Uyga vazifa.
Internet tarmogidan foydalanib, Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bolalar va ular oilasi bilan bo’ladigan hamshiralik parvarishi haqida ma’lumotlar yigish.Fan adabiyotlaridan foydalanib referat tayorlab kelish.Jihozlardan foydalanish, stentlar, slaydlar,tarqatma materiallar,rasmlar, adabiyotlar.
Mavzuga oid didaktik vositalar, slaydlar,tarqatma materiallar,rasmlar, adabiyotlar.
Texnik vositalar: kodoskop.
Fan bo’yicha adabiyotlar.
1.G.Jalilov. Bolalar kasalliklari va ularning anatomo-fiziologik xususiyatlari.
K.A.Svyatkina- Bolalar kasalliklari.
Qo’shimcha adabiyotlar.
1.X.Shodmonov.- Asab va ruhiy kasalliklari.
2.Pediatriya jurnali №2
3.Sihat salomatlik jurnali№4
Elektron saytlar: w w w.ped ru/ Zdorov’e.
WWW.pedagog.uz
WWW.bilim.uz
WWW.referat.uz
WWW.ziyonet.uz
Mavzu: 6.6. Siydik ajratish tizimi kasalliklari bilan og’rigan bolalar va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi. Sistit. Pielonefrit. Glomerulonefrit. Nefroz.
Jami: 2 soat.
Tugallangan maqsad.
Turli analizlar uchun siydik yig’ilishlar siydikni umumiy taxlili. Zimnitskiy, Necheporenko bo’yicha turli yoshdagi bolalarda.
Qabul qilingan va ajratilgan suyuqlik miqdorini aniqlah
Arterial bosimni o’lchash va baholash
Bolalar o’rtasida siydik yo’llari kasalliklarini profilaktika ishlarini o’tkazish.
Situasion masala bo’yicha hamshiralik jarayonini o’tkazish.
Amaliy mashg’ulot tartibi.
6.6.a. Turli tekshirishlar uchun siydik yig’ish.
3,7. mavzu tarkibiga qarang.
Nicheporenko, Zimnitskiy bo’yicha taxlillarni hamshiralik ishi bo’yicha 6.7. mavzuga qarang.
Bolalarda siydik yig’ishni o’z hususiyatlari bor. Siydik ajratish a’zolarini tekshirishni boshqa aniq yangi usullariga qaramay siydikni tekshirish asosiy usul bo’lib qoladi va bolalarda buyrak kasalliklarini aniqlashda yordam beradi. Tekshiriladigan siydik natijasi sifatli bo’lishi uchun siydikni to’g’ri yig’ish kerak. Taxlil uchun siydikni erkin siydik ajratish vaqtida , katetr yordamida yoki siydikni o’rta porsiyasi katetrsiz olinadi. “O’rta oqim” usuli bolani shikastlamasdan va tashqi jinsiy a’zolaridan patologik ajralmalar tushmasdan yig’ish hisoblanadi, chunki birinchi va oxirgi porsiyalarida idishga tushadi.
Siydikni yig’ishdan oldin ona yoki kattaroqbola bilan nstruktaj o’tkaziladi. Shuningdek, ko’krak yoshidagi bolalarda rezinali alqa taglik, uning tagiga siydik yig;ish uchun idish qo’yiladi. Shuni unutmaslik kerakki. Siydikni olish va uni tekshirish orasidagi vaqt qancha kall bo’lsa shuncha aniq natija olish mumkin.
Agar sutkalik siydik yig’iladigan bo’lsa, har safar siydikdan oldin ostni yuviladi, yig’ilgan siydik yopiq idishda sovuq joyga qo’yiladi (holodinikda)
Bolalarda siydik ajratish tizimi kasalliklarida umumiy siydik taxlillarda siydik rangi, tiniqligi, nisbiy zichligi, leykositlarning oshishi (leykosituriya), eritrositlar (gematuriya), bakteriyalar ( bakteruriya) oqsil paydo bo’lishi (protenuriya) va silindlar 9silinduriya0 kuzatiladi.
6.6.b. ichilgan va ajratilgan suyuqlikni hisoblash suyuqlik balansini to’g’riligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Tagliklarni tortish usuli mavjud bo’lib, boshqa usullarni “asosiy hamshira ishi” ga qarang.
6.6.c. AB ni o’lchash va baholash..
Maqsad.
AB ni o’lchash orqali periferik qon aylanish haqida yurak hajmi, hamda bolaning salomatligi haqida ma’lumot olish mumkin.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda chap qoprincha to’liq yetmaganligi sababli AB past bo’ladi. Yoshga qarab yurak hajmi bilan birga AB ko’tariladi.
Kerakli jixozlar: simobli tanometr, fonendoskop (doner tanometr kerak bo’lganda)
Jadvalda soglom bola AB va manjet o’lchami ko’rsatkichlari ko’rsatilgan
Jadval.
Diqqat qilish punktlari.
Bola yig’lagan vaqtida AB o’zgarishi mumkin, shuning uchun bolani tinchlantirib o’lchash kerak.
Bolani chalg’itirish uchun unga o’yinchoqlar berib uni tinchlantirish mumkin.
Fonendoskopdan foydalanganda AB ni Korotkov usulida o’lchanadi, sistolik bosimni pulsni palpatsiya qilish yo’li bilan tanometrdan foydalanib Donler usulida o’lchash mumkin.
O’lchashda bola yoshi hisobga olinadi, unga muolaja zarurligi va maqsadi tushuntiriladi.
6.6.d. Bolalar o’rtasida siydik ajratish tizimini kasalliklarini oldini olish ishlari. (ma’ruza tarkibiga qarang)
6.6.e. “o’tkir glomerulonefrit” vaziyatli masalasi bo’yicha hamshiralik jarayonini ajarish.
Mavzu: 6.6.Siydik ajratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bolalar va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi.Tsistit.Pielonefrit.Glomerulonefrit.Nefroz.(amaliy mashg’ulot)
Soatlar miqdori: 2 soat.
Oxirgi maqsad:
Turli yoshdagi bolalarda har xil tahlillar (umumiy siydik tahlili,Zimniskiy bo’yicha,Nechiporenko bo’yicha) o’tkazish uchun siydik yig’ishni bilish.
Qabul qilingan va ajratilgan ыgngydshl miqdorini aniqlashni bilish.
Arterial bosimni o’lchash va baholashni bilish.
Bolalarda siydik chiqarish a’zolari kasalliklari profilaktika ishlari olib borishni bilish.
Vaziyatli masala bo’yicha hamshiralik jarayonini bajara bilish.
Amaliy mashg’ulot tarkibi:
6.6.a.Turli tekshirishlar uchun siydik yig’ish.
3.7.mavzu tarkibiga qarang.
( Nechiporenko bo’yicha,Zimniskiy bo’yicha tahlilni 6.7.mavzu hamshiralik ishi asoslaridan qarang).
Siydik yig’ishdan oldin ona va kattaroq yoshli bolada instruktaj o’tkaziladi.Ko’krak yoshidagi bolada esa uni rezina aylana taglik ustiga yotqiziladi,uning tagiga esa siydik yig’ish uchun idish qo’yiladi.
Agar sutkalik siydikni yig’ish kerak bo’lsa bolani tagi har siyishidan oldin yaxshilab yuviladi,yig’ilgan siydikni esa yopiq idishda qorong’u joyda saqlanadi. ( muzlatgichda).
6.6.b. Ichilgan va ajratilgan suyuqlik miqdorini hisoblash.
Suyuqlik balansi to’g’riligini aniqlash uchun o’tkaziladi.
Tagliklarni tortib ko’rish usuli bor,boshqa usullarni “hamshiralik ishi asoslari” dan qarang.
6.6.c. A.B.ni o’lchash va baholash.
Maqsad:
AB ni o’lchash orqali periferik qon aylanishi,yurak hajmi,aylanib yuruvchi qon hajmi,hamda sog’lom bola ahvoli haqida ma’lumot olish mumkin.
Chaqaloqlarda chap qorincha etilmaganligi sababli sistolik bosim pastligi hisobiga AB ham past bo’ladi.Yoshga qarab yurak hajmi kattalashadi va AB ham oshadi.
Kerakli jihozlar: simobli tanometr,fonendoskop ( zarur hollarda Dopler tanometri)
Jadvalda sog’lom bola AB va manjet o’lchami keltirilgan:
Jadval
Diqqat punktlari:
- Yig’lagan vaqtda AB ko’rsatkichlari o’zgarishi mumkin,shuning uchun muolajani bolani
tinchlantirib o’tkaziladi.
- Bolani chalg’itish uchun unga o’yinchoqlar berish mumkin,shu yo’l bilan uning bezovtaligini
yumshatish mumkin.
- Fonendoskopdan foydalanib AB ni Korotkov usuli bo’yicha o’lchash mumkin,sistolik bosimni
pulsni paypaslash yo’li bilan o’lchash mumkin,hamda tanometrdan foydalanib Dopler usulida
o’lchash mumkin.
- O’lchashda bola yoshini hisobga olinadi,unga muolaja zarurligi va maqsadi haqida tushuntiriladi.
6.6.d.Bolalar o’rtasida siydik ajratish a’zolari kasalliklari profilaktika ishlarini olib boorish.
Nazariy mashg’ulot tarkibiga qarang.
6.6.e. “O’tkir glomerulonefrit” vaziyatli masalasi bo’yicha hamshiralik jarayonini bajarish.
“O’tkir glomerulonefrit” mavzusi bo’yicha vaziyatli masala.
Ismi: B
Yoshi: 8 yosh ( 2000 yil 15 may)
Jinsi: o’g’il bola.
Tashhisi: “O’tkir glomerulonefrit”
Kasalxonaga yotqizilguncha kasallikni kechishi.
2 kun davomida bola rangi oqargan,pastoz,qovoqlari biroz shishgan,ishtahasi pasaygan,3 kundan beri boshi og’riydi,tana harorati 37,8 C ga ko’tarilgan,bel va qorin sohasida og’riq bezovta qiladi.Siydik ajratish chastotasi kamaygan.Ertalab siyganda siydik qizil rangda bo’lgan va bundan qo’rqib ketgan.Onasi aytdiki,siydikda qon bor.Onasi tez yordam chqirgan va bolani kasalxonaga yotqizishgan.
2 hafta oldin yomg’ir yoqqan,bola yomg’irda qolgan va angina bilan og’rigan.
Kasalxonadagi ahvoli
Bola ahvoli o’rtacha og’irlikda,o’zini his qilishi yomon.Teri qoplamlari toza,oqargan,pastoz,qovoqlari va yuzida biroz shish.Tomog’I qizargan.O’pkada muyashlgdnfk nafas.Nafasi tezlashgan,nafas soni minutiga 28-30 marta.Yurakda sistolik shovqin eshitiladi.Arterial bosim 100/70 oshgan.Palpasiyada qorinda og’riq seziladi.Jigar va taloq normada.
Kasalxonadagi hayot uchun muhim ko’rsatkichlar:
Tana harorati- 37,8C,nafas soni minutiga 26-28,puls 1 minutda 100 marta,AB-100/70.
Kasalxonadagi tahlillar natijalari:
Umumiy qon tahlili:
Gemoglobin-130g/l,eritrositlar-5,2 x 10*12/l,leykositlar- 8,0x10*9 /l,trombositlar- 230 x10/l
Biokimyoviy tahlil: siydikda oqsil- 50-60 g/l
Siydikning umumiy tahlili:
Rangi go’sht selidek,tiniqligi-loyqa,zichligi-1020-1030,muhiti-nordon,oqsil-0,66 mmol/l
Nechiporenko bo’yicha tekshirish:
Epitelial hujayralar-bor,leykositlar-20-25,eritrositlar-4,5,silindrlar-ko’p miqdorda,tuzlar-oksalatlar.
Zimniskiy usuli:sutkalik siydik-800 ml,kunduzgi diurez-400ml,tungi diurez-400 ml.
Kasalxonadan keyingi ahvoli:
Davolash:
Yotoq tartibi.
Dietoterapiya ( №7 parhez stoli:oqsil kam tutgan,tuz va ыgngydshl chegaralangan parhez)
Antibiotikoterapiya.
Gipotenziv preparatlar
Vitaminoterapiya.
B kundalik hayotidagi ahvoli
Bo’yi:119 sm,vazni 23 kg.
Ovqatlanishi; ovqatga allergiyasi yo’q.
Gigiena: har kuni cho’miladi,kasalxonada vaqtida faqat artinadi.
Tishlarini o’zi mustaqil tozalaydi.
Fiziologik ajratishlar: siydik ajratishi kuniga 3-4 marta,rangi “go’sht selidek”,ich kelishi kuniga 1 marta tiniq rangli.
Uyqusi: kechqurun 9 dan ertalab 7 gacha kunduzi 1 soat uxlaydi.Keyingi 2-3 kun ichida uyqusi otinch.
Kiyim alishtirishi: mustaqil bajaradi.
Kasallik haqida tushunishi;
Yoshiga bog’liq holda kasallik haqida tushunadi.Lekin unda yo’lg’iz qolaman,o’z joyimda yotmayman deb bezovtalik paydo bo’ladi,kasalxona ovqatini nunvshbgtpf achchiq dorilar berishadi va ukollar qilishadi.
Oilasi va atrof-muhit:
Oilada 5 kishi:otasi ( 34 yish,firma ishchisi),onasi (31 yosh,o’qituvchi),singlisi (4 yosh bog’chaga boradi),buvisi ( 54 yosh),bobosi (55 yosh o’lgan).
Buvisi ular bilan yashaydi,maktabdan keyin bola ota-onasi ishdan qaytgunicha uning nazorati ostida.
Ma’lumotlar bazasi varag’i F.I.O.
Bemor ismi: B
|
Yoshi 8 yosh
|
Jinsi: o’g’il bola
|
Tashhisi: o’tkir glomerulonefrit.
|
Kasalxonaga yotqizishdan maqsad va ungacha jarayon
2 kun davomida bola rangi oqargan,pastoz,qovoqlari biroz shishgan,ishtahasi pasaygan,3 kundan beri boshi og’riydi,tana harorati 37,8 C ga ko’tarilgan,bel va qorin sohasida og’riq bezovta qiladi.Siydik ajratish chastotasi kamaygan.Ertalab siyganda siydik qizil rangda bo’lgan va bundan qo’rqib ketgan.Onasi aytdiki,siydikda qon bor.Onasi tez yordam chqirgan va bolani kasalxonaga yotqizishgan.
|
Asosiy shikoyatlari:
Qovoqlari sohasida shish,bel sohasida og’riq,tana harorati 37,8 C,ishtaha pasayishi,holsizlik,siydik rangi ” go’sht selidek”.
|
Anamnez
Tug’ilgandagi holati:
Gestasion yoshi 40 hafta,tana vazni 3200 gr,bo’yi 52 sm.Apgar shkalasi bo’yicha 9 ball.
Profilaktik emlashlarni jadval bo’yicha olgan.
Yuqumli kasalliklar bilan og’rimagan,tez-tez O’RVI bilan og’rigan.
|
Kalit shaxs
Onasi
|
Kasallik haqida tushunishi:
Yoshiga bog’liq holda kasallik haqida tushunadi.Lekin unda yo’lg’iz qolaman,o’z joyimda yotmayman deb bezovtalik paydo bo’ladi,kasalxona ovqatini yeydi,unga achchiq dorilar berishadi va ukollar qilishadi.
|
Oilasi va atrof-muhit:
Oilada 5 kishi:otasi ( 34 yish,firma ishchisi),onasi (31 yosh,o’qituvchi),singlisi (4 yosh bog’chaga boradi),buvisi ( 54 yosh),bobosi (55 yosh o’lgan).
Yashash sharoiti:4 xonali kvartira
|
Tahlil varag’i Ismi: B № 1.
Tahlil
|
Ma’lumotlar
|
Ma’lumotlarni ochib chiqish va tahlil qilish
|
Sub’ektiv ma’lumotlar (C)
|
Ob’ektiv ma’lumotlar
(O)
|
Nafas:
O-1) Tomog’i qizargan
O-2) O’pka palpasiya,perkussiya,auskultasiyasida o’zgarishlar yo’q.
O-3) NS-28-30 minutiga,biroz tezlashgan.
O-4) AB-100/70 mm.sim.ust.
O-5) Yurakda sistolik shovqin.
O-6) Bosh og’rishi.
Ovqatlanishi:
C-1) “Men ovqat yesam menimcha ko’ngil aynishi boshlanadi”
O-1) Bugun ovqatini yarmini nuvshyu
C-2) Dietoterapiya (№ 7 parhez stoli:tarkibida oqsil kam tutgan,tuz va suv chegaralangan parhez.
O-3) Ovqatni mustaqil yeydi.
O-4) Ovqatlarga allergiyasi yo’q.
O-5) Bo’yi 117 sm,vazni-21 kg.
Fiziologik ajratishlar:
O-1) Fiziologik Ajratishlarni mustaqil bajaradi.
O-2) Yuz va qovoqlar shishishi.
O-3) Kunduzgi diurez 3 marta,tungi diurez 2 marta.
O-4) Qorin va bel s9ohasida og’riq
O-5) Siydik nordon.
O-6) Loyqa
O-7) Rangi ”go’sht selidek”
O-8) Og’riqli siyish
O-9) Gipertoniya
O-10) ECHT oshgan
|
O’tkir glomerulonefritda yuqori nafas yo’llari tomonidan kataral o’zgarishlar kuzatiladi.Umumiy intoksikasiya belgilari kuchayib boradi.Yuqori nafas yo’llari biroz yallig’lanishi hisobiga nafas tezlashgan.Shuningdek simptomlarni yomonlashish ehtimoli bor,kuzatish kerak.
Bosh og’rishi intoksikasiya va AB oshishi bilan bog’liq.
Bolada intoksikasiya hisobiga ko’ngil aynishi va ishtaha pasayishi kuzatiladi.
Bola yomg’irda qolgani uchun sovqotgan deb o’ylanadi.
Dietoterapiya va boshqa terapiya.
Tinchlik,tartib kerak.
O’sish va rivojlanishida buzilishlar yo’q,normotrofik.
Fiziologik ajratishlarni mustaqil bajarishidan kelib chiqib,8 yosh bola uchun bu normal hisoblanadi.
Fiziologik ajratishlar buyrak kanalchalari koptokchalarining zararlanishi,kapillyar o’tkazuvchanligining buzilishi,filtrasiya jarayonining buzilishi hisobiga buzilgan,siydikda o’zgarish,tungi diurez kunduzgiga nisbatan oshishi kuzatiladi.
Arterial bosim oshadi
Sutkalik diurez tekshiriladi.
|
Jismoniy faolligi:
C-1) Bel va qorin sohasida og’riq.
O-1) Bola 8 yosh,harakatli o’yinlarni yaxshi ko’radi.
Uyqu va dam olishi:
O-1) ertalab soat 7 da uyg’onadi 8 soat uxlaydi.
O-2) Kunduzgi uyqu 1 soat.
O-3) Keyingi 2 kunda uyqusi notinch.
Kiyinishi:
O-1) Sekin kiyinadi,onasining yordamisiz
Tana harorati:
O-1) Tana harorati;37,8 C
O-2) AB-100/70 mm.sim.ust.
O-3) puls-minutiga 100 marta
O-4) Nafas soni-minutiga 25 marta
Tana tozaligi:
O-1) Kasalxonaga yotguncha har uni cho’milgan
O-2) Ter ajralishi kuzatiladi.
O-3) Tishlarini onasi yordamida tozalaydi.
O-4) Terida toshmalar kuzatilmaydi.
Xavfsizlik:
O-1) Bola harakatchan,lekin kasallik holati va og’riq tufayli u holsiz,shuning uchun bola o’tiradi yoki karovatda yotadi.
O-2) Suyuqlik ichishini tekshirish kerak.
O-3) ovqat iste’mol qilish sifatini kuzatish kerak.
Muloqoti:
C-1) Men kasal bo’ldim,tezroq tuzalib uyga qaytishni hohlayman.
C-2) Palatada yolg’iz qolishdan qo’rqaman va oilamni sog’indim.
C-3) Parhezga rioya qilishim,acchiq dorilarni ichishim,ukollar olishim kerak
Ishonch
Ishi
C-1) Maktabda o’qish yoqadi.
O-1) 8 yosh
O-2) Futbol o’ynashni yoqtiradi.
O-3) O’rtoqlari bilan munosabati yaxshi.
Qiziqishi:
O-1) O’yinlarni yoqtiradi
O’rganishi;
Ma’lumotlar yo’q
|
Bu kasallik vaqtida jismoniy faollik jigarda qon aylanishini kamaytiradi,shuning uchun yotoq tartibi kerak,bu-qon aylanishini yaxshilaydi,og’riqni kamaytiradi.
Kasalxonada yotishidan oldin uyqusi tinch.
Tungi diurez va beldagi og’riq tufayli uyqusi notinch,shuning uchun bolani tinchlantirish kerak.
Kundalik hayot odatlari yoshiga mos keladi.
Tana harorati intoksikasiya hisobiga oshgan,choralar ko’rish kerak,JVP ni kuzatib turish kerak.
Ona bolada tana tozaligi muhim rol o’ynashini biladi.
Tana harorati oshishi hisobiga,modda almashinuvi kuchayib ter ajralishi kuzatiladi,shuning uchun tana tozaligini saqlash kerak.
Kasalxonada vaqtida faqat artiladi.
Vitamin K yetishmasligi hisobiga qon ketish xavfi bor.
Tanani artish va tishlarni tozalash vaqtida qon ketishini oldini olish kerak.
Bolada yotoq tartibi.
Bola yolg’iz uxlaydi,shuning uchun sovqotishi mumkin.
Tana harorati oshgani tufayli ko’p ыgngydshl ichgisi keladi.
U tuzlangan bodring va kartoshka frini yaxshi ko’radi,lekin unga parhezga rioya qilish kerak.
8 yosh g kasallik va kasalxonada yotishni tushunadi,o’z hohishini og’zaki yoki xulqi bilan ifoda etadi.Hozirgi vaqtda o’zini majburdek tutadi.
Ma’lumot bo’lmagani uchun ifodalab bo’lmaydi.
O’sish va rivojlanishda buzilishlar yo’q.
Futbolni yoqtiradi va doim o’rtoqlari bilan o’ynaydi.Lekin belida og’riq paydo bo’lgani tufayli maktabga bormaydi va harakat hajmi kamaygan.
Unga kasallik davrida faol harakatlar qilishni cheklashdi,lekin o’zi buni his qilmaydi.
“Ishi” punkti bilan mos keladi.
Ma’lumotlar yo’q
|
Tahlil varag’i Ismi: B № 2
Ba-
ho-
lash
|
Muloqot to’g’risida
|
Muhimlik darajasi asosida rivojlanishi mumkin bo’lgan
Aloqa P ( muammo) E ( sabab) S ( belgi va simptomlar)
Bu kasallik vaqtida jismoniy harakatlar jigarda qon aylanishini kamaytiradi,shuning uchun yotoq tartibi kerak.
|
Parvarish muammolari
|
Yotoq tartibigaligidan qiynalish
|
Ba-
ho-
lash
|
Muloqot to’g’risida
|
Muhimlik darajasi asosida rivojlanishi mumkin bo’lgan
Aloqa P ( muammo) E ( sabab) S ( belgi va simptomlar)
Shish va gipertoniya hisobiga qiynalishni va gematuriyaga tegishli bezovtalikni kamaytirish
|
Parvarish muammolari
|
Bolada buyrak funksiyasi buzilishidagi har belgi ( shish,gipertoniya,gematuriya) qiynalish chaqiradi.
|
Ba-
ho-
lash
|
Muloqot to’g’risida
|
Muhimlik darajasi asosida rivojlanishi mumkin bo’lgan
Aloqa P ( muammo) E ( sabab) S ( belgi va simptomlar)
Tinchlantirish hozir davolanishi kerakligini,keyinchalik maktabga borishini tushuntirish kerak.Lekin buning uchun parhezga rioya qilishi,jismoniy mashqlardan chegaralanish,issiqni saqlash kerak.
|
Parvarish muammolari
|
Kasallik haqida bilmaslik tufayli bezovtalik bor.
|
Muammolar to’plami Ismi:B
Muammo № ( muhimlik tartibi)
|
Parvarish bo’yicha muammolar
|
Muammo aniqlangan kun
|
Tuzalish vaqti
Hal qilingan kun
|
№ 1
№ 2
№ 3
|
Yotoq tartibida bo’lishdan qiyalish
Bola buyrak funksiyasi buzilishi hisobiga har bir simptomdan azob chekadi ( shish,gipertoniya,gematuriya)
Kasallikni bilmaganligi sababli bezovtalik aniqlanadi.
|
|
|
Parvarish rejasi Ismi: B
№1. Yotoq tartibida bo’lishdan qiyalish
|
Maqsad:
Uzoq zaruriy maqsad: simptomlarni bartaraf qilish va yotoq tartibi darajasini yaxshilash
Qisqa zaruriy maqsad: yotoq tartibiga rioya qilish
|
OP ( kuzatish rejasi)
-bola gaplari va axloqi.
-yotoq tartibiga rioya qiladimi-yo’qmi
-umumiy ahvoli ( oliguriya va gipertenziya simptomlarini bartaraf qilish)
|
TP ( parvarish rejasi)
-dorilarni qabul qilish ( ukollar,og’iz orqali) ni nazorat qilish.
-yotoq tartibi darajasini ko’rsatish,bemor rioya qilyaptimi tekshirish
|
EP ( o’rgatish rejasi)
-kerakli muolaja to’g’risida bolaga unga tushunarli bo’lgan tilda tshuntirish.
-agar uyqu vat inch holatda bo’lsa og’riq kamayishini tushuntirish.
-yotoq tartibi zarurligi haqida bolaga tushunarli tilda tushuntirish.
-yotoq tartibi zarurligi haqida oilasidagilarga
tushuntirish
|
Baholash
-yotoq tartibiga rioya qilinyapti,asta-sekin yotoq tartibi darajasi yaxshilanyapti.
|
№2. Bola buyrak funksiyasi buzilishi hisobiga har bir simptomdan (shish,gipertoniya,gematuriya) azob chekadi
|
Maqsad:
Uzoq zaruriy maqsad: o’z muammosini qabul qilishni konsentrasiya qilish.
Qisqa zaruriy maqsad: o’z kasallgini tushunishga yordam berish.
|
OP ( kuzatish rejasi)
-davolanish kerakligini tushunishini tekshirish.
|
TP ( parvarish rejasi)
-yaqin muloqot qilib bemorni shubhalantirayotgan va qiynayotgan muammolarni aniqlash va unga hamma jarayonni tushunishga yordam berish
|
EP ( o’rgatish rejasi)
-bemor bilan qo’shimcha aniqlashtiradigan suhbat o’tkazish,unga shifokor tushuntirishi va ko’rsatmasini tushunishda yordam berish.
|
Baholash
-choralar ko’rilgandan so’ng bemorni ruhiy holati va kayfiyati yaxshilandi.
|
Parvarish rejasi F.I.O. № 2
Parvarish rejasi F.I.O. № 3.
№ 3. Kasallikni bilmaganligi sababli bezovtalik aniqlanadi.
|
Maqsad:
Uzoq zaruriy maqsad: kasallikni to’g’ri tushunish.
Qisqa zaruriy maqsad: kasalxonaga yotish kerakligini to’g’ri tushunib,bezovtalikni bartaraf qilish.
|
OP ( kuzatish rejasi)
- bola shikoyatlarni kuzatish (gaplari va axloqi)
-ovqat qabul qilish holati.
- uyqu holati.
|
TP ( parvarish rejasi)
-bolaning maktab haqidagi gaplarini eshitish.
-bola bezovtaligini yumshatish uchun g bilan muloqot qilish va sharoit yaratish.
|
EP ( o’rgatish rejasi)
-bola uchun tushunarli so’zlar bilan kasallik haqida tushuntirish.
-bolani tezroq maktab darslariga qatnashishi uchun kasalxonaga yotishi va davolanishi kerakligi haqida tushuntirish.
|
Baholash
-bola kasalxonaga yotishi va davolanishi kerakligini tushundi va hech kasalxonada yotish davri qanday bezovtaliksiz o’tyapti.
|
Tayanch xarakat tizimi kasalliklarida bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi.
Bo’lim: 6. Bolalar kasalliklarida bolalar va ular oilasi bilan bo’ladigan hamshiralik parvarishi.
Mavzu: 6.10.1. Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bolalarda hamshiralik parvarishi. Meningokokk infeksiya. Difteriya.
Jami: 4 soat.
O’quvchi bilishi kerak.
Burun halqumdan surtma olish texnikasini.
Difteriya qarshi zardob yuborishni
O’choqda epidemiyaga qarshi chora tadbirlarni olib borishni
Tibbiy hujjatlarni asosiy qismini to’ldirishni
Orqa miya punksiyasi o’tkazilayotganda bemorga yordam berishni
Vaziyatli masalalarda hamshiralik jarayonini amalga oshirish.
Kerakli anjomlar:
Tanometr, stetoskop
Amaliy mashg’ulot mazmuni.
Burun halqumdan surtma olish texnikasini.
Difteriya qarshi zardob yuborishni
O’choqda epidemiyaga qarshi chora tadbirlarni olib borishni
Tibbiy hujjatlarni asosiy qismini to’ldirishni
Orqa miya punksiyasi o’tkazilayotganda bemorga yordam berishni
Vaziyatli masalalarda hamshiralik jarayonini amalga oshirish “meningokokkli infeksiya” bo’yicha
Mavzu: 6.10.1. YUqumli kasalliklar bilan og’rigan bemor va ularning oila a’zolarida hamshiralik parvarishi.
Meningokkokli infeksiyalar. Difteriya (Amaliy mashg’ulot) soatlar miqdori -4 s
YAkuniy maqsad:
1.Burun-tomoqdan surtma olish texnikasini bilish.
2.Difteriyaga qarshi zardob yuborish texnikasini.
3.O’choqda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar olib borishni.
4. Asosiy tibbiy xujjatlarni to’ldirishni.
5.Lyumbal punksiya o’tkazishda bemorga yordam ko’rsatishni.
6.Vaziyatli masalalarda hamshiralik jarayonini olib borish.
Zaruriy jihozlar:
-Tonometr, stetoskop.
Amaliy mashg’ulot mazmuni.
6.10. 1 a Burun, tomoqdan surtma olish texnikasini bajara olish.
6.7. Hamshiralik ishi asoslari-amaliy mashg’ulot mavzusi mazmuniga qarashlik
6.10.1. b. Difteriyaga qarshi zardob yuborish texnikasini bajara olish.
Emlash dozasi-0,5 mm vaksina, anatoksindan tarkib topgan.
Vaksina yuborish joyi va qo’llash usullari:
AKDS vaksinasi mushak orasiga ya’ni dumba sohasini yuqori tashqi qismini ustki tashqi kvadratiga (1/4 doirasiga) yuboriladi.
Anatoksin-6 yoshgacha bo’lgan bolalarda mushak orasiga yuboriladi. So’ng teri osti, kurak osti sohasiga yuboriladi.
Muolaja uchun kerakli jihozlar:
1.Emlash preparatlari: AKDS, AKDS-M, ADS-M vaksina.
2. Bir martalik 1-2 ml shpris, teri osti, m/o ga in’eksiya qilish uchun ignalar.
3.Tuberkulinli ( insulinli) shpris, teri ichiga in’eksiya qilish uchun ignalar.
4.Keskich.
5. Dez eritmali idishdagi pinset.
6. Steril mato ( paxtali sharsa, dokali salfetka)
7. Alohida katakchalardagi muzlatkich.
8. Og’zi mahkam yopishgan flakonlarda 700 S etil spirti yoki terini zararsizlantirish uchun dez. Eritma.
9. Emlash materiallari uchun lotok, alohida stol
10. Ishlatilgan material uchun lotok (tirik vaksina va qon qoldiqlarisiz)
11. Niqob.
12. Tibbiy qo’lqop ( bir marta ishlatiladi)
13. Ishlatilgan jihozlarni ushlash uchun pinset.
14. Dez. eritmali vositalar aralashmasi
A) yuzlarga ishlov berish uchun
B) ishlatilgan shpris va ignalarni ivitish va yuvish uchun.
S) ishlatilgan ampula, tirik vaksina qoldiqli salfetkalarni zararsizlantirish.
D) latta (vetoh) ni zararsizlantirish uchun
15. Toza latta
16. Ishchi stol
Muolaja bajarishda asosiy etap:
Vaksinali ampulani yaxshilab aralashishi uchun chayqatish kerak.
Ampulani spirtli paxta bilan artiladi va keskich bilan ampula ochiladi. Agar vaksina flakonda bo’lsa, metall qopqog’ini spirt bilan artib markaziy metalni olib tashlab, ichki rezinali joyini spirtli sharik bilan artish kerak.
1.Ochilgan ampula yoki flakonni muzdek katakchalarga qayta solib qo’yiladi.
2. SHprisni ochib ignani kan’yulaga mahkamlab qo’yiladi
3.Vaksinani shprisga tortiladi.
4.Agar ampulada yoki flakonda bir necha doza qolsa, usti, steril doka bilan o’rab muzdek katakchalarga qayta solinadi.
5. SHprisdagi ignalar almashtiriladi.
6. Ignali silindr paxta tampon bilan ushlab turiladi, qalpoqcha olinmaydi va havo chiqariladi 0,5 ml vaksina qoldiriladi.
7. Paxtali sharchani lotokka tashlanadi. Qo’llarni yuvib, yuqumsizlantiriladi.
8.Spirtli sharcha bilan dumba sohasining yuqorigi tashqi kvadrati yoki kurak osti sohasi artiladi, ADS, ADS-M, AD-M anatoksini-bog’cha bolalariga teri osti sohasiga yuboriladi.
9. Ignadan qalpoqchani olib 0,5 ml AKDS, AKDS-M, ADS, ADS-M, AD-M-maktab o’quvchilariga teri orasiga yuboriladi.
10. In’eksiya sohasi spirtli sharcha bilan artiladi.
11. YAkuniy bosqich muolajani bajarish.
SHpris, ignalarni dez eritma bilan chayib olgach, pinset bilan ignani echib, shprisni porshindan ajratib dez eritmaga solinadi.
12. Ochilgan ampulani keyingi bolaga yuborish uchun lotokka qo’yiladi.
13. Qo’lqoplar dez eritmaga solinadi, qo’llar yuviladi.
14. Emlanganlarni qayd qilish, kechki reaksiyalar kuzatilsa, tegishli xujjatga yoziladi.
15. Ota-onalar uchun eslatma: Dori yuborilgan sohani ehtiyot qilish, cho’miltirmaslik aytiladi. Agar bolada umumiy, mahalliy reaksiyalar kuzatilsa oilaviy shifokorga murojaat etiladi.
16. Emlashdan so’ng kuzatiladigan reaksiyalarni klinik belgilari: mahalliy reaksiyalar-emlangandan so’ng bir kun davomida paydo bo’ladi. Bunda teri qizaradi, yumshoq to’qimalarni 5 smgacha shishi kuzatiladi. Emlangan sohada 2 sm li infiltrat paydo bo’ladi.
Umumiy reaksiyalar:-qisqa vaqt ichida harorat ko’tariladi, darmonsizlik, bosh og’rig’i kuzatiladi.
17. Emlashdan so’ng reaksiyalarni kuzatish:
Emlangandan so’ng 1 soat ichida 3-5 kun ichida nazorat olib borish.
6.10.1.s. O’choqda epidemiyaga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar
Nazariy mashg’ulotlarni mazmunini ko’rib chiqish.
6.10.1.d.Asosiy tibbiy xujjatlarni to’ldirish.
“Hamshiralik ishi asoslari” №1 bo’limidagi 1 13 “Hamshiralik xujjatlari” mavzusini ko’rib chiqish.
YUqumli kasalliklarda shoshilinch xabarnoma varaqasini to’ldirish.
YUqumli kasalliklarda xabar berish (058/U forma)
SHoshilinch xabarnomani DSEN M ga jo’natish yo’li bilan amalga oshiriladi.
058 /U formada-bemor haqida kerakli ma’lumotlar ko’rsatiladi, kasallik o’chog’ida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar ko’rsatiladi.
Bundan tashqari barcha DPM da o60/u forma yuqumli kasalliklarni ro’yxatga olish jurnalini to’ldiriladi.
6.10.1.d Lyumbal punksiya qilishda bemorga yordam berish. Nazariy mashg’ulot mazmunini ko’rib chiqish.
6.10.1.f Vaziyatli masalalarda hamshiralik jarayonini amalga oshirish.
“Meningokkokli infeksiya”
Ismi: A
Jinsi: qiz bola
YOshi: 5 da
Tashxisi: Meningokkokli infeksiya kasalxonaga yotqizishdan avvalgi kasalligini kechishi.
Bolada birdan isitma ko’tarilishi 37,8-37,90 S
Qayt qilish, qattiq bosh og’rig’i, bezovtalik kuzatiladi. Bola yonboshlab boshini orqaga tashlaydi va oyoqlarini qorniga tortadi. Kasalxonaga tez tibbiy yordam mashinasida olib kelishdi.
Bir hafta oldin bola o’tkir respirator virusni infeksiya bilan kasallangan. SHundan so’ng bog’chaga chiqqan.
Tekshiruvlar natijasida bog’chada menigokkokli tashuvchisi bo’lgan bola aniqlandi.
Kasalxonada bolaning holati:
Bolaning ahvoli o’rta og’irlikda, teri qoplamlari toza, ensa mushaklarini qisqarib tortishishi (Kerniga-Brudzinskiy simptomi) musbatligi aniqlandi. O’pkada vezikulyar nafas eshitildi. Nafas olish soni minutiga 26-30 martaga tezlashgan. Puls urishi sekinlashgan, yurak tonlari bo’g’iqligi, qorin sohasi yumshoq, jigar, taloq kattalashgan.
1.Kasalxonada bolani asosiy hayotiy ko’rsatkichlari:
Harorat 37,6-37,80 S, puls minutiga 10 marta, nafas olish soni minutiga 28-30 marta. Arterial qon bosimi 90-60 mm rt st.
2. Kasalxonada analiz natijalari:
Umumiy qon taxlili.
Gemoglabin-120 g-l, eritrositlar -4,5x 1012/l, leykositlar- 7,5x109/l, trombositlar 200x10/l
Umumiy siydik taxlili: rangi to’q, hidli, xiralashgan.
Zichligi-1020-1030 kislotali muhit, oqsil-0,66 mmol/l
Kasalxonadan keyingi holat:
3.Davolash.
1. yotish rejimi
2.antibiotikoterapiya
3.vitaminoterapiya
4. diruetiklar
4. kundalik hayotidagi holati
Bo’y uzunligi 117 sm, vazni-20,0 kg
Ahvoli o’rta og’irlikda, ishtaha pasayadi
Ovqatlanishi: ovqatga allergiyasi yo’q. SHirinliklarni yoqtiradi
Gigienasi: har kuni cho’miladi, kasalxonada badani artib turildi.Tishlarini o’zi tozaladi.
Fiziologik chiqindilar: peshob 1 kunda 1 marta, ich ketishi och rangda 1 kunda 1 marta
Uyqu: soat kechasi 9 dan ertalab soat 7 gacha va tushlik vaqtida 2 soat uxlaydi. Oxirgi 2 kun davomida uyqusi buzildi.
Kiyinishi:Sekinlik bilan onani yordami bilan kiyimlarini almashtiradi.
5.Kasallik to’g’risida tushunchaga ega bo’lish:
Bu kasallikka yo’liqishdan avval kasalxonaga murojaat etmagan. Bola kasalxonada yolg’izlikdan va o’zini o’rnida yotmasligidan, kasalxona ovqatini eyishi, achchiq dorilarni va ukollarni olishdan qo’rqib xavotirga tushadi.
6.Oila va atrof-muhit
Oila a’zolari 4 kishidan iborat:1.Otasi- 35 yosh (injener) 2. Onasi 31 yosh (bog’cha tarbiyachisi)
3. Akasi-10 yosh (maktab o’quvchisi) 4. Buvisi 55 yoshda
Qizaloq bog’chaga 3 yoshdan boradi. Buvisi ular bilan yashaydi. Bolalar maktabdan so’ng onasi ishdan kelguncha buvisini qaramog’ida bo’ladi.
Ma’lumot varag’i
|
I.F.O
|
Bemor ismi: A
|
YOshi -5 yosh
|
Jinsi: qizaloq
|
Tashxis: Meningokkokli infeksiya
Asosiy shikoyatlar:
Harorat 37,8 S ko’tarilishi
Kuchli bosh og’rig’i, ensa mushaklarini tortilishi, ishtahaning yo’qolishi, bezovtalik, uyqusizlik
|
Kasalxona maqsadi va kasalxonagacha bo’lgan jarayon 2 kun ichida bolada darmonsizlik, harorat 37,8 S ko’tarilishi, yuzi oqargan, ensa mushaklarini tortilishi, ishtaha pasayishi, bosh og’rig’i kuzatiladi
Onasi tez yordam chaqirdi.Vrach bolani kasalxonaga yotqizdi
|
Anamnez
Tug’ilishdagi holati.
Gestasion davri 39 hafta.
Tana og’irligi 3700 gr, bo’y uzunligi -52 sm, tug’ilganda apgar shakalasi bo’yicha 9 ball
Taqvim bo’yicha profilaktik emlangan.
YUqumli kasal bilan kasallanmagan
ORVI bilan tez-tez kasallangan.
|
Kalit yuzi
Ota
Ona
|
Kasallik haqida tushuncha
Kasallikka duch bo’lmasdan avval kasalxonada yotmagan. Bolada kasalxonada yolg’iz qolishdan, o’z o’rnida yotmasligidan kasalxona ovqatini eyish va achchiq dorilar ichishi va ukol olishdan qo’rqinch va xavotir paydo bo’ldi.
|
Oila a’zolari:
Oila 4 kishidan iborat
Otasi: 35 yoshda injener
Onasi: 31 yoshda bog’cha tarbiyachisi
Buvisi: 55 yoshda
Qizcha 3 yoshdan bog’chaga boradi.
Dodasi vafot etgan 58 yoshda
YAshash sharoiti: 4 xonali uy.
|
Ismi: A
Anamnez
|
Ma’lumot
|
Analizlar ma’lumotlari
|
Sub’ektiv ma’lumot:
patologik o’zgarishlar yo’q
Su’ektiv
1) Ovqatlansa qayt qilishdan qo’rqadi
Ob’ektiv 1) qayta-qayta qusish
Sub’ektiv 2) ishtaha yo’qligi
Ob’ektiv 3) mustaqil ovqatlana olmaydi
Ob’ektiv 4) bo’yi: 119 sm, vazni 20 kg
|
Ob’ektiv ma’lumot:
Nafas
Ob’ektiv
1) nafas tezlashgan
1 minutda 28-30 marta
A.B. 90/60 puls min 100m
Ob’ektiv
2) Palpasiya, perkussiya, auskultasiya-1, o’pkada patologiya yo’q
Ob’ektiv
3) O’pkani auskultasiyasida
|
Bola bog’chada kasallik tashuvchisidan kasallikni yuqtirib oldi. YAllig’lanish jarayonida bolada harorat ko’tarilishi, puls, nafas olishi tezlashdi. Bola ahvolini og’irlashuvi kuzatilishi mumkin. Bolani umumiy holatini nazorat qilish zarur. O’pkada patologik o’zgarishlar yo’q
Bo’yi, jismoniy rivojlanishi normada. Meningit kasalligi natijasida kalla ichi bosimi oshishidan ko’p martalik qusish va ishtaha yo’qolishi va oqibatda organizmda suvsizlikni paydo bo’lishi mumkin. Bola qayt qilish va mushaklarini tortishishidan mustaqil ovqatlanishga qo’rqadi.
Qusiq massalarini nafas yo’llariga kirib qolishiga yo’l qo’ymaslik kerak. SHifokor ko’rsatmalariga asosan davolash ishlarini olib borish. Vrach ko’rsatmasiga binoan og’iz orqali ovqatlanishni vaqtincha to’xtatish (1 necha soatdan 1 kungacha) ahvoli yaxshilangancha. Bola ovqatlanishida uni kuzatish va yordam berish zarur.
|
Fiziologik chiqindilar:
Ob’ektiv: fiziologik ajralmalar mustaqil ravishda
Ob’ektiv:2)siydik ajratishi 1 kunda 5 marta
Ob’ektiv 3) ich kelishi 1 kunda 1 marta
|
Fiziologik ajralmalar holati
Normal bo’lib, keyinchalik organizmni suvsizlanishidan siydik ajralishi kamayishi mumkin. Bolani siydik ajralishini ich kelishi kuzatish zarur. Kasalxonada fiziologik ajralmalar vaqtida ona yordamida amalga oshirish.
|
Fiziologik faollik:
Ob’ektiv: 1) mushaklar gipertonusi
Ob’ektiv 2) ensa mushaklarini regidligi
Ob’ektiv 3) Kening-Brudskiy simptom musbatligi
Ob’ektiv 4) quvvatsizlik
Ob’ektiv 5) kasallikka xos xarakterli holat (bemor yonboshlab yotgan holda boshini orqaga tashlab oyoq, qo’llarini qorniga bosadi) simptomi kuzatiladi.
|
Meningokkok mikroblari natijasida yallig’lanish jarayoni kuzatiladi. Kalla ichi bosimi oshishi natijasida mushaklar tonusi, ensa mushaklari regidligi (Kerning-Brudzinskiy simptomi) kuzatiladi. Kasallikni o’z vaqtida davolanmasa oxiri o’lim bilan tugaydi.Bemorni doimo umumiy holatini kuzatish, ayniqsa ma’sul shifokor ko’rigi juda muhim hisoblanadi.
|
Uyqu va dam olish
Ob’ektiv 1) Ertalab 700 da uyg’onadi soat 800 da uyquga ketadi
Ob’ektiv 2) kunduzgi uyqu 2 soat
Ob’ektiv 3) oxirgi 2 kundan beri uyqusi buzilgan bo’lib, bezovtalik, tez-tez uyg’onib ketadi.
|
Kasallanishdan avval uyqusi tinch edi.
Kuchli bosh og’rig’i, harora ko’tarilishidan uyqusi bezovta.Bolani tinchlantirish va ota-onasiga bolani holati haqida ma’lumot berish.
|
Kiyinishi:
Ob’ektiv: bola sekinlik bilan onasi yordamida kiyimini almashtiradi
|
Kundalik odatlari, o’zini tutishi yoshiga mos
|
Tana harorati:
Ob’ektiv 1)tana harorati -37,80 S
Ob’ektiv 2) A/B -90/60
Ob’ektiv 3) puls -100marta
Ob’ektiv 4) nafas olish soni 20-30 marta
|
YAllig’lanish jarayonida bolani tana harorati ko’tariladi, puls, nafas olish soni tezlashadi
Bunday vaziyatlarda kasallikni davolash maqsadida tegishli choralar ko’riladi.
|
Tozaligi:
Ob’ektiv 1) kasalxonaga kelguncha har kuni cho’miladi
Ob’ektiv 2) kasalxonada badanini ho’llab artib turildi
Ob’ektiv 3) tishlarini onasi yordamida tozalandi
Ob’ektiv 4) terida toshmalar yo’q
|
Bola harorati balandligi oqibatida moddalar almashinuvi yaxshiligidan terlash kuzatiladi. SHuning uchun ona bolani badani va og’iz bo’shlig’i gigienasi tozaligiga amal qilish muhimligini tushunishi kerak. Kasalxonada bola terisi ho’llab artib turish kerak. Bola ahvoli og’irligidan gigienalar qoidalariga rioya qilishni hohlamaydi.
|
Xavfsizligi:
Ob’ektiv: 1) bola harakatchan, lekin kasalligi oqibatida quvvatsiz, bosh og’rig’i, qusishdan madori qurib o’rinda yotib qoladi
Ob’ektiv 2) kasal bola infeksiya manbai hisoblanadi.
|
Bola yotish rejimiga amal qilinadi. YOlg’iz uxlagani uchun sovqotishi mumkin Harorat ko’tarilishi hisobiga bola chanqaydi. Kasallik havo-tomchi yo’li orqali yuqadi. Infeksiya manbai- kasal kishi. Bolani parvarishlashda san epid rejimga amal qilinadi.Joriy dezinfeksiya har kuni o’tkazilib turiladi.
|
Muloqot:
Sub’ektiv: 1)men hozir kasalman. Tezroq tuzalib uyga qaytishni istayman.
Sub’ektiv 2) palatada yolg’iz qolishdan qo’rqaman, oilamni sog’indim.
Sub’ektiv 3) parhezga amal qilishga, achchiq dorilar ichishga, ukol olishga majburman.
|
5 yashar qizcha o’z kasalligi va shifoxona haqida tushunchaga ega bo’lib, o’z so’z ifodasini, istaklarini og’zaki yoki hulq-atvori orqali tushuntira oladi. Ayni vaqtda u o’zini muhtoj kishidek sezmoqda.
|
Ishonch
Hech qanday ma’lumot yo’qligidan baholashni iloji yo’q
|
Jismoniy rivojlanishi o’zgarmagan. Bo’y uzunligi normada
|
Ish:
Sub’ektiv: bog’chaga borishni yoqtiradi
Ob’ektiv 1) 5 yoshda
Ob’ektiv 2) raqsga tushish, qo’g’irchoq o’ynashni yoqtiradi
Ob’ektiv 3)o’rtoqlar bilan munosabati yaxshi
|
Qo’g’irchoq o’ynaydi, musiqa vaqtida raqsga tushadi. Kasalligi tufayli ayni vaqtda faol harakat qilish man etildi, lekin bolani bunga aqli etmaydi
|
CHalg’itish:
Ob’ektiv:1 Raqsga tushishni yoqtiradi
Sub’ektiv 1. Kelajakda hamshira bo’lib, kasal bolalarni parvarish qilishni istaydi.
|
Qizga faol doimo o’rtoqlari bilan o’ynaydi.Leikn kasalligi tufayli bog’chaga bormadi va harakatlari pasaydi.Bolaga faol harakatlar qilish mumkin emasligi tushuntirildi, lekin qizchani bunga aqli etmaydi
|
O’rganish
Ob’ektiv 1)5 yosh
Ob’ektiv 2) oila tarkibi:
Otasi (35 yoshda firma ishchisi)
Onasi (31 yoshda o’qituvchi)
Opasi (10 yoshda maktab o’quvchisi)
Buvisi -55 yoshda
|
Oila moddiy tomondan baquvvat.bolani normada o’sishi, rivojlanishi uchun sharoit yaxshi.
|
Ma’lumot to’plash strukturasi:
1.Nafas olish
2.Ovqatlanish
3.Bo’shanishi
4.Harakat
5.Uyqu va dam olish
6.Kiyim
7.Harorat.
8.Tozalik
9.Xavfsizlik
10. Umumlashtirish
11. Ishonch, ko’ndirish
12. CHalg’itish
13. Ish
14.O’rganish
|
|
Analiz varag’i Ismi: A №1
Baholash
|
Umumlashtirish
|
Aloqa R (muammo) E (sabab) S (belgi, simptom) kasallikni keyingi rivojlanishi, muhim bosqichlari
Meningokkokli infeksiyalar hisobiga yallig’lanish jarayoni kuzatilib borishi va bu kasallik xavfli hisoblanib, to’g’ri davolanmaslik oqibati og’ir oqibatlarga olib keladi.
Parvarish muammosi
Kalla ichi bosimini oshishi hisobiga butun organizm holati og’irlashuvi kuzatiladi.
|
Baholash
|
Umumlashtirish
|
Aloqa R (muammo) E (sabab) S (belgi, simptom) kasallikni keyingi rivojlanishi, muhim bosqichlari
Harorat ko’tarilishini kuzatish, bosh og’rig’i, miya qobig’ini ta’sirlanishini simptomi, ketma-ket qusish, falajlik rivojlanish havfi bor. Kerning simptomi yaxshi tomonga o’zgarishi tezlashuvi kuzatilmoqda.
Parvarish muammosi
Kalla ichi bosimini oshishi, miya qobig’i qo’zg’alishidan bosh og’rig’i, qusishdan azoblanadi.
|
Baholash
|
Umumlashtirish
|
Aloqa R (muammo) E (sabab) S (belgi, simptom) kasallikni keyingi rivojlanishi, muhim bosqichlari
Bosh miya qobig’i qo’zg’alish simptomlari kuzatilmoqda. Agar kasallik o’z vaqtida to’g’ri davolanmasa o’lim sodir bo’lishi mumkin. Kasallikni 10 % ida asoratlar kuzatiladi. SHuning uchun oila a’zolariga kasallik to’g’risida to’g’ri ma’lumot berilishi kerak
Parvarish muammosi
Kasallik kechishini bilgan holda oila a’zolarida bezovtalik va asabiy zo’riqishlar kuzatilmoqda
|
Ismi A
№ muammolar
|
Parvarish bo’yicha muammolar
|
Muammoni aniqlash sanasi
|
To’g’rilash sanasi
xal qilish sanasi
|
№1
|
Kalla ichi bosimi oshishi hisobiga bemor ahvoli og’irlashgan. Talvasaga tushish ehtimoli bor
|
|
|
№2
|
Kalla ichi bosimi oshishi, miya qobig’i ta’sirlanishi oqibatida bolada bosh og’rig’i, qay qilishda u azoblanmoqda
|
|
|
№3
|
Kasallikni kechishini bilgan holda oila a’zolarida bezovtalik, asabiy zo’riqishlar kuzatildi
|
|
|
Parvarish rejasi Ismi: A
№ 1 Kalla ichi bosimi oshishi hisobiga organizmda kasallik belgilari kuchayib boradi. Talvasa sindromi kuzatilish xavfi bor
|
Maqsad:
Uzoq muddatli maqsad: Birlamchi kasallikni oxirigacha davolash.
Qisqa muddatli maqsad: Kasallikni asorat belgilarini erta aniqlash va kasallikni kechishida muolajalarni davolash choralarini to’g’ri olib borish
O.R.(kuzatuv rejasi
Hayotiy muhim ko’rsatkich
Bosqich
Nafas olish holati
Talvasa tutish
Xuruji davomiyligi
Bosh miya qobig’ini ta’sirlanish simptomi
Suv balansi
Taxlil ma’lumotlari
|
T.R. (parvarish rejasi)
YOtish rejimiga rioya qilish
Tomchi dori yuborishda kuzatib borish
SHifokor ko’rsatmalariga binoan antibiotiklar qabuli
Tana og’irligini o’lchash
Bosh miya qobig’ini tekshiruvdan o’tkazishda yordam berish
Kalla ichi bosimini oshmasligi uchun ortiqcha hayajonlanishga yo’l qo’ymaslik
Qayt qilishda qusuq massalarini aspirasiyasiga yo’l qo’ymaslik
Talvasa xurujida tezda shifokorga murojaat etish va tegishli yordam choralarini ko’rish
|
|
Baholash sekin astalik bilan kasallik simptomlari kirmaydi
|
Parvarish rejasi
№ 2 Bola kalla ichi bosimini oshishi, bosh miya qobig’i ta’sirlanishidan azoblanmoqda
Maqsad:
Uzoq muddatli maqsad: Birlamchi kasallikni oxirigacha davolash
Qisqa muddatli maqsad: Bolada kasallik simptomlarini shikoyatlarini kamayishi (bosh og’rig’i, qayt qilish)
O.R. (kuzatuv rejasi)
Hayotiy ko’rsatkichlar:
Bosh miya qobig’ini ta’sirlanish simptomi(bosh og’rig’i, qayt qilish, ensa mushaklarini qisqarib tortishishi)
Umumiy holat (kayfiyati va h.k)
Ishtaha va ovqat eyish miqdori
|
T.R (parvarish rejasi)
Qayt qilishda og’iz bo’shlig’ini tozaliliga e’tibor berish
(yoqimsiz hidlarni tartaraf etish uchun og’izni chayish)
YOtish rejimiga rioya qilish
Tinchlik yaratish
Boshni ko’tarmaslik
Dorilarni qabul qilish
|
E.R. (o’qitish rejasi
Oila a’zolariga jismoniy va ruhiy tinchlikni yaratish muhimligini tushuntirish
|
Baholash
Kasallik simptomlari hech qanday og’irlashuvsiz yaxshilandi
|
№ 3 Kasallikni kechishini bilgan oila a’zolarida xavotirlanish, asabiy zo’riqishlar paydo bo’lmoqda
Maqsad: Uzoq muddatli maqsad: Kasallik kechishi, davolash jarayonida oila a’zolari o’zlarini to’g’ri tuta bilishi zarur.
Qisqa muddatli maqsad: Bemor holatini to’g’ri tushunish
O.R (kuzatuv rejasi)
Oila a’zolarini yuz qiyofasi, xulq-atvori va shikoyatlari
Oila a’zolarini kasallikni to’g’ri qabul qilishi
|
T.R.(parvarish rejasi)
Bemorni ahvolini tushuntirish
|
E.R (o’qitish rejasi)
Oila a’zolariga bemorni davolash va tekshiruvlar o’tkazishda jismoniy, ruhiy xotirjamlikni yaratish
|
Baholash.
Qizcha xotirjamlik bilan so’zlarni eshita oladi.
Oila a’zolari bolani to’g’ri ovqatlanishi va uxlashi to’g’risida g’amxo’rlik qiladi.
|
Difteriya ko‘kyo‘tal , epidemik parotitda bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi.
Kizamik, kizilcha , skarlatina, suvchechakda bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |