tashxis qo’yilgandan keyin darhol CD4 limfositlar miqdori o’lchanadi va har 3 oyda tekshirib turiladi.CD4 limfositlarning normadagi miqdori bolalik yoshiga bog’liq 2 chi tablitsiyaga qarang
Jadval 2
Shuningdek, OIV infeksiyasini ribonuklien kislotatasini kopiyasi miqdorini ham o’lchasa bo’ladi. Bolalarda kattalarga nisbatan virus miqdori ko’proq bo’ladi. Agar infesirlanish perenatal davrda bo’lsa, bola tug’ilgandan keyin viruslar miqdori past bo’ladi. Bola 2 oylikkacha tezda ko’payadi va 1 yoshga yetganda ko’payish tempi kuchayadi. Shuningdek bola 12 oylik bo’lguncha OIV virusini RNK si 299,000 nusxa mkldan oshib ketsa kasallik tez rivojlanuvchi hisoblanadi.
(5) Davosi
Erta pubertat davrida bolalarni davolash umumiy bolalarni davolash jadvali bo’yicha undan keyin kattalarni davolash jadvali bo’yicha o’tkaziladi.
1. OIV ga qarshi davolashni boshlang’ich davri hozirgi davrda davolashni boshlang’ich davri Amerika qo’llanmasida keltirilgan. 3chi jadvalga qarang
Jadval 3
Hammaga ma’lumki bola perenatal davrda infetsirlansa viruslar miqdori ko’p bo’ladi, shuning uchun immun tizimini buzilishini oldini olish mqsadida OIV ga qarshi darhol davoni boshlash kerak.
Agar davolash yaxshi natija bersa, virus miqdorini nazorat qilib turish kerak. Bundan tashqari immuniologik funksiyalar va klinik simptomlari kuzatiladi. Agar OIV ni RNK nusxasi 10000/mkl nusxadan oshib ketsa yoshiga qaramasdan davoni boshlasa bo’ladi, 2 yoshga borganda 5 marta 2 yoshdan keyin 3 marta ko’paysa davo boshlanadi. OIV ga qarshi davo o’tazilmaganda dorilarni qabul qilishni nazorat qilish kerak. Davo boshlashdan oldin bemor va uni parvarish qiluvchi odam bo’lishi kerak. Bunda dorilarni qat’iy qabul qilishni va dori qabul qilgandan keyin holatini kuzatish keraklig’i tayinlanadi.
2. Davoni tanlash usuli
Zidovudin organizm chidamliligini oshirgani uchun ko’krak yoshidagi bolalarga infeksiyani oldini olish maqsadida 6 haftalikkacha bo’lgan bolalarga qo’llasa bo’ladi. Infeksiya aniqlangach medikamintoz davoga, dorilar kompleksi qo’llaniladi.
(6) Hamshiralik parvarishi
1. Kuzatish: O’zgarishlarni erta aniqlash
2. Dori moddalarni qabul qilish: bemor o’z holicha dori qabul qilishni to’htatmaslik kerak
3. Ikkilamchi infeksirlanishni oldini olish. Immun faoliyatini pasayib ketishi natijasida – og’iz bo’shlig’i va nafas yo’llarini infetsirlanishini oldini olish kerak.
4. Kontaktda bo’lgan narsalarga ishlov berish va boshqalarga infeksiya yuqishini oldini olish
5. Sharoitni ta’minlash : ifloslangan kiyimlarni tozasiga almashtirish
6. Ovqatlanish
7. Kasallikka talluqli ma’lumotlarni bemor va uning oilasiga xabar berish
8. Bemor va uning qarindoshlarini ruhiyatini ko’tarishga yordam berish
Nazorat savollari.
1. OITS va virusli gepatit yuqumli kasaligiga tushuncha bering?.
2. Viruslar va gepatitda bolalar va ular oilasida bo’ladigan hamshiralik parvarishi haqida tushunchi?.
3. OITS kasalligi etiologiyasi,klinikasi,oldini olish va davosi haqida gapirib bering?
4.VICH ifeksiyasi haqila tushuncha bering?
Tayanch iboralar.
1.OITS-ortirilgan immun tanqisligi sindromi.
2.OIV-OITS ni chaqiruvchi virus.
3.Virusemiya-viruslarni qon tomirlarida aylanib yurishi.
4.Distrofiya-oziqlanishning buzilishi.
5.Inkubatsion davr-yashirin davr.
6.Forma № 63 emlash kartasi.
Uyga vazifa.
Internet tarmogidan foydalanib, . OITS va virusli gepatitlarda bolalar va ular oilasi bilan bo’ladigan hamshiralik parvarishi.
haqida ma’lumotlar yigish.Fan adabiyotlaridan foydalanib referat tayorlab kelish.Jihozlardan foydalanish, stentlar, slaydlar,tarqatma materiallar,rasmlar, adabiyotlar.
Mavzuga oid didaktik vositalar, slaydlar,tarqatma materiallar,rasmlar, adabiyotlar.
Texnik vositalar: kodoskop.
Fan bo’yicha adabiyotlar.
1.G.Jalilov. Bolalar kasalliklari va ularning anatomo-fiziologik xususiyatlari.
K.A.Svyatkina- Bolalar kasalliklari.
Qo’shimcha adabiyotlar.
1.X.Shodmonov.- Asab va ruhiy kasalliklari.
2.Pediatriya jurnali №2
3.Sihat salomatlik jurnali№4
Do'stlaringiz bilan baham: |