O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji


Uyga vazifa Uqish,yozib kelish,mavzu xaqida yangi ma’lumotlarni yigish



Download 1,06 Mb.
bet88/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

Uyga vazifa Uqish,yozib kelish,mavzu xaqida yangi ma’lumotlarni yigish.
Fan bo’yicha adabiyotlar.

1.G.Jalilov. Bolalar kasalliklari va ularning anatomo-fiziologik xususiyatlari.

K.A.Svyatkina- Bolalar kasalliklari.

Qo’shimcha adabiyotlar.

1.X.Shodmonov.- Asab va ruhiy kasalliklari.

2.Pediatriya jurnali №2

3.Sihat salomatlik jurnali№4

Elektron saytlar: w w w.ped ru/ Zdorov’e.

WWW.pedagog.uz

WWW.bilim.uz

WWW.referat.uz

WWW.ziyonet.uz

Dars konspekti

Mavzu: . Endokrin kasalliklarda bola va uning oilalasiga hamshiralik parvarishi.

Dars rejasi:

1. Endokrin a’zolarning anatoma-fiziologik xususiyatlari.

2. Qalqonsimon bez kasalliklari hususiyatlarini tushunish.

3. Bolalarda qandli diabet hususiyatlarini tushunish.

4.Endokrin kasalliklar bilan kasallangan bolalarga va ularning oilalarida hamshiralik parvarishini tushunish.

5. Qandli diabet kasalligining klinikasi,oldini olish,davosi.

6.Gipoglikemik komada shoshilinch yordam.

7.Giperglikemik komada shoshilinch yordam.



Ma’ruza matn mazmuni:

. Endokrin sistemalarning va moddalar almashinuvining bolalarda anatoma-fiziologik hususiyatlari.

1) Bolalarda ko’proq moddalar almashinuvining tug’ma buzilishlari uchraydi. Kasallanish chastotasi past, lekin kech aniqlanganida butun organizmda orqaga qaytmas o’zgarishlar yuzaga kelish havfi bor. Agar moddalar almashinuvi buzilishining 4 hilida: fenilketonuriya, klyonli sirop kasalligida, gomotsistinuriya, galaktozemiya erta aniqlanishi bilan davolash o’tkazilsa aqli zaiflik rivojlanishi oldi olinib, bolani normal rivojlanishiga erishish mumkin. Naslning ishtirok etishi yana sabablardan biri hisoblanadi, bu onaning jiddiy qayg’urishlariga olib keladi, shuning uchun oilaning yordami juda muhim.

2) Qandli diabet moddalar almashinuvi kasalliklarining biri hisoblanib, butun hayot davomida davolash va nazorat talab qiladi. Qandli diabet- bu oshqozon osti bezining betta hujayralari orqali ishlab chiqariluvchi insulinni mutloq yoki nisbiy yetishmovchiligi natijasida qand miqdorini normadan oshib ketishidir.

3) Garmonlar ajralishinini anomal ko’payishi yoki pasayishidan endokrin sistemada biror bir funksiyasini buzilishi ro’y beradi, bu ko’pgina endokrin kasalliklarga olib keladi. Yana bir buzilishlardan biri- bu periferik a’zolar reseptorlarining va nishon hujayralarining buzilishidir. Garmonlar turli to’qimalarda moddalar almashinuvini intensivligini oshirib yoki kamaytirib, bu jarayonlarni boshqarib, organizm funksiyalarini ushlab turadi. Bolalarda endokrin kasalliklar genetik faktorga ega kasalliklardir, shuning uchun fizikal belgilarni aniqlashdan tashqari kasallik tarixini bilish muhim (oilaviy anamnez, biografiyasi). Endokrin kasalliklar ko’proq bo’y va jinsiy rivojlanishning buzilishi ko’rinishida yuzaga chiqadi.

. Qalqonsimon bez kasalliklari erta diagnostikasida skriningning roli.

Ichki sekretsiya bezlarining tug’ma kasalliklarida metabolik shok va aqli zaiflik rivojlanishi mumkin. Bunday kasalliklarda kasallikni erta aniqlab davolash o’tkazish zarur. Agar tug’ma gipotireoz va buyrak usti bezi giperplaziyasi kech aniqlansa, bunda ular aqli zaiflikka va normal rivojlanish bo’lmasligiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun chaqaloqlik davridayoq tekshirishdan o’tkazish muhim.

Qalqonsimon bez kasalliklari bilan kasallangan bolalarga va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi.

1) Endemik bo’qoq.

1. Klinik holati: endemik bo’qoq – qalqonsimon bezni diffuz kattalashishi bilan harakterlanib, bolalar organizmida yod yetishmovchiligi bilan namoyon bo’ladi. Bolalarda yodning yetishmovchiligi endemik bo’qoq, aqliy va jismoniy rivojlanishning buzilishi, gipotireoz, kuchli ich qotish, yurak faoliyatining buzilishi va boshqalar bilan namoyon bo’ladi.

2. Etiologiyasi: Endemik bo’qoqning asosiy sababi ovqat maxsulotlarida yodning tanqisligi bo’lib, tashqi muxitda uning miqdorini kamligi hisoblanadi. Organizmga yod kirishining kamayishidan qalqonsimon bez garmonlarining yetishmovchiligi hosil bo’ladi, bu qalqonsimon bez to’qimasining giperplaziyasi va bo’qoq rivojlanishini chaqiradi.

3. Simptomlar maxalliy va umumiy simptomlardan iborat bo’lib, ular qalqonsimon bez kattalashish darajasi va uning funksional aktivligi bilan namoyon bo’ladi.

Odatda tugunli bo’qoqda bezning bir qismi kattalashadi. Ko’proq ikki tomonlama va o’ng tomonlama tugunli beslar uchraydi. Palpasiyada bo’qoq yumshoq, zich yoki qattiq konsistensiyada bo’lishi mumkin. Ba’zida u traheyagacha, o’mrov suyagidan pastga tushishi mumkin. Bunday bo’qoq to’sh orqasi va uzuksimon deb nomlanadi.

Eutireoid bo’qoqning kattalashishi bilan yonidagi a’zolarning qisilishi yuzaga kelib, bo’yin soxasida bo’g’ilish his-tuyg’usi ayniqsa yotgan holatda paydo bo’ladi. Bemorni nafas, yutish buzilishi his-tuyg’usi, pulsasiyali bosh og’rig’i bezovta qilishi mumkin.

4. Tekshirish. Diagnostika: Qalqonsimon bez o’lchamlarini aniqlashning an’anaviy usuli palpatsiya hisoblanadi.


  • 1994 yildan VOZ ning tavsiyasiga ko’ra qalqonsimon bez o’lchamlarining tasnifi ishlatiladi:

0-daraja: bo’qoq yoq

1-daraja: bo’qoq ko’rinmaydi, lekin palpasiyalanadi, bunda uning bolaklarini o’lchami tekshirayotgan qo’lning bosh barmog’ini distal falangasidan katta.

2-daraja: bo’qoq palpasiyalanadi va ko’zga ko’rinadi. Qalqonsimon bezni aniq o’lchamlarini bilish uchun ultratovush tekshirishi o’tkazilishi buyuriladi.

Diagnostikada rentgenologik tekshiruv muhim.

5. Davolash. Kasallikni davolash uning shakliga, qalqonsimon bezning funksional holatiga va qo’shimcha kasalliklarga bog’liq. Bezning normal funksiyasi bilan katta bo’lmagan o’lchamlardagi endemik bo’qoqda, kaliy yodidni 200mkg yod miqdorini uning kattaligini to’liq normallashtirishgacha berish yetarli. Qalqonsimon bezni davolash uchun sintetik tireoid garmonlar ishlatiladi. Davolashda triyodtironin ham ishlatiladi.

Operativ davolash tugunli va aralash shaklli endemik bo’qoqlarda, yonidagi a’zolarning qisilish belgilari paydo bo’lganda, qalqonsimon bez to’qimasini havfli o’smaga aylanishiga shubha bo’lganda olib boriladi.

2) Tireotoksikoz.

1) Klinik holati.

Qalqonsimon bezda tireoid garmonini ortiqcha ishlab chiqarilishidan hosil bo’ladi. Kasallikni turli sabablari bor, lekin ko’pincha Bazedov kasalligi sabab bo’ladi. Autoimmun kasallik bo’lib, bunda tireotrop gormoni reseptorlariga antitelolar (AT-pTTG) asosiy rolni o’ynaydi. Kattalarga nisbatan kasallikni uchrashi farqli kamroq. Bolalik yoshida bu kasallik qalqonsimon bezning barcha kasalliklari ichida 13,7% tashkil etadi. Umuman ko’proq qiz bolalarda jinsiy yetilish davrida bu kasallikni kelib chiqishi ko’payishi kuzatiladi.

2) Etiologiyasi.

Autoimmun jarayon oqibatida ishlab chiqarilgan AT-pTTG TTG repseptorlari bilan bog’lanadi va hujayra ichi sAMF (siklik adenozinmonofosfat) miqdorini avtonom ko’payishiga olib keladi. Triyodtironin (T-3) va tiroksin (T-4)ni ishlab chiqarilishini ko’payishi bilan tireotoksikoz simptomlari kelib chiqadi. Ishlab chiqarilishi ko’paygan T-3 gipofizning tireoid garmonlari reseptorlari bilan bog’lanib tireotrop garmonining ishlab chiqarilishini to’htatadi.

3) Simptomlari.

Bola bezovta, ko’pincha o’zlashtirishni pasayishiga o’hshash psixonevrotik simptomlar kuzatiladi. Qo’llarga bir varaq qog’oz qo’yib qo’l barmoqlarining titrashini aniqlash mumkin. Autoimmun jarayon tufayli ko’pincha yengil ekzoftalm kuzatiladi, bunda kam holatlarda o’lchash vaqtida 20 mm dan oshmaydi. Bo’qoqda venoz shovqin katta diagnostik ahamiyatga ega.

4) Diagnostikasi.

Qon analizi bo’yicha kasallik tiroksin (T-4 –ozod) va triyodtironin (T-3 –ozod) miqdorining oshishi va TTG miqdorining qonda pasayishi bilan harakterlanadi. Autoimmun jarayonda AT-pTTG miqdorining oshishi, qalqonsimon bezning peroksidaza va tirioglobulinga tireoid autoantitelolar titri yuqori bo’lishi harakterli.

5) Davolash.

1. Antiterioid moddalar bilan medikamentoz davolash bolalarni davolashda birinchi liniya bo’yicha moddalar hisoblanadi. Antiterioid moddalar –tiamazol, propiltiouratsil (PTU). Davolashni kamida 2-3 yil o’tkazish kerak.

2. Operativ davolash: antiterioid preparatlarining nojo’ya ta’siri oqibatida yuzaga keluvchi agranulositozda yoki dorining ichilishi boshlangandan so’ng bemorining davosiga ko’ruvchining yomon bog’lanishi holatida o’tkaziladi.

Radioaktiv yod bilan davolash: kattalarda ishlatib, yaxshi natijalar olish mumkin, lekin kam holatlarda bolalarda qo’llaniladi.

6) Hamshiralik parvarishi.

1. Kuzatish: metabolizm kuchayishi oqibatida kuzatiladigan pulsning tezlashishi, yurak urishining tezlashishi, arterial qon bosimining oshishi, qo’llarning titrashishi, terlash, ich ketish, bulimiya, tez charchash, ekzoftalm, emosional labillik, o’zlashtirishni pasayishi.

2. Davolashda hamshiralik parvarishi: davolash medikamentoz va operativ yo’l bilan o’tkazilishiga qaramasdan, lekin bolalarda asosiy davolash antiterioid moddalar ishlatish hisoblanadi. Organizmdan antiterioid moddalarning chiqarilishi nisbatan tez, lekin ular qalqonsimon bez to’qimalarida uzoq vaqt qoladilar. Dori ichishni vaqtiga rioya qilish muhim.

Nojo’ya effektlari isitma, toshma, tomoqda og’riq, limfa bezlarining kattalashishi, bo’shashish, leykositlar sonining kamayishi bilan harakterlanadi, shuning uchun sinchkovlik bilan kuzatish muhim.

Operativ davolasda subtotal tireoidektomiya o’tkaziladi. Emosional stabillik va jaroxat sohasiga tinchlik ta’minlanadi.

3. Hayot faoliyatida yordam: organizmning ichki energiyasi juda ko’p sarflanadi, bu ko’p terlashga olib keladi, shuning uchun ikkilamchi infeksiya va komfortni oldini olish uchun ko’proq ho’l artinish va ichki kiyumlarni almashtirish o’tkaziladi. Ko’p kaloriyalik ovqatlar iste’mol qilinadi, bu jismoniy kuchni tiklanishiga olib keladi. Bemor nevroz holatda bo’lishi mumkin, ortiqcha stimullovchi faktorlarni bartaraf qilinadi, bemorni tinchlantirish uchun oila bilan bog’liqlik yaratiladi.

6) Gipotireoz.

1. Umumiy tushuncha: qalqonsimon bez orqali tiroksinning ishlab chiqarilishining kamayishi yoki yetishmovchiligi.

2. Etiologiyasi: qalqonsimon bez gipoplaziyasi, qalqonsimon bez ektopiyasi va tireoid gormonlarning sintezi buzilishi oqibatida qalqonsimon bez gormonlarning yetishmovchiligida kelib chiqadi. Ikkilamchi gipotireoz TTG yetishmovchiligi (gipofizar gipotireoz) yoki tiroliberin yetishmovchiligi (gipotalamik gipotireoz) bilan belgilangan.

3. Simptomlari: bo’y o’sishida orqada qolish, psihik rivojlanishni sezilarli kechikishi aniqlanadi. Bundan tashqari nospesefik simptomlar uzoq davom etuvchi sariqlik, ich qotishi, kindik churrasi kuzatiladi.

4. Diagnostikasi: Qon analizida zardobda TTG, T-4-ozod, T-3-ozod gormonlar miqdori o’lchanadi, distal va son suyagining rentgeni, qalqonsimon bezni ultratovush tekshirish.

5. Davolash: tireoid gormoni bilan medikamentoz davo o’tkaziladi.

6. Hamshiralik parvarishi.

(1) Davolashda hamshiralik parvarishi.


  • Kuzatish: emish kuchi, qichqirish balandligi, aktivlik, harakatlar borligi va darajasi, terining holati, sariqlik borligi va daragasi, oyoq-qo’llarning sovuqligi, birlamchi axlatning holati, qorinning dam bo’lishi, emishda ko’karish darajasi, yurakda shovqin borligi, shishlar borligi.

  • Medikamentoz davolash: davolash boshlanishi bilannojo’ya ta’sirlar boshlanishi mumkin, shuning uchun dori ichilishidan oldin va keyin simptomlarni o’zgarishini kusatuvi o’tkazilishi muhim. Nojo’ya ta’sirlar ko’rinishida gipertireoz simptomlari yurak urishining tezlashishi, pulsning tezlashishi, nerv qo’zg’alishi, terlash, titrash, jaxldorlik yuzaga keladi. Dori kichik dozalarda ichiriladi, shuning uchun ishlatishda aniqlikka rioya qilish kerak. Agar qusish ro’y bersa, 30 minut ichida dorini qayta ichiriladi.

  • Hayot faoliyatida yordam: moddalar almashinuvining pasayishi ro’y berishi mumkin, shuning uchun tana haroratini saqlashga va ikkilamchi infeksiyani oldini olishga harakat qilish kerak.

  • Oilada yordam: dorilarni ichish oqibatida simptomlarni og’irlashishi kuzatilishi mumkinligini tushuntirish kerak. Oilaga bolaning rivojlanishi, tushunishi, kasalhonaga yotqizilishi va kasalliklari maqsadlarida yordam ko’rsatish. Oilaga bolaning tezroq yfigd qilishi uchun yordam ko’rsatish kerak.

(2) Kasalxonadan chiqarilgandan so’ng hamshiralik parvarishi.

  • Onaning tarbiyalashda bo’lgan bezovtaligini va oilaning siqilishlarini kuzatish, kerakli o’qishlarni o’tkazish.

  • Tireoid gormonni butun umri davomida ishlatilishini, dorini to’xtatish yoki o’zgartirish natijasida kasallikni og’irlashishiga olib kelishini tushuntirish kerak. Dorini ichishda tog’ri davom ettirishga erishish kerak.

  • Har kungi hayotida (ovqatlanish, cho’milish va boshqalar) cheklanishlar shart emas. Bog’cha va maktablarda boshqa bolalr kabi ovqatlantiriladi.

  • Oilaga doimiy ambulator tekshiruv va kuzatish shartligi tushuntiriladi, ularning tushunishlariga erishish.

. Bolalrda qandli diabet hususiyatlari.

Qandli diabet- bu bir guruh kasalliklar bo’lib, bunda insulinning mutloq yoki nisbiy yetishmovchiligi orqali chaqirilgan turli metabolik buzilishlar (qand almashinuvi) kuzatiladi. Bolalrda qandli diabet quyidagi turlarga ajratiladi: I-tur qandli diabet-insulinnig mutloq yetishmovchiligi, II-tur qandli diabet-insulin ishlab chiqarilishining pasayishi yoki insulinga rezistentlik, shuningdek boshqa sabablardan kelib chiqadi.

6.5.5. Qandli diabetli bolalarga va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi.

1) I-tur qandli diabet.

(1) Umumiy tushuncha: bir necha sabablar tufayli oshqozon osti bezi orolchalarining insuli ishlab chiqaruvchi betta hujayralari buziladi, bu insulinning mutloq yetishmovchiligiga olib keladi.

(2) Etiologiyasi: autoimmun jarayonlar va idiopatik faktorlar bilan tushuntiriladi.

(3) Simptomlari: insulin mutloq ajralmaganligi uchun, oziq-ovqatlar orqali kirgan qand energiyaga aylanmaydi, buning natijasida qonda toplanadi, qonda qand miqdorining oshishi kuzatiladi. Oqibatda 3 simptom: polidipsiya, poliuriya va tana massasining pasayishi kuzatiladi. Bundan tashqari og’zning qurishi, bo’shashish simptomlariyuzaga chiqadi. Qand energiyaga aylanmaganligi sababli, yog’lar va oqsillar energiyaga aylanadi. Natijada lipoliz jarayoni kuchayib, qonda keton tanachalari to’planadi, ketonuriya kuzatiladi, qon nordonroq bo’lib ketoasidoz rivojlanishga moyillik tug’ladi. Ketoasidoz fonida kompensasiya ko’rinishida nafas tezlashishi kuzatiladi.

(4) Diagnostikasi: qon analizida qand miqdori 126mg/dl dan oshadi. Agar qand miqdori kunning turli vaqtida qonda 200mg/dl dan ko’tarilgan bo’lsa, qandli diabet tashxisi qo’yiladi.

(5) Davolash.


  • Insulin bilan davolash: maktabgacha yoshdagi bolalarga yoki in’yeksiya qilishi qiyin bo’lgan bolalarga insulin in’yesiyasini oila a’zolari (asosan onasi)bajaradi. Kichik va katta maktab yoshidagi bolalar mustaqil o’zlari in’yeksiyalarni bajaradilar.

  • Parxezli davo va davolovchi fizkultura: Agar I-tur qandli diabetda semizlik kuzatilmasa sog’lom bolalar kabi o’tkaziladi va ovqatlanishda cheklanishlar bo’lmaydi. Davolash fizkulturasi hech qanday cheklanishlarsiz va o’zgarishlarsiz olib boriladi. Qonda qand miqdorini tushib ketishini oldini olish bo’yicha o’rgatish lozim.

(6) Hamshiralik parvarishi.

1. Kuzatish: erta aniqlanish va buzilishlarni oldini olishga intilish kerak. Tana massasining kamayishi, siydik(miqdori, nisbiy zichligi, soni, hidi, siydikda qand, keton tanalari), suvni ko’p ichish (suvning iste’mol qilgan miqdorini tekshirish), ochlik hissi (ovqat iste’mol qilgan miqdorini tekshirish), terining qichishishi, dermatit borligi, kayfiyati, charchash hissi.

2. Insulin in’yeksiyasida yordam:


  • Insulinni har kunlik in’yeksiyasini kerakliligini tushuntirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarga tushuntiruvchi qog’ozli rasmlar ishlatish.

  • O’qitishni shunday olib borish kerakki, bemor o’zi yoki uning oilsidagilar insulin in’yeksiyasini olib borsin (shprisni qanday qilib ushlash, insulin eritmasi bilan munosabatni, in’yeksiya usuli).

  • Buyurilganiga ko’ra insulin turiga, yuborish vaqtiga, va dozasiga rioya qilish.

  • Qonda qand miqdarining kamayishiga e’tiborli bo’lish, in’yeksiyadan so’ng 30 minut ichida ovqatlanish o’tkazilish kerakligiga o’rgatish.

  • In’yeksiyalar galma-gal qorin sohasida, yonda, son sohasida, dumba sohasida o’tkazilishi va har gal oldingi in’yeksiya joyidan 2sm nariga qilinishi kerak. In’yeksiyalarni qisqa vaqt oralig’ida bitta joyga qilishdan asranish kerak.

  • Infeksiyani olidini olish uchun har gal yangi igna ishlatish kerakligini tushuntiriladi.

3. Qonda qand miqdori kamayganida ko’riladigan choralar:

  • Hushdan ketish holatlarida glyukoza in’yeksiyasini tayyorlab qo’yish, shifokorga ma’lumot berish.

  • Hushiga kelganidan so’ng qand va konfet yeishni boshlash.

  • Agar hushdan ketish va qusish bo’lmasa , bunda qandli eritma va apelsin sharbati ichish mumkin.

4. Parxezli davoda yordam:

  • Bola va ona o’zlarini bolaning o’sishi va rivojlanishi uchun kerakli kaloriyaga va oziq elementlariga ega bo’lgan balanslangan oziqlanishni to’g’ri olib borishga o’rgatilishi uchun boshqariladi.

  • Insulin effektiga qarab ovqatni yfigd qilish ishlab chiqariladi.

  • Tana massasi doimo o’lchanadi.

  • Qonda qand miqdorini kamayib ketishini oldini olish uchun asosiy ovqatlanish orasida yengil zakuskalar va kechqurun ovqatlanish olib borilishi kerakligiga tushuncha beriladi.

5. Davolovchi fizkulturada yordam.

  • Davolash buyurilayotgan vaqtda qilingan davolovchi jismoniy tarbiyani to’g’ri olib borish shifokor va fizioterapevt ko’rsatmalari asosida olib boriladi.

  • Ortiqcha jismoniy harakat o’tkazilishdan oldin konfet yeilishini tushuntirish kerak.

6. Qonda qand miqdorini o’lchash: Qonda va siydikda qand mikqorini o’lchash muolajalarini o’rgatish.

7. Asoratlar:



  • Giperglikemiya (diabetik ketoasidoz, ketotik giperosmolyar koma) va gipoglikemiya (esnash, charchash hissi, terlash, yurak urushining tezlashishi, qo’l va oyoqlarda muzlash hissi, hushdan ketish) simptomlari kelib chiqadi.

  • Surunkali asoratlar: diabetik retinopatiya, nefropatiya, sezgi va harakat nervlarining buzilishi.

8. Yuqumli kasalliklarning oldini olish bo’yicha qo’llanma:

  • Shamollashga hushyor bo’lish

  • Oyoqlarni tozaligini saqlash

  • Oraliqni tozalini saqlash

9. Bolaga va uning oilasiga psixologik yordam

  • Bolaning kasalligi haqida habar topgan ona, siqila boshlaydi, shu bilan birga ayibdorlik hissini o’tkazadi, psixologik me’yorida bo’lmagan holatga tushib qoladi. Uning to’g’ri fikrlashi uchun ma’lumotlar berib onaga yordam beriladi. Kasallikni to’htatish bolaning yoshga bog’liq. Yoshiga va rivojlanish darajasiga ko’ra hammaga kerakli psixologik yordam o’tkaziladi.

  • Oila va maktab o’qituvchilari bilan atrofdagi odamlar qabul qilishi uchun hamkorlik qilish.

10. Davolash vaqtida o’rgatish:

  • Bolalarda kasallik davri uzoq davom etadi, shuning uchun asoratlar oldi olinishi kerak, buning uchun qonda qand miqdorining qattiq nazorati olib boriladi.

6.5.6. Diabetik koma (Giperglikemik va gipoglikemik komalar).

Prodromal simtomlari charchash hissi, og’izning qurushi, bosh og’rig’I, ko’ngil aynishi va qusish, nafas tezlashishi, qorinda og’riq, bezovtalik hisoblanadi. Koma kelib chiqganida hayot uchun muhim bo’lgan ko’rsatkichlarni o’lchash, suyuqlik ichishni tekshirish, insulin miqdorini, inyeksiyalar sonini tekshirish o’tkaziladi.

6.5.7. Bolalarda endokrin kasalliklar va qandli diabetni profilaktikasi

Parhezli davo yordamida bolalarda qalqonsimon bez kasalliklarni oldini olish mumkin.

(7) Bollarda qandli diabetning – to’g’rirog’i I-tur qandli diabet sababi autoimmun jarayonlar va idiopatik faktorlar bilan belgilanadi, shuning uchun profilaktikasini o’tkazish qiyin. O’smirlik semizligini oldini olish yordamida II-tur qandli diabetni rivojlanishini oldini olish mumkin.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish