O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji



Download 1,06 Mb.
bet91/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

Ma’ruza matn.

.Buyrak va siydik ajratishi tizimining AFX.



  1. buyraklar : Tugilganda buyraklar vazni 20-25g, 1 yoshda 65-75g, 6-yoshda- 90—100g, 12 yoshda-140-160g, kattalarda-200-300g bo’ladi. Buyraklar tuzilishi tugilgan vaqtda shakllanib bo’ladi. Buyrak koptokchalari funkstiyasi buyrak kanalchalari funksiyasiga nisbatan oldinroq shakllanadi.Maksimal siydikni ajratish funksiyasi tugilgandan so’ng 2 haftalarda kattalarnikidek darajaga etadi,koptokchalar filtrasiyasi tezligini, buyraklarda plazma oqimi va siydikni maksimal konsentrasiyasi 2 yoshga kelib maksimal darajaga etadi.

  2. Siydik ajratish yullari tizimi.

Siydik ajratish yullari tugilish vaqtiga kelib to’liq shakllanadi. Tugilish vaqtida siydik pufagi hajmi 75 l ni tashkil qiladi, vaqti bilan kattalarnikidan 250 ml ga etadi. 5-13 eshli bolalarda taxminan siydik pufagi hajmi 146+6.1x yosh formulasi bo’yica aniklanadi.

  1. Ajratiladigan siydik mikdori va siydik ajratish chastotasi.

Bolalik davrida 1 kunda ajratiladigan siydik miqdori ichiladigan suyuqlik, ter ajralishi, sezilmaydigan ter ajralishi, maishiy sharoit, jismoniy aktivlik darajasiga bog’liq chaqaloqlarda 1 kunda ajraladigan suyuqlik 50-300 ml, ko’krak yoshidagi bolalarda qabul qilgan suyuqlik 50-70% siydik bilan ajratiladi. Siydik ajratish soni 3-6 oylik bolalarda kuniga 20 martagacha 6-12 oylikda 12 marta, 2-3 yoshda 10 marta, maktab yoshida 6-7 marta bo’ladi va keyinchalik kamayadi.

Buyrak va siydik ajratish tizimini asosiy tekshirish usullari.



  1. Peshob taxlili: makroskopik gematuriya , siydik cho’kmasi taxlili.

  2. Qonning bioximik taxlili: AMK oshish darajasi qon zardobida kreatinin darajasi oshishi.

  3. Qorin bo’shlig’I rentgenologik tekshirish.

  4. Qorin bo’shlig’I UTT

  5. Renosintigrafiya.

  6. Sitouretrografiya siydik ajratish vaqtida.

  7. Buyraklar biopsiyasi.

6.6.3. Siydik ajratish sistemasi kasalliklari.

    1. Sistit.

  1. Aniqlash: ijobiy oqibatli kasallik bo’lib, siydik pufagi shilliq qavatining yallig’lanishi bilan harakterlanadi.

  2. Etiologiyasi virusli va bacterial infeksiya, ko’p hollarda aniqlanmagan.

  3. Simptomlari asosiy belgilari bo’lib siydik ajratish sonini ko’payishi va siydik ajratganda og’riq hisoblanadi.

  4. Tashxisi: siydik umumiy taxlili siydik qoldig’ini floraga ekish orqali kasallik qo’zg’atuvchisini aniqlashga asoslanadi.

  5. Davolash: kasallik qo’zg’atuvchisi aniqlansa siydikni tekshirish yordamida antibiotiklar buyuriladi,. Og’riq qoldirish uchun analgetiklar buyuriladi.

  6. Hamshiralik parvarish: yotoq tartibini ta’minlash va kerakli haroratni ta’minlash. Bemor dori moddalarni qabul qilayotganini tekshirib boriladi.

    1. Pielonefrit.

  1. Aniqlash. Siydik ajratish yo’llari infeksiyasida bo’ladigan belgilar (siydikda og’riq, siydik ajratish sonini oshishi, juda og’riq, isitma) siydik ajratishni o’rta porsiyasidan siydik florasiga etiladi. Bakteriya konsentrasiyasida bacterial 105/ ll aniqlanadi. Yuqori siydik ajratish infeksiyalarini bir ko’rinishi pielonefrit bo’lib hisoblanadi.

  2. Etiologiya: ko’p hollarda siydik pufagidan infeksiya ko’tarilib siydik yo’liga boradi. (mochetognin)

  3. Belgilari: tana harorati 38,50C ko’tarilishi, SRP darajasini oshishi (2 mg/dan yuqori) B2 mikroglobulin va NHS siydikda oshishiga asoslanadi.

  4. Tashxisi: 30-50% siydik yo’llari infeksiyasi siydik yo’llari anomaliyalari bilan birga kuzatiladi, ayrim hollarda qovuq siydik yo’li refleksi kuzatiladi.

  5. Davolash: oldin siydik ajratishni ko’p miqdorda suyuqlik qabul qilib stimullanadi. O’tkir davrida bemorni kasalhonaga yotqiziladi va kasallik qo’zg’atuvchisi ajralguncha antibacterial davolash qo’llaniladi. Antibacterial modda vena ichiga yuborilganda seliflar guruhidan klebsilla va boshqa qo’zga’tuvchilarga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Suyuqliklarni vena ichiga yuborish diurezni stimullash maqsadida ishlatiladi. Tekshirishlar natijalari va belgilarini yaxshilanganiga ishonch hosil qilgach antibiotiklarni peroroal o’l bilan berishga o’tadi va bu resesivlarni oldini olish maqsadida 2 hafta davom etadi.

  6. Hamshiralik parvarishi.

  1. Yomon rejimi: Buyrakda qon aylanishini yaxshilaydi, tuzalishni tezlashtiradi.

  2. Issiqlikni ta’minlash : buyrakda qon aylanishini kamayishini oldini oladigan sovuq ta’siri natijasida.

  3. Dori moddalaridan foydalanishni nazorat qilish. Bunda dori moddalarni uzoq vaqt qabul qilgandagi nojo’ya ta’sirlar kuzatib boriladi. Ishtaxa kamayishi, diareya nazorat qilinadi.

  4. Suyuqliklarni qabul qilish. Bemorga va uning oila a’zolariga siydik ajratishni stimullash uchun ko’p miqdorda suyuqlik iste’mol qilish kerakligini tushuntiriladi.

  5. Ikkilamchi infeksiyani oldini olish

  • Qiz bolalarda resesivlarni oldini olish maqsadida tashqi jinsiy yo’llarni tozaligiga rioya qilinadi (ich kelgandan so’ng oldindan orqaga qarab artish, dush qabul qilganda yaxshilab yuvish)

  • Siygisi qistagan vaqtda tutib turmaslik

  • Ich qotishiga qarshi choralar ko’rish

    1. Glomerulonefrit.

  1. Aniqlash: buyrak koptokchalarini yallig’lanishi. Bolalarda ko’pincha o’tkir nefritik sindrom ko’rinishida namoyon bo’ladi.

  2. Etiologiyasi: 1-3 haftalik inkubatsion davrdan so’ng o’tkir tonzilit, adenoid, terining yiringli kasalliklari va boshqa infeksiyalardan so’ng kelib chiqadi. Qo’zg’atuvchisi: a gruppaga kiruvchi betagemolitik streptokokk.

  3. Simptomlari: 3 asosiy belgi – shish, gematuriya, gipertoniyadan iborat. Ko’pincha 5-10 yoshli bolalarda kuzatiladi, 2 yoshgacha boalarda kam uchraydi.

  4. Tashxisi: qonni ozuqa muhitga ekish orqali infeksiya borligi aniqlanadi, beta gemolitik streptokokk chaqiradigan infeksiya 3 punktga ajratiladi: inkubatsion davr bo’lishi gematuriya gipokomlementemiyaga o’tish. Gistologik tekshirilganda endokkapilyar proliferativ glomerulonefrit manzarasi ko’rinadi.

  5. Davolash: simptomatik davolash o’tkaziladi. O’tkir davrda oliguriya kuzatilsa stasionarda davolanadi. Yotoq tartibi va diyetoterapuiya ( suyuqlik, tuz, oqsilni, chegaralash) asosiy davolashni tashkil qiladi. Gipertoniya holatida birdan arterial bosim bosh og’rishi va qusish kuzatilganda medinamentoz davolash tezda gipotenziv moddalarga o’tadi.

  6. Hamshiralik parvarishi.

    1. Kuzatish: hayot uchun muhim ko’rsatkichlarni o’lchash, siydik miqdori va harakterli o’zgarishiga e’tibor berish.

    2. Yotoq tartibli yotoq tartibda modda almashinuvi jarayoni faolligi sekinlashadi va buyraklar zo’riqishi kamayadi. Dastlabki vaqtlarda fiziologik ajratmalar va yuvinish karovotda bajariladi. Taxminan 10 kunlardan so’ng gospitilizatsiyadan ajralayotgan siydik miqdori normaga keladi. 3-6 haftadan so’ng kasalhonadan chiqazishi mumkin. Kasalhonadan chiqqandan keyin tez charchab qolmaslik uchun mexnat qilinmaydi. Chalg’itish yo’llari o’ylab topib ruhiy siqilish bartaraf qilinadi.

    3. Merianentoz davolashda yordam berish: dorilarni og’iz orqali shunday berish kerakki u yutishga oson bo’lsin. Dori moddalarni qabul qilishni nazorat qilinadi. To’xtovsiz vena ichiga tomchilab dori yuborganda infuziyani nazorat qilinadi, no’jo’ya ta’sirlari bor yo’qligi tekshiriladi. Infeksiyaga moyillik paydo bo’lganligi hisobga olinadi, shuningdek steroid preparatlar va immunoderessantlardan foydalaniladi.

    4. Distoterapiya aqsil va tuz miqdorini cheklash, uglevod va yog’lar kaloriyaga boy ovqatlar berish. Imkon qadar bolani nimani yoqtirsa o’sha bilan kam porsiyada ovqatlantirish. Ovqat istemol qilayotganda qulay sharoit yaratish, ovqatni chiroyli bezatish, bola ishtaxasi ochilishi uchun usullar o’ylab topish kerak.

    5. Suv balansini o’lchash. Iste’mol qilinadigan ovqat va suyuqlik miqdorini o’lchab turish.

    6. Tozalikni saqlashda yordam berish. Butun tanani artish, sochlarni yuvish, tashqi jinsiy a’zolar tozaligi, tishlarni yuvish, toza kiyimlarni kiydirishdan iborat.

    7. Ikkilamchi infeksiyani oldini olish uchun niqob taqiladi, og’iz chayiladi, odam ko’p joylardan uzoqroqda yurish.

  1. Surunkali glomerulonefrit.

(1) Aniqlash bu holat albuminuriya, gepaturiya, gipertoniya bilan 1 yildan ko’p kuzatiladiganholat. Progressivlanuvchi va progressivlanmaydigan shakllari asta–sekin buyraklar yetishmovchiligiga olib keladi. Buyraklar biopsiya asosida Zg A – nefropatiyaga asoslanadi.

(2) Etiologiyasi. Buyrak to’qimasini zararlanish hususiyatlari natijasida birlamchi glomerulonefrit ikkilamchi glomerulonefrit, nasliy nefrit surunkali shaklga o’tadi.



  1. Belgilari: shishlar, gematuriya, gipertoniya, albuminuriya, oliguriya, anuriya, qovuqlar shishishini, tez charchash, ishtaxa kamayishi, yurak tez urishi, oyoq- qo’llar uvishishi, ko’z atrofida jimirlash.

  2. Tashxisi: peshob taxlili buyrak funksiyasini tekshirish, qon taxlili, buyrak biopsiyasi.

  3. Davolash.

    • Diyetoterapiya – oqsil va tuz miqdorini kamaytirish. Talab qiladigan kaloriya qabul qilinishi kerak.

    • Medinantoz davolash – yallig’lanishga qarshi va immunodepressant ta’sirga ega kortinal gormonlar va immunodepressantlar ishlatiladi. Agar oqsil miqdori siydikda 1 kunda 1 g dan oshsa mikrobga qarshi moddalar qo’llaniladi. Agar shishlar bo’lsa diuretiklar ishlatiladi.

  4. Hamshiralik parvarishi. O’tkir glomerulonefritdagi parvarish.

    1. Nefroz.

(1) Aniqlash. Nefroz – albuminuriya va gipoteinemiya bilan kechadigan kasallik bo’lib koptokchalar baza membranasi o’tkazuvchanligi oshishi va siydikka oqsil miqdorini ko’p tushishi natijasida kelib chiqadi. Ko’pincha shishlar va giperlipedemiya bilan birga kuzatiladi. Nefroz bolalarda uchrab boshqa kasalliklarni asorati bo’lmagan holda birlamchi va ikkilamchi nefrozga bo’linadi. Birlamchi nefroz o’z navbatida o’ziga idiopatik nefroz va birlamchi glomerulonefrit chaqirgan nefrozni o’z ichiga oladi. 85% hollarda idiopatik nefroz ham o’zgarishlar bilanb kechadi, 95% hollarda steroid preparatlarga yaxshi reaksiya kuzatiladi. Ko’pincha resisivlar kuzatiladi, lekin kasallik ijobiy prognoz bilan kechib bola balog’at yoshiga yetgunga davom etadi. O’choqli glomerulonefrit skleroz buyrak yetishmovchiligini terining darajasi rivojlanishiga sababi bo’lib hisoblanadi. Ikkilamchi nefrozda Sheyleyn Genox nefritni, volchanka nefrit, gemolitik uremik sindrom kobi kasalliklar kiradi.

(2) Etiologiyasi: har hil kasallik asosida yotishi mumkin.



  • Buyraklarni birlamchi zararlanishi

  • Modda almashinuvini buzilishi 9diabetik, nefrit, amilandoz

  • Kallagen kasalliklar (zaxm, bezgak)

  • Allergenlar va dori preparatlar ( chang, asalari zaxari, zaharli ilon, epilepsiyaga qarshi moddalar)

  • Irsiy moyillik (tug’ma va oilaviy nefroz)

(3) Simptomlari.


  • Albuminuriya: kuniga 3,5 dan ko’p yoki 0,1 g/kg

  • Gipoprotenemiya: umumiy oqsil maktab va kichik maktab yoshida – 6,0 g/gl, ko’krak yoshida 5,5 g/gl, zardob albuminni maktab yoshidagi va kichik maktab yoshida – 3,0 g/gl, ko’krak yoshida 2,5 g/gl

  • Giperlipidemiya: umumiy zardob holesterin darajasi maktab yoshida – 250 mg/gl, kichik yoshdagi bolalarda – 220 mg/gl, ko’krak yoshida - 200 mg/gl.

  • Kuchli shish, infeksiya, qon ivishini buzilishi.

(4) Tashxisoti: qon va siydik taxlili, buyraklar biopsiyasi.

(5) Davolash.



  • Medikamentoz davolash: kortikosteroidlar, immunodepressantlar qon plazmasi oqsili preparatlari, diuretiklar, antikoagulyantlar qo’llaniladi.

  • Yomon tartibi: kuchli shish va oliguriyada yomon tartibi buyuriladi, lekin bemor iloji boricha vaqtni turishi va yurishni nazorat qilinadi.

  • Diyetoterapiya : suyuqlik berishni o’ta chegaralab bo’lmaydi ovqatdan suv va tuz miqdorini chegaralash diurez normallashgandan so’ng olib tashlanadi.

(6) hamshiralik parvarishi (oligurik davr)

  • Anomaliyalarni erta aniqlash: organizmni umumiy holatini kuzatish (ovqat hazm qilishni buzilishi belgilari: ishtaxa kamayishi ko’ngil aynishi, qusish, ich ketishi bor yo’qligi, ovqatlanish holati yomonlashuvi)

  • Suv balansini o’lchash suv qabul qilingan suyuqlik va siydik miqdorini o’lchash talab qilinadigan va ajratiladigan suyuqlik miqdori nazorat qilinadi.

  • Nafas buzilishi, to’shda og’riq, shishlar va nevral suyuqlik va shish, qovuqlarni shishishi natijasida discomfort hissi, yorg’oq shishishi.

  • Ruhiy siqilishni discomfort va tortinchoqlikligini kuzatiladigan holatlarni yengillashtirish.

  • Ovqat va suyuqlik chegaralanishi bilan bog’liq siqilishlarni yengillashtirish.

  • Qonni taxlilga yig’ish va vena ichiga tomchilab dori yuborish bilan bog’liq og’riqli muolajani yengillashtirish.

  • Bemorni oila a’zolariga kasallik to’g’risida ma’lumot berish va davolash va parvarishlashga yordam beriladi.

  • Bemor va uning oila a’zolari bezovtaligini yengillashtirish.

(2) Tuzalish davri. (diuretic davri)

  • Poliuriya va ajratilayotgan siydik miqdorini oshishi suvsizlanish va organizmda elektrolit balansini buizilishiga olib keladi. Suv balansini qabul qilinayotgan va ajratilayotgan suyuqlik miqdorini nazorat qilinadi.

  • Steroid gormonlarni qabul qilganda nojo’ya ta’sirkar kelib chiqishi mumkin.

  • Ruhiy siqilishni bartaraf qilish uchun, ya’ni uzoq vaqt ovqatlanishni va faolligini cheklash natijasida kelib chiqqan chalg’itish choralari o’ylab topiladi. Tashqi qiyofani o’zgarishi bilan bog’liqruhiy siqilishlarga qarshi choralar ko’riladi.

(3) Simptomlarini bartaraf qilish.

  • Belgilarini kuzatish: steroid gormonlar dozasini kamaytirganda isitma, nafas siqishi, qusish kabi belgilar kuzatilishi mumkin. Bola so’z bilan unda nima yuz berayotganini tushuntirib bera olmaydi, shuning uchun uning axvolida kichik o’zgarish bo’lganini ham o’tkazib yubormaslik kerak.

  • Ikkilamchi infeksiyani oldini olish: resisivlarni sababi bo’lish mumkin bo’lgan sabablar, charchash, infeksiyasini oldini olish va b oshqa masalalar.

  • Harakat sferasini kengaytirish: yotoq tartibini to’xtatish bilan birga siydikni yig’ish yo’li va hojatdan foydalanish bo’yicha instruktaj o’tkazish.

(4) Kasalhonadan chiqishga tayyorlashi.

  • Kasalhonadan chiqayotganda hayot obraziga tegishli ko’rsatmalar berish, charchamaslikni tushuntiriladi.

  • Ovqatlanishdagi chegaralanishlar

  • Dori moddalarini qabul qilish bo’yicha ko’rsatmalar

  • Oila a’zolariga kasallikni to’g’ri qabul qilishni shakllantirish, kasallik va uni davolash to’g’risida ma’lumot berish. Residivlarni oldini olish uchun infeksiya belgilari paydo bo’lishini kuzatish, hamda steroidlarni nojo’ya ta’sirlarni kuzatish o’tkaziladi. Regulyar ambulatory kuzatuvdan o’tib turishni o’z ixtiyoriya ko’ra dorilarni qabul qilishni to’xtatmaslik buyuriladi.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish